Tasdiqlayman” “Yer resurslari, kadastr va geoinformatika” kafedrasi mudiri J. Urinov
Download 39.2 Kb.
|
Yer huquqi yakuniy savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
14-modda. Jinoyat tushunchasi
Ushbu Kodeksda taqiqlangan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo tahdidi bilan sodir etilgan jinoyat hisoblanadi. Ushbu Kodeks bilan qo'riqlanadigan ob'ektlarga zarar yetkazadigan yoki bunday zarar yetkazishning real xavfini yuzaga keltiradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanadi. 105.Yer kodeksi (90-modda) 90-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo‘yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish bundan mustasno), yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo‘ladilar. Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar: yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda; yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlikda; qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda; yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda; yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda; vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda; yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo‘q qilganlikda; davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatganlikda; o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlikda va chorva mollar boqqanlikda; yovvoyi o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaganlikda; yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda; yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqishning belgilangan muddatlari va tartibini buzganlikda. 106.Yer qonunchiligini buzganlik uchun belgilanadigan jinoiy javobgarlikda javobgarlikning boshqa turlariga nisbatan xususiyatlari 107.Yer qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishning huquqiy asoslari 108.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 193-moddasi Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling