Tashkent university of information technologies named after muhammad al- khwarizmi
Download 172.42 Kb.
|
MJCm0gAa4OSfuTRbolwGPcWbWLkCbWRW5Ta60CAf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M) Soat
- Mashg‘ulotlar shakli: seminar (S) Soat S 1
- Mustaqil ish shakli: (MI) Shakli
- Jami : 60 Ta’lim strategiyasi
Ta’lim strategiyasi “Dinshunoslik” kursini o‘qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari, videoma’ruzalar, taqdimotlar, hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, seminar mashg’ulotlariga oid o‘quv materiallarida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar beriladi, Seminar mashg’ulotlarga tayyorlanish va topshiriqlarni bajarish tartibi tushuntiriladi. Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, testlar, seminar uchun topshiriqlar talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi. Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar: Videoma’ruzalar; Elektron shakldagi ma’ruza matnlari; Har bir mavzuga doir prezentasiya slaydlari; Seminar mashg‘ulotlariga doir uslubiy ko‘rsatmalar; Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va test mashqlari; Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar. Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga videoma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, har bir mavzudan so‘ng test nazorati o‘tkaziladi. Talaba ushbu testlarni talab darajasida bajarsa, keyingi mavzuga o‘tishga ruxsat beriladi. Seminar mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha materiallar, prezentasiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. “Dinshunoslik” 1-kursining har bir bo‘limi bo‘yicha talabalarga “Dinshunoslik” fanidan mashqlar, test savollariini mustaqil ishlash talab etiladi. Mashqlar yoki testlar to‘g‘ri ishlansa keyingi mavzuga o‘tiladi. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirib, oraliq nazorat(yozma)dan o‘tish ballini olgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talabalar bilimini baholash semestr va yakuniy nazorat davomida o‘qitish materiallarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (test, topshiriq va yozma ish natijasi)ga asoslangan. “Dinshunoslik” kursi davomida talabalar 100 ballik tizimda baholanadi. Shundan 50% ball joriy va oraliq nazoratga, talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ish natijasiga, 50% ball esa yakuniy nazorat natijasiga ajratiladi. Joriy va oraliq ballarning umumiy natijasi 30 balldan past bo‘lgan talabalar yakuniy nazorat imtixoniga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratda 30 va undan ko‘p ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi. Joriy oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:
Download 172.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling