«tasdiqlayman» «Virtual Group» mchjning direktori Davlatov Islom


Download 452.65 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi452.65 Kb.
#1498912
1   2   3
Bog'liq
biznes reja copy

3.LOYIHA FAOLIYAT TURLARI

Ushbu loyiha quyidagi turlar bo’yicha faoliyat olib boradi:



  • Xorijiy tillar bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlar

  • Aniq fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlar

  • Axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlar

  • Tabiiy fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlar

  • Jismoniy fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan fanlar

  • Xorijiy sertifikatlar (IELTS, TOEFL, SAT va boshqalar) bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlar

  • Axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning oldi-sotdisi

  • Oliy o’quv yurtlariga tayyorlov

  • Yo’nalishlar bo’yicha kasbiy tayyorlov

“Virtual Ta’lim” xususiy maktabi yuqorida ko’rsatilgan faoliyat turlari bo’yicha xizmat ko’rsatadi.
Xorijiy tillar bo’yicha, xususan ingliz tili, rus tili va koreys tili bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlar mavjud bo’lib, ushbu yo’nalishlarda tahsil olgan o’quvchilar o’qitilgan tillar bo’yicha puxta bilimga ega bo’lishi va ushbu tillar bo’yicha ravon gapira olishi, tinglashi, yozishi va o’qishi ta’minlanadi.
Aniq fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan yo’nalishlarimizda o’quvchilar uchun hayot uchun keraklik matematik bilimlarga ega bo’ladi. Aniq fanlarning mohiyati nima uchun aniq fanlar hayot uchun kerakligi va ularning hayotdagi o’rni va boshqa aniq fanlar o’rgatiladi.
Axborot texnologiyalari sohalariga ixtisoslashtirilgan yo’nalishlarimizda esa o’quvchi yoshlar uchun hozirgi hayotda talab ortib borayotgan soha bo’lgan dasturlash, grafik dizayn, 3D dizayn, Interior va exterior dizaynlash, Android dasturlash, roboto texnika, Veb dasturlash (Frontend dasturlash va backend dasturlash), sun’iy intelekt va boshqa axborot texnologiyalari sohalari bo’yicha boshlang’ich bilim va ko’nikmalar beriladi. Agar o’quvchi ushbu sohaga o’qish uchun qiziqish bildirgan taqdirda, o’quvchi uchun chuqurlashtirilgan darslar kurs shaklida o’qitiladi. O’quvchi yoshlarning Axborot texnoligiyalari sohalariga qiziqtirish va ularni ushbu yo’nalishlar bo’yicha tarbiyalash davlatimiz uchun, uning kelajagi uchun juda zarur va shartdir.
Tabiiy fanlar yo’nalishida o’quvchi yoshlar uchun ushbu yo’nalishlar bo’yicha chuqur bilimlar beriladi. Xususan, tabiiy fanlar bo’lmish biologiya, kimyo, anatomiya va boshqa yo’nalishlarda o’quvchilar uchun bilimlar chuqurlashtirib beriladi. O’quvchi yoshlar uchun ushbu fanlar qanchalik zarur ekanligi va ushbu bilimlarga bo’lgan talablarning hozirgi kunlarda juda ortib turganligini inobatga olgan holatda ushbu yo’nalishlar bo’yicha tajribali kadrlar uchun talablar ortib bormoqda. Misol qilib keltiradigan bo’lsak, 2020 yil bo’lib o’tgan “COVID-19” pandemiyasi davrida O’zbekiston uchun sifatli kadrlar yetishmovchiligi yaqqol ko’zga tashlandi. Ayniqsa sifatli kadrlar professor, jarroh va virusologlarga talab yuqori. Oliy o’quv yurtlaridan esa bu yo’nalishlarda o’qigan o’qigan talabalarga bilim yetishmaydi. Bizning xususiy maktab es ushbu soha bo’yicha sifatli va chuqurlashtirilgan o’rta ta’lim beradi.
Jismoniy fanlar yo’nalishida ham o’quvchilar uchun ham aqlan va jismoniy bo’lgan tarbiya beriladi. Inson uchun qon aylanishi uning bilim olishi uchun juda zarur va uning bilim olishi sifatini yanada orttiradi.
Xorijiy sertifikatlar uchun tayyorlov yo’nalishida o’qigan o’quvchilar IELTS, TOEFL, SAT va boshqa xorijiy sertifikatlarga ega bo’ladi va ushbu sertifikatlar bilan xorijiy universitetlarga grant yutib olib u yerga o’qishga ketishi mumkin. Bu bilan o’quvchi yoshlar o’z kelajaklarini sifatli bilim bilan ta’minlash, bu bilan esa yaxshi kasb egasi bo’lishlar mumkin.
Axborot texnologiyalari sohasida o’qishni tugatgan o’quvchi yoshlar ushbu soha bo’yicha amaliyot yo’nalishlarga jalb etiladi. Ularga dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish o’rgatiladi va ushbu soha bo’yicha sifatli xizmatlar yo’lga qo’yish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Asosiysi ushbu yo’nalishda o’qigan talabalar to’liq amaliyot orqali o’z bilimlarini mustahkamlaydi.
Yuqorida ta’riflangan yo’nalishlar uchun tuzilgan dars rejalari asosan o’quvchi yoshlarni oliy ta’lim muassasalari va akademiya uchun sifatli kadrlar tayyorlay uchun mo’ljallangan.
4.LOYIHANING UMUMIY QIYMATI
1-jadval




Download 452.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling