Popov A.I. – “Toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya va tarix oralig‘idagi fandir.SHunga binoan toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo‘lgan ko‘plab material – lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to‘g‘ri izohlab berilishi mumkin” (Popov A.I. Geograficheskie nazvaniya. – M.-L., 1965. S. 9).
Toponim – toponim so‘zi asli yunoncha bo‘lib, topos – joy, onoma – nom so‘zlaridan tashkil topgan, joy nomi, geografik nomlar ma’nosini bildiradi.
Toponimika – onomastikaning joy nomi, geografik nomlarni o‘rganuvchi sohasi.
Fitooykonimlar – (yunoncha – fitos – o‘simlik demakdir) - o‘simlik, daraxt nomlari asosida yaratilgan aholi punktlarining nomlari. Masalan: YAkkatut, Tolqishloq, Beshqayrag‘och kabi.
Etnooykonimlar – urug‘, qabila, millat, xalq nomlari (etnonimlar) asosida yaratilgan aholi punktlarining atoqli otlari.
Etnonim – (yunoncha etnos – xalq, onoma - nom) – xalq, millat, urug‘-aymoq, qabila nomlari. Masalan: o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq kabi.
Etnonimika – onomastikaning xalq, millat, urug‘-aymoq, qabila nomlarini o‘rganuvchi sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |