Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
«O‘zbekinvest» kompaniyasining nizom vazifalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7769 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompaniya infratuzilmasi
- Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari
«O‘zbekinvest» kompaniyasining nizom vazifalari:
• Milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini qabul qilingan shartnomaviy majburiyatlarning xorijiy hamkorlar tomonidan bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan mukammal sug‘urta himoyasi bilan ta’minlash; • O‘zbekiston Respublikasining texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtiruvchi rezident-banklariga eksport kreditlarini sug‘urtalashning xalqaro nizomlariga binoan sug‘urta kafolatini taqdim etish; 63 • Texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksporti xalqaro bozorlarining kompleks marketing tahlilini tashkillashtirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning eksprt imkonyatlarini o‘rganish va mavjud texnologiyalar, tovarlar va xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish strategiyasini yo‘lga qo‘yish; • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kirituvchi xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini mukammal sug‘urta himoyasi bilan ta’milash. Kompaniya infratuzilmasi: Hududiy filiallar: • Toshkent shahar filiali • Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali • Respublikaning 12 ta viloyatlaridagi filiallari Qushma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari: • Investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha “O‘zbekinvest Interneshnl” qo‘shma kompaniyasi (London sh., Buyuk Britaniya) • “O‘zbekinvest Eksiminform” Marketing agentligi • “O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi • “O‘zbekinvest Sarmoyalari” Investitsiya kompaniyasi Sug‘urta sohasi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Sug‘urta olami» Sug‘urta Biznesi O‘quv Markazi. Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari: • «O‘zbekinvest» sug‘urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo‘lib, so‘nggi yillar mobaynida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha sug‘urtachilar reytingida mustahkam ravishda yuqori qatorlarni egallab kelmoqda. • «O‘zbekinvest» - moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z tizimining ISO 9001:2000 xalqaro standartiga mosligini tasdiqlovchi sertifikatni olgan birinchi kompaniyadir (2004 yildan beri). • «O‘zbekinvest» EIMSK - O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida «Moody’s Investors Services Ltd.» (Buyuk Britaniya) reyting agentligidan «Barqaror istiqbol» - B1 darajasidagi xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingini olgan birinchi 64 va yagona kompaniyadir. • Kompaniyaga «Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik» (uzA++) reytingi va uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir. • «O‘zbekinvest»da yuqori malakali mutaxassislar jamoasi ishlaydi, ushbu jamoa o‘z mijozlariga quyidagilarni kafolatlaydi: • Sug‘urta himoyasining narhi va sifati mutanosib uyg‘unligi; • Majburiyatlarga qat’iy rioya etish va harakatlarning tezkorligi; • Har bir mijozning talab va istaklariga alohida yondashuv; • Zamonaviy sug‘urta texnologiyalari va turli hildagi sug‘urta dasturlari; • Xalqaro sifat standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va moslashuvchan tarif stavkalari; Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling