Ism-istaklar // deziterativlar – ism beruvchilarning bolalarga atalgan orzu-istaklarini ifoda etuvchi ismlar: Borbo‘lsin, O‘rinbosar, Ulbo‘sin (O‘g‘ilbo‘lsin) kabi.
Ichki konversiya – atoqli otning tilda mavjud atoqli ot negizida yasalishi, ya’ni biror atoqli otning boshqa tip atoqli ot vazifasiga o‘tishi: Toshkent (shahar) - Toshkent (mehmonxona); Zarafshon (daryo) – Zarafshon (shahar) – Zarafshon (mehmonxona) kabi.
Kinonim – (yunoncha kunos – it, onoma – atoqli ot) – itlarga berilgan maxsus laqab-nom, atoqli ot. Zoonim turi.
Kontaminatsiya – (lotincha kontaminatsiya – yaqinlashtirish, qo‘shish) – ikki o‘xshash nom qismlarining chatishuvi (aralashuvi) natijasida yangi atoqli otning hosil bo‘lishi.
Kosmonim – (yunoncha kosmos – olam, koinot, onoma ot – atoqli ot) – kosmik fazoda joylashgan samoviy ob’ektlar (kosmik fazo, galaktika, yulduzlar, sayyoralar va ular yuzasidagi tabiiy ob’ektlar)ning atoqli oti. Atoqli ot tiplaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |