Ташкентский государственный
VII bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqida
Download 131.5 Kb.
|
Odob-axloq qoidasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII bob. Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi 29.
- IX bob. YAkuniy qoidalar 31.
VII bob. Maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqida
man etiladigan holatlar 27. Quyidagilar o’qituvchilarga man etiladi: jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish; o’quvchilarni o’quv mashg’ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish; o’quv mashg’ulotlarida diniy tashviqot olib borish; o’quv mashg’ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish; maktab hududida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish. 28. Quyidagilar o’quvchilarga man etiladi: mashg’ulotlar yakunlangunga qadar maktab hududidan o’qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish; o’qituvchilarga va boshqa o’quvchilarga nisbatan hurmatsizlik qilish; o’qituvchilarni chalg’itish bilan bog’liq har qanday xatti-harakatlarni amalga oshirish; yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so’rash, o’zgalarga yordam ko’rsatish; boshqa o’quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o’z nomidan topshirish; mashg’ulotlarga kechikib kelish yoki qatnashmaslik; moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanganligini turli yo’llar bilan namoyish qilish. VII bob. Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi 29. O’quv yili davomida mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga to’liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi: o’qituvchilarga maktab buyrug’i bilan tashakkurnoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish; «Faxriy yorliq» bilan taqdirlash; qimmatbaho va esdalik sovg’alar bilan mukofotlash; maktab radiouzeli orqali e’lon qilish; «Eng faol o’quvchi» nominatsiyasini berish; o’quvchilar ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig’iniga tashakkurnoma xati yuborish. 30. Jamoa a’zolari mazkur «Odob-axloq qoidalari»ni buzganida ularga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo’llaniladi: o’qituvchilarga maktab buyrug’i bilan «Hayfsan» e’lon qilish; o’quvchining kundaligiga tanbeh yozish; boshqa sinfga o’tkazish; sinf jamoasi orasida muhokama qilish. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ga rioya etilmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi «Kamolot» YOIH, Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari va «Ota-onalar» kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin. IX bob. YAkuniy qoidalar 31. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» har bir o’quvchiga va ularning ota-onalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda o’qituvchilarga imzo qo’ydirilgan holda yetkaziladi. 32. Mazkur «Odob-axloq qoidalari» maktabning foyesiga barchaga ko’rinarli tarzda joylashtirib qo’yiladi. 33. Mazkur «Odob-axloq qoidalari»ning talablarini har bir o’qituvchi va o’quvchilar to’liq bilishi va unga qat’iy amal qilishi shart. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling