Tasdiqlayman” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari R. Yusupov


Download 20.04 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1351069
  1   2
Bog'liq
7-мавзу Til millat ruhining ko‘zgusidir.


TASDIQLAYMAN”


Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor
oʻrinbosari _________ R.Yusupov 21.10.2022-yil
7-Mavzu: Til millat ruhining ko‘zgusidir.
Ma’naviyat soatining maqsadi: Tilga e’tibor oliy insoniy fazilat ekanligi singdirsh.
Kutilayotgan natija: Tilga hurmat orqali yuksak ma’naviy fazilatga, ega boʻladi. Ona tiliga mehri oshadi.


O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4-moddasidan.
Milliy ruhni shakllantiradigan, muntazam mustahkamlaydigan, uning muntazam avaylab-asralishiga imkon beradigan eng odil omil ona tilidir. Til xalq, millat ruhining betakror va hech bir zamon xira tortmas ko‘zgusidir. Har bir tilda shu til egasi bo‘lgan millatning sa'jiyasi, ruhiyati aks etadi. Shuning uchun ham bolaning tili ona tili sifatida chiqib, ona tili sifatida kamol topgandagina uning shuurida tom ma'nodagi milliy ruh barqaror bo‘ladi” . Shu ma'noda, inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili ta'limi yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zotan, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ona tilimizning ana shu jihatiga alohida urg‘u bergan: “Ma'lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy ma'naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” Ona tili bu millatning g‘ururidir. Har bir xalqning taraqqiyotida o‘zga xalqlar bilan aloqa qilishda til muhim o‘rin egallaydi. U insoniyat tafakkurining moddiy ifodasi, xalqlar o‘rtasidagi barcha munosabatlarni bog‘lovchi oltin xalqa sifatida bebaho ilohiy ne'matdir. Til bor ekan, shu xalq mangu yashaydi. Til millat mavjudlugining, uning yashab turganligi va faoliyat ko‘rsatganligining belgisidir. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasigina bo‘lib qolmay, balki miliy ma'naviyatning ulkan samarasi, xalqlar ma'naviy hayoti va ko‘p asrlik rivojining ko‘zgusu hamdur. Til xalqqa kuch quvvat, ruhiy barkamollik bag‘ishlaydi. U ma’naviy hayotning asosi, xalqni xalq, millatni millat etuvchi buyuk ijtimoiy ruhiy hodisadir. Shu bois Prezident Islom Karimov «Til ma'naviyatning belgisi sifatida kishilarni birlashtiradi», deb ta'kidlagan edilar. Tilga e'tibor jamiyatning turli bosqichlarida turli darajada bo‘lib kelgan. XV asrgacha ona tili (turkiy til)mizga avom xalq tili deb past nazar bilan qarab, arab va fors tillariga nisbatan kamsitib kelingan. Hattoki, Alisher Navoiy fors tilini yaxshi bilmaydi, uning uchun kim turkiyda yozadur deb kamsitadilar. Bunday da'volarga qarshi Alisher Navoiy «Chordevon»ni fors tilida yaratdi. O‘zbek adabiy tilining taraqqiyotida Alisher Navoiyning xizmati beqiyosdir. Navoiy o‘z ona tilini har xil ta'na va malomatlardan batamom xalos etib, uning salohiyatini, go‘zalligini rad etib bo‘lmas misralar bilan boyitdi. Erur bas, chu husni malohat senga, yasanmoq, bezanmoq, ne hojat senga” degan misralar bilan o‘zbek tilini mensimaganlarga qattiq zarba berdi. O‘zlikni anglash, miliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy – ma'naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar va jamoatchilik arboblaridan tashkil etilgan maxsus komissiyaning o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi bo‘yicha ishi 1989 yil 19 oktyabrda Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo‘yildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat tili haqidagi qonunni qabul qildi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o‘zbek tili to‘la amal qilishi qonunlashtirildi. 1992 yil 7 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tili boshqa davlat ramzlari qatorida qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan timsolga aylandi. 1993 yil 2 sentyabrda “lotin” yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 2020 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi quvonarli hol bo‘ldi. Ushbu qonun bilan har yili 21 oktyabrь “O‘zbek tili bayrami kuni” etib nishonlash belgilandi. Endilikda


Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling