Tasdiqlayman


Hududlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.02.2017
Hajmi0.6 Mb.
#23
1   2   3   4   5   6   7

Hududlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika 

muassasalarida 2006-2013 yillarda davlat budjetidan ajratilgan 

mablag‘lar

33

 

          (foizda) 

Yillar 


Ish haqi va 

unga 


ajratmalar 

Boshqa 


xarajatlar 

Shu jumladan 

oziq-ovqat 

mahsulotlari 

xarajatlari 

dori-darmon 

vositalari 

xarajatlari 

asosiy vositalar sotib 

olish xarajatlari 

2006 y 

75,5 


24,5 

4,6 


6,5 

2,6 


2007 y 

79,3 


20,7 

3,6 


4,5 

0,8 


2008 y 

81,1 


18,9 

2,9 


4,4 

1,1 


2009 y 

81,4 


18,6 

2,3 


3,3 

1,6 


2010 y 

86,1 


13,9 

1,8 


2,8 

0,8 


2011 y 

86,5 


13,5 

1,6 


2,9 

0,7 


2012 y 

84,8 


15,2 

1,6 


3,1 

0,4 


2013 y 

85,9 


14,1 

1,6 


3,2 

0,4 


                                                           

33

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariga asosan talaba tomonidan tayyorlandi. 



34 

 

 



Sog‘liqni  saqlash  sohasi  xarajatlarida  mehnatga  haq  to‘lash  tizimi  alohida 

ahamiyat  kasb  etmoqda.  Mazkur  choralar  orqali  mamlakat  aholisi  turmush 

farovonligini  kuchaytirish,  aholi  sog‘lig‘ini  saqlashda  tibbiy  xizmat  sifatli  va 

malakali  bo‘lishini  ta’minlashda  tibbiyot  xodimlarining  mas’uliyatini  yanada 

oshiradi. 

Shu  bilan  birga,  sog‘liqni  saqlash  sohasida  xarajatlarning  aksariyat  qismi 

xodimlarning  ish  haqi  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  tashkil  etishi,  sohada  tibbiyot 

uskunalari  va  dori-darmon  bilan  ta’minlanish  darajasida  tegishli  muammolar 

borligidan dalolat beradi.  

Respublikamizda  tibbiyot  xodimlari  mehnatini  moddiy  rag‘batlantirishga 

alohida ahamiyat berilayotgan bo‘lsada, ish haqi va unga ajratma uchun xarajatlar 

boshqa  xarajatlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  nisbatda  ish  haqi  va  unga  ajratmalar  hajmi 

ancha  yuqori  bo‘lmoqda. Tibbiyot xodimlari  mehnatiga haq to‘lashni  kamaytirish 

emas,  balki  boshqa  xarajatlar  hajmini  maqsadli  oshirib,  ish  haqi  va  unga  ajratma 

uchun xarajatlar bilan o‘zaro nisbatni mustahkamlash lozim. 

Mamlakatimizning  sog‘liqni  saqlash  sohasida  amalga  oshirgan  iqtisodiy 

islohotlar  pirovardida  bir-qator  natijalarga  erishildi.  Shular  barobarida  tibbiyot 

xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiyot xodimlariga 

to‘lanadigan  ish  haqi  miqdori  ular  bajaradigan  ishning  qiyinlik  darajasi,  ular 

ishlaydigan sharoit va bajarilgan ishning sifatiga o‘zaro chambarchas bog‘liq qilib 

qo‘yildi. 

Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Tibbiyot  xodimlari 

mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi 

PQ-229  son  qarorini  bajarish  yuzasidan,  tibbiyot  va  farmatsevtika  xodimlari 

mehnatiga  haq  to‘lash  va  ularni  moddiy  rag‘batlantirishning  amaldagi  tizimini 

yanada  takomillashtirish,  ular  mehnatiga  haq  to‘lash  miqdorining  bajarilayotgan 

ishlarning  murakkabligi  va  yuklamasi  darajasiga,  ko‘rsatilayotgan  tibbiy  yordam 

sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi 

va  malakasini  uzluksiz  oshirib  borishlari  uchun  rag‘batlar  yaratish  maqsadida 


35 

 

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrda “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq 



to‘lashning  takomillashtirilgan  tizimni  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  276-son  Qarori 

qabul qilindi. 

Sog‘liqni  saqlash  tizimiga  ajratilgan  mablag‘larning  hajmini  keyingi  8  yil 

ichida salkam  9  barobarga ko‘payganini, shuning ish haqi  va unga  ajratma  uchun 

qaratilgan  xarajatlarning  o‘zgarishi  13,5  barobarga  oshganligi  ahamiyatlidir.  6-

jadval  ma’lumotlariga  e’tibor  qaratadigan  bo‘lsak,  ish  haqi  va  unga  ajratmalar 

uchun  budjet  xarajatlari  miqdori  o‘tgan  yillarga  nisbatan  keyingi  7  yil  ichida 

o‘rtacha 1,4 barobarga oshgan. 

Quyidagi  2.6-jadvalda  Mirobod  tumani  budjetidan  oxirgi  yillar  mobaynida 

sog‘liqni  saqlash  sohasiga  yo‘naltirilgan  mablag‘lar  dinamikasi  aks  ettirilgan. 

Tuman  budjetidan  ajratiladigan  mablag‘larda  sog‘liqni  saqlashning  ulushi  o‘rta 

hisobda 20 fozini tashkil qilmoqda.  



2.6-jadval 

2011-2014 yillar mobaynida Mirobod tuman budjetidan 

yo‘naltirilgan mablag‘lar

34

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

         (.mln so‘m) 

Ko‘rsatkichlar soni 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

2014 yil (1kv) 

Tuman budjet mablag‘lari 

hisobidan jami ajratilgan 

mablag‘lar 

29,434.7 

37,075.9 

45,120.8 

11,766.4 

Ijtimoiy sohaga 

yo‘naltirilgan budjet 

mablag‘lari 

27,176.5 

34,316.7 

41,649.6 

10,941.7 

Sog‘liqni saqlashga jami 

yo‘naltirilgan mablag‘lar 

6,130.8 


7,759.8 

9,134.4 


2,223.9 

     Sog‘liqni saqlashga xarajatlari, shu jumladan: 

Budjet mablag‘lari 

hisobidan 

5,596.8 


7,075.0 

8,233.0 


1,967.1 

Budjetdan tashqari 

mablag‘lar hisobidan 

534.1 


684.8 

901.1 


256.8 

 

2.6-jadvaldagi  keltirilgan  ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  oxirgi  uch 



yillardagi  ijtimoiy  soha  va  aynan  sog‘liqni  saqlash  sohasigi  yo‘naltirilayotgan 

mablag‘lar  muntazam  ravishda  ortib  bormoqda.  2013 yil  bo‘yicha  tuman 

budjetidan  ajratilgan  jami  mablag‘larda  sog‘liqni  saqlash  xarajatlari  20 foizni 

                                                           

34

 Mirobod tumani moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 



36 

 

tashkil  etayotganini  ko‘rish  mumkin.    2013-yildagi  sog‘liqni  saqlash  sohasiga 



ajratilgan mablag‘lar 2011 yilga nisbatan 48 foizga o‘sganini ko‘rish mumkin (2.1-

rasm). 


 

2.1-rasm. Mirobod tuman budjetidan sog‘liqni saqlashga jami yo‘naltirilgan 

mablag‘lar dinamikasi

35

 

2.1-rasmdagi  ma’lumotlarni  tahlil  qilib,  aytish  mumkinki  mamlakatimizda 

oxirgi yillarda inflatsiya darajasi 8 foiz atrofida bo‘lsa, tuman budjetidan sog‘liqni 

saqlashga  yo‘naltirilayotgan  mablag‘lar  yillik  o‘sish  sur’ati  o‘rtacha  20-34  foizni 

tashkil  etmoqda.  Ushbu  yo‘naltirilayotgan  mablag‘lar  Moliya  organlarida  tegishli 

ravishda xarajatlar guruhlari bo‘yicha ajratiladi. Shu yilda jami ijtimoiy soha ichida 

ushbu tizmining ulushi esa 21 foizni tashkil etdi (2.2-rasm).  

 

2.2-rasm. Mirobod tumanda ijtimoiy soha xarajatlarida sog‘liqni saqlashning 



ulushi

36

 

                                                           



35

 Mirobod tumani moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 

36

 O‘sha yerda. 



(.ming so‘m)

 


37 

 

Yuqoridagi 2.2-rasmda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, ijtimoiy 



sohaga yo‘naltirilgan mablag‘larda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishning ulushi 

o‘rta  miqdorda  20-21foizatrofini  tashkil  etmoqda.  Ijtimoiy  sohaga  xarajatlarning 

katta qismini ta’limga xarajatlar tashkil etadi, undan so‘ng sog‘liqni saqlash o‘rin 

egallagan. Quyida keltirilgan 2.7-jadvalda Mirobod tumanidagi oxirgi 3 yil ichida 

ambulatoriya  xizmatlariga  va  sog‘liqni  saqlash  sohasiga  yo‘naltirilgan  xarajatlar 

keltirilgan.  



2.7-jadval 

Mirobod tumani bo‘yicha 2011-2013 yillarda sog‘liqni saqlash sohasiga 

yo‘naltirilgan davlat byudeti mablag‘lari

37

 

             

 

 

 

 

 

 

 

(.mln so‘m) 

№ 

Ko‘rsatkichlar nomi 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

Sog‘liqni saqlashga umumiy 



xarajatlar 

5,596.8 


7,075.1 

8,233.2 


 

Ambulatoriya xizmatlari 

4,816.3 


6,088.9 

6,973.1 


Umumiy sohadagi tibbiyot xizmatlari 

4,016.3 

5,039.9 


5,933.6 

2.1. 

Ko‘p tarmoqli poliklinikalar, 

markazlar 

874.4 


1,085.7 

1,337.0 


2.2.  Poliklinikalar 

3,141.8 


3,954.1 

4,596.6 


Maxsus ambulator poliklinik 

xizmatlar 

800.0 


1,048.9 

1,039.5 


3.1.  Stomotologik poliklinikalar 

346.6 


429.0 

538.6 


3.2. 

Ko‘ykasiz maxsus poliklinikalar, 

markazlar va dispanserlar 

453.3 


619.9 

500.8 


 

Sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa 

xarajatlar 

780.4 


986.1 

1,260.1 


Sanitariya epidemiologiya nazorati 

780.4 

986.1 


1,260.1 

 

2.7-jadval  ma’lumotlarida  ko‘rinib  turibdiki,  ambulatoriya  xizmatlariga 



yo‘naltirilgan  xarajatlarning  yillik  o‘sish  sur’ati  2012-yilda  26 foizni,  2013-yilda 

esa  16 foizni  tashkil  qildi.  Jami  xarajatlarning  katta  salmog‘ini  poliklinikalarga 

ajratilgan  mablag‘lar  tashkil  qilmoqda.  Sog‘liqni  saqlash  sohasidagi  boshqa 

xarajatlarning  o‘sish  sur’atlari  o‘rta  hisobda  2012-yilda  26 foizni,  2013-yilda  esa 

27 foizni tashkil qildi. 

Salomatlikni  muhofaza  etishga  kompleks  yondashuv,  qaysiki  sog‘liqni 

saqlashni rivojlantirish kontseptsiyasi asosiga joylanishi kerak bo‘lgan yondashuv 

tarmoqni  uning  pirovard  maqsadi  uchun  isloh  qilishni  amalga  oshirish-millatning 

                                                           

37

 Mirobod tumani moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 



38 

 

salomatligini  yaxshilash  imkonini  beradi  va  faqat  tarmoqqa  moliyaviy 



sarmoyalarni ko‘paytirish bilan kifoyalanib qolmaydi. Bu holat sog‘liqni saqlashni 

moliyalashtirish  tizimini  isloh  qilishda  hisobga  olinishi  lozim.  Sog‘liqni  saqlash 

tizimiga  yo‘naltirilgan  budjet  mablag‘larining  moliyaviy  oqimlarini  samarali 

boshqarish,  sog‘liqni  saqlash  muassasalarining  daromadlari  hamda  xarajatlarining 

muvozanatlashgan bo‘lishiga yordam beradi. 

 

2.2. Sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish amaliyoti 

 

Sog‘liqni  saqlash  sohasiga  tor  ma’noda  yondashish  ijtimoiy  hayotda  keskin 



salbiy  holatlarni  keltirib  chiqaradi.  Sog‘liqni  saqlash  tizimi  muassasalari, nafaqat, 

tibbiy, balki ijtimoiy  va iqtisodiy  masalalarni hal  qiladi  Shuning uchun budjetdan 

ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratiladi. Sog‘liqni saqlash 

iqtisodiyotning  o‘ziga  xos  tarmog‘i  bo‘lib,  nafaqat  tibbiy  xizmatni  taqdim  etish 

bilan  aholining  ijtimoiy  ehtiyojini  qondirishga  safarbar  etiladi,  shu  bilan  birga 

iqtisodiy  o‘sishni  jadallashtirishga  ta’sir  ko‘rsatish  borasida  keng  imkoniyatlarga 

ega.  Sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  moliyaviy  ta’minlash  manbalari  turlarini 

quyidagi 2.3-rasmda ko‘rsatilgan tartibda guruhlash mumkin. 

 

2.3 -rasm. Sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyaviy ta’minlash 

manbalarining guruhlari

38

 

                                                           

38

  Raxmonov  D.A.  Sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  moliyalashtirishning  ilg‘or  usullari  //  Bozor,  pul  va  kredit. 



Toshkent, 2013. – № 2. – B. 64-67. 

39 

 

Budjetdan ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘lar doirasida, xususan aholi 



sog‘lig‘ini  saqlash  va  uni  yanada  mustahkamlash  uchun,  ayniqsa  davlat  budjeti 

mablag‘larining nechog‘lik zarur ekanligini ko‘rish mumkin. Shunday ekan, sohani 

samarali faoliyat olib borishida budjet xarajatlarini istiqbol rejalarini ishlab chiqish 

yo‘nalishlarini  aniqlash  lozim  bo‘ladi.    Davlat  budjetidan  amalga  oshirilayotgan 

ijtimoiy  soha  xarajatlarini  rejalashtirish  va  prognozlashtirishda  belgilangan  aniq 

tamoyillarga  rioya  etilishi  maqsadga  muvofiq  holat.  Sog‘liqni  saqlash  tizimini 

moliyalashtirishda  belgilangan  me’yorlarga  tayanib,  ijtimoiy  soha  tarkibiy 

xarajatlarida  soha  ulushini  ma’lum  darajada  amalga  oshirib  borish  muhim 

vazifalardan biri bo‘lib qolishi kerak. 

Vazirlar  Mahkamasining  №414-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Budjet 

tashkilotlarini  xarajatlarini  moliyalashtirish  (to‘lash)  Tartibi”ga  muvofiq  budjet 

tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash normativlar bo‘yicha (faoliyat turiga ko‘ra) 

xarajatlarning  quyidagi  guruhlarini  bir  satrda  mablag‘  bilan  ta’minlash  usulida 

amalga oshiriladi

39



I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam 



ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); 

II. Ish haqiga qo‘shimchalar; 

III.  Kapital  qo‘yilmalar  (Davlat  investitsiya  dasturida  nazarda  tutilgan  aniq 

ro‘yxatlarga muvofiq); 

IV. Boshqa xarajatlar. 

Xarajatlarini  moliyalashtirish  (to‘lash)  budjet  ijrosi  jarayonida  xarajatlar 

ro‘yxati va smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil 

uchun tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar 

smetalariga  muvofiq  tuzilgan  budjet  xarajatlarining  choraklar  bo‘yicha 

taqsimlangan  yillik  ro‘yxatiga  binoan  amalga  oshiriladi

40

.  Xarajatlarni  hisoblab 



chiqish  jarayonida  sog‘liqni  saqlash  tizimidagi  tashkilotlar  tibbiyot  xodimlari  ish 

haqi  uchun  mablag‘larni  ajratishda,  ish  haqi  stavkalari  va  qonunchilikka  muvofiq 

                                                           

39

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  3  sentyabrdagi  414-son  Qarori  bilan  tasdiqlangan 



“Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) Tartibi”ning 4 bandi.

 

40



 O‘sha yerda - 5 band. 

40 

 

mehnatga  haq  to‘lash  shartlarini  hisobga  olgan  holda  tuzilgan  tibbiyot  xodimlari 



tarifikatsiyalaridan  kelib  chiqilishi  lozim

41

.  Quyidagi  2.8-jadvalda  va  2.4-rasmda 



tuman budjetidan sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini guruhlarga ajratilgan holda 

2013 moliya  yili  mobaynida  mablag‘  bilan  ta’minlanish  ko‘rsatkichlari  aks 

ettirilgan. 

2.8-jadval. 

Mirobod tuman budjetidan 2013 yilda sog‘liqni saqlash tizimiga xarajat 

guruhlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar

42

 

(.ming so‘m) 

Xarajatlar guruhlari 

Xarajatlar bo‘yicha ajratilgan 

mablag‘lari 

I-guruh. Ish haqi va unga 

tenglashtirilgan to‘lovlar 

6,144,574 

II-guruh. Ish haqiga 

qo‘shimchalar 

1,487,115 

IV-guruh. Boshqa xarajatlar 

601,606 

 

 



2.8-jadval ma’lumotlarida sog‘liqni saqlashga xarajatlarning aksariyat qismini 

ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlar  tashkil  etmoqda.  Ya’ni  jami 

mablag‘larning 75 foizini tashkil etdi. 

 

 



2.4- rasm. Mirobod tuman budjetidan sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan 

xarajatlar guruhlarining ulushi

43

 

   


                                                           

41

 O‘zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligining 2010 yil 29 oktyabrdagi №2157-sonli  “O‘zbekiston  Respublikasi 



Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va 

ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ining 15 bandi. 

42

 Mirobod tumani moliya bo‘limi ma’lumotlari asosida. 



43

 O‘sha yerda. 



41 

 

Ajratilgan  mablag‘larning  ikkinchi  salmog‘ini  II-guruh  xarajatlari  tashkil 



etmoqda,  jami  xarajatlar  ichida  7 foizni  IV-guruh  xarajatlari  tashkil  qilib,  shu 

jumladan,  3 foizini  tovar  va  xizmatlarga  ajratilgan  va  4 foizni  esa  o‘z  navbatida 

“Tibbiyot 

muassasalarining 

moddiy 

rag‘batlantirish 



va 

rivojlantirish 

jamg‘armasi”ni  shakllantirish  xarajatlari  tashkil  qiladi.  Quyidagi  2.9-jadvalda 

Mirobod  tuman  budjetidan  mablag‘  oluvchi  1-oilaviy  poliklinikaning  oxirgi  uch 

yildagi smeta xarajatlari keltirib o‘tilgan. 

2.9-jadval 

Mirobod tuman budjetidan moliyalshtiriluvchi 1-oilaviy poliklinikaning 2011-

2013 yillardagi smeta xarajatlari

44

 

(.tiyin so‘m) 

Xarajat guruhlarining 

nomi 

Xarajat 

moddalari 

Ajratilgan mablag‘lar 

2011 yil 

2012 yil 

2013 yil 

1-oilaviy poliklinika 

983,181,800  1,236,204,000  1,464,829,000 



I guruh xarajatlari - Ish 

haqi va unga 

tenglashtirilgan to‘lovlar 

10000000 

746,659,800 

943,676,000 

1,100,400,000 

Asosiy ish haqi 

41.11.100 

721,721,000 

926,654,000 

1,076,575,000 

Homiladorlik bo‘yicha 

nafaqalar 

47.11.150 

24,938,800 

17,022,000 

23,825,000 



II guruh xarajatlari - Ish 

haqi fondidan ajratmalar 

20000000 

179,390,000 

223,331,000 

267,432,000 

Yagona ijtimoiy to‘lov 

41.21.100 

179,390,000 

223,331,000 

267,432,000 



IV guruh xarajatlari - 

Boshqa xarajatlar 

40000000 

57,132,000 

69,197,000 

96,997,000 

Tovar va xizmatlar bo‘yicha 

xarajatlar 

42.00.000 

26,699,000 

29,635,000 

36,208,000 

Kommunal xizmatlari 

42.20.000 

15,879,000 

18,382,000 

19,453,000 

Dori-darmonlar, tibbiyotda 

foydalaniladigan vositalar, 

vaktsinalar va bakteriologik 

preparatlar 

42.52.400 

5,800,000 

5,300,000 

6,500,000 

Tovar va xizmatlar sotib 

olish uchun boshqa 

xarajatlar 

42.90.000 

5,020,000 

5,953,000 

10,255,000 

Tibbiyot muassasalarining 

moddiy rag‘batlantirish va 

rivojlantirish Jamg‘armasini 

shakllantirish xarajatlari 

48.21.600 

30,433,000 

39,562,000 

60,789,000 

 

I-guruh bo‘yicha xarajatlar oxirgi ikki yilda o‘sish sur’ati o‘rtacha 21 foizni 



tashkil  qilgan  bo‘lsa,  IV-guruh  bo‘yicha  xarajatlarning  o‘sish  ko‘rsatkichi  o‘rta 

                                                           

44

 Mirobod tuman budjetidan mablag‘ oluvchi 1-oilaviy poliklinika ma’lumotlari asosida. 



42 

 

miqdorda  25 foizni  tashkil  qilganini  ko‘rish  mumkin.  1-oilaviy  poliklinikaning 



ajratilgan  mablag‘lar  xarajat  guruhlari  bo‘yicha  ulushini  quyidagi  2.5-rasmda 

ko‘rish mumkin. 

 

2.5-rasm. 1-oilaviy poliklinikaning 2011-2013 yillardagi smeta xarajatlari 

guruhlarining ulushi

45

 

 

Sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va  

moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar asosiy hisoblanadi: 

 



sog‘liqni saqlash muassasalaridagi o‘rinlar soni; 

 



poliklinikaga qatnash kunlari soni; 

 



tibbiyot xodimlari soni; 

 



bemor o‘rinning 1 yildagi  band bo‘lish kunlari soni. 

Sog‘liqni  saqlash  muassasalarida  bemor  o‘ringa  qarab  xarajatlar  hisoblanadi. 

Xuddi  shuningdek,  aholini  bemor-o‘rinlar  soni  bilan  ta’minlash    ham  muhim 

ahamiyatga  ega.    Kasalxonalar  ham  shaharlar  katta  kichikligiga  toifalanadi.  Yirik 

shaharlarda  respublika  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  markazlashtirilgan  kasalxonalar 

bo‘lib, ularda o‘rinlar soni 1000 dan 4000 taga yetadi. Poliklinikada 1ta vrach bir 

kunda 15-20 bemorni qabul qilishi mumkin. Shifoxonalarning shart sharoiti, ya’ni 

binoning  hajmi,  ichki  maydoni,  palatalar,  xonalar  soni,  bemor-o‘rinlar  soni, 

yo‘laklari,  bog‘i,  kanalizatsiya,  isitish  tizimi,  ovqat  pishiradigan  oshxona,  kir 

                                                           

45

 Mirobod tuman budjetidan mablag‘ oluvchi 1-oilaviy poliklinika ma’lumotlari asosida. 



43 

 

yuvish  sharoiti  yordamchi  xo‘jaliklari    ularning  shtatlar  ro‘yxatini  tuzishga  ta’sir 



etadi.  

Sog‘liqni  saqlash  muassasasining  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  ko‘rsatkichi 

moliya  bo‘limlarida  ko‘rib  chiqiladi  va  ro‘yxatdan  o‘tkaziladi.  Budjet 

tashkilotlarining smetalari va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlangan smetalar 

va  shtat  jadvallarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish  tartibiga  rioya  etilishi,  ularning 

tasdiqlangan  tasnifnomaga,  xarajatlar  normativlari  va  limitlariga  muvofiqligi 

uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq

46



-

 

budjet  tashkilotlarining  rahbarlari  va  bosh  buxgalterlari  -  budjet 



tashkilotlarining  ishlab  chiqilgan  va  ro‘yxatdan  o‘tkazish  uchun  kiritiladigan 

tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallari to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun; 

-

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tizimining  vakolatli  xodimlari, 



jumladan  Moliya  vazirligi  rahbarlari  va  markaziy  apparati  xodimlari  -  budjet 

tashkilotlarining  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  shtat  jadvallari  va  yig‘ma  smetalari 

to‘g‘riligi va asoslanganligi uchun shaxsan javob beradilar. 

Sog‘liqni  saqlash  muassasalarini  bir  yashovchi  kishi  hisobiga  xarajatlar 

normatividan kelib chiqib moliyalashtirish usulini qo‘llanilishi   “Salomatlik-2” va 

“Ayollar  va  bolalar  sog‘ligini  mustahkamlash”  dasturlari  doirasida  boshlang‘ich 

tibbiy-sanitariya  yordami  (BTSYo)  muassasalarini  boshqarishni  takomillashtirish 

maqsadida  qishloq  va  shahar  muassasalarida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  “O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  muassasalarini 

moliyalashtirish  va  boshqarish  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi 

2005 yil 28 sentyabrdagi 217-sonli Qarorni asosida eksperiment sifatida joriy etildi 

va o‘z samarasini bergandan so‘ng bosqichma-bosqich keng joriy qilinmoqda.  

Ushbu  qarorga  asosan  BTSYo  Shahar  eksperiment  (ShE)  muassasalari 

budjetini  rejalashtirish  bir  kishi  hisobiga xarajatlarning bazaviy  normativi  asosida 

amalga  oshiriladi.  Bir  kishi  hisobiga  xarajatlarning  bazaviy  normativi  har  yili 

                                                           

46

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  3  sentyabrdagi  414-son  Qarori  bilan  tasdiqlangan 



“Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) Tartibi”ning 37 bandi. 

44 

 

eksperimentda  ishtirok  etuvchi  viloyatlarning  har  bir  tumani  (Toshkent  shahar 



tumani) uchun alohida belgilanadi. 

Xarajatlarning bazaviy normativi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi

47



ХBNy = VSBy x O‘Uy / АSy,           



bunda: 

ХBNy  —  rejalashtirilayotgan  yil  uchun  bir  kishi  hisobiga  xarajatlarning 

normativ bazasi; 

VSBy  —  sanitariya-epidemiologiya  shoxobchalari,  kapital  qo‘yilmalar  va 

rejalashtirilayotgan  yil  uchun  markazlashtirilgan  tadbirlar  xarajatlaridan  tashqari, 

viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjeti; 

АSy — rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra BTSYo ShE 

muassasalariga biriktirilgan viloyat shaharlari/Toshkent shahri aholisi soni; 

O‘Uy  —  hisobot  davrida  tegishli  viloyat/Toshkent  shahar  sog‘liqni  saqlash 

budjetida BTSYo ShE  muassasalari budjetining  o‘rtacha ulushi (koeffitsentlarda). 

BTSYo  ShE  muassasalari  budjetini  hisobot  davridagi  sanitariya-epidemiologiya 

nazorati xizmatlari, kapital qo‘yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini 

istisno etgan holda viloyatlar/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjetiga 

bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2005  yil  21  dekbardagi 

“Tibbiyot  xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lashning  takomillashtirilgan  tizimi 

to‘g‘risida”gi  276-sonli  qaroriga  asosan  tibbiyot  xodimlariga    ish  haqi  to‘lanadi. 

Mazkur    qarorda  sog‘liqni  saqlash    muassasalari,  tibbiyot  va  farmatsevtika 

xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lash  bo‘yicha  tarif  setkasi  va  tarif  razryadlarini 

ko‘rsatilgan. 

Sog‘liqni  saqlash  muassasalariga  ish  haqi,  ish  haqiga  ajratma,  boshqa  

(kanselariya  va  xo‘jalik  xarajatlari,  xizmat  safari  xarajatlari,  o‘quv  xarajatlari, 

oziq-ovqat  xarajatlari,  dori-darmon  xarajatlari,  yumshoq  va  qattiq,  jihozlar 

xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash) xarajatlari rejalashtiladi. Aytish mumkinki, 

                                                           

47

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  “O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  muassasalarini 



moliyalashtirish  va  boshqarish  tizimini  yanada  takomillashtirish  to‘g‘risida”gi  2005-yil  28-sentyabrdagi  217-sonli 

Qarorining 6-bandi. 



45 

 

bu  xarajatlar  ichida  ish  haqi  xarajatlari  eng  yuqori  o‘rinni  egallaydi.  Ish  haqi 



xarajatlari umumiy xarajatlarning 75-80 foizni tashkil etadi. Ish haqi fondi tibbiyot 

xodimlari ish faoliyatiga ko‘ra, quyidagi ish haqlarini o‘z ichiga oladi: 

 

asosiy faoliyati bo‘yicha ish haqi; 



 

tungi navbatchilik uchun haq; 



 

bayram kunlari uchun haq; 



 

maslahatlar uchun haq. 



 

Vazirlar  Mahkamasining  №276-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston 

Respublikasi  davlat  muassasalari  tibbiyot  va  farmatsevtika  xodimlari  mehnatiga  haq 

to‘lash  tartibi  va  shartlari  to‘g‘risidagi  Nizomi”ga  muvofiq  Mehnatga  haq  to‘lashning 

takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika 

xodimlarining  mehnatga  haq  to‘lash  bo‘yicha  4  guruhlari  belgilab  berilgan.  Ushbu 

guruhlardan  kelib  chiqqan  holda  bevosita  barcha  tibbiyot  xodimlariga  haqni 

hisoblashda  qo‘llaniladi.  Jumladan  ushbu  guruhlarga  tayangan  holda,  “Tibbiyot 

muassasasining  moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish  jamg‘armasi”ni shakllantirish 

va uning mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini belgilashda ham foydalanilgan.  

Ya’ni,  tizim  xarajatlarida  tibbiyot  xodimlari  ish  haqlari  mablag‘laridan 

tashqari dori-darmon vositalari, oziq-ovqat uchun xarajatlar hamda moddiy-texnika 

bazasini  modernizatsiya  qilishga  yo‘naltirilgan  xarajatlar  miqdorini  oshirish  ham 

muhimdir. 

№276-sonli  qarorda  “O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  muassasalari  tibbiyot 

va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi 

tasdiqlangan  Nizomda  tarif  setkasiga  muvofiq  xodimlarning  ushbu  toifalari 

mehnatiga  haq  to‘lash  razryadlari  va  tarif  koeffitsiyenti  bilan  tasdiqlandi. 

Poliklinika misolida ko‘radigan bo‘lsak, birinchi navbatda shtatlar jadvali tuziladi, 

u aholi soniga qarab, kerakli vrach, hamshira, kichik tibbiy xodimlar aniqlanadi.  

Shtatlar  jadvaliga  asosida  xodimlarning  tarifikatsiya  ro‘yxati  hisoblab 

chiqiladi. Xodimlarning ish haqlari esa ushbu tarifikatsiya asosida hisoblab chiqib 

tayinlanadi. Tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari, tarif setkasi asosida ish  haqlari 

belgilangan   eng   kam   oylik   miqdorini   tegishli   guruhlarga kiritilgan sog‘liqni 



46 

 

saqlash  muassasalari  xodimlari  uchun  belgilangan  tarif  setkasining  tegishli 



razryadi  tarif  koeffitsiyentiga  va  tuzatish  koeffitsiyentiga  ko‘paytirish  yo‘li  bilan 

belgilanadi.  Ish  haqini  belgilash  barcha  hollarda  asosiy,  o‘rindoshlik  va  o‘rinni 

bosadigan lavozimlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarif setkasi bo‘yicha razryadlar 

tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar lavozimlari bo‘yicha belgilanadi. 

Sog‘liqni  saqlash  muassasalarining  rahbarlari,  ularning  o‘rinbosarlari,  bosh 

tibbiyot  hamshiralari  uchun  mehnatga  haq  to‘lash  tarif  setkasi  bo‘yicha  razryad 

sog‘liqni saqlash muassasaning turiga qarab tabaqalashtiriladi. Yagona tarif setkasi 

mehnatga  haq  to‘lash  tizimini  takomillashtirish  hisobiga  o‘z  malakasini 

oshirishdan  manfaatdorlikni  kuchaytirishni  nazarda  tutadi.  Tibbiyot  va 

farmatsevtika xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar

48





 

kichik tibbiyot xodimlari uchun

 

o‘rta tibbiyot xodimlari uchun; 



 

vrach xodimlar uchun; 



 

davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun; 



 

tibbiyot  muassasasida  vrachlikdan  boshqa  faoliyatni  bajarayotgan  oliy 



ma’lumotli mutaxassislar uchun. 

Yangi  tarif  setkasiga  muvofiq  tarif  stavkasi  oshdi,  turdosh  razryadlar 

o‘rtasidagi farq ko‘paydi. Sog‘liqni saqlash muassasalarida xodim uchun quyidagi 

qo‘shimcha to‘lovlar mavjud: 

1.

 

Vrachlar uchun: -shtatda vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda oyiga eng 



kam  oylik  ish  haqining  50foizmiqdorida,  6  tadan  ortiq  bo‘lsa,  eng  kam  oylik  ish 

haqining 70foizmiqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. 

2.

 

Oliy  malaka  toifasi  mavjudligi  uchun  eng  kam  oylik  ish  haqining 



50foizmiqdorida,    birinchi  malaka  toifasi  uchun  eng  kam  oylik  ish  haqining 

40foizmiqdorida,    ikkinchi  malaka  toifasi  uchun  eng  kam  oylik  ish  haqining 

20foizmiqdorida,    tibbiyot  va  farmatsevtika  fanlari  doktori  ilmiy  darajasi  uchun 

eng  kam  oylik  ish  haqining  70foizmiqdorida,      tibbiyot  va  farmatsevtika  fanlari 

                                                           

48

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2005 yil  21 dekabrda  276-son  Qarori  bilan  tasdiqlangan 



“O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va 

shartlari to‘g‘risida Nizom”ining 8-,9-,10-,12-13-bandlari.  



47 

 

nomzodligi  uchun  -  eng  kam  oylik  ish  haqining  45foizmiqdorida  qo‘shimcha 



to‘lov to‘lanadi. 

3.

 



O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  sog‘liqni  saqlash  xodimi 

faxriy  unvoni  uchun  -  eng  kam  oylik  ish  haqining  60foizmiqdorida  qo‘shimcha 

to‘lov to‘lanadi. 

4.

 



Turg‘un  tipdagi  muassasalar  xodimlariga  tungi  vaqtda  ishlaganligi  uchun 

egallab  turgan  lavozimi  bo‘yicha  har  bir  soat  uchun  soatli  tarif  stavkasining 

50foizmiqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi. 

IV-guruh  xarajatlari  o‘tgan  yildagi  xarajatlari  ko‘rsatkichlariga  nisbatan 

aniqlanib, unda dori-darmonga xarajatlar o‘tgan yildagi hajmdagi dorilarni hozirgi 

narxlarda,  normativlar  bo‘yicha  aniqlab  topiladi.  Tibbiyot  xodimlarini  mehnatga 

vijdonan munosabati va ko‘rsatayotgan xizmatlarning yuqori sifati uchun ularning 

tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirish va 

taqdirlash,  ularga  mukofot  berish,  bir  martalik  moddiy  yordam  ko‘rsatish  kabi 

tadbirlar  amalga  oshiriladi.  Yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  tarif  setkasi  va 

unga to‘lovlar, ustamalar sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini ishga bo‘lgan 

munosabatlarini o‘zgartirishga yo‘naltirildi.  

Sog‘liqni saqlash  muassasalari barcha budjet tashkilotlari singari keyingi yil 

uchun  budjet  so‘rovi  bo‘yicha  talabnomalarni  tegishli  mahalliy  budjetiga  yoki 

respublika  budjetiga  qonunda  belgilangan  tartibda  topshiradi.  Joriy  yilda  davlat 

budjeti 


tasdiqlangandan 

so‘ng 


g‘aznachilik  tizimida  sog‘liqni  saqlash  

muassasalarining  xarajatlari  smetasi    doirasida    moliya  yili  mobaynida  xarajatlar 

to‘lab 

beriladi. 



Aholi 

sog‘ligi 

darajasi 

davlatning 

ijtimoiy 

jihatdan  

rivojlanganligini  anglatadi. Shunday ekan, har qanday davlat  uchun aholini  qulay 

va  sifatli    tibbiy    yordamlar    bilan  ta’minlash    muammolarini    bartaraf    etish  va  

mablag‘larning    samaradorligini    oshirish    doimo    dolzarbligicha    qoladi.  Aholi 

sog‘ligi  darajasi    davlatning    ijtimoiy  jihatdan    rivojlanganligini    anglatadi. 

Shunday ekan, har qanday davlat  uchun aholini  qulay va sifatli  tibbiy  yordamlar  

bilan ta’minlash  muammolarini  bartaraf  etish va  mablag‘larning  samaradorligi-

ni  oshirish  doimo  dolzarbligicha  qoladi. 


48 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling