Tasdiqlayman


Download 0.6 Mb.

bet5/7
Sana09.02.2017
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

2.3. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minotida budjetdan tashqari 

manbalardan foydalanish amaliyoti 

 

Mamlakatimizda 



olib 

borilayotgan 

iqtisodiy 

islohotlar 

natijasida 

iqtisodiyotning barcha sohalarida  o‘ziga xos tarzda yangilanishlar yuz bermoqda. 

Aytish  mumkinki,  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  faoliyatini  o‘z-o‘zini 

moliyalashtirish  prinsiplariga  asoslangan  holda  samarali  tashkil  etish  muhim 

ahamiyat kasb etmoqda. 

Sog‘liqni saqlash tizimida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini kengaytirish 

bo‘yicha  chora-tadbirlar  amalga  oshirishni  me’yoriy  -  huquqiy  jihatdan  tartibga 

solish  maqsadida  hukumatimiz  tomonidan  bir  qator  qonun  va  qarorlar  ishlab 

chiqilib  hayotga  tadbiq  etilmoqda.  Shu  jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

1997-yil 

2-dekabrdagi 

“Davolash-profilaktika 

muassasalarini  mablag‘  bilan  ta’minlash  tizimini  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi 

532-sonli  qarori  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi        2008-  yil  23-

apreldagi  “Pullik  tibbiy  xizmat  ko‘rsatishga  bosqichma-bosqich  o‘tayotgan 

davolash-profilaktika muassasalarini moliyalashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritish 

to‘g‘risida”  35-son  qarorlari  pullik  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  hajmining 

kengayishiga turtki bo‘ldi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011-yil  28-noyabrdagi  “Sog‘liqni 

saqlash  tizimini  isloh  qilishni  yanada  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  PQ-1652  sonli  qarorining  qabul  qilinishi  bilan  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2007-yil  19-sentyabrdagi  PF-3923-sonli  “Sog‘liqni 

saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish  Davlat 

dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Farmonida berilgan 

soliq  va  bojxona  imtiyozlari  2018-yilning  1-yanvarigacha  uzaytirildi,  bojxona 

imtiyozlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olib kelinadigan 

tibbiyot  uskunalariga,  butlovchi  buyumlarga,  tibbiyot  uskunalarining  ehtiyot 

qismlari  va  sarflanadigan  materiallariga  nisbatan  joriy  etildi.  Sog‘liqni  saqlash 

muassasalarida  budjetdan  tashqari  mablag‘larni  ko‘paytirish  hukumat  tomonidan 


49 

 

o‘ziga xos tarzda qo‘llab-quvvatlanmoqda. 



Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007-yil  21-maydagi 

“O‘zbekiston  Respublikasida  2006-2010-yillarda  xizmat  ko‘rsatish  va  xizmat 

sohasini  rivojlantirishni  jadallashtirishga  oid  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-

640-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan 

me’yoriy-huquqiy  asoslar,  iqtisodiy  shart-sharoitlar  natijasida  keyingi  yillarda 

pullik  xizmatlar  bozori  sekin-astalik  bilan  kengayib  bormoqda.  Davlat  budjeti 

mablag‘lari  bilan  ta’minlanuvchi  sog‘liqni  saqlash  muassasalaridagi  jami 

xarajatlarda  budjet  va  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  ulushini  quyidagi                 

2.10-jadvalda keltirilgan. 

2.10-jadval  

Tibbiyot muassasalarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar 

o‘rtasidagi o‘zaro nisbat

49

  

             (foizda) 

Yillar 

2008yil  2009yil 

2010yil 

2011yil 

2012yil 

2013yil 

Jami 


100,0 

100,0 


100,0 

100,0 


100,0 

100,0 


Budjet mablag‘lari 

93,2 


93,7 

94,3 


93,8 

94,0 


93,6 

Budjetdan tashqari 

mablag‘lar 

6,8 


6,3 

5,7 


6,2 

6,0 


6,4 

 

Quyidagi  2.6-rasm  ma’lumotlariga  ko‘ra  Toshkent,  Namangan,  Samarqand, 



Farg‘ona  viloyatlari  va  Toshkent  shahrida  bemorlarning  pullik  ovqatlanishdan 

tushgan  mablag‘  boshqa  viloyatlarga  nisbatan  ko‘p  bo‘lsa,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi,  Navoiy,  Jizzax,  Sirdaryo  viloyatlarida  ushbu  ko‘rsatkichlar  ancha 

kam.  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotlariga  ko‘ra,  20  dan  ortiq 

rivojlangan  mamlakatlarda  sog‘liqni  saqlash  tizimining  xarajatlarida  davlatning 

ulushi o‘rtacha 76,5 foizni, xususiy sektori ulushi esa 23,5 foizni tashkil qiladi.

50

 

Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirishda 



budjetdan tashqari mablag‘larning ulushi salmoqli qismni tashkil etmoqda. 

                                                           

49

 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida talaba hisob-kitoblari.   



50

Бурджалов  Ф.  Реформа  здравоохранения  в  США  //  Мировая  экономика  и  международные  отношения. 

Москва, 2010. - №10. - С. 44. 


50 

 

 



2.6-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimidagi davlat davolash-profilaktika 

muassasalarida pullik ovqatlanishdan tushgan mablag‘lar(ming so‘mda)

51

 

 

Xorijiy  tajribadan  kelib  chiqqan  holda,  mamlakatimizda  sog‘liqni  saqlash 



sohasida  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  hajmini  oshirish  lozim  deb  hisoblanadi. 

Sanab  o‘tilgan  xorijiy  mamlakatlarda  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  hajmi  ancha 

yuqori  ekanligini  ko‘rish  mumkin.  Sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  o‘z-o‘zini 

moliyalashtirish  tizimini  shakllantirish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlar  hamda 

tashkil etilgan shart-sharoitlar natijasida tizimda budjetdan tashqari mablag‘lar jalb 

etish vazifasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. 

Sohada  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  izlab  topish,  ularning  manbalari 

ko‘lamini  kengaytirish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlar  bir  muncha  sezilarsiz 

bo‘lib  qolmoqda.  Budjetdan  mablag‘  oluvchi  tibbiyot  muassasalarida 

ko‘rsatiladigan  tibbiy  xizmatlar  bilan  nodavlat  tibbiyot  muassasalari  sektorining 

bir  turdagi  tibbiy  xizmatlari  sifati  va  narxi  o‘rtasida  mavjud  bo‘lgan  sezilarli 

                                                           

51

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariga asosan talab tomonidan tayyorlangan. 



 

 



51 

 

farqning vujudga kelishi natijasida budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini ma’lum 



tendensiyasi bilan oshib borishi sezilarli emas. 

Binobarin,  Prezidentimiz  ta’kidlagan  “Tarkibiy  yangilanishdagi  alohida 

e’tiborni talab etadigan navbatdagi muhim masala - bu xizmatlar sohasining jadal 

rivojlanishini  ta’minlashdan  iborat”  -  ushbu  so‘zlar  zamirida  budjetdan  tashqari 

mablag‘lar  hajmini  tibbiy  xizmatlar  hisobidan  oshirish  muhim  vazifa  ekanligi  uz 

isbotini topadi

52

”. 


Aholi  jon  boshiga  YaIM  hajmi  qanchalik  ortib borsa, aholining  pullik tibbiy 

xizmatlarga  bo‘lgan  talabi  ham  shunga  proporsionallik  o‘zgarib  boradi.    Aholi 

sog‘lig‘ini  saqlashda  hamda  mablag‘lardan  maqsadli  foydalanish  uchun  nafaqat 

budjet  mablag‘larini  tasarruf  etishda  balki  budjetdan  tashqari  mablag‘larni 

shakllantirishda  ham  tibbiy  me’yorlarga  qat’iy  rioya  qilish  lozim.Mirobod  tuman 

budjetidagi  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  harakatini  tahlili  qilib  chiqadigan 

bo‘lsak,    umuman  olganda  budjetdan  tashqari  mablag‘larning  sog‘liqni  saqlashga 

yo‘naltirilayotgan mablag‘lardagi ulushi yil sayin sekin asta ortib bormoqda (2.11-

jadval).  

2.11-jadval 

Mirobod tumani bo‘yicha 2011-2014 yillarda budjetdan tashqari 

mablag‘lar harakati

53

 

(.ming so‘m) 

Ko‘rsatkichlar nomi 

2011 y 

2012 y 

2013 y 

2014y 

(1kv) 

Boshqa budjetdan tashqari 

mablag‘lar harakati bo‘yicha 

261,111.2  455,497.7 

553,595.0 

137,088.5 

Budjet tashkilotini rivojlantirish 

jamg‘armasi 

96,114.2 

124.2 


Tibbiyot muassasalarini moddiy 



rag‘batlantirish va rivojlantirish 

jamg‘armasi 

176,838.8  229,218.9 

347,599.0 

119,740.4 

 

Ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  Mirobod  tumanidan  mablag‘  oluvchi 



sog‘liqni  saqlash  muassasalarida  byudjetdan  tashqari  mablag‘lar  harakatida 

                                                           

52

  Karimov  I.A.  “2012  yil  Vatanimiz  taraqqiyotini  yangi  bosqichga  ko‘taradigan  yil  bo‘ladi”.  Xalq  so‘zi. 



№14(5434). - B. 2. 

53

 Mirobod tumani Moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 



52 

 

Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining 



o‘rni katta bo‘lmoqda. Bu sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘larda budjet hisobidan 

moliyalashtirish hajmi 90-91foizni tashkil etmoqda (2.7-rasm). 

 

2.7-rasm. Mirobod tuman budjetidan sog‘liqni saqlashga 

yo‘naltirilgan jami mablag‘lar tahlili

54

 

 

Tumandagi  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  harakatini  tahlil  etayotganda, 

ularning  manbalariga  e’tiborni  qaratish  muhim  hisoblanadi.  Xususan,  tuman 

budjetidan  ushbu  sohaga  yo‘naltirilayotgan  mablag‘larning  katta  ulushini  boshqa 

budjetdan tasmolithqari mablag‘lar harakati tashkil etmoqda (2.8-rasm). 

 

2.8-rasm. 2011-2013 yillar mobaynida Mirobod tumanida sog‘liqni saqlash 



muassasalarida budjetdan tashqari yo‘naltirilgan  mablag‘lar

55

 

 

                                                           



54

 Mirobod tumani Moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 

55

 O‘sha yerda. 



53 

 

Mahalliy  budjet  mablag‘lari  hisobidan  moliyalashtiriladigan  tibbiyot 



muassasasi  ya’ni  1-oilaviy  poliklinikada  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  ichida 

Tibbiyot  muassasalarini  moddiy  rag‘batlantirish  va  rivojlantirish  jamg‘armasi 

jamiga nisbatan 2012-yilda 61,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilga kelib ushbu 

ko‘rsatkich  79,02  foiz  bo‘lgan.  Jami  budjetdan  tashqari  mablag‘larga  nisbatan 

Byudjet  tashkilotini  rivojlantirish  jamg‘armasi  moliyaviy  resurslari  2012-2013-

yillar oralig‘ida pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan (2.12-jadval). 

Shu bilan bir qatorda, o‘tgan yillarga nisbatan respublika budjetidan mablag‘ 

oluvchi  sog‘liqni  saqlash  mussasalarida  rivojlanish  dinamikasi  birmuncha  yuqori 

bo‘lgan.  Birgina  2008-yilning  o‘zida  o‘tgan  yilga  nisbatan  respublika  tibbiyot 

muassasalari  1,82  barobarga,  mahalliy  budjet  sog‘liqni  saqlash  muassasalari  1,02 

barobarga  oshgan.  Budjetdan  tashqari  mablag‘lar  manbaini  rivojlanish 

tendensiyasi  respublika  budjetida  tibbiyot  muassasalarida  yuqori  ko‘rsatkichlarni 

ko‘rsatib jadal bo‘lmoqda. 

2.12-jadval 

Mirobod tumani 1-oilaviy poliklinakining 2011-2013-yillarda budjetdan 

tashqari mablag‘larining harakati

56

 

 (.ming so‘m) 

№ 

Ko‘rsatkich-

lar nomi 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

Daromad 

Xarajat 

Daromad 

Xarajat 

Daromad 

Xarajat 

Tibbiyot 



muassasalarini 

moddiy 


rag‘batlantirish 

va rivojlantirish 

jamg‘armasi 

32, 902,1 

21 000,6 

39 735,9 

47 344,0 

60 789,1 

59 275,2 

Budjet 



tashkilotini 

rivojlantirish 

jamg‘armasi 

2 039,2 


2 039,2 





Boshqa budjetdan 

tashqari 

mablag‘lar 

harakati bo‘yicha 

29 530,1 

17 974,8 

27 877,3 

36 918,7 

37 197,1 

39 357,4 



Jami: 

64 471,4 

41 014,6 

67 613,2 

84 262,7 

97 986,2 

98 632,6 

 

Ma’lumotlarni  tahlil  qilib,  o‘z-o‘zini  moliyalashtirish  yuzasidan  olib 



borilayotgan  ishlar  hamda  tashkil  etilgan  shart-sharoitlar  budjetdan  tashqari 

                                                           

56

 Mirobod tuman budjetidan mablag‘ oluvchi 1-oilaviy poliklinika ma’lumotlari asosida. 



 

54 

 

mablag‘lar hajmini oshirish va ular dinamikasini bir maromda olib borish ishlarini 



yanada jadallashtirishni talab etadi.  

Yana  shuni  ta’kidlash  joizki,  yurtboshimiz  aytib  o‘tgan  “...aholiga  tibbiy  va 

kommunal-maishiy  xizmatlar  ko‘rsatishda,  ayniqsa,  qishloq  joylarda  bu  sohani 

yanada  kengaytirish  uchun  hali-beri  foydalanilmayotgan  katta  imkoniyatlar 

mavjudligini ko‘rsatmoqda.  

Xizmatlar  sohasining  rivojlanishi,  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  va  sifati 

bo‘yicha  biz  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlardan  hamon  jiddiy  orqada 

qolmoqdamiz

57

”  -  mazkur  jumlalar  joylarda  ko‘rsatilayotgan  tibbiy  xizmatlar 



hajmini  oshirish  dolzarb  ekanligining  yaqqol  misolidir.  Vazirlar  Mahkamasining 

2004-yil  8  iyundagi  “Sog‘liqni  saqlash  tizimida  eksperimentni  tugallash  va 

islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 264-son qaroriga ko‘ra 

respublika  ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  muassasalarining  budjetdan  tashqari 

mablag‘lar  manbaini  shakllantirish  yuzasidan  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan 

ishlar  belgilab  berildi.  Ushbu  qarordan  keilb  chiqqan  holda  tibbiyot 

muassasalarining 

budjetdan 

tashqari 

mablag‘lar 

manbaini 

shakllantirish 

yo‘nalishlari  belgilab  berilgandir,  albatta  tibbiyot  muassasalarini  budjetdan 

tashqari  mablag‘lari  ularning  ish  faoliyatini  ko‘rsatishda  samaradorligini 

oshirishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  tibbiyot  muassasalarning 

budjetdan  tashqari  mablag‘larini  shakllantirish  yo‘llarini  ko‘lamini  kengaytirish, 

ushbu  muassasalar  kelajakdagi  ish  unumdorligini  va  ko‘ratilayotgan  xizmatlar 

sifatini  oshirishda  o‘rni  kattadir.  Shulardan  kelib  chiqqan  holda  Vazirlar 

Mahkamasining  “Sog‘liqni  saqlash  tizimida  eksperimentni  tugallash  va 

islohotlarni 

chuqurlashtirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi 

bu  oVazirlar 

Mahkamasining  2004-yil  8  iyundagi  “Sog‘liqni  saqlash  tizimida  eksperimentni 

tugallash  va  islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  264-son 

qaroririndagi islohotlarning naqadar o‘rinli ekanligidan dalolat beradi. 

 

                                                           



57

  Karimov  I.A.  2012  yil  Vatanimiz  tarakkiyotini  yangi  bosqichga  kutaradigan  yil  bo‘ladi.  Xalq  so‘zi. 

№14(5434). – B. 2. 


55 

 

III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 



SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNI ISLOH 

QILISH STRATEGIYASI 

 

3.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash  sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini 

moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari 

 

Mamlakat 



aholisining 

turmush 


tarzi 

yaxshilanishi, 

texnika 

va 


texnologiyalarning rivojlanib borishi hamda turli xil kasalliklarning kelib chiqishi 

sog‘liqni  saqlash  tashkilotlarini  mablag‘  bilan  ta’minlashda  ushbu  sohani 

moliyalashtirishni  isloh  qilishni  va  takomillashtirishni  talab  etadi.  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrda “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh 

qilishni  yanada  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  PQ-1652-sonli 

qaroriga  asosan  sog‘liqni  saqlash  tizimidagi  islohotlarni  yanada  kengaytirish, 

muassasalar  faoliyatining  samaradorligini  oshirish,  aholiga  yuqori  sifatli  tibbiy 

yordam  ko‘rsatishni  ta’minlash  maqsadida  tizim  moliyaviy  resurslarini 

shakllantirishning yangicha mexanizmlari joriy etildi. Unga ko‘ra sog‘liqni saqlash 

sohasining  budjetdan  mablag‘  oluvchi  sog‘liqni  saqlash  tizimi  statsionar 

muassasalari  tarmog‘i  va  o‘rinlar  fondini  maqbullashtirish,  qishloq  aholi 

punktlarida  qishloq  aholisi  uchun  birlamchi  tibbiy  yordamdan  qulay  va  tez 

foydalanishni ta’minlaydigan qo‘shimcha 102 ta qishloq vrachlik punktlarini barpo 

etish, 


xorijiy 

grantlardan 

foydalanish 

hajmini 


oshirish, 

respublika 

ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlarini  bosqichma-bosqich  aksiyalashtirish, 

viloyat  va  tuman  bo‘g‘inidagi  46  ta  sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  bosqichma-

bosqich  o‘zini-o‘zi  to‘la  moliyalashtirishga  o‘tkazish,  shuningdek,  57  ta  tibbiyot 

muassasalarining  umumiy  xarajatlarini  moliyalashtirishda  budjetdan  tashqari 

mablag‘lar  salmog‘ini  oshirish  to‘g‘risidagi  chora-tadbirlar  amalga  oshiriladi    

(3.1-rasm). 



56 

 

Mamlakatimizda  sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirishda  budjetdan 



tashqari  mablag‘lar  hajmini  oshirish  sohada  boshlangan  dastlabki  islohotlar 

davrida  ham  asosiy  vazifalardan  biriga  aylangan  edi.  Qisqa    davr    mobaynida 

sohada     amalga     oshirilgan     qator    ijobiy o‘zgarishlar o‘z natijalarini berdi.  

 

3.1-rasm. 2012-2015 yillarda respublika sog‘liqni saqlash tizimini isloh 



qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari

58

 

                                                           

58

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada 



chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1652-sonli qarorining 1-bandi 

57 

 

 



Islohotlarning  hozirgi  zamonaviy  bosqichida  budjetdan  tashqari  moliyaviy 

resurslar  salmog‘ini  ko‘paytirish,  ayniqsa  46  ta  tibbiyot  muassasasini  to‘liq 

xo‘jalik  hisobiga  o‘tkazilishi,  respublika  ixtisoslashtirilgan  tibbiyot  markazlarini 

aksiyalashtirilishi muhim qadamlardan biri desak xato bo‘lmaydi. 

Sog‘liqni  saqlash  sohasida  belgilangan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishda 

xorijiy  mablag‘larning  o‘rni  beqiyos.  Jalb  etilayotgan  xorijiy  kredit  va  grant 

mablag‘lar  hisobidan  tizimni  modernizatsiyalash,  ayniqsa  birlamchi  tibbiyot 

bo‘g‘inning  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  shular  jumlasidandir.  Shuni 

hisobga  olgan  holda,  Jahon  bankining  (JB)  Xalqaro  taraqqiyot  uyushmasi,  Osiyo 

taraqqiyot  banki,  Xalqaro  taraqqiyot  assotsiatsiyasi  va  Islom  taraqqiyot  banki 

hamda Global Fond bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. 

Shu jumladan, mamlakatimizda “Salomatlik-1” loyihasi Jahon banki kreditlari 

hisobiga  amalga  oshirilib,  sog‘liqni  saqlash  tizimining  birlamchi  bo‘g‘inlarini 

isloh,  qilishga  yo‘naltirildi  va  muvaffaqiyatli  yakunlandi.  Loyihalar  bir  qator 

viloyatlarning  aholi  punktlarida  qishloq  vrachlik  punktlarini  texnik  jihozlash, 

shuningdek,  bozor  sharoitlarini  hisobga  olgan  holda  sog‘liqni  saqlashni 

moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Loyihani 

amalga  oshirish  natijasida,  xizmat  ko‘rsatilayotgan  aholi  soniga  ko‘ra  samarali 

moliyalashtirish  tizimiga  o‘tish  uchun  me’yoriy  asoslar  yaratildi.  Bu  tizimni 

hamma  joyda  joriy  qilish  katta  miqdordagi  mablag‘larni  sog‘liqni  saqlashning 

birlamchi  bo‘g‘iniga,  onalar  va  bolalarga  xizmat  ko‘rsatishga,  budjet  mablag‘lari 

xarajatlar  strukturasini  ratsionallashtirish  va  hokazolarga  yo‘naltirishga  imkon 

beradi. 

Bulardan  tashqari  2005-yil  1-yanvardan  boshlab  “Salomatlik-2”  loyihasi 

amalga  oshirila  boshlandi.  Ushbu  loyihaning  umumiy  qiymati  18,1 mln  AQSh 

dollari  miqdorida  hamda  Xalqaro  taraqqiyot  uyushmasining  o‘n  yillik  imtiyozli 

davrni  o‘z  ichiga  olgan  35  yil  muddatda  qaytariladigan  39,5  mln  AQSh  dollariga 

teng  miqdordagi  krediti  belgilangan.  Loyiha  bir  qator  viloyatlarning  tumanlarida 



58 

 

qishloq  vrachlik  punktlarini  texnik  jihozlash,  shuningdek,  bozor  sharoitlarini 



hisobga  olgan  holda  sog‘liqni  saqlashni  moliyalashtirish  va  boshqarish  tizimini 

takomillashtirishga  yo‘naltirilgan.  Loyihani  amalga  oshirish  natijasida,  xizmat 

ko‘rsatilayotgan aholi soniga ko‘ra samarali moliyalashtirish tizimiga o‘tish uchun 

me’yoriy asoslar yaratildi. 

Hozirgi  vaqtda  JBning  kreditlari  evaziga    “Salomatlik-3”  loyihasi  amalga 

oshirilmoqda.  60,6  mln  AQSh  dollari  miqdorida  kreditni  5 yillik  imtiyozli  davrni 

o‘z ichiga olib, qaytarish muddati 25 yil etib belgilangan

59

. Ushbu loyihani amalga 



oshirish davri 2018 yilgacha uzaytirilganligi va sakkiz yilni (2011  — 2018 yillar) 

tashkil  etishi  belgilangan.  Xalqaro  taraqqiyot  uyushmasi  kreditini  qaytarish  bilan 

bog‘liq xarajatlar hamda kredit bo‘yicha foiz va vositachilik to‘lovlari O‘zbekiston 

Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. 

Osiyo  taraqqiyot  banki  (OTB)  ishtirokida  umumiy  qiymati  70  mln.  AQSh 

dollariga  teng  bo‘lgan  loyiha

60

amalga  oshirilmoqda,  shundan,  OTB  tomonidan 



ajratilgan 40 mln AQSh dollariga teng imtiyozli kredit onalik va bolalikni himoya 

qilish  tizimini  takomillashtirish,  tug‘ruqqa  ko‘maklashish  muassasalari  va 

gematologiya 

xizmatining 

moddiy-texnika 

bazasini 

mustahkamlashga 

yo‘naltirilgan.  Loyiha  6  ta  tanlab  olingan  mintaqada,  shuningdek,  gematologiya 

markazlari va milliy miqyosda qon quyish stantsiyalarida amalga oshirilmoqda. 

Sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  Davlat  dasturini  amalga  oshirish, 

Respublika birinchi tibbiy  yordam  ilmiy  markazi va uning viloyatlardagi  filiallari 

moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash  uchun  ushbu  muassasalarni  asbob-

uskunalar  bilan  jihozlash  bo‘yicha  23,8  mln  AQSh  dollari  hajmida  Islom 

taraqqiyot  banki

61

  (ITB)  bilan  bitim  imzolandi.  ITB  bilan  171  ta  yirik  markaziy 



                                                           

59

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Jahon  Bankining  xalqaro  taraqqiyot  uyushmasi  ishtirokida 



“sog‘liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish  (salomatlik-3)”  loyihasini  amalga  oshirishga  oid  qo‘shimcha  chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi 2013 yil 17 iyuldagi 203-sonli qarorining 1-bandi. 

60

  O‘zbekiston  Respublikasi  aholi  farovonlinini  oshirish  loyihasi.  2008-2012-yillarda  loyihasining  to‘liq  hujjati. 



2012-yil .T.:Elektron qo‘llanma. 40 bet. 

61

 O‘sha yerda. 



59 

 

tumanlar shoshilinch tibbiy  yordam bo‘linmalari va shahar shifoxonalarini asbob-



uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha bitim imzolandi. 

XXR  bilan  respublika  onkologiya  dispanserlariga  diagnostika  uskunalarini 

etkazib  berish  bo‘yicha  shartnoma  tuzildi,  MFI  bilan  viloyatlardagi  bolalar 

kasalxonalarini  asbob-uskunalar  bilan  jihozlash,  viloyat  maslahat-diagnostika 

markazlarini tashkil qilish va jihozlash masalalari kelishib olinmoqda. Respublika 

Hukumati  va  Xalqaro  taraqqiyot  banki  o‘rtasida  temir  tanqisligi  anemiyasi  bilan 

kasallanishni  kamaytirish  borasidagi  chora-tadbirlar  samaradorligini  oshirishga 

yo‘naltirilgan  “Unni  fortifikatsiyalash  milliy  dasturi”  loyiha  granti,  Global  Fond 

bilan  esa  OITSga  qarshi  kurashish  uchun-24,6  mln.  AQSh  dollari,

62

  silga  qarshi  



kurash  uchun-12,6  mln.  AQSh  dollari,  malyariyaga  qarshi  kurashish  uchun-         

2,5 mln. AQSh dollari miqdorida grantlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

“O‘zbekiston 

Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  sohasida  moliyalashtirish  tizimini  yanada  isloh 

qilish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  2013-yil  13-fevraldagi  37-sonli  Qarorining      

2-bandiga muvofiq: 

 

respublikaning  qolgan  155  ta  shahar  oilaviy  poliklinikalarini  bir  nafar 



yashovchi  hisobiga  xarajatlar  normatividan  kelib  chiqib  moliyalashtirish 

shartlariga:  Toshkent  shahrida,  Samarqand  va  Farg‘ona  viloyatlarida  —  2013 

yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon, Namangan, Xorazm va 

Surxondaryo  viloyatlarida  —  2014-yildan  boshlab,  Buxoro,  Jizzax,  Navoiy, 

Qashqadaryo  va  Toshkent  viloyatlarida  2015-yildan  boshlab  bosqichma-bosqich 

o‘tkazish; 

 

Farg‘ona  viloyatining  15  ta  tuman  markaziy  kasalxonalarini  ikki  turdagi 



kontraktlar  tuzish  asosida  moliyalashtirish:  3  ta  kasalxonada  davolab  yuborilgan 

bir nafar bemor hisobiga xizmatlar qiymati va hajmidan kelib chiqib hamda 12 ta 

kasalxonada — tasdiqlangan normativ ko‘rsatkichlarga muvofiq xarajatlar smetasi 

                                                           

62

O‘zbekiston  Respublikasi  aholi  farovonlinini  oshirish  loyihasi.  2008-2012-yillarda  loyihasining  to‘liq  hujjati. 



2012-yil .T.:Elektron qo‘llanma. 40 bet. 

60 

 

bo‘yicha  haq  to‘lash  yuzasidan  eksperiment  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  Sog‘liqni 



saqlash vazirligi va Moliya vazirligining takliflari ma’qullandi.  

  Albatta  bu  qadar  ishlarni  amalga  oshirishda  davlat  dasturlarining  o‘rni 

kattadir.  Ushbu  davlat  dasturlari  har  bir  moliya  yili  uchun  o‘tgan  yilgi  davlat 

dasturining davomi hisoblanib, aksariyat davlat dasturlari mamlakatimizda ijtimoiy 

himoyaga  yo‘naltirilgandir.  Jumladan  oxirgi  ikki  yil  “Obod  turmush  yili”, 

“Sog‘lom  bola  yili”  deb  e’lon  qilinib,  tegishli  davlat  dasturlari  ishlab  chiqilgan. 

Ushbu  davlat dasturlarida ijtimoiy  sohani  rivojlantirish, xususan sog‘liqni  saqlash 

sohasini  isloh  qilish  ishlari  muhim  o‘rin  tutgan.  Xususan,  “Sog‘lom  bola  yili” 

davlat  dasturini

63

  amalga  oshirishning  ustuvor  vazifalari  va  yo‘nalishlari  etib 



quyidagilar belgilangan: 

o

 



sog‘lom  va  har  tomonlama  barkamol  avlodni  shakllantirish  uchun 

qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay 

tashkiliy-huquqiy  shart-sharoitlarni  yaratishga  qaratilgan  yangi  qoida  va 

me’yorlarni ishlab chiqish; 

o

 

sog‘lom  bolaning  dunyoga  kelishi  masalasiga  sog‘lom  va  ahil  oilaning 



mevasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va 

ma’naviy  qadriyatlar  muhitini  shakllantirish,  yosh  oilalarning  oyoqqa  turib  olishi 

uchun  moddiy  yordam  ko‘rsatish,  onalik  va  bolalik  muhofazasini  ta’minlash,  ona 

va  bolaning  salomatligini  mustahkamlash,  ayollarning  o‘z  qobiliyat  va 

imkoniyatlarini 

ro‘yobga 

chiqarishi, 

ularning 

ro‘zg‘or 

tashvishlarini 

yengillashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish

o

 



sog‘lom  bolani  voyaga  etkazishda,  patologiyalarsiz  bolalar  tug‘ilishida 

sog‘liqni  saqlash  tizimi  va  tibbiyot  xodimlarining  roli  va  mas’uliyatini  oshirish, 

sog‘liqni  saqlash  tizimining  moddiy-texnika  bazasini  va  kadrlar  salohiyatini 

yanada  mustahkamlash,  aholining  tibbiy  madaniyatini  oshirish  bo‘yicha  keng 

ko‘lamli axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borish. 

                                                           

63

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi ““Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 



PQ-2133-sonli qarorining 1-bandi. 

61 

 

  Yuqoridagi  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda,  “Sog‘lom  bola  yili”  davlat 



dasturini  amalga  oshirishda  jami  4  509,2  mlrd  so‘m  va  ekvivalentda  302,9  mln 

AQSh dollarini tashkil etdi

64

. Ushbu davlat dasturining moliyalashtirish manbalari 



batafsil quyidagi 3.2-rasmda keltirilgan. 

 

3.2-rasm. 2014 yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining moliyalashtirish 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling