Tashkent Medical Academy Volume 3


Download 346.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi346.99 Kb.
#1751785
1   2   3   4
Bog'liq
beruniyning-falsafiy-qarashlarida-olam-va-odam-muammosining-tahlil-etilishi

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
62
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
kuchayishiga ishora qiladi. Beruniy o'zining butun ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy 
hayot masalalari bilan qiziqdiki, “Hindiston”, “Qadimgi halqlardan qolgan 
yodgorliklar” asarida o'z falsafiy qarashlarini bayon etdi. Abu Rayhon 
Beruniy Markaziy Osiyo va Sharq mutaffakkirlarini falsafiy g'oyalarini rivojlantirdi. 
Jumladan, o'zining “Qadimgi halqlardan qolgan yodgorlilar” asarida insoniyat hayoti 
haqidagi masalani ilmiy asosda hal etishga harakat qildi. Jamiyat va kishilar hayotida 
geografik omilning ahamiyati, uning ijtimoiy hodisalariga ta'sirini ko'rsatdi. 
Musulmonlar va hindlarning urf-odatidan tafovutlarning geografik sharoitlar bilan 
izohladi, hatto tillar o'rtasidagi tafovutlarni ham geografik omillar bilan bog'ladi. Abu 
Rayhon Beruniyning fikricha, falsafaga yo'l borliqni chuqur tushunib etishga imkon 
beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o'tadi. Umuman olganda, Beruniy falsafani 
borliqni mohiyatini biladigan fan sifatidagi ta'rifga qo'shiladi. Shuningdek, Abu 
Ma'shar al-Balhiyning “Tabiat hamma narsadan kuchliroqdir”, - degan nuqtai 
nazariga qo'shilgan. Jahon ijtimoiy-falsafiy ta'limotining vujudga kelishi va 
rivojlanishiga Sharq va G'arb olimlari munosib hissa qo'shganlar. Ijtimoiy 
taraqqiyotning ma'lum bir davrlarida Sharq mamlakatlari etakchi mavqeini 
egallaganlar. Osiyo va Еvropa mamlakatlari halqlarining jahon falsafa fani rivojidagi 
rolini biryoqlama bo'rttirish yoki kamsitish nazariy jihatdan hatodir. Har qanday fan 
o'z mohiyatiga ko'ra umumbashariydir. Еr yuzidagi har bir halq katta-kichikligidan 
qatiy nazar, uning rivojiga o'z hissasini qo'shib keldi. XIX asrning o'rtalarida 
tabiatshunoslik fanlarida qilingan buyuk kashfiyotlar (evolyutsion nazariya, hujayra 
nazariyasi, energiyaning saqlanishi va o'zgarishi qonuni) falsafiy dunyoqarashning 
o'zgarishiga, jamiyat to'g'risidagi ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga turtki berdi. 
Jamiyat g'oyat murakkab va ko'pqirrali hodisa bo'lib, muttasil ravishda o'zgarish va 
rivojlanish xususiyatiga egadir. Juda qadim zamonlardanoq insoniyatning ulug' 
mutafakkirlari jamiyat mohiyatini bilishga va insonning jamiyatdagi o'rni va rolini 
belgilashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda mifologik, diniy, ilmiy va 
falsafiy qarashlar jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishi to'g'risida muayyan bilim, 
tasavvurlar hosil qilishga imkon bergan. Insoniyat ma'naviyati yuksalib borgani sayin 
jamiyat to'g'risidagi qarashlar ham tobora takomillashib borgan, jamiyat to'g'risidagi 
o'ta sodda diniy-mifologik qarashlarga nisbatan ancha murakkab va ishonchli ilmiy-
falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Jamiyat to'g'risidagi izchil ilmiy-falsafiy 
qarashlarning rivojlanishiga Markaziy Osiyo mutafakkirlari qomusiy bilim egalari: 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino singari ulug' 
mutafakkirlar salmoqli hissa qo'shganlar. Ularning ilg'or 
qarashlari ko'p asrlar davomida ijtimoiy munosabatlarni 



Download 346.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling