Tasdiqlayman
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash orqali sog‘liqni saqlash xarajatlari samaradorligini oshirish
- 3.3-rasm. Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi
- 3.4-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yangi usullaridan foydalanishning umumiy ko‘rinishi 67
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
manbalari 65
Keltirilgan mahsulotlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda davlat dasturini amalga oshirishda so‘mdagi xarajatlarning 40 foizini tijorat banklari mablag‘lari, 38 foizni esa, budjet va budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari, 22 foizini Ijrochilar va homiylar mablag‘lari tashkil etmoqda. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga binoan bevosita sog‘liqni saqlash sohasiga xalqaro tashkilotlarning aksariyat mablag‘lari yo‘naltirilgan bo‘lib, ular grantlar, kreditlar ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilotlar mablag‘larining bevosita sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilishi ushbu sohani modernizatsiyalashda, ishchi xodimlarni malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini ko‘radigan bo‘lsak, aynan shu jihatlarga e’tibor qaratilib o‘tilgan. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar quyidagi ishlarga mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan: o
mablag‘lari hisobiga 7,2 ming nafar mutaxassisni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
64 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi ““Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2133-sonli qarorining 2-bandi. 65 O‘sha yerda. 62
tavsiyalari asosida ona va bola salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga o‘qitish; o
BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)larining umumiy 220 mln. so‘mlik mablag‘lari evaziga aholining tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” loyihasini amalga oshirish belgilangan. o
rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi krediti va 6 mlrd 500 mln so‘m miqdorida budjet
mablag‘lari evaziga
2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Koreya
Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida va zamonaviy bolalar ko‘p ixtisosli markazini (IV daraja) qurish va uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilgan.
sog‘liqni saqlash xarajatlari samaradorligini oshirish
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash uchun katta miqdorda investitsiyalarga ehtiyojni e’tiborga olib, sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish hajmi va yangi usullarni qo‘llash orqali samaradorligini oshirish zarur. Sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan mablag‘larning hozirgi YaIMning 2,9 foiziga teng bo‘lgan darajasi jamiyat sog‘lig‘ini saqlashni yaxshilash uchun yetarli emas. Sog‘liqni saqlash tizimiga budjet hisobidan, budjetdan tashqari fondlar tashkil qilish va donor tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish hisobidan ajratilayotgan moliyalashtirish miqdorini asta-sekinlik bilan ko‘paytirish aholi farovonligini oshirish loyihalarining ustuvor vazifalaridan sanaladi. Rivojlanishning hozirgi bosqichini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yangi usulini qo‘llash orqali ushbu soha xarajatlari samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyalashtirishning yangi usuli sifatida mamlakatimizda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan tibbiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xorojiy tajribalardan
63
ko‘rib o‘tilganidek, bu usul o‘z navbatida yetarli darajada insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ehtiyojlarini sifatli va samarali tarzda qondirilishida muhim ahamiyatga ega. Mazkur fond mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlarning to‘lovini amalga oshirishda xizmatlar sifatini oshirish uchun: a) tibbiy xizmat sifati va boshqa ko‘rsatkichlarni talab etish huquqlarini tibbiy xizmatdan foydalanuvchi ixtiyorida mavjud bo‘lishini ta’minlash; b) tibbiyot xodimi tomonidan davolanuvchiga yetkazilgan zararni tibbiyot muassasasi, tibbiyot xodimining sug‘urtalovchisi yoki tibbiyot xodimi hisobidan qoplanishini nazorat qilish maqsadga muvofiq. Majburiy tibbiy sug‘urtani amalda joriy etish shuningdek, bir nechta asosiy masalalarni hal etishni taqozo qiladi. Bular: – tibbiy sug‘urtani qay shaklda joriy etgan ma’qul: ijtimoiy sug‘urta shaklidami yoki tijorat sug‘urtasi shaklidami; – majburiy tibbiy sug‘urta uchun to‘lovlar qaysi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi; – majburiy sug‘urtaning qamrovi qanday bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlangandek, majburiy tibbiy sug‘urta, ijtimoiy sug‘urta yoki sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq majburiy sug‘urta shaklida amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy sug‘urtaning ijtimoiy sug‘urta shaklida joriy etilishi fond tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu fond majburiy tibbiy sug‘urta mablag‘larini jamlab, shu mablag‘lar hisobiga sug‘urtalanuvchilar (sug‘urta polislari egalari) ning tibbiy xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshiradi. Tibbiy sug‘urtani bu shaklda tashkil qilish qo‘shimcha ma’muriy xarajatlarga olib keladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda moliyaviy rejalashtirish modelidan foydalanish hamda ularni hududlarda amalga oshirish lozimdir. Quyidagi 3.3-rasmda Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi keltirilgan bo‘lib, aynan shunday ketma-ketlikda ishlarni amalga oshirish o‘z navbatida ijobiy samaraga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos tarzda moliyaviy rejalashtirishning maqsadini aniqlash talab etiladi. Keyingi
64
bosqichda esa, qo‘yilgan maqsadga erishishda moliyaviy resurslarga talabni asoslash hisoblanib, ushbu moliyaviy rejani amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Aholiga o‘z navbatida tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmatlar ko‘rsatilish monitoringini olib borish talab etiladi.
66
asosida takomillashtirish bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ularga quyilagilarni kiritish mumkin:
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasini ta’minlashni yanada kuchaytirish;
tizimda mablag‘larni tasarruf etishning natijaviyligini oshirish;
sohada bozor munosabatlari sharoitiga mos tarzda tajribadan o‘tgan va samarali sug‘urta tizimini rivojlanishini jadallashtirish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar va tibbiy sug‘urta hisobiga ko‘rsatiladigan bir turdagi tibbiy xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro farq darajasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
66 Asadov D.A., Abduraximov Z.A. Pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda narxni shakllantirish masalalari. Xalqaro tajriba va istiqbollar // Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish. Toshkent, 2010. - № 3-4. – B. 48-52. 65
sog‘liqni saqlashning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan ambulatoriya-poliklinika muassasalariga ularga biriktirilgan aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabidan kelib chiqib moliyaviy rejalashtirishni boshqarish vakolatlarini kengaytirish. Budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar doirasida aholi salomatligi ko‘rsatkichlari talablariga javob berishini ta’minlash, boshqa ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda bemorlarning tibbiy xizmatlarni tanlash imkoniyatlarini yaratish, ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini kuchaytirish zarur (3.4-rasm). Natijada, sarf etilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish va xizmatlar bilan ular orasida o‘zaro bog‘liqlik darajasini oshirish orqali samaradorlikka erishiladi hamda tizimni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayonlari takomillashadi. Pirovardida, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi oshib, bolalar o‘rtasida o‘lim turli yuqumli kasalliklar darajasi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar optimallashadi.
Bu yerda JBTF – Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan tibbiy fondi har bir inson uchun shaxsiy ochiladigan hisob raqam hisoblanadi. Ushbu hisob raqamda mab‘lar jamlanib, aynan tibbiyot xarajatlariga yo‘naltiriladi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirishda ishlab chiqilgan va ilmiy tavsiyalar sifatida taklif etilgan chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash o‘zining samarali natijasini beradi.
67 Asadov D.A., Abduraximov Z.A. Pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda narxni shakllantirish masalalari. Xalqaro tajriba va istiqbollar // Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish. Toshkent, 2010. - № 3-4. – B. 48-52. 66
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning hozirgi holatini va uni isloh qilish yo‘llari o‘rganildi. Birinchidan, respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi yildan yilga oshib borayotganiga qaramasdan, ko‘pgina xorij mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich biznikidan ancha ko‘pligi, shuningdek mamlakatimiz aholisining oshish sur’atlarini e’tiborga olsak ushbu mablag‘lar etarli emasligi ko‘zga tashlanmoqda. Ikkinchidan, sog‘liqni saqlash tizimi, tibbiy xizmatlar darajasi aholi turmush darajasini belgilovchi omillar tizimi tarkibiga kiradi. Tibbiy xizmatlarning rivojlanganligi aholi farovonligini oshiruvchi ikki muhim jihatlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatish mumkin: a) mikroiqtisodiy darajada har bir bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatga byudjetdan belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishi; b) makroqtisodiy darajada aholi tomonidan bir yilda to‘langan soliq va boshqa to‘lovlar miqdorini ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va sifatiga mutanosibligi. Uchinchidan, 2000-2010 yillar davomida sog‘liqni saqlash tizimini samarali moliyalashtirish natijasida aholi o‘rtacha umr ko‘rish davri 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga etdi. To‘rtinchidan, respublikamiz tibbiyot muassasalarida o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmini kengaytirish yuzasidan chora-tadbirlar yig‘indisi amalga oshirildi. Sog‘liqni saqlash tizimida moliyaviy mablag‘lar manbaini kengaytirish bo‘yicha yaratilayotgan shart-sharoitlar katta ko‘lamda bo‘lsada, tizimda byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmining davlat byudjetidagi ulushi kichik miqdorda qolmoqda. Beshinchidan, shifokor, tibbiyot xodimlarining moddiy rag‘batlantirish va mehnatiga haq to‘lash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ish haqi to‘lash va rag‘batlantirish mexanizmi bajarilayotgan ishning murakkabligi va og‘irlik darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatiga bevosita bog‘liq qilib qo‘yildi, belgilangan mazkur me’yorlar aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar
67
sifatini yanada oshirdi. Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish
strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini oshirish va bu erda nafaqat davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar, balki boshqa muqobil manbalardan foydalanish tizimini ham yo‘lga qo‘yish lozim. Bu holatda sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, aholi sog‘lig‘ini saqlash va aholi sog‘lig‘i ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun nafaqat tizimga ajratilayotgan mablag‘ni oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish lozim. 2. Respublikamiz sog‘liqni saqlash
muassasalarini moliyalashtirish jarayonlarida moliyaviy mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish, maqsadliligini ta’minlash uchun “Natijaviylikka yo‘naltirilgan byudjetlashtirish” uslubiyatini kengroq qo‘llashi lozim. 3. Respublikamizda ish beruvchi tomonidan ishchi-xodimlar uchun o‘zining maxsus hisob raqamida tibbiy xizmatlarni moliyaviy ta’minlash maqsadida, shaxsning jamg‘ariladigan majburiy tibbiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish. 4. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda bir kishi hisobiga to‘g‘ri keluvchi xarajatlar uslubidan foydalanish jarayonini kengaytirish. Shulardan kelib chiqib, sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlashni qayta ko‘rib chiqish va tibbiyot muassasalarga mablag‘ ajratishda bir shifo o‘riniga asosan mablag‘ bilan ta’minlashdan xizmat ko‘rsatadigan aholi soniga qarab mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tish lozim. 5. Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni samaradorligini yanada oshirishda quyidagi tavsiyalarni keltirib o‘tish mumkin: − har qanday islohotni amalga oshirishdan oldin sog‘liqni saqlash tizimining murakkab hamda yutuqli tomonlarini o‘rganish va atroflicha baholash;
68
− sog‘liqni saqlash tizimi uchun mablag‘lar izlab topish bilangina emas, uning daromadlar bazasini mustahkamlab, sarf etilishini ham qat’iy choralar asosida amalga oshirish; − sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy xizmatlar yetkazilishining adolatli bo‘lishini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni taqsimlash strategiyasini ishlab chiqish; − tizimda to‘lovlarni ortib ketishini bartaraf etish choralarini ko‘rish, bunday to‘lovlarning mavjudligi sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan bo‘lgan aholi ishonchini yo‘qotadi va islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi; − aholiga ko‘rsatiladigan pullik tibbiy xizmatlarning qiymatini aniqlashda aniq ma’lumotlarga asoslanish va konkret raqamlarga tayanish; − sog‘liqni saqlash tizimida samarali boshqaruv amaliyotini yanada takomillashtirish; − aholi sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy xizmatlar uchun qanday me’yorlarda xarajatlarni amalga oshirish va to‘liq yoki qisman pullik tarzda yetkazib beriladigan tibbiy xizmatlar to‘plamini shakllantirish lozim. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minlash jarayonini takomillashtirish aholi salomatligini muhofaza etish bilan uzviy bog‘liqligini hisobga olgan holda, amalga oshirilayotgan islohotlar avvalambor insonlar sihat-salomatligini mustahkamlash va turmush farovonligini ta’minlash uchun ko‘zlanadi.
69
I. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari 1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2008. -40b. (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). 2.
(o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan). 3.
O‘zbekiston Respublikasining Budjet Kodeksi. 2013 yil. 27 dekabr. 4.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2007 yil, 40-son, 411-modda. 5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida“ 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli Farmoni. 6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214- sonli Farmoni. 7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentyabrdagi PF-3923- sonli Farmoni. 8.
haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005 yil 1-dekabrdagi PQ-229- sonli Farmoni. 9.
Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktyabrdagi PQ-700-sonli Qarori.
70
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1652-sonli qarorining 1-bandi. 11.
“O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 1887-son Qarori. 12.
“O‘zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2099-son Qarori. 13.
““Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2133-sonli qarorining 1- bandi.
14.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davolash- profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning Vaqtinchalik tartibi” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-sonli Qarori. 15.
sentyabrdagi 414-son Qarori bilan tasdiqlangan “Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) Tartibi”ning 37 bandi. 16.
taraqqqiyot uyushmasi ishtirokida “Salomatlik-2” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005 yil 27 yanvardagi 34-son Qarori. 17.
Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi 217-sonli Qarori. 18.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli Qarori. 19.
xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sog‘liqni saqlash tizimini
71
takomillashtirish (salomatlik-3)” loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2013 yil 17 iyuldagi 203-sonli qarorining 1-bandi. 20.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1999 yil 22 martda 679-son bilan tasdiqlangan “Pullik tibbiy xizmat
ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o‘tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash Tartibi”ning 13-bandi. 21.
moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Adliya vazirligi tomonidan 1537-sonli ruyxatga olingan 2005-yil 31- dekabrdagi 107-sonli Qarori. 22.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 29 oktyabrdagi №2157-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ining 15 bandi. 23.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. - Toshkent: -O‘zbekiston, 2009. – 56 b. 24.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiѐtini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi‖ nomli ma’ruza. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011. – 48b. 25.
ko‘taradigan yil bo‘ladi. T.: “O‘zbekiston”. 2012. -36 b. 26.
Karimov I.A. “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, 2013 yil 6 dekabr. 27.
Karimov I.A. “2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi.”. // Xalq so‘zi, 2014 yil 18 yanvar, №13(5913). – B.2.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling