Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan


Download 109.83 Kb.
bet2/3
Sana05.11.2023
Hajmi109.83 Kb.
#1749472
1   2   3
Bog'liq
fuqarolik-huquqi-o-zbekiston-respublikasining-yangi-konstitutsiyasi-va-xorijiy-davlatlar-konstitutsiyalarida (1)

Tadqiqot natijalari: Fuqarolik tushunchasi qadimdan mavjud bo’lganligini xristianlarning “Injil” kitobidagi “Fuqaro” terminining qadimgi Rim davlatida ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkin. Feodalizm davriga kelib, fuqaro termini bilan bir qatorda “poddanstva” iborasi qo’llanilgan.

Poddanstva tushunchasi feodalga tegishlilikni, unga soliq va bojlarni vaqtida to’lab turishga majburlikni bildirgan. Ushbu tushunchani hozirgi kunda asosan monarxiya davlatlarda uchratish mumkin. Masalan, Birlashgan Qirollikda “ subject of her/his majesty” (zoti oliylarining poddaniysi) iborasi qo’llaniladi. Ammo bir qancha monarxiya tuzumidagi davlatlar, misol uchun, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda ushbu termin “fuqaro” termini bilan almashtirilgan.
Turli davlatlarda fuqarolikka ega bo’lish, uni yo’qotish va tiklashning bir qancha usullari, qoidalari bor bo’lib, ular har bir davlat konstitutsiyalari va qonunlarida o’z ifodasini topgan. Davlatimizda ushbu jarayonlar Konstitutsiyada, shuningdek, qonun hujjatlarida ham tartibga solingan.
Fuqarolikka ega bo’lishning bir qancha usullari bor va bu turli davlatlarda turlicha. Fuqarolikka ega bo’lishning birinchi asosiy yo’li – bu filiatsiya usuli ya’ni tug’ilishlik bo’yicha fuqarolikga ega bo’lish hisoblanadi. Ushbu usul ikkita ko’rinishni o’z ichiga oladi. Birinchisi “qon huquqi” – bola qayerda tug’ilganidan qat’iy nazar ota-onasining fuqaroligini oladi. Hozirda ko’pgina davlatlarda qonun huquqi orqali fuqarolikka ega bo’lish keng tarqalmoqda. Misol uchun, Yaponiya, Fransiya, GFR, Italiya va boshqa davlatlar. Ikkinchisi, “yer huquqi” – bu bola qaysi davlat hududida tug’ilgan bo’lsa, ota-onasining fuqaroligiga qaramasdan, o’sha davlat fuqaroligini oladi. Misol uchun, Argentina, Braziliya va Lotin Amerikasining bir nechta davlatlarida yer huquqidan foydalaniladi. Shuningdek, ko’pgina davlatlarda “aralash” usul ham mavjud bo’lib, ushbu usulda har ikkala holatning ham bo’lishi talab qilinadi.
Fuqarolikka ega bo’lishning ikkinchi usuli naturilizatsiya yo’li orqali amalga oshiriladi. Ya’ni boshqa davlat fuqarosi yo fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqarolikka ega bo’lishlari. Ushbu usulda “bo’lajak fuqarolar”

yo’qotgan bo’lishi, sudlanmagan bo’lishi, yetarli mablag’ga ega bo’lishi, davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo’lmasligi, shu bilan birga ishsizlik nafaqasi hisobiga yashamayotgan bo’lishi kerak.


O’zbekiston Respublikasida ham bir qancha talablar mavjud. Birinchi navbatda shaxs o’z ixtiyori bilan iltimosnoma kiritishi kerak. “O’zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to’g’risidagi” Qonun yangi tahririning 18-moddasiga ko’ra shaxs chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo’lishi shart, yashash guvohnomasi olgan kundan boshlab, uzliksiz besh yil davomida O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo’lishi, davlat tilini muloqot darajasida bilishi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini olishi lozim.
Fuqarolikka ega bo’lishning uchinchi usuli optatsiya usuli hisoblanib, ushbu usul “transfer” ( tanlash) usuli deb ham ataladi. Ushbu usulda fuqarolik davlat hududining o’zgarishi orqali tanlanadi. Bunday holatda fuqaro davlat hududining o’zgarishida aybdor bo’lmaydi. Agar optatsiya usuli orqali fuqarolikka qabul qilinish zarurati tug’ilsa, fuqaroga ma’lum vaqt beriladi qaysi davlat fuqaroligini qabul qilish masalasi bo’yicha. Misol uchun, 1957-yilda Saar viloyati referendum natijasida Germaniya hududiga kiritilgan vaqtda o’sha viloyatdagi fuqarolarga nisbatan optatsiya usuli qo’llanilgan. Ya’ni bunda ularga yo Fransiya fuqaroligida qolish yoki Germaniya fuqaroligini qabul qilish imkoniyati berilgan.
Shuningdek, fuqarolikka qabul qilinish nikohga kirish, bola asrab olish, fuqarolikni tiklash va fuqarolikni sovg’a qilish orqali ham amalga oshiriladi.
Fuqarolikni tiklash usuli ko’pgina davlatlarda asosan ehtiyoj tug’ilgan omillar sababli immigratsiyani amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ba’zi davlatlarda “Repatriatsiya” ya’ni vatanni tiklash deb ataladi. Eng mashhur va ko’p sodir bo’ladigan repatriatsiya deb yahudiy xalqining Isroilga ko’chib kelishini aytishimiz mumkin. Bunda istalgan yahudiy Isroilga ko’chib kelsa, unga fuqarolik beriladi.
Shu o’rinda, fuqarolikni tugatishning ham bir qancha turlari, usullari mavjud bo’lib, ular; fuqarolikdan chiqish, fuqarolikdan mahrum bo’lish, fuqarolikni yo’qotish va boshqalar.
Fuqarolikdan chiqish asosan fuqaroning tegishli davlat organiga ariza kiritish orqali amalga oshiriladi. Rossiya, Turkmaniston, Belorussiya, Ukraina va Gruziyada ushbu protsess deyarli bir xil. Fuqarolikdan chiqishni rad etuvchi
holatlar mavjud. Misol uchun, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston va Tojikiston qonunchiligiga ko’ra davlatning

xavsizligiga xavf solsa, fuqarolikda chiqish rad etiladi. Fuqarolikni yo’qotish asosan fuqaro tomonidan qonunga zid harakat sodir etilganda qo’llaniladi. O’zbekiston, Belorussiya, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya va Tojikistonda agar fuqaro chet davlat harbiy xizmati yo davlat hokimiyati idoralariga ishga kirishi, besh yil ( ayrim davlatlarda yetti yil) konsullik hisobida uzrli sabablarsiz turmasligi va qalbaki hujjat yoki yolg’on ma’lumotlar asosida fuqarolikka qabul qilinganligi fuqarolikni yo’qotishga asos bo’ladi.


Fuqarolikdan mahrum qilish, asosan, faqatgina naturilizatsiya qilingan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ispaniya hamda GFR konstitutsiyalarida
“Fuqarolikdan mahrum qilish mumkin emas” deb ko’rsatilgan bo’lsa, AQShda ushbu holat qonun hujjatlari bilan tartibga solinganini ko’rimiz mumkin.
Bipatridlar – bu ikki yoki undan ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar hisoblanadi. Bu holat boshqa joylarga nisbatan Lotin Amerikasida ko’p kuzatiladi. Ko’p fuqarolik dunyoning deyarli bir qator davlatlarida tan olinmaydi. Chunki ko’plab davlatlarda bu davlat yaxlitligiga, yagonaligiga va mustahkamligiga xavf soladi degan qarash mavjud. Ammo bir qancha davlatlarda ikki tomonlama fuqarolik bo’yicha maxsus shartnomalar mavjud. Ko’p hollarda davlatlar ikki tomonlama fuqarolikni tan olishni emas, balki iloji boricha uni bartaraf etish bo’yicha bitimlar tuzishga urinadi.
Ko’p fuqarolik hozirgi zamonda nazariy hamda amaliy jihatdan o’z yechimini topishi kerak bo’lgan muammo hisoblanadi. Bunda ikki xil munosabat shakllangan bo’lib, bir tomondan ko’p fuqarolik davlat yaxlitligiga ta’sir ko’rsatadi degan qarash bo’lsa, ikkinchi tomondan ushbu holatning cheklanishi inson huquqlarini cheklaydi degan qarashlar mavjud. Aslini olganda, ko’p fuqarolik davlatlar o’rtasida qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Chunki ikki fuqarolikka ega bo’lgan shaxslar qaysi davlatning qonunlariga bo’ysunishi va qaysi davlatning oldidagi burchlarini bajarishi lozimligi ko’p hollarda murakkab muammolarga sabab bo’ladi.
Demokratik rejimdagi mamlakatlarda chet el fuqarolarining huquqiy holati oddiy fuqarolarning huquqiy holatidan deyarli farq qilmaydi. Ko'p hollarda chet el fuqarolarini asosan immigratsiya masalasi qiziqtiradi. Chet el fuqarolarining huquqiy holati turli davlatlarda turlicha, masalan, Meksika Konstitutsiyasining 33moddasiga ko’ra ’’Chet el fuqarolarining davlatning har qanday siyosiy ishlariga aralashishi taqiqlangan” bo’lsa, Bolgariya Konstitutsiyasiga 26-moddasiga ko'ra, chet el fuqarolari yer sotib olish huquqiga ega emas.

Shu bilan birga xorijiy davlatlarning ba'zi konstitutsiyalarida xorijliklarga siyosiy boshpana berish masalasi ham nazarda tutilgan. Germaniya va Italiya


Konstitutsiyalarini bunga misol qilib qolsak bo’ladi.
Fuqarolik tizimida siyosiy boshpana so'rash huquqi alohida o'ringa ega.
Oʻzbekistonda siyosiy boshpana oʻzining fuqaroligi boʻyicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi boʻlishiga real tahdiddan, shuningdek хalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaхslarga va ularning oila a’zolariga beriladi. Siyosiy boshpana olish huquqi ko'pgina davlatlarning qonunchiligida o’z ifodasini topgan. Misol uchun, Italiya Konstitutsiyasining 10-moddasida "O'zining mamlakatida demokratik huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lgan chet el fuqarolari qonunda belgilab qo'yilgan shartlar asosida siyosiy boshpana olish huquqiga ega" deb ta’kidlangan. Shuningdek, GFR Asosiy Qonunining 16-moddasiga ko’ra, ” O'zining siyosiy dunyo qarashlari uchun ta'qib qilinayotgan shaxslar siyosiy boshpana olish huquqidan foydalanishlari mumkin".
Demokratik Konstitutsiyalarda ekstradatsiya masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatni ko’proq xalqaro shartnomalarda uchratishimiz mumkin. Misol uchun, 1991- yilgi Sloveniya Konstitutsiyasining 47-moddasiga binoan “Sloveniya fuqarosi chet el davlatlariga berilishi mumkin emas. Chel ellik fuqarolar esa faqat xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardagina berilishi mumkin”.
Yangilanayotgan O’zbekiston Konstitutsiyasining 22-moddasida esa quyidagicha bayon etilgan: “O’zbekiston Respublikasi fuqarosi tashqariga chiqarib yuborilishiga yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas”.

  1. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, fuqarolik bu jamiyatda shaxs maqomini belgilaydigan muhim konstitutsiyaviy-huquqiy institut hisoblanadi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Chunki shaxs ushbu huquqqa ega bo’lgach, fuqaro va davlat o’rtasida ma’lum munosabatlar o’rnatiladi. Shaxs fuqarolikka ega bo’lish orqali ma’lum bir huquq va erkinliklarga ega bo’lish bilan qatorda burch va majburiyatlarni ham o’z zimmasiga olishi kerak. O’zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi tushunchasi nafaqat qonun hujjatlari, balki Konstitutsiyamizda ham alohida bob ajratilganligini ko’rishimiz mukin. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha kelib tushgan 200 mingga yaqin taklif va tavsiyalar

ichida ushbu sohaga oid normalarni ham o’zgartirishga oid tavsiyalar ham kelib tushganligini va takliflar qonun loyihasiga

ham kiritilganligini ko’rishimiz mumkin. Shu o’rinda aytib o’tishimiz kerakki, faqatgina sohaga oid normalarni, sohaning huquqiy manbalarini yaxshilash orqali kutilgan yaxshi natijalarga erisha olmaymiz. Ushbu qonunlarni o’z o’rnida bajarilishi ham muhim hisoblanadi. Ya’ni fuqarolik masalalari bilan shug’ullanuvchi organlar faoliyati va ularning xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan emlash, xodimlar faoliyatida manfaatlar to’qnashuvini oldini olish, shuningdek o’z xizmat vazifasini bajarishda xolislik va davlatga sodiqlik tamoyillari asosida amalga oshirishiga erishish davlatimiz yaxlitligi, mustahkamligini ta’minlash bilan bir qatorda Jahon hamjamiyatida ham O’zbekiston obro’sining ko’tarilishiga olib keladi. Zero, fuqarolik huquqi insonlarning siyosiy huquqlari ichida muhim huquq turi husoblanadi.





Download 109.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling