Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
ketma-ketligi
“Onomastika” tanlov fani sifatida o‘quv rejasida keltirilgan bo‘lib, u “Tilshunoslik nazariyasi “, ”Lingvistik strukturalar”, “Til tarixi”, “Til qurulishi birliklari”, “Falsafa” fanlarida o‘rgatiladigan muammolar bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab etadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Nomlar juda uzoq davrning mahsuli sifatida til leksikasining eng konservativ qismini tashkil etadi. Shu sababli ular ayrim til birliklarining rivojlanish bosqichlari, ularning evolutsiyasni aniqlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, xalq tarixi, migratsiyasi, etnogenezi masalalarini aniqlashda muhim material sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |