Tasdiqlayman” “Yer resurslari, kadastr va geoinformatika” kafedrasi mudiri J. Urinov
Download 39.2 Kb.
|
Yer huquqi yakuniy savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 170-modda. Yerga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi va o‘zga ashyoviy huquqlar
- 16-modda. O‘zbekiston Respublikasida erga bo‘lgan mulkchilik
- Davlat mulkining obyektlari
- Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik
- 17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari
- 18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi
- 10-modda. Yer uchastkasi
- 12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni
- Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilik
214-modda. Respublika mulki
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektlari, respublika budjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo‘lishi mumkin. 43.Fuqarolik kodeksining 170-moddasi 170-modda. Yerga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi va o‘zga ashyoviy huquqlar Yerga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi va o‘zga ashyoviy huquqlar ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. 44.Yerlarga nisbatan mulkchilik masalasi o’rnatilgan normativ hujjatlar 45.Yer huquqi va yer munosabatlari siyosatini belgilovchi qonunlar 46.Yer munosabatlarini tartibga soluvchi umumiy ahamiyatdagi qonunlar 47.Yer munosabatlarini tartibga soluvchi maxsus ahamiyatga ega qonunlar 48.Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan muhofaza etuvchi ahamiyatga ega qonunlar 49.Yer huquqi va yer munosabatlari siyosatini belgilovchi qonunlarga qaysilar kiradi? 50.Yer munosabatlarini tartibga soluvchi maxsus ahamiyatga ega qonunlarni yozib bering? 51.Yer kodeksining 16 va 18- moddalari 16-modda. O‘zbekiston Respublikasida erga bo‘lgan mulkchilik Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza etiladi. 18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi. Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi. 52.“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi Davlat mulkining obyektlari 1. O‘zbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga: er ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi; O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki; jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari; jumhuriyat budjetining mablag‘lari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sug‘urta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari; davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy o‘quv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi. 2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. 53.“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi Tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. 54.Yer kodeksining 17-moddasi 17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari Yuridik shaxslar ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk, doimiy foydalanish va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk va ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishi mumkin. Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin, bundan ushbu Kodeks 18-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yuridik va jismoniy shaxslarning 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkalariga nisbatan yuzaga kelgan doimiy egalik qilish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish va muddatli (vaqtincha) foydalanish huquqlari o‘z kuchida qoladi, bundan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilingan hollar mustasno. Yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan, o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli. 55.Yerga nisbatan mulk huquqining sub’ektlari va ob’ektlari. 56.O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18-moddasi 18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi. Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi. 57.yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining sub’ektlari 58.Yerlarga nisbatan mulk huquqining ob’ekti 59.Yer kodeksining 8- moddasi Yer fondi toifalari 60.Yer kodeksining 10-moddasi 10-modda. Yer uchastkasi Yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismidir. Yer uchastkasining chegarasi planlarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Yer uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi. Yer uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin. O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yer uchastkasi bo‘linadigan yer uchastkasi hisoblanadi. Foydalanish maqsadiga ko‘ra mustaqil yer uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan yer uchastkasi bo‘linmaydigan yer uchastkasi hisoblanadi. 61.Yer tuzishning mohiyati va tushunchasi 62.Yer tuzish turlari 63.O‘zbekistonning respublikasi Yer kodeksi 12-moddasi 12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo‘jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. Yer tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirig‘iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi; 64.Davlat yer kadastri tushunchasi. 65.Davlat yer kadastrini yuritish tamoyillari. 66.Kadastr tushunchasi nimani anglatadi? 67.Davlat yer kadastrining huquqiy asoslari 68.Davlat yer kadastri tushunchasi (3-modda) Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilik Davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan, boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat yer kadastri to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 69.Davlat yer kadastrini yuritish qanday ta’minlanadi (O’zb.Resp. “DYKT”10-modda) Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling