“tashkent oriental university” O’zbekiston tarixi fanidan mustaqil ish


Somoniylar davrida davlat boshqaruvi


Download 1.3 Mb.
bet3/7
Sana23.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1047123
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AHMADJONOV JAHONGIR O\'Z.TARIX MUS.

Somoniylar davrida davlat boshqaruvi

  • Somoniylar davlati ikki ulkan mamlakatni - Movarounnahr va Xurosonni o'z ichiga olgan edi. Movarounnahrga Amudaryo shimolidagi yerlar kirgan. Shulardan Buxoro, Samarqand, So'g'di Istaravshon, Choch, Iloq, Farg'ona, Kesh, Nasaf viloyatlari siyosiy va madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan edi. Daryolarning yuqori oqimi viloyatlaridan Chag'oniyon, Xuttalon, Qubodiyon, Ahorun, Shumon, Vashgird, Rashtt, Kumed, Badaxshon, Karon, Shikinon, Vaxon, Ro'shon qisman somoniylarga tobe edilar. Xuroson Amudaryoning janubida joylashgan Balx, G'uzg'onon, Garjiston, Marv, Hirot viloyatlarini o'z ichiga olardi. Somoniylar xalifalikdagidek hukmronlik tizimini o'rnatdilar. Somoniylar Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgari hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu, ayniqsa Ismoil Somoniy hukmronligi davrida dolzarb masalaga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo'ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi.

Shuning uchun u bir qancha islohotlar o'tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatirii joriy qilish bo'ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon {harbiy-fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuyini tashkil etishda Somoniylar Eroni va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.Hokimiyatning eng yuqori pog'onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuyini mustahkamlashda Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abu Abdullo Muhammad Jayhoniy va Abu-Fazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo'lgan. Umuman, somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlanganlar. Davlat majmuyini dargoh va devonlarga bo'linishi ma'lum darajada rasmiy bo'lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko'p hollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat «Sohibi xoras» qo'li ostida bo'lgan. Sohibi xoras amir farmonlarining bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda sharbatdorlar, dasturxonchilar, tashtadorlar, otboqarlar, xo'jalik bekalari kabi turli xizmatchilar bo'lgan. Saroydagi hamma xo'jalik ishlarini «vakil» boshqargan. Vakil saroydagi eng e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshahiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida 10 ta devonga Buxoro Registonida 10 ta maxsus bino qurilgan.Devonlar orasida vazir yoki «xo'ja buzurg» devoni alohida o'rin tutgan.

  • Shuning uchun u bir qancha islohotlar o'tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatirii joriy qilish bo'ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon {harbiy-fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuyini tashkil etishda Somoniylar Eroni va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.Hokimiyatning eng yuqori pog'onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuyini mustahkamlashda Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abu Abdullo Muhammad Jayhoniy va Abu-Fazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo'lgan. Umuman, somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlanganlar. Davlat majmuyini dargoh va devonlarga bo'linishi ma'lum darajada rasmiy bo'lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko'p hollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat «Sohibi xoras» qo'li ostida bo'lgan. Sohibi xoras amir farmonlarining bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda sharbatdorlar, dasturxonchilar, tashtadorlar, otboqarlar, xo'jalik bekalari kabi turli xizmatchilar bo'lgan. Saroydagi hamma xo'jalik ishlarini «vakil» boshqargan. Vakil saroydagi eng e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshahiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida 10 ta devonga Buxoro Registonida 10 ta maxsus bino qurilgan.Devonlar orasida vazir yoki «xo'ja buzurg» devoni alohida o'rin tutgan.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling