Tasdiqlayman


Download 179.93 Kb.
bet31/79
Sana14.11.2021
Hajmi179.93 Kb.
#174365
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
3. Majmua. Onomastika

SHerali // Sherali - G‘uzor tumanidagi shaharcha (2009). Tarkibi sher (f-t)+ali (a). SHerali ismli kishi dastlab hovli, qo‘rg‘on qurib, qishloq tashkil bo‘lishiga asos solgan, chorvachilik bilan shug‘ullangan, badavlat, boy, obro‘yli kishi bo‘lgan. Qishloq shu kishining ismi bilan atalgan. Xalifa Alini jasurligi, dovyurakligi uchun sherga o‘xshatgan va olloh sheri deb atagan. Qovchinlarning sherali degan urug‘i bo‘lgan degan mulohaza ham mavjud (322).

Eshonquduq // Eshonquduq - G‘uzor tumanidagi qishloq. Tarkibi eshon+quduq. Dastlab quduq nomi bo‘lgan. Quduq yonida tashkil qilingan qishloq ham shu nom bilan atalgan. Eshon – o‘tmishda din odami, dindorlar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan shaxs, unvon, kishi ismi. Eshonquduq – Eshon ismiga ega bo‘lgan kishi qazdirgan quduq (yonidagi qishloq), eshon unvonli kishi qazdirgan quduq atrofidagi qishloq (335) kabilar.

2.10. Normurodov M., Nafasov T. CHiroqchinoma (Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani qishloqlari nomining tadqiqi). - Toshkent: “Muharrir” nashriyoti, 2010. – 168 b. Bu asarda CHiroqchi tumani hududida hozir mavjud bo‘lgan, manbalarda qayd qilingan, xalq xotirasida saqlangan 270 ga yaqin qishlog‘u mahallalar, tarixiy obidalar, qadamjolar, xalq hayotida amaliy ahamiyat kasb etgan turli ob’ektlar nomi lisoniy, ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy jihatdan tahlil qilingan. Asar “So‘z boshi” (3-11-betlar), “Qishloqlar nomi – azaliy va moddiy ma’naviyat olami” deb nomlangan “Kirish” (12-20-betlar), “Qishloq nomlari talqini” deb nomlangan “Lug‘at” (21-162-betlar), “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” (163-bet) qismlaridan iborat. Kitob oxiridan shoir O‘roz Haydarning “CHiroqchi qasidasi” (164-165-betlar) ham o‘rin olgan. SHunisi muhimki, bu asar tarkibida talqin qilinayotgan har bir toponimik ob’ekt izohi o‘z kichik nomi (sarlavhasi)ga ega. Lug‘atdan namuna:




Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling