Tasdiqlayman
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minotida budjetdan tashqari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.10-jadval Tibbiyot muassasalarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbat 49
- 2.11-jadval Mirobod tumani bo‘yicha 2011-2014 yillarda budjetdan tashqari mablag‘lar harakati 53
- 2.7-rasm. Mirobod tuman budjetidan sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan jami mablag‘lar tahlili 54
- 2.8-rasm. 2011-2013 yillar mobaynida Mirobod tumanida sog‘liqni saqlash muassasalarida budjetdan tashqari yo‘naltirilgan mablag‘lar 55
- 2.12-jadval Mirobod tumani 1-oilaviy poliklinakining 2011-2013-yillarda budjetdan tashqari mablag‘larining harakati 56
- 2013 yil Daromad Xarajat Daromad Xarajat Daromad Xarajat
- III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNI ISLOH QILISH STRATEGIYASI
- 3.1-rasm. 2012-2015 yillarda respublika sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari 58
- 3.2-rasm . 2014 yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining moliyalashtirish
2.3. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minotida budjetdan tashqari manbalardan foydalanish amaliyoti
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning barcha sohalarida o‘ziga xos tarzda yangilanishlar yuz bermoqda. Aytish mumkinki, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini o‘z-o‘zini moliyalashtirish prinsiplariga asoslangan holda samarali tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirishni me’yoriy - huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qonun va qarorlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 532-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008- yil 23- apreldagi “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 35-son qarorlari pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish hajmining kengayishiga turtki bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1652 sonli qarorining qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-sentyabrdagi PF-3923-sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Farmonida berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2018-yilning 1-yanvarigacha uzaytirildi, bojxona imtiyozlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olib kelinadigan tibbiyot uskunalariga, butlovchi buyumlarga, tibbiyot uskunalarining ehtiyot qismlari va sarflanadigan materiallariga nisbatan joriy etildi. Sog‘liqni saqlash muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirish hukumat tomonidan
49
o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va xizmat sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ- 640-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy asoslar, iqtisodiy shart-sharoitlar natijasida keyingi yillarda pullik xizmatlar bozori sekin-astalik bilan kengayib bormoqda. Davlat budjeti mablag‘lari bilan ta’minlanuvchi sog‘liqni saqlash muassasalaridagi jami xarajatlarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar ulushini quyidagi 2.10-jadvalda keltirilgan.
Jami
100,0 100,0
100,0 100,0
100,0 100,0
Budjet mablag‘lari 93,2
93,7 94,3
93,8 94,0
93,6 Budjetdan tashqari mablag‘lar 6,8
6,3 5,7
6,2 6,0
6,4
Quyidagi 2.6-rasm ma’lumotlariga ko‘ra Toshkent, Namangan, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida bemorlarning pullik ovqatlanishdan tushgan mablag‘ boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ushbu ko‘rsatkichlar ancha kam. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimining xarajatlarida davlatning ulushi o‘rtacha 76,5 foizni, xususiy sektori ulushi esa 23,5 foizni tashkil qiladi. 50
budjetdan tashqari mablag‘larning ulushi salmoqli qismni tashkil etmoqda.
49 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida talaba hisob-kitoblari. 50 Бурджалов Ф. Реформа здравоохранения в США // Мировая экономика и международные отношения. Москва, 2010. - №10. - С. 44.
50
2.6-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat davolash-profilaktika muassasalarida pullik ovqatlanishdan tushgan mablag‘lar(ming so‘mda) 51
Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish lozim deb hisoblanadi. Sanab o‘tilgan xorijiy mamlakatlarda budjetdan tashqari mablag‘lar hajmi ancha yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Sog‘liqni saqlash muassasalarini o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda tashkil etilgan shart-sharoitlar natijasida tizimda budjetdan tashqari mablag‘lar jalb etish vazifasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Sohada budjetdan tashqari mablag‘lar izlab topish, ularning manbalari ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bir muncha sezilarsiz bo‘lib qolmoqda. Budjetdan mablag‘ oluvchi tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bilan nodavlat tibbiyot muassasalari sektorining bir turdagi tibbiy xizmatlari sifati va narxi o‘rtasida mavjud bo‘lgan sezilarli
51 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariga asosan talab tomonidan tayyorlangan.
0 51
farqning vujudga kelishi natijasida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini ma’lum tendensiyasi bilan oshib borishi sezilarli emas. Binobarin, Prezidentimiz ta’kidlagan “Tarkibiy yangilanishdagi alohida e’tiborni talab etadigan navbatdagi muhim masala - bu xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta’minlashdan iborat” - ushbu so‘zlar zamirida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini tibbiy xizmatlar hisobidan oshirish muhim vazifa ekanligi uz isbotini topadi 52 ”.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi qanchalik ortib borsa, aholining pullik tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabi ham shunga proporsionallik o‘zgarib boradi. Aholi sog‘lig‘ini saqlashda hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanish uchun nafaqat budjet mablag‘larini tasarruf etishda balki budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishda ham tibbiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish lozim.Mirobod tuman budjetidagi budjetdan tashqari mablag‘lar harakatini tahlili qilib chiqadigan bo‘lsak, umuman olganda budjetdan tashqari mablag‘larning sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘lardagi ulushi yil sayin sekin asta ortib bormoqda (2.11- jadval).
Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha 261,111.2 455,497.7 553,595.0 137,088.5 Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi 96,114.2 124.2
- - Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi 176,838.8 229,218.9 347,599.0 119,740.4
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Mirobod tumanidan mablag‘ oluvchi sog‘liqni saqlash muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar harakatida
52 Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi”. Xalq so‘zi. №14(5434). - B. 2. 53 Mirobod tumani Moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 52
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining o‘rni katta bo‘lmoqda. Bu sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘larda budjet hisobidan moliyalashtirish hajmi 90-91foizni tashkil etmoqda (2.7-rasm).
Tumandagi budjetdan tashqari mablag‘lar harakatini tahlil etayotganda, ularning manbalariga e’tiborni qaratish muhim hisoblanadi. Xususan, tuman budjetidan ushbu sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning katta ulushini boshqa budjetdan tasmolithqari mablag‘lar harakati tashkil etmoqda (2.8-rasm).
muassasalarida budjetdan tashqari yo‘naltirilgan mablag‘lar 55
54 Mirobod tumani Moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 55 O‘sha yerda. 53
Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasasi ya’ni 1-oilaviy poliklinikada budjetdan tashqari mablag‘lar ichida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi jamiga nisbatan 2012-yilda 61,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 79,02 foiz bo‘lgan. Jami budjetdan tashqari mablag‘larga nisbatan Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi moliyaviy resurslari 2012-2013- yillar oralig‘ida pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan (2.12-jadval). Shu bilan bir qatorda, o‘tgan yillarga nisbatan respublika budjetidan mablag‘ oluvchi sog‘liqni saqlash mussasalarida rivojlanish dinamikasi birmuncha yuqori bo‘lgan. Birgina 2008-yilning o‘zida o‘tgan yilga nisbatan respublika tibbiyot muassasalari 1,82 barobarga, mahalliy budjet sog‘liqni saqlash muassasalari 1,02 barobarga oshgan. Budjetdan tashqari mablag‘lar manbaini rivojlanish tendensiyasi respublika budjetida tibbiyot muassasalarida yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib jadal bo‘lmoqda.
1 Tibbiyot muassasalarini moddiy
rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi 32, 902,1 21 000,6 39 735,9 47 344,0 60 789,1 59 275,2 2 Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi 2 039,2
2 039,2 - - - - 3 Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha 29 530,1 17 974,8 27 877,3 36 918,7 37 197,1 39 357,4 Jami: 64 471,4 41 014,6 67 613,2 84 262,7 97 986,2 98 632,6
Ma’lumotlarni tahlil qilib, o‘z-o‘zini moliyalashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda tashkil etilgan shart-sharoitlar budjetdan tashqari
56 Mirobod tuman budjetidan mablag‘ oluvchi 1-oilaviy poliklinika ma’lumotlari asosida. 54
mablag‘lar hajmini oshirish va ular dinamikasini bir maromda olib borish ishlarini yanada jadallashtirishni talab etadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, yurtboshimiz aytib o‘tgan “...aholiga tibbiy va kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, qishloq joylarda bu sohani yanada kengaytirish uchun hali-beri foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xizmatlar sohasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada qolmoqdamiz 57 ” - mazkur jumlalar joylarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini oshirish dolzarb ekanligining yaqqol misolidir. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8 iyundagi “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 264-son qaroriga ko‘ra respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar manbaini shakllantirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab berildi. Ushbu qarordan keilb chiqqan holda tibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar manbaini shakllantirish yo‘nalishlari belgilab berilgandir, albatta tibbiyot muassasalarini budjetdan tashqari mablag‘lari ularning ish faoliyatini ko‘rsatishda samaradorligini oshirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tibbiyot muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish yo‘llarini ko‘lamini kengaytirish, ushbu muassasalar kelajakdagi ish unumdorligini va ko‘ratilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda o‘rni kattadir. Shulardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bu oVazirlar Mahkamasining 2004-yil 8 iyundagi “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 264-son qaroririndagi islohotlarning naqadar o‘rinli ekanligidan dalolat beradi.
57 Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz tarakkiyotini yangi bosqichga kutaradigan yil bo‘ladi. Xalq so‘zi. №14(5434). – B. 2.
55
SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNI ISLOH QILISH STRATEGIYASI 3.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari
Mamlakat aholisining turmush
tarzi yaxshilanishi, texnika va
texnologiyalarning rivojlanib borishi hamda turli xil kasalliklarning kelib chiqishi sog‘liqni saqlash tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashda ushbu sohani moliyalashtirishni isloh qilishni va takomillashtirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrda “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1652-sonli qaroriga asosan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada kengaytirish, muassasalar faoliyatining samaradorligini oshirish, aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tizim moliyaviy resurslarini shakllantirishning yangicha mexanizmlari joriy etildi. Unga ko‘ra sog‘liqni saqlash sohasining budjetdan mablag‘ oluvchi sog‘liqni saqlash tizimi statsionar muassasalari tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish, qishloq aholi punktlarida qishloq aholisi uchun birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanishni ta’minlaydigan qo‘shimcha 102 ta qishloq vrachlik punktlarini barpo etish,
xorijiy grantlardan foydalanish hajmini
oshirish, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish, viloyat va tuman bo‘g‘inidagi 46 ta sog‘liqni saqlash muassasalarini bosqichma- bosqich o‘zini-o‘zi to‘la moliyalashtirishga o‘tkazish, shuningdek, 57 ta tibbiyot muassasalarining umumiy xarajatlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag‘lar salmog‘ini oshirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi (3.1-rasm). 56
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish sohada boshlangan dastlabki islohotlar davrida ham asosiy vazifalardan biriga aylangan edi. Qisqa davr mobaynida sohada amalga oshirilgan qator ijobiy o‘zgarishlar o‘z natijalarini berdi.
qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari 58
58 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1652-sonli qarorining 1-bandi 57
Islohotlarning hozirgi zamonaviy bosqichida budjetdan tashqari moliyaviy resurslar salmog‘ini ko‘paytirish, ayniqsa 46 ta tibbiyot muassasasini to‘liq xo‘jalik hisobiga o‘tkazilishi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini aksiyalashtirilishi muhim qadamlardan biri desak xato bo‘lmaydi. Sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda xorijiy mablag‘larning o‘rni beqiyos. Jalb etilayotgan xorijiy kredit va grant mablag‘lar hisobidan tizimni modernizatsiyalash, ayniqsa birlamchi tibbiyot bo‘g‘inning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash shular jumlasidandir. Shuni hisobga olgan holda, Jahon bankining (JB) Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi va Islom taraqqiyot banki hamda Global Fond bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Shu jumladan, mamlakatimizda “Salomatlik-1” loyihasi Jahon banki kreditlari hisobiga amalga oshirilib, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inlarini isloh, qilishga yo‘naltirildi va muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyihalar bir qator viloyatlarning aholi punktlarida qishloq vrachlik punktlarini texnik jihozlash, shuningdek, bozor sharoitlarini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida, xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soniga ko‘ra samarali moliyalashtirish tizimiga o‘tish uchun me’yoriy asoslar yaratildi. Bu tizimni hamma joyda joriy qilish katta miqdordagi mablag‘larni sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘iniga, onalar va bolalarga xizmat ko‘rsatishga, budjet mablag‘lari xarajatlar strukturasini ratsionallashtirish va hokazolarga yo‘naltirishga imkon beradi. Bulardan tashqari 2005-yil 1-yanvardan boshlab “Salomatlik-2” loyihasi amalga oshirila boshlandi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 18,1 mln AQSh dollari miqdorida hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining o‘n yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 35 yil muddatda qaytariladigan 39,5 mln AQSh dollariga teng miqdordagi krediti belgilangan. Loyiha bir qator viloyatlarning tumanlarida 58
qishloq vrachlik punktlarini texnik jihozlash, shuningdek, bozor sharoitlarini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida, xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soniga ko‘ra samarali moliyalashtirish tizimiga o‘tish uchun me’yoriy asoslar yaratildi. Hozirgi vaqtda JBning kreditlari evaziga “Salomatlik-3” loyihasi amalga oshirilmoqda. 60,6 mln AQSh dollari miqdorida kreditni 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olib, qaytarish muddati 25 yil etib belgilangan 59 . Ushbu loyihani amalga oshirish davri 2018 yilgacha uzaytirilganligi va sakkiz yilni (2011 — 2018 yillar) tashkil etishi belgilangan. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hamda kredit bo‘yicha foiz va vositachilik to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida umumiy qiymati 70 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha 60 amalga oshirilmoqda, shundan, OTB tomonidan ajratilgan 40 mln AQSh dollariga teng imtiyozli kredit onalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, tug‘ruqqa ko‘maklashish muassasalari va gematologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Loyiha 6 ta tanlab olingan mintaqada, shuningdek, gematologiya markazlari va milliy miqyosda qon quyish stantsiyalarida amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirish, Respublika birinchi tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ushbu muassasalarni asbob- uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha 23,8 mln AQSh dollari hajmida Islom taraqqiyot banki 61 (ITB) bilan bitim imzolandi. ITB bilan 171 ta yirik markaziy 59 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jahon Bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish (salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 2013 yil 17 iyuldagi 203-sonli qarorining 1-bandi. 60 O‘zbekiston Respublikasi aholi farovonlinini oshirish loyihasi. 2008-2012-yillarda loyihasining to‘liq hujjati. 2012-yil .T.:Elektron qo‘llanma. 40 bet. 61 O‘sha yerda. 59
tumanlar shoshilinch tibbiy yordam bo‘linmalari va shahar shifoxonalarini asbob- uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha bitim imzolandi. XXR bilan respublika onkologiya dispanserlariga diagnostika uskunalarini etkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi, MFI bilan viloyatlardagi bolalar kasalxonalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash, viloyat maslahat-diagnostika markazlarini tashkil qilish va jihozlash masalalari kelishib olinmoqda. Respublika Hukumati va Xalqaro taraqqiyot banki o‘rtasida temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallanishni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Unni fortifikatsiyalash milliy dasturi” loyiha granti, Global Fond bilan esa OITSga qarshi kurashish uchun-24,6 mln. AQSh dollari, 62 silga qarshi kurash uchun-12,6 mln. AQSh dollari, malyariyaga qarshi kurashish uchun- 2,5 mln. AQSh dollari miqdorida grantlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasida moliyalashtirish tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 13-fevraldagi 37-sonli Qarorining 2-bandiga muvofiq:
yashovchi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish shartlariga: Toshkent shahrida, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida — 2013 yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida — 2014-yildan boshlab, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 2015-yildan boshlab bosqichma-bosqich o‘tkazish;
kontraktlar tuzish asosida moliyalashtirish: 3 ta kasalxonada davolab yuborilgan bir nafar bemor hisobiga xizmatlar qiymati va hajmidan kelib chiqib hamda 12 ta kasalxonada — tasdiqlangan normativ ko‘rsatkichlarga muvofiq xarajatlar smetasi
62 O‘zbekiston Respublikasi aholi farovonlinini oshirish loyihasi. 2008-2012-yillarda loyihasining to‘liq hujjati. 2012-yil .T.:Elektron qo‘llanma. 40 bet. 60
bo‘yicha haq to‘lash yuzasidan eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining takliflari ma’qullandi. Albatta bu qadar ishlarni amalga oshirishda davlat dasturlarining o‘rni kattadir. Ushbu davlat dasturlari har bir moliya yili uchun o‘tgan yilgi davlat dasturining davomi hisoblanib, aksariyat davlat dasturlari mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgandir. Jumladan oxirgi ikki yil “Obod turmush yili”, “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinib, tegishli davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Ushbu davlat dasturlarida ijtimoiy sohani rivojlantirish, xususan sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish ishlari muhim o‘rin tutgan. Xususan, “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini 63 amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan: o
sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish; o
mevasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalik muhofazasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ro‘zg‘or tashvishlarini yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; o
sog‘lom bolani voyaga etkazishda, patologiyalarsiz bolalar tug‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlarining roli va mas’uliyatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish.
63 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi ““Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2133-sonli qarorining 1-bandi. 61
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqqan holda, “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini amalga oshirishda jami 4 509,2 mlrd so‘m va ekvivalentda 302,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi 64 . Ushbu davlat dasturining moliyalashtirish manbalari batafsil quyidagi 3.2-rasmda keltirilgan.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling