Tasdiqlayman


Download 0.6 Mb.

bet2/7
Sana09.02.2017
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

1.2. Sog‘liqni saqlash tizimini  moliyalashtirishning tashkiliy-huquqiy 

asoslari 

 

Ijtimoiy islohotlar orasida  davlatning  aholi  sog‘lig‘ini  saqlash  vazifasi  



muhim  hisoblanadi.    Bu    maqsadga  erishish    uchun    zarur    shart-sharoitlar  

yaratish,  ushbu  jarayonni  tobora  kuchaytira  borish bo‘yicha  chora-tadbirlar  

ishlab chiqilib,  izchillik  bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda sog‘liqni 


15 

 

saqlash  tizimi  moliyalashtirish  davlatimizning  asosiy  ustuvor  vazifalaridan  biri 



hisoblanib  keladi,  bu  borada  yurtboshimiz:  “...ustuvor  vazifamiz  –  xalqimiz 

salomatligini  muhofaza  qilish,  sog‘liqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish  va 

samarasini  oshirish,  profilaktika  ishlarini  kuchaytirishdan  iboratdir

9

.”  -  deya 



ta’kidlaganlar. 

Mamlakatimiz  o‘z  mustaqilligni  qo‘lgan  kiritgan  so‘ng  sog‘liqni  saqlash 

sohasini  mablag‘  bilan  ta’minlash  borasida  kuchli  normativ-huquqiy  baza 

yaratildi,  xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O‘zbekiston 

Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  davlat  dasturi  to‘g‘risida“ 

1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli, “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni 

yanada  chuqurlashtirish  va  uni  rivojlantirish  davlat  dasturini  amalga 

oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentyabrdagi PF-3923-

sonli, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 

2003-yil  26-fevraldagi  PF-3214-sonli  Farmonlari  hamda  “Tibbiyot  xodimlari 

mehnatiga  haq  to‘lash  tizimini  takomillashtirish  to‘g‘risida”  2005  yil  1-

dekabrdagi  PQ-229-sonli,  “Respublika  tibbiyot  muassasalari  faoliyatini  tashkil 

etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktyabrdagi PQ-

700-sonli  Qarorlari,  shu  bilan  bir  qatorda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  “Davolash-profilaktika  muassasalarida  ovqatlanishni  tashkil 

qilish  va  uning  uchun  haq  to‘lashning  Vaqtinchalik  tartibi”  1997-yil  2-

dekabrdagi 

532-sonli, 

“O‘zbekiston 

Respublikasi 

sog‘liqni 

saqlash 


muassasalarini  moliyalashtirish  va  boshqarish  tizimini  yanada  takomillashtirish 

to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi 217-sonli, “Tibbiyot xodimlari  mehnatiga 

haq  to‘lashning  takomillashtirilgan  tizimini  tasdiqlash  to‘g‘risida”  2005-yil  21-

dekabrdagi    276-sonli  Qarorlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligining  “Tibbiyot  muassasalarini  moddiy  rag‘batlantirish va  rivojlantirish 

jamg‘armasi  to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash  haqida”gi    Adliya  vazirligi 

                                                           

9

  Karimov  I.A.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  – 



yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. // O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, 2013 yil 6 dekabr. 

16 

 

tomonidan    1537-sonli  ruyxatga  olingan  2005-yil  31-  dekabrdagi  107-sonli 



Qarorini keltirib o‘tish o‘rinlidir. 

Ko‘rish  mumkinki,  oxirgi  yillarda  yurtimizda  ushbu  sohani  isloh  qilish 

borasida  ishlar  jadal  sur’atlarda  olib  borilmoqda.  Shu  o‘rinda,  Prezidentimiz 

I.A.Karimov  ta’kidlab  o‘tganlaridek,  “2013-yilda  tibbiyot-sanitariya  sohasida 

birinchi  yordam  ko‘rsatish  oilaviy  tibbiyot  printsipi  asosida  ishlash  shakliga 

o‘tkazildi.  Bu  esa  yurtimizda  sog‘liqni  saqlash  sohasini  isloh  etishni  yanada 

chuqurlashtirish  bo‘yicha  joriy  etilayotgan  chora-tadbirlar  tizimida  muhim 

qadam  bo‘ldi.  Bunday  o‘zgarish  qishloq  joylarda,  ayniqsa,  chekka  tumanlarda 

yashayotgan  14  million  600  ming  nafar  aholiga  malakali  tibbiy  yordamdan 

foydalanish imkonini berdi

10

”.Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 



tashabbusi  bilan  tasdiqlangan    “1998-2005  yillarda  sog‘likni  saqlash  tizimini 

isloh  qilish  konsepsiyasi”da  O‘zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  siyosatida 

soqliqni  saqlash  tizimini  takomillashtirish  ustuvorligi  va  aholi  sog‘ligini 

yaxshilash  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  o‘zining  umumiy  ifodasini  topdi. 

Aholi sog‘lig‘i darajasi  milliy  boylikning  muhim  tarkibiy  qismi  va  madaniyatli 

jamiyatning  fundamental  xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi,  aholi  sog‘lig‘ini 

muhofaza qilish  xizmatini  har  tomonlama  rivojlantirish  jamiyat  taraqqiyotining 

muhim sharti va ijtimoiy rivojlanish darajasining integrallashgan ko‘rsatkichidir. 

Ushbu Farmonga ko‘ra, “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi” va 

“O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  Davlat 

dasturi”

11

 qabul qilindi.  



Hozirgi kunga qadar mazkur  dasturlar doirasidagi ishlar  o‘z  yakuniga  etdi 

va  sog‘liqni  saqlash  tizimini  yanada  takomillashtirish,  uni  har  jihatdan  jahon 

talablari  darajasiga  olib  chiqish  hozirgi  kunda  mamlakatimiz  oldida  turgan 

asosiy  vazifalardan  biridir.  Soha  anchayin  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lganligi 

sababli uni optimal darajada shakllantirish hamda moliyalashtirish mexanizmini 

takomillashtirish masalalari jiddiy e’tiborni talab etadi.  

                                                           

10

  Karimov  I.A.  “Amalga  oshirayotgan  islohotlarimizni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  qurish  – 



yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. // Xalq so‘zi, 2014 yil 18 yanvar, №13(5913). – B.2. 

11

 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y.,25-son, 282-modda. 



17 

 

Sohaning  murakkabligini  uning  oldiga  qo‘yilgan  vazifa,  ya’ni  mamlakat 



aholisining  salomatligini  saqlashga  qaratilgan  vazifalar  bilan  izohlash  mumkin. 

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu mexanizmni samarali ishlashi ko‘p jihatdan uning 

moliyalashtirish 

tartibiga 

bog‘liq. 

Farmondan 

kelib 

chiqqan 


holda 

mamlakatimizda  sog‘liqni  saqlash  tizimidagi  tashkilotlarni  quyidagi  usulda 

moliyalashtirish belgilab berilgan: 

o

 



davlat budjetidan moliyalashtirish

o

 



aralash tarzda moliyalashtirish; 

o

 



davlat  dasturlari  va  loyihalar  asosida  jalb  qilinadigan  xorijiy 

investitsiyalar va kreditlar evaziga. 

Sog‘liqni  saqlash  tizimini  isloh  qilish  konseptsiyasiga  muvofiq,  davlat 

quyidagilarni  o‘z  ichiga  olgan  bepul  tibbiy-sanitariya  xizmatlarining  taqdim 

etilishini ta’minlaydi: 

 



tez, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi; 

 



sog‘liqni  saqlashning  birlamchi  bosqichlarida  va  qator  davlat,  avvalo 

qishloq  joylardagi  davolash-profilaktika  muassasalarida  tibbiy  xizmatlar 

ko‘rsatilishi; 

 



aholini qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash

 



ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan 

kasalliklar(sil,  onkologik,  ruxiy,  giyohvandlik,  endokrinologik  kasallar  va  kasb 

kasalligiga uchragan bemorlar)gi oid ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish; 

 



bolalarni  tekshiruvdan  o‘tkazish  va  davolash  (pullik  kasalxonalardan 

tashqari); 

 

15-17  yoshdagio‘smirlar  va  chaqiruv  komissiyasi  yo‘llanmasi  bilan 



kelgan chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh)ni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash

 



tug‘ruqqa  yordam  xizmatlarini  ko‘rsatish(pullik  kasalxonalardan 

tashqari); 

 

davlat  davolash-profilaktika  muassasalarida  bemorlarning  imtiyozli 



toifalari (nogironlar, urush faxriylari, etimlar)ni davolash. 

18 

 

Shu  bilan  bir  qatorda,  yuqorida  keltirilgan  Farmonda  sog‘liqni  saqlash 



muassasalarini bosqichma-bosqich pullik tibbiy xizmatlarga o‘tkazilishi belgilab 

berilgan.  

Pullik  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish  tizimi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

mablag‘lari  evaziga  xususiy  moliyalashtirish  ko‘rinishida  hamda  aralash  tarzda 

ya’ni,  qisman  xususiy  tarzda  xarajatlarni  yopish  va  qolgan  qismini  davlatdan 

dotatsiya sifatida qoplash. Shundan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalarida 

aralash tarzda moliyalashtirishda budjetdan va o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimi 

qo‘llaniladi.  Moliya  vazirligi  va  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  bilan  birgalikda 

1999-yil  22-martda  679-son  bilan  tasdiqlangan  “Pullik  tibbiy  xizmat 

ko‘rsatishga bosqichma-bosqich o

tayotgan davolash-profilaktika muassasalarini 



moliyalash”  tartibiga ko‘ra, Davolash profilaktika muassasalarining moliyaviy 

resurslarining  shakllanish  manbalari  belgilab  berilgan  bo‘lib,  bu  o‘z  navbatida 

belgilangan samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Tibbiyot 

tashkilotlarining 

budjetdan 

tashqari 

mablag‘lar 

bilan 

ta’minlanishini  yuzasidan  mamlakatimizda  Davlat  maqsadli  jamg‘armalari  va 



budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  jamg‘armalari  shakllantirilgan  

bo‘lib, budjet kodeksiga ko‘ra ularga quyidagilar kiradi: 

 

davlat  maqsadli  jamg‘armasi  hisoblanuvchi  “O‘zbekiston  Respublikasi 



Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Umumta’lim  maktablari,  kasb-

hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va  tibbiyot  muassasalarini  rekonstruktsiya 

qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi”

12



 

budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  jamg‘armalariga  kiruvchi 



“Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi” va “Tibbiyot tashkilotlarining 

moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi”

13

 keltirib o‘tilgan. 



  Budjet kodeksida ushbu mablag‘larning shakllantirish manbalari va ularni 

yo‘naltirish  xarajatlari  belgilab  berilgan.  Budjet  kodeksining  60-moddasiga 

binoan budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari: 

                                                           

12

 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 41-modda. // http://www.lex.uz. 



13

 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 44-modda. // http://www.lex.uz. 



19 

 



 

hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha 

tejalgan  mablag‘lar,  bundan  kapital  qo‘yilmalarni  moliyalashtirish  uchun 

nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno; 

 

faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 



qilishdan olingan daromadlar;  

 



budjet  tashkiloti  balansida  turgan  mol-mulkni  ijaraga  berishdan  olingan 

mablag‘larning bir qismi; 

 

belgilangan  tartibda  budjet  tashkilotlari  tasarrufida  qoldiriladigan 



mablag‘lar; 

 



homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi

14



Budjet kodeksining 61-moddasiga ko‘ra “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy 

rag‘batlantirish  va  rivojlantirish  jamg‘armasi”  daromadlari  belgilangan,  ya’ni 

ular: 



 



tibbiyot  tashkilotiga  ajratiladigan  budjet  mablag‘lari  umumiy  hajmining 

5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar; 

 

faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 



qilishdan olingan daromadlar; 

 



hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha 

ejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda 

tutilgan mablag‘lar mustasno; 

 



tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan 

mablag‘larning bir qismi; 

 

belgilangan  tartibda  budjet  tashkilotlari  tasarrufida  qoldiriladigan 



mablag‘lar; 

 



homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi

15



Ushbu  budjetdan  tashqari  jamg‘armalar  hisobdan  xarajatlarni  amalga 

oshirish  yo‘nalishlari  Budjet  kodeksining  81-moddasida  belgilab  berilgan. 

Ushbu  moddaga  ko‘ra,  budjet  tashkilotining  rivojlantirish  jamg‘armasi  hamda 

                                                           

14

 O‘sha manba-60-modda. 



15

 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 61-modda. // http://www.lex.uz. 



20 

 

Tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy  rag‘batlantirish  va  rivojlantirish  jamg‘armasi 



mablag‘laridan: 

 



vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqalarini  va  mavjud  kreditorlik 

qarzlarini to‘lash; 

 

budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari; 



 

budjet  tashkiloti  xodimlarini  moddiy  rag‘batlantirish  tadbirlari  uchun 



foydalaniladi

16



Budjet  tashkilolarining  yuqorida  keltirib  o‘tilgan  budjetdan  tashqari 

jamg‘armalari  bo‘yicha  daromadlarni  shakllantirgan  holda,  tegishli  tartibda 

xarajatlarni amalga oshiradi.  

 

1.3.  Sog‘liqni saqlash tizimini  moliyalashtirishning xorij tajribalari 

 

  Mamlakatimizda  aholi  salomatligini  mustahkamlash,  tibbiy  xizmatlarni 

yetkazib  berishda  aholiga  qulayliklar  yaratish  yo‘lida  hamda  ularni  molyaviy 

mablag‘lar bilan ta’minlash jarayonlarini yanada takomillashtirish ishlari yuqori 

sur’atlarda  rivojlanmoqda.  Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.Karimov tomonidan “2014 yil Sog‘lom bola” yili deb nomlanishi va bu borada 

qabul  qilinadigan  Davlat  dasturining  ustuvor  yo‘nalishlarida  alohida  e’tibor 

berilishi ta’kidlandi. 

  Shu nuqtai nazardan esa, ijtimoiy soha, xususan, sog‘liqni saqlash tizimini 

samarali  moliyalashtirishni  takomillashtirishda  xalqaro  tajribalarni  o‘rganish 

hamda  ularni  respublikamizda  joriy  qilish  yo‘llarini  ishlab  chiqish  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  o‘rinda,  mamlakatlarning  sog‘liqni  saqlash  tizimi 

samaradorligining  xalqaro  reytingini  keltirib  o‘tish  o‘rinli  bo‘ladi.  Jahon 

sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  193  ta  mamlakatning  sog‘liqni  saqlash  tizimining 

moliyaviy-iqtisodiy  va  tibbiy-demografik  ko‘rsatkichlariga  asosan  o‘tkazgan 

tahlillariga  ko‘ra  davlatlarning  soha  bo‘yicha  qayd  etgan  reytinglari  aniqlandi, 

ularni 1.1-jadvaldan ko‘rish mumkin. 

                                                           

16

 O‘sha manba-81-modda. 



21 

 

Rivojlangan 



mamlakatlarning 

sog‘liqni 

saqlash 

sohasini 

moliyalashtirishdagi  tajribalarini  o‘rganib  respublikamiz  sharoitida  joriy  etish 

alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  AQSH,  ayrim  MDH,  Yevropa  va  Osiyo 

mamlakatlari  ushbu  sog‘liqni  saqlash  sohasida  sug‘urta-bozor  munosabatlarini 

asosan rivojlantirgan. Mazkur tajribalarni o‘rganishning sababi, mamlakatimizda 

soliqlar  hisobidan  sohani  moliyalashtirish  asoslarining  rivojlanganlik  darajasi 

sezilarlidir. AQShda tizimning o‘ziga xos jihati mamlakatda sog‘liqni saqlashni 

moliyalashtirish ko‘proq tijorat xususiyatiga ega ekanligidadir.  

1.1-jadval  

Mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha reytingi

17

 

Mamlakat 



Ko‘rsatkich 

Rey-

ting 

Moliyalashtirish 

modeli 

Boshqarish 

modeli 

Yaponiya 

27,21 



Sug‘urta 



Bozor 

Norvegiya 

27,11 



Sug‘urta 



Bozor 

Shvetsiya 

26,11 



Sug‘urta 



Bozor 

Islandiya 

25,59 



Soliq 



Davlat 

Germaniya 

23,39 



Sug‘urta 



Bozor 

Malta 


21,27 

11 


Soliq 

Davlat 


Lyuksemburg 

20,41 


14 

Sug‘urta 

Davlat 

AQSh 


19,83 

17 


Xususiy 

Bozor 


 

Amerikada  sog‘liqni  saqlashni  moliyalashtirish  amaliyoti.  1965  yil  30 

iyulda qabul qilingan Ijtimoiy ta’minot akti Sog‘liqni saqlash tizimini budjetdan 

moliyalashtirishdan  tashqari  AQShda  qabul  qilingan  Medikeyr  (Medicare) 

ijtimoiy sug‘urta dasturi 65 yosh, undan katta va boshqalar uchun tibbiy sug‘urta 

faoliyatini amalga oshirishni ta’minlaydi

18

. 



Medikeyr dasturi davlat va tibbiy xizmat etkazib beruvchilar bilan alohida 

shartnomalar tuzib, ular o‘rtasida vositachi rolini bajarib keladi. Medikeyr 1954 

yilda qabul qilangan Federal sug‘urta Akti (Federal Insurance Contributions Act 

                                                           

17

 Raxmonov D.A. Sog‘liqni saqlash  muassasalarini  moliyalashtirishning ilg‘or usullari //  Bozor, pul va kredit. 



Toshkent, 2013. – № 2. – B. 64-67   

18

 http://en.wikipedia.org/wiki/Medicare_(United States)#cite_note-1. 



22 

 

(FICA))  va  O‘zini  ish  bilan  ta’minlash  Qonuni  (the  Self-Employment 



Contributions  Act)  bo‘yicha  qisman  soliqlar  asosida  moliyalashtiriladi.  Bunga 

ko‘ra,  tibbiy  sug‘urtaga  to‘lov  ish  haqi  va  boshqa  kompensatsion  ajratmalarga 

nisbatan 2,9 foiz ulushda (1,45 foizdan ishchi-xodim va ish beruvchi tomonidan) 

amalga oshirildi. 1994 yildan boshlab esa, kompensatsiya me’yori olib tashlanib, 

unga  ko‘ra  2,9  foizning  barchasini  ishchining  o‘zi  amalga  oshirishi  belgilandi. 

Garchi,  to‘lovlarning  50  foizi  daromad  solig‘i  bazasidan  ayrib  tashlansada

19



Medikeyr hozirgi kunda 4 qismdan iborat. 



A  qism  bu  –  kasalxona  sug‘urtasi.  Mazkur  qism  bemorning  statsionar 

davolanishi,  xona,  oziq-ovqat,  tibbiy  tekshiruv  va  shifokorga  to‘lovlarni  o‘z 

ichiga  oladi  (A  qism  bemorning  qarovchisi  yoki  malakasiz  xizmat, 

davomiylikning  uzayishi  va  kundalik  xarajatlar(gigiena,  oziq-ovqat  va 

boshqalar)ni to‘lab bermaydi. 

Medikeyrning  ushbu  qismi  orqali  har  bir  kasallik  uchun  malakali  tibbiy 

xizmatlar  100  kun  davomida  amal  qiladi.  Birinchi  20  kun  uchun  to‘liq 

xarajatlarning hammasi, qolgan 80 kun uchun esa xarajatlarning ma’lum qismi 

moliyalashtiriladi.  Agarda  tibbiy  xizmatdan  manfaatdor  shaxs  xizmatdan 

foydalangandan so‘ng 60 kun qolsa, u keyingi bemorlik davri uchun navbatlagi 

100 kundan foydalanishi mumkin bo‘ladi. 

V  qism  bu  –  tibbiy  sug‘urta  bo‘lib  hisoblanadi.  Bunda  A  qismga 

kirmaydigan  xizmatlar  uchun  to‘lovlarni  to‘lashga  yordam  beradi.  V  qism  o‘z 

ichiga  shifokor  va  hamshira  xizmatlari,  rentgen,  laborotoriya  va  diagnostik 

sinovlar, emlashlar, qon quyish, kunduzi yotib davolanish, tez yordam transporti 

va boshqa tibbiy muolaja kabilarni oladi. Medikeyrning foydalanuvchilari (yoki 

turmush  o‘rtoqlari)  40  kvartal  davomida  yoki  3  oydan  ortiq  davrda  Federal 

Sug‘urta Qonuni soliqlarini to‘lab kelishgan bo‘lsa, A qismning oylik badallarini 

to‘lashmaydi.  Ushbu  talablarni  bajarmagan  shaxslar  oylik  to‘lovlarni  quyidagi 

tartibda amalga oshirib borishadi (2010 yil uchun): 

                                                           

19

 O‘sha manba.   



23 

 



 

 medikeyrda  30-39  kvartallar  oralig‘i  davomida  oylik  to‘lov  254,00 

dollarni tashkil qiladi; 

 



 medikeyrda  30  kvartaldan  kam  bo‘lgan  muddat  davomidagi  to‘lov 

miqdori oylik 461,00 dollarni tashkil qiladi. 

V  qismda  iste’molchilar  belgilangan  96,40  dollar  miqdoridagi  (2009  yil 

uchun)  to‘lovni  oyiga  to‘lab  boradilar

20

.  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti 



ma’lumotlariga  tayanib  F.Burdjalov

21

  AQShda  sog‘liqni  saqlash  tizimi 



xarajatlarida  davlat  ulushi  45,1  foizga,  xususiy  sektor  esa  54,9  foizni  tashkil 

etayotganligini ta’kidlab o‘tgan.  

AQSh  bugungi  kunda  dunyoda  sog‘liqni  saqlash  tizimidagi  moliyaviy 

resurslarning  davlat  ulushi  past  bo‘lgan  mamlakat  hisoblanib  kelinmoqda, 

albatta nunday natijaga erishishda vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘rni muhim 

hisoblanadi. 

AQShda sohaga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi YaIMga nisbatan 15,3 

fozni  tashkil  etsa,  G‘arbiy  Evropa,  Yaponiya,  Avstraliya  va  Kanada  va  Yangi 

Zelandiya kabi mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkichning o‘rtacha darajasi 9,1 fozni 

tashkil  etadi,  sog‘liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarining  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri 

kelishi  mos  ravishda  6350  va  o‘rtacha  3104  AQSh  dollariga  teng  bo‘lgan. 

Ammo 5 yoshgacha bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa har ming bolaga 

AQShda 8 tani tashkil etsa, G‘arbiy Evropa, Yaponiya, Avstraliya va Kanada va 

Yangi  Zelandiya  kabi  mamlakatlarda  mazkur  raqam  5  taga  teng  bo‘lgan, 

o‘rtacha umr ko‘rish davri esa erkak va ayollarda mos ravishda 75/80 va 77/83 

bo‘lgan


22

.  AQShdagi  bu  kabi  nomunatosiniblik  sog‘liqni  saqlash  tizimidagi 

murakkabliklarni bartaraf etishni taqozo qiladi. 

AQSh 


Prezidenti 

B.Obama 


mamlakat 

sog‘liqni 

saqlash 

tizimi 


samaradorligini past hisoblaydi va tizimda bir qator islohotlarni amalga oshirish 

lozim,  deb  hisoblaydi.  AQShda  olib  borilayotgan  sog‘liqni  saqlash  tizimini 

                                                           

20

 http://en.wikipedia.org/wiki/Medicare_(United States)#cite_note-2009_26_You_29#cite_note-2009_26_You 



21

Бурджалов Ф. Реформа здравоохранения в США // Мировая экономика и международные отношения. 

Москва, 2010. - №10. – С. 44.   

22

 http://www.who.int/countries/en/ - internet ma’lumotlari asosida foydalanilgan.   



24 

 

moliyalashtirish jarayonlarini o‘rganib, shuni aytish mumkinki mamlakatimizda 



sog‘liqni  saqlash  tizimini  moliyalashtirishni  takomillashtirishda  quyidagilarga 

e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir: 

 

 ish  beruvchi  tomonidan  ishchi-xodimlar  uchun  o‘zining  maxsus  hisob 



raqamida tibbiy xizmatlarni moliyaviy ta’minlash maqsadida ma’lum hajmdagi 

mablag‘ni jamg‘arib borish; 

 

 jamg‘arilgan  mablag‘larni  faqat  tibbiy  xizmat  bilan  bog‘liq  xarajatlarni 



qoplash  maqsadida  foydalanishni  yoxud  manfaatdor  tomonidan  ham  boshqa 

maqsadlarga yo‘naltirilmasligini ta’minlash. 

Germaniya  moliya  tizimi  –  federal  budjet,  16  ta  federal  erlar  budjeti, 

obshinalar budjeti, hukumatning maxsus budjetdan tashqari fondlarini o‘z ichiga 

oladi, federal temir yo‘l va federal pochta davlat korxonalari, ijtimoiy sug‘urta, 

mehnat bo‘yicha federal idora moliyasini oladi

23



Germaniyada  sog‘liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarida  davlat  mablag‘lari 



76 foizni,  majburiy  tibbiy  sug‘urta  10  foizni,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  to‘lovlar  13 

foizni va boshqalar 1 foizni tashkil etadi

24

. Mamlakatda YaIMga nisbatan davlat 



budjeti xarajatlari 45  foizni  tashkil  etgan bo‘lsa, sog‘liqni  saqlash tizimi  uchun 

davlat  budjeti  xarajatlari  17,5  foizi,  YaIMga  nisbatan  esa  7,8  foizi 

yo‘naltirilgan

25



Germaniyada birinchi tibbiy yordam umumiy amaliyot vrachlari tomonidan 

ko‘rsatiladi  va  ularga  to‘lov  ball  tizimiga  asoslangan  tarzda  tibbiy  sug‘urta 

orqali  amalga  oshiriladi.  Stasionar  davolanish  uchun  bir  necha  turdagi 

kasalxonalar xizmat ko‘rsatadi, ularga ham to‘lov tibbiy sug‘urta orqali amalga 

oshiriladi.  

Yevropaning  rivojlangan  davlatlari  tibbiy  sug‘urtaga  YaIMga  nisbatan 

yiliga  6-9  foiz  hajmda  mablag‘lar  sarflamoqdalar.  Germaniyada  sog‘liqni 

saqlash  tizimining  mablag‘lari  yiliga  YaIMga  nisbatan  11,1  foizni  tashkil  etib, 

                                                           

23

 Vahobov A., Burxanov U., Jumaev N. Chet mamlakatlar moliyasi. - T.: ―Yangi asr avlodi, 2003. – 268-b.   



24

 Томпсон С., Фоубистер Т. и др. К вопросу о финансовой устойчивости в системах здравоохранения.  - 

Прага, 2009. Европейской обсерватории по системам и политике здравоохранения, 2010. – С. 24.   

25

 O‘sha manba-17 bet.   



25 

 

Shvetsariyadan  keyingi  ikkinchi  ko‘rsatkichni  qayd  qilmoqda.  Davlat  sug‘urta 



kompaniyalari  tomonidan  sug‘urtalangan  shaxslarga  tibbiy  xizmat  ko‘rsatuvchi 

umumiy  amaliyot  vrachlari  va  mutaxasis-vrachlar  “kasallik  kassasi  vrachlari” 

deb  ataladi.  Ular  mustaqil  tarzda  bemorlarga  xizmat  ko‘rsatadilar  va  shunga 

muvofiq  tarzda  kasallik  kassasidan  to‘lovni  oladilar.  Xususiy  sug‘urta  tizimida 

sug‘urtalangan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi vrachlarga to‘lov sug‘urta 

kassasi orqali amalga oshiriladi. 

“Germaniya  Fuqarolik  kodeksi”  va  “Kasb  javobgarligining  majburiy 

sug‘urtasi” Qonuni sifatli tibbiy xizmatni va bemorlarning huquqlarini ishonchli 

himoyasi  vazifasini  o‘tamoqda.  Bundan  tashqari,  vrach  javobgarligini 

sug‘urtalash orqali qilingan xato tufayli etkazilgan zarar xarajatlarini vrachning 

shaxsiy  mablag‘lari,  tibbiy  muassasa  tomonidan  yoki  majburiy  va  ixtiyoriy 

sug‘urta  tomonidan  emas,  balki  vrachning  sug‘urtalovchisi  tomonidan  amalga 

oshiriladi.  Germaniyada  sug‘urta  badallari  miqdorini  sug‘urtalovchilarning 

o‘zlari belgilaydi, lekin davlat sug‘urta badallarining minimal miqdorini belgilab 

beradi.  Hozirgi  vaqtda  mamlakatnning  90  foiz  aholisi  mazkur  tizimga  jalb 

qilingan (8 foizi – xususiy sug‘urta tizimida, 2 foizi – qashshoqlar uchun davlat 

to‘lovlari  tizimida)

26

.  Ixtiyoriy  tibbiy  sug‘urta  xizmatlari  qiymati  Hududiy 



dasturlar  doirasida  hisoblanib  boriladi.  Bunda  narxlarni  kamaytirish  va  aholi 

uchun  qulay  usulda  amalga  oshirish  imkoniyatlari  vujudga  keladi.  Demak, 

ushbu  sug‘urta  turi  sog‘liqni  saqlash  sohasini  moliyalashtirishning  yana  bir 

samarali usullaridan bo‘lib xizmat qiladi.

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling