Ktematonim // xrematonim – xalq tarixi, madaniyati uchun ma’lum ahamiyatga molik bo‘lgan ba’zi nodir qurollar, asbob-uskunalar, buyumlarning atoqli oti.
Landshaft toponim – er yuzasining umumiy ko‘rinishi, manzarasi bilan bog‘liq bo‘lgan jug‘rofiy ob’ektning atoqli oti.
Makrotoponimlar – (yunoncha makro – katta) – -yirik ob’ektlar – qit’alar, mamlakatlar, o‘lkalar, okean, dengiz va daryolar, tog‘lar, respublika, viloyat va shaharlarning nomlaridir.
Metateza – (yunoncha metatesis – joy almashtirish) – onomastik birliklar tarkibidagi so‘zlarning o‘rin almashishi. Masalan: Beshog‘och – Bechog‘osh, sayram – Saryom kabi.
Metafora – (yunoncha metaforis - ko‘chirish) – onomastik birliklarni hosil qiluvchi so‘zlarning ko‘chma ma’noda ishlatilishi. Masalan: Tuyatosh – katta qoya, Mingbuloq – ko‘p buloq kabi.
Metonimiya – (yunoncha – qayta nom qo‘yish) - onomastik birliklar (ayniqsa, toponimlar)ning qo‘shni ob’ekt nomiga o‘tish (ko‘chish) hodisasi. Masalan: Zarafshon daryosi – Zarafshon shahri – “Zarafshon” restorani; CHirchiq daryosi – CHirchiq shahri, Ko‘ksuv daryosi – Ko‘ksuv daryosi – Ko‘ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi – Vaxsh tizmasi kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |