Tasdiqlayman
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI BUDJET HISOBI VA DAVLAT JAMG‘ARMALARI FAKULTETI “TASDIQLAYMAN” Budjet hisobi va davlat jamg‘armalari fakulteti dekani ________ Sh.Allayarov “___”__________ 2014-yil
“G‘AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI NORMURODOV SHERZOD САЪДУЛЛА ЎҒЛИ
5341700 -“G‘aznachilik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” “G‘aznachilik ishi” kafedrasi mudiri __________ i.f.n., dots. A.Botirov
“____”__________________2014 y. Ilmiy rahbar: ________k.o’q. B.Nurmuxamedova “____”________________ 2014 y.
2
Men, Normurodov Sherzod, ushbu BMIni mustaqil bajardim, ko‘chirmachilik holati yo‘qligiga javob beraman. Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘ygan holatimda BMI kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug‘i bilan bekor qilinishi va “qoniqarsiz” baho qo‘yilishini bilaman.
3
1.1.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalahtirishning zarurligi, mohiyati va ahamiyati..................................................................................................
6
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslari......................................................................................................
14
1.3. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning xorij tajribalari………. 19 II-BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISH- NING AMALDAGI HOLATI......................................................................... 25 2.1.
Sog‘liqni saqlash tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish amaliyoti………………………………………………………………...
25
2.2. Sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish amaliyoti…... 37 2.3.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy ta’minotida byudjetdan tashqari manbalardan foydalanish amaliyoti.........................................................
47
III-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYALASHTIRISHNI ISLOH QILISH STRATEGIYASI …………………………………………………... 54 3.1.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari..........................
54
3.2. Moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash orqali sog‘liqni saqlash xarajatlari samaradorligini oshirish..........................................................
61 Xulosa...................................................................................................... 65
KIRISH 4
jamiyat farovonligi uchun aholinng sihat-salomatligi muhim ahamiyat ega. Shuni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning holatini va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlash kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ushbu masala xususida to‘xtalib, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari 2014 yilda ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi 1 .” Amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga etkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida 2014 yil mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. Jamiyatda aholining salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish har doim ham kunning eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib kelgandir. Ayniqsa, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash davrida aholini ijtimoiy himoya qilish bevosita sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy yondashishni talab etdi. Shuning uchun ham davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar, aholining tibbiy xizmatga o‘sib borayotgan ehtiyojini to‘la ravishda qondirishi va millatning sog‘lig‘i, sohasida ijtimoiy va demografik vaziyatni e’tiborga olishi kerakdir. Mamlakatimizda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish, tibbiyot sohasida jahon darajasidagi muammolariga aylangan kasalliklarga davo topishda respublikamiz sog‘liqni saqlash muassasalarining faol qatnasha olishiga imkoniyat yaratish mazkur sohani mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish masalasi kun tartibida asosiy vazifalardan biri sifatida qo‘yilmoqda. Respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish jarayonining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan bu sohada hali hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar mavjud.
Bu masalalarning hal etilishi o‘z navbatida, 1 Karimov I.A. “2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi”. // Xalq so‘zi, 2014 yil 18 yanvar, №13(5913). – B.2. 5
sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, jamiyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etayotgan sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni isloh etishning strategiyalarini puxta ishlab chiqilishida taklif va tavsiyalar zarurligi mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi – sog‘liqni saqlash tizimi moliyalashtirishning hozirgi holatini va uni isloh qilish strategiyasini o‘rganishdan hamda ushbu tizimga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalar keltiriladi:
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirishning amaldagi holatini baholash;
tashqari mablag‘larning tutgan o‘rnini baholash;
sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish amaliyotidagi muammolarni aniqlash va uni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
saqlash tizimi mazkur ishning ob’ekti hisoblanib, predmeti bo‘lib esa sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos strategiyasi, tamoyil va ustivorliklari, xorijiy va vatanimiz olimlarining olib borgan ilmiy ishlari, sog‘liqni saqlashga oid hujjatlar ilmiy izlanishning nazariy-uslubiy asoslarini tashkil etadi. Shuningdek, statistik tahlil, tizimli yondashuv, prognozlash, umumlashtirish usullari keng qo‘llaniladi. Mavzuning amaliy ahamiyati, ilmiy ishda ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi tibbiyot muassasalarida byudjet
6
va byudjetdan tashqari mablag‘lar nisbatini maqbullashtirish bo‘yicha prognozlarni, fuqarolarning jamg‘arib boriladigan majburiy tibbiy sug‘urtalash fondini shakllantirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalardan foydalanish bilan izohlanadi.
qamrab olgan 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning I-bobida Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning zarurligi, mohiyati va ahamiyati, nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari hamda sog‘liqni saqlash moliyashtirishning xorij tajribalari bayon qilingan. II-bobda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning amaldagi holati yoritilgan. III-bobda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni isloh qilish strategiyasi, shu jumladan, amalga oshirilgan qator “Salomatlik” loyihalari va “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturlaridagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tilgan. Xulosa qismida ish yuzasidan shakllangan xulosalar bayon qilingan va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar keltirib o‘tilgan.
I- BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYLASHTIRISHNING NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 1.1. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalahtirishning zarurligi, mohiyati va 7
Ijtimoiy sohaning asosiy bo‘g‘inini sog‘liqni saqlash muassasalari tizimi tashkil etadi. Sog‘liqni saqlash tizimi moliyaviy zahiralar tarkibi va tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari va ulushi hamda sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi masalalarini o‘ziga qamrab oladi.
Mamlakatning istiqboli, kuch-qudrati, jahon hamjamiyati oldidagi obro‘ - e’tibori va salohiyati fuqarosining, sog‘ligi oilaviy tinch - totuvligi, moddiy va ma’naviy barkomolligiga bog‘liq. Bekorga “xalq sog‘ligi —yurt boyligi”, “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” deyishmagan. Shu boisdan xukumatimiz, Respublikamiz Prezidenti mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, xalq salomatligini tiklash, onalik va bolalikni muhofazalash, sog‘lom avlod tarbiyasi, sanitariya va profilaktika xizmatini kengaytirishga davlat ahamiyatiga molik siyosat sifatida e’tibor berishmoqda. Sog‘liqni saqlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, tarmoqni moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan moliyaviy masalalar qanday hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xususan yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “... sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirish doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”
2 . Albatta, bu boradagi ishlarni amalga oshirish mablag‘lar masalasi bilan uzviy ravishda bog‘liqligi sog‘liqni saqlash muassalarini moliyalashtirish, bu jarayonni tashkil etishdan boshlab, ijrosini ta’minlash va nazoratni samarali olib borishgacha bo‘lgan jarayonni o‘zida aks ettirgan holda namoyon bo‘ladi. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni tashkil etish ushbu tarmoqqa mablag‘lar qo‘yishning ob’ektiv shartliligidan kelib chiqiladi. Sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘ning eng kam miqdori takror ishlab
2 Karimov I.A. “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. //Xalq so‘zi, 2014 yil 18 yanvar, №13(5913). – B.1. 8
chiqarishning iqtisodiy shartlari bilan belgilanadi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishga davlat tomonidan mablag‘ jalb etishning zarurati shu bilan bog‘liqki, jamoat salomatligi jamiyat hayotiy faoliyati va taraqqiyotining muhim sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirish va mazkur sohaga yo‘naltirilgan budjet mablag‘larini ishlatilish xususiyatlari o‘rganiladi. Ushbu sohani mablag‘ bilan ta’minlash mabalari quyidagi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan.
Davlatning sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga oid ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishning asosiy manbasi sifatida budjetdan foydalaniladi. Davlat budjetning aynan taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va
budjet yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari ham budjetdan moliyalashtiriladi. Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashda, ular qonunda belgilangan tartibda respublika, viloyat/shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladi (1.2-rasm).
3 Vahobov A.V, Qasimova G. Davlat moliyasini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2008. 231-b. 9
1.2-rasm. Sog‘liqni saqlash muassasalarini mablag‘ bilan ta‘minlashni amalga oshirishining tartibi 4
Bundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ijtimoiy sohalar rivojlanishi uchun uning moliyaviy ta’minlanish darajasi yuqori o‘rin tutmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida sohani moliyalashtirishni hamda mablag‘lardan samarali foydalanishni yanada takomillashtirish bugungi kun tartibidagi muhim masalalardan bo‘lib qolmoqda. Sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda davlatga muhim ahamiyat berilishi quyidagi uch asosiy sharoit bilan asoslanadi: birinchidan, kambag‘allikni
4
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 70-71-moddalari. // http://www.lex.uz. 10
qisqartirish va xizmat uchun esa o‘zi haq to‘lay olmaydiganlarni tibbiy yordam bilan ta’minlashning zarurati; ikkinchidan, tibbiy xizmatlarning ba’zi ko‘rinishlari ijtimoiy ne’mat hisoblanadi va u tashqi samaraga ega. Masalan, kasallik tarqatuvchilar bilan kurashgan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy bilimlarni tarqatish va nihoyat, uchinchidan, sog‘liqni saqlashga hamda tibbiy sug‘urta bozori mexanizmi kamchiliklarni bartaraf etish. Shu sababdan ham barcha mamlakatlarda davlat sog‘liqni saqlash tizimiga aralashadi. Quyidagi 1.3-rasmda sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish mexanizmi berilgan.
1.3-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi 5
Ko‘rinib turidiki, sohani moliyalashtirish manbalari va mexanizmi bir necha turga bo‘linadi. Tizim faoliyatini samarali tashkil etish, aholiga qulay va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishda budjet mablag‘lari ulushi asosiy o‘ringa ko‘tarilmoqda.
5 Vahobov A.V, Qasimova G. Davlat moliyasini boshqarish. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2008. 231-b. Sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi Budjet orqali moliyalashtirish
O’z-o’zini moliyalashtirish
Kredit orqali moliyalashtirish Homiylar mablag’laridan moliyalashtirish 11
Respublikamizda 2013 yil mobaynida davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, 2012 yilga nisbatan 1 trillion so‘mga ko‘proqdir 6 , shu o‘rinda sog‘liqni saqlash sohasi jami davlat xarajatlarida 14.5 foizni tashkil qilmoqda. Soha uchun zarur mablag‘larning qolgan qismi esa budjetdan tashqari manbalar hisobidan shakllantirilmoqda. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab tarmoq mablag‘lari hajmida budjet ulushini asta sekinlik bilan kamaytirib borish uchun iqtisodiy sharoit hamda huquqiy-me’yoriy asoslar ishlab chiqilmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish raqobatni paydo bo‘lishiga olib keladi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat saviyasini oshirishga yordam beradi. Birinchidan budjetga oz bo‘lsada yengillik beriladi, ikkinchidan, aholi yuqori sifatli tibbiy yordamni tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Quyidagi 1.4-rasmda turli mulkka asoslangan sog‘liqni saqlash muassasalarining tavsifi berilgan.
Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish va ularga haq to‘lash masalalari dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarbdir, chunki yil sayin sog‘liqni saqlash katta xarajatlarni taqozo etmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham tibbiy xizmat ko‘rsatish bir vaqtning o‘zida ham rentabelli, ham barcha aholi qatlamlari uchun bir xil bo‘la olmaydi. Shu bois deyarli barcha sog‘liqni
6 Karimov I.A. “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir”. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, 2013 yil 6 dekabr. 7 Qosimova G. Budjet mablag‘lari samaradorligini oshirish // Jamiyatva boshqaruv. Toshkent, 2010. №1.–B.70. 12
saqlash tizimlarining asosiy vazifasi - moliya mablaglarini samarali va adolatli taqsimlash hamda qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini izlashdir. Tibbiy xizmatlarga haq to‘lashning bir nechta metodlari mavjud 8 :
bo‘yicha haq to‘lash. Ushbu metod bo‘yicha kasalxonalar mijoz kasalxonada bo‘lgan kunlar sonining barcha mijozlar uchun yoki alohida mutaxassislikpar bo‘yicha o‘rtacha chiqarilgan bir kunlik standart tarifga ko‘paytmasi miqdorida haq oladi. O‘tgan asrning 80-chi yillar o‘rtalarigacha bu usuldan sog‘liqni saqlashni ijtimoiy sug‘urtalash mablag‘laridan moliyalashtiradigan mamlakatlarda kasalxonalar xizmatlariga haq to‘lashda foydalanib kelingan. Bugungi kunda u ko‘proq ixtiyoriy tibbiy sug‘urtadan foydalanuvchi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulda davolanish narxi barcha mijozlar uchun o‘rtacha hisoblab chiqariladi. Shuning uchun ayrim bemorlarni davolash o‘rtacha darajadan qimmatroqqa va aksincha, ayrimlariniki arzonroqqa tushishi mumkin, ammo shunga qaramay ular umuman kasalxona bo‘yicha o‘rtacha narxdan kelib chiqib to‘lanadi. 2.Davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha tibbiyxizmat haqini to‘lash metodi. Bu usulda tariflar o‘rtacha qiymat bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Tibbiyot muassasalari har bir davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha haq oladi. Bu tibbiy xizmatlarni qimmatga ko‘rsatadigan ta’minotchilar uchun foydali, chunki ular qimmatli tashhisotlar va davolash usullari hisobiga ma’lum darajada kasalxonalar budjetini boshqarib turadi. 3.Tibbiy xizmatlar haqini muolajalarga ketadigan xarajatlar asosida to‘lash metodi. Ushbu usulda tariflar har bir muolaja bo‘yicha hisoblab chiqiladi va to‘lovlar shu tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bu metod sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tgan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida (kardiologiya, urologiya, jarrohlik, ko‘z mikroxirurgiyasi markazlarida) qo‘llanilmoqda. Bu usul mijozga imkon qadar ko‘proq testlar yoki
8 Asadov D.A., Abduraximov Z.A. Pullik tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda narxni shakllantirish masalalari. Xalqaro tajriba va istiqbollar // Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish. Toshkent, 2010. - № 3-4. – B. 48- 52.
13
jarrohlik aralashuvlarini tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi. Ammo bularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlar yordamida nazorat qilish mumkin. Mazkur tizim tegishli mijozga ko‘rsatilgan har bir muolaja uchun xarajatlar qiymatini hisoblash hajmlarining kattaligi tufayli muayyan qiyinchiliklarga ega. 4. Tibbiy xizmatlarga tibbiy-iqtisodiy standartlar bo‘yicha haq to‘lash metodi. Bu usulga ko‘ra narxlar kasalxonalar tomonidan mustaqil hisoblab chiqilishi mumkin. Shuningdek, tibbiy xizmatlarga milliy yoki mahalliy tariflar ham o‘rnatilishi mumkin, davolash-profilaktika muassasalari esa kasallik tashhisi bo‘yicha haq oladi. Har bir guruhda mijozlar tasdiqlangan protokol bo‘yicha muayyan sxemada davolanishi kerak, u dorilar bilan davolash va tashhislash testlaridan iborat. Bu tizim xarajatlarni dastlab baholashni talab etadi, har bir mijozga ko‘rsatilgan davolash esa davolash protokoliga muvofiq olib borilishi lozim. Ammo bu usul ba’zida, agar qabul qilingan standartlar etarlicha aniq bo‘lmasa, jiddiy mablag‘lar sarflanishiga olib kelishi mumkin. Mazkur xizmatni ko‘rsatuvchi tibbiy muassasaning darajasi ham standart bo‘yicha aniqlanadi. 5. Tibbiy xizmatlarga maqsadli haq to‘lash metodi. Bu usul ko‘pincha dastlabki darajada, ya’ni davolashning katta, ammo nazorat qilinadigan hajmi talab etilganda qo‘llaniladi. Masalan tibbiy muassasalar emlashni yuqori darajasiga etishgani uchun haq olishlari mumkin, bunda to‘lovlar emlangan aholi sonining ortishiga proportsional tarzda ortib borishi mumkin. Tibbiyot muassasalari maqsadli aholining 100 foizdan ortig‘ini emlashni o‘tkaza olmaydi, vaktsinalarning o‘zi esa yaroqlilik muddati etarli bo‘lgan holda emlash muddatlarini hisobga olib tayinlanishi kerak. 7. Tibbiy xizmatlarga qat’iy belgilangan budjet bo‘yicha haq to‘lash metodi. Ushbu usul tibbiyot muassasasigaa bir yilda qat’iy belgilangan budjet mablag‘larini to‘lashdan iborat. Odatda u tarixan qaror topgan qoidaga yoki davolash-profilaktika muassasasining infratuzilmaviy bazasiga (shtatlar, aholi tarkibi, daromad solig‘i miqdori) asoslanadi. Shtat jadvaliga asoslangan qat’iy
14
belgilangan budjet MDH mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistondagi davolash-profilaktika muassasalarida keng qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi shundan iboratki, ko‘pincha sog‘liqni saqlash resurslarining asossiz ravishda qisqartirilishiga olib keladi, chunki bunda moliyalashtirish ham, shunga mos holda davolash muassasasi shtati ham qisqaradi. 8. Mijozlarning tibbiy xizmatlarga to‘gridan-to‘gri haq to‘lashi metodi. Tibbiy sug‘urta yaxshi rivojpanmagan ko‘pchilik mamlakatlarda tibbiy xizmatlarga mijozlarning o‘zlari tomonidan haq to‘lanishi usulidan foydalaniladi. Bunda tariflar har bir tibbiy xizmat uchun hisoblab chiqiladi, xizmatlarga haq to‘lash esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladi (pullik tibbiy xizmatlar). Bunda to‘lovlarning asosiy og‘irligi mijozlarning o‘zida qoladi. Afzallik tomoni shundaki, mijoz o‘zini oqlamaydigan maslahatlar va davolanishlarni talab qilmaydi. Shu bilan birga, mijoz, tibbiy xizmatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri haq to‘lar ekan, asosli tarzda, uning yuqori sifatda bo‘lishini talab qiladi. Shunday qilib, har bir haq to‘lash metodi o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Barcha hollar uchun umumiy tavsiyalar berib bo‘lmaydi. Bu erda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasini tanlaganda haqiqiy imkoniyatlarni chuqur anglash, tibbiy xizmatlar tannarxini samarali hisoblab chiqish hamda munosib haq to‘lash tizimini aniqlash zarur.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling