Tashkent State Transport University Volume 3
Tashkent State Transport University
Download 45.33 Kb. Pdf ko'rish
|
avtomobillarda-ishlatiladiga-moylash-materiallarining-ekspluatatsion-samaradorlikka-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- April 21-22 https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference
Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-802-806 803 April 21-22 https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference va texnik holatni baholashning soddalashgan tartibini joriy qilish maqsadida qator muhim bo‟lgan tadbirlar belgilandi. Avtomobilni ekspluatatsiya qilish samaradorligini oshirish usullaridan biri sifatida ekspluatatsion materiallarning xususiyatlari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanishni ko'rib chiqish mumkin. Avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan tavsiya etilgan yonilg‟i-moylash materiallari va masus suyuqliklarning xususiyatlari hisobga olish juda muhimdir. Ekspluatatsion materiallar, polimer va kompozit materiallarning qo‟llanishi [4], ularning sifat ko‟rsatgichlarini hisobga olib avtomobillarda ishlatish yuqori samaradorlik ko‟rsatgichlarini yuzaga keltiradi. Avtomobillarda ishlatiladiga ekspluatatsion materiallar ichida moylash materiallarini samarali qo‟llanilishi avtomobillarning ishlash muddatini belgilovchi asosiy ko‟rsatgichlardan hisoblanadi. Har qanday mashinada ishqalanadigan detallarni moylash uchun turli moylash materiallari ishlatiladi. Ular avtomobilning ishonchli ishlashini ta‟minlovchi muhim ko‟rsatgichlardan biri hisoblanadi. Shuningdek moylash materiallari har bir ishqalanuvchi detal ishlash muddatini uzaytirib, shovqinni pasaytiradi [3] va qo‟llanilayotgan agregat yoki mexanizmning foydali ish koeffitsiyentini oshirib beradi. Avtomobillarda moylash materiallarining sifati va ish sharoitiga mos kelishi, ishqalanuvchi detallarning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta‟minlovchi omillardan biridir [1]. Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik moylar) turlarga bo„linadi. Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, ulardan eng asosiylari quyidagilardir [2]: detallarning yeyilishini kamaytirish; ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani kamaytirish; detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel silindri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni); qizigan detallarni moy tizimi bo„yicha moy aylanishi hisobiga qisman bo„lsa-da sovitish; ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo„lgan yemirilish mahsulotlarini filtrlovchi qurilmagacha surib kelish; metall sirtlarni korroziyadan himoya qilish. Motor moylarining dvigatelga ishlashiga kuchli ta'siri ko‟rsatadi. Moyning holati va sifati barcha dvigatel mexanizmlarining ishlash muddatini belgilaydi va ishlash samaradorligiga kuchli ta‟sir ko‟rsatadi. Transport vositalarida ishlatiladigan moylash materiallari sifatini oshirish, avtomobilning ekspluatatsiyasini yaxshilaydi va xizmat muddatini uzaytirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling