Tashkent State Transport University Volume 3
Tashkent State Transport University
Download 45.33 Kb. Pdf ko'rish
|
avtomobillarda-ishlatiladiga-moylash-materiallarining-ekspluatatsion-samaradorlikka-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- April 21-22 https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference
Tashkent State Transport University
Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-802-806 804 April 21-22 https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference beradi. Moylash materiallarini almashtirish muddatlarining to‟g‟ri tanlanishi ham dvigatel ishlash muddatiga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi. Avtomobillarda ishlatiladigan umumiy moylash materiallari asosan neftdan olinadi (mineral va neft moylari), shu bilan birga hayvonot va o‟simlik moylari ham ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan moy turlariga nisbatan bugungi kunga kelib, asosan motor moylariga ishlatiladigan sintetik moylar ommolashib bormoqda va sifat jihatdan ustunlik qilmoqda. Umuman barcha moylash materiallari avtomobillarda ishlatilishi uchun quydagi sifat ko‟rsatgichlariga ega bo‟lishi lozim: - avtomobil detallarini yeyilishini va ishqalanishni yengishga kam quvvat sarflanishini, shuningdek, detallaming tozaligini ta‟minlashi kerak. - ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi. - ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o„tishi, sovuq vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini ta‟minlashi kerak. - kuyishga bo„ladigan sarf minimal darajada bo'lishini ta‟minlaydigan optimal tarkibga ega bo„lishi kerak. - tashish va uzoq vaqt saqlash davomida ekspluatatsion xossalarini saqlab qolishi kerak. Moylash materiallariga qo„yiladigan eng asosiy talablardan biri qovushqoqlik xususiyatining me‟yorida bo‟lishi hisoblanadi. Moylash materiallari ichida motor moylarining to‟g‟ri tanlanishi ekspluatasiya jarayonining samarali amalga oshirilishini ta‟minlaydi. Agregat va uzellarda moyning normal ishqalanish hosil qilishi, ularni sovitishi, zichlikni ta‟minlashi, osongina yurgizib yuborish ko‟rsatgichlari qovushqoqlikka bog„liqdir. Shuningdek ekspluatatsiya sharoitiga mos qovushqoqlik ko‟rsatgichiga ega motor moylarini tanlash dvigatel foydali ish koeffitsiyentining oshishiga va ishlash muddatining uzayishiga zamin yaratadi. Bizga ma‟lumki motor moylari qovushqoqlik ko‟rsatgichi bo‟yicha markalanadi va shu ko‟rsatgich bo‟yicha mos ishlash sharoiti tanlanib ekspluatatsiya qilinadi (1-rasm). Avtomobillarda ishlatiladigan barcha moylash materiallari harorat o‟zgarishiga qarab qovushqoqligi turli xil bo‟lgan moylarni tanlashadi va ishlatishadi. Motor moylarining qovushqoqligi mexanizmlar ishiga katta ta‟sir ko„rsatadi. Qovushqoqligi juda ham past bo„lgan moylar detallar orasidagi tirqishdan osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi jadallashadi, shovqin kuchayadi [7] va moylash materialining sarfi ortadi. Shu bilan birga moy qovushqoqligi yuqori bo„lganida, o„zaro ishqalanuvchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling