«VIRTUAL TA’LIM xususiy maktabi»
BIZNES REJASI
Pop shahri 2023 yil
1.LOYIHA TASHABBUSKORI TO’G’RISIDA
MA’LUMOT
1.Loyiha tashabbuskori:
|
“Virtual Group” MCHJ
Namangan viloyati Pop tuman hokimligining 2021 yil 14 avgust 1026577 raqami bilan ro’yxatga
olingan.
|
2.Yuridik manzili:
|
NAMANGAN VILOYATI, POP TUMANI, XALQOBOD, NUROBOD MFY DO'STLIK KO'CHASI
|
3.Telefon:
|
+99894 3067661
|
4.Asosiy faoliyat turi:
|
Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tashkil etish va kadrlar tayyorlash
|
5.Bank rekvizitlari:
|
“Agrobank” Pop filiali
MFO: 00238
X/R: 2020 8000 1054 2871 2001
|
6.STIR:
|
308 780 361
|
2.LOYIHANING ASOSIY MAQSADI.
Respublikamizda bir qator yo’nalishlatrda islohotlar bo’lmoqda, shu qatori xususiy ta’lim sohasiga ham e’tibor ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2017 y. PQ-3276-son "Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori buning yaqqol namunasidir.
O’zbekiston Respublika Prezidentning 5.09.2018 yildagi PQ–3931-son qarori bilan nodavlat ta’lim muassasalari uchun bir qator soliq va bojхona imtiyozlari nazarda tutilgan. Bu esa yosh tadbirkorlar uchun anchagina yengillik beradi.
“Virtual Group” MCHJ asosiy faoliyati axborot texnologiyalari sohasida sifatli ta’lim va kadrlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo’lib, yoshlarga sifatli, tez va asosiysi hamyonbop ta’lim berishni va sifatli kadrlar tayyorlashni o’z maqsadi etib belgilab olgan.
Loyihaning umumiy qiymati 7 500 000 000 (yetti milliard besh yuz million) so’mni tashkil etadi. Shundan kredit miqdori 6 500 000 000 (olti milliard besh yuz million) so’m bo’lib, kreditning muddati 84 oy bo’lib, 15% yillik rejalashtirilgan. Loyiha tashabbuskorining asosiy maqsadi yiliga 1000 nafar yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlashni mo’ljallamoqda. Namangan viloyati Pop tumani hududi kattaligi 741 km2 va yoshlar soni 112 000dan oshiqroqligi bilan qolgan tumanlardan ancha farq qilishi, sifatli ta’limga bo’lgan talabning yuqori ekanligi bu loyiha rivoji uchun yanada katta yo’l ochadi.
Bu loyihani amalga oshirish, nafaqat tumanimiz balki viloyatimiz bozorini yuqori sifatli kadrlar bilan to’ldirish mamlakatimiz rivoji uchun olinadigan katta foyda desak mubolag’a bo’lmaydi. Zeroki, hozirgi O’zbekiston sharoitida turli sohadagi yetuk kadrlarga talab oshib bormoqda.
2.LOYIHAGA BO’LGAN TALAB
Namangan viloyati Pop tumani hududi kattaligi 741 km2 va yoshlar soni 112 000dan oshiqroqligi bilan qolgan tumanlardan ancha farq qilishi, sifatli ta’limga bo’lgan talabning yuqori ekanligi bu loyiha rivoji uchun yanada katta yo’l ochadi.
Pop tumanida 73 ta maktab mavjud bo’lib ularda jami 58 000 nafardan oshiqroq o’quvchi tahsil oladi. 2022-yilda boshlang‘ich maktabni 10 ming nafardan oshiqroq, o‘rta maktabni 8 ming nafar, kollejni esa 5 ming nafar yosh bitirdi. Shundan oliy ta’limga kirganlar soni 2 450 kishini tashkil etadi. Bu esa umumiy bitiruvchilar sonini ¼ qismiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatgich esa juda past hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |