Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi” kafedrasi “texnik ijotkorlik asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi andijon-2021-yil
Download 0.55 Mb.
|
Maruza tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ilmiy ma’lumotlarni o`rganish va ishchi faraz.
- Materiallarni o`rganishning ikki etapi bor. Birinchi etap
- Ikkinchi etap
3. Muammoni yechish. Ilmiy yoki ilmiy- texnikaviy muammoni bir karrali akt sifatida ko`rish mumkin emas. Muammoning yechimi ko`pincha uning yoyilishi bilan mos keladi, ya`ni qo`shimcha savollarining paydo bo`lishi va ifodalanishi bilan. Ular xar qanday muammoning bog`lovchi, aniqlovchi tugunlovchi punkti bo`lgan markaziy masala atrofida guruxlanadi.
Qo`shimcha savollarni yechish tadqiqotchining qo`liga markaziy masalaga javob izlashda ma`lumotlar, faktlar beradi. Qo`shimcha savollarni ma`lum darajada asosiy muammoning rejalariga o`xshatish mumkin, ya`ni tadqiqot ob`ektini yangi aloqalar bilan o`rganish, yangi ob`ekt bilan yoki ob`ektni yangi sharoitda o`rganishga tenglash mumkin. Ilmiy muammoning markaziy savoli-muamoning xar xil jixatidan bog`langan o`ziga xos tug`unidir. Ular ba`zi xollarda aloxida tadqiqot mavzusi sifatida xam ko`rilishi mumkin. Aloxida kichik muammo va mustaqil muammo ko`rinishida xam. Albatta tadqiqotchi ilgarigi va xozirgi davrda qilingan va qilinayotgan ishni bilmasdan takrorlamasligi uchun ularni aniq bilishi shart. Buning uchun adabiyotlarni va boshqa ma`lumot manbalarini puxta o`rganishi shart. 4. Ilmiy ma’lumotlarni o`rganish va ishchi faraz. Xar qanday ilmiy tadqiqot o'tkazish o`zidan oldingining ishini o`rganishi va taxlil qilish xamda uning yondosh soxasining ma`lumotlarini o`rganishdan boshlanadi. Ko`pincha tadqiqotchi xabarsizligidan ochiq eshikka bostirib kirib koladi, “shaytonarava” yaratib qo`yadi, shoshilinch kam asoslangan noto`g`ri xulosalar qiladi, o`zining ishida ancha ilgari qilinganlarni takrorlaydi. Bosib chiqayotgan ishlarning juda kattaligi materiallarini o`rganishni murakkab masala qiladi. Materiallarni o`rganishning ikki etapi bor. Birinchi etap- ma`lumot manba uni axtarish. O`rganishni nazarda tutilayotgan yo`nalish bo`yicha manografiyadan boshlash zarur. Bu bilan ikki maqsadga erishiladi. Birinchidan tadqiqot qilinadigan muammoga zamonaviy nuqtai nazar bilan unga yondashish va tadqiqot usuli bilan tanishishi, ikkinchidan asosiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki odatda monografiya to`liq bibliografik ko`rsatgichga ega bo`ladi. Adabiy ma`lumotlarning keyingilarini tanlash taxminan quyidagicha bo`lishi kerak. -biografiyada ko`rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish (ular kitob, brashyuralar, jurnallardagi maqolalar, dissertatsiyalar va shu kabilar); -fan- texnikaning mos bo`limi bo`yicha referativ jurnallarni va informatsion varaqalarni o`rganish. -soxa jurnallarini o`rganish va uzluksiz kuzatib borish; -institutlar ilmiy ishlari bo`yicha maqolalari to`plamlarini, ilmiy anjumanlari ma`ruzalarini, materiallarini, dissertatsiya avtoreferatlarini o`rganish. Ma`lumot manbalarini xamma joydan izlash kerak. Kutubxonalardan respublika va zonal axborot markazlaridan, ilmiy tadqiqot va o`quv institutlaridan izlash kerak. Bunda shuni yodda saqlash kerakki, ilmiy faoliyatining 30-35% i axborot izlanish bo`lib u biron kunga xam tuxtatilmasligi kerak. Kerak materialdan foydalanishni faqatgina kartochka yengillashtiradi va bajarilgan tadqiqot haqidagi tuziladigan xisobotda adabiyot ma`lumotlarini keltirishda alfabit bo`yicha ro`yxat tuzishni bajarish imkonini beradi. Ikkinchi etap- materiallari bilan tanishishning ikki chegaraviy xolati mavjud: kitoblar, jurnallar mundarijalarini ko`rilsa, unga yaqin xech narsa yo`q deb xisoblab kitobni chetga surib qo`yilsa bunda biron yondash savolidagi o`ta noyob axborot materialini yo`qotadi, yoki xammasini o`qiydi, bu yana xam yomon, materialni bir boshidan qoldirmasdan konspektlaydi, bundan keyin tushunaman deyiladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling