Tashkil etishning shakli va mazmuni
Download 50.98 Kb.
|
Dilnoza 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI 2 Mustaqil ishlarni tashkil etish tartibi va ilmiy rahbarning vazifalari 3 Ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash
Namangan davlat pedagogika instituti BTS Ku-22 guruh talabasi Yuldasheva Dilnozaning Mutaxasislikga kirish fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi. Mustaqil ta’lim turlari. Reja Kirish 1 MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI 2 Mustaqil ishlarni tashkil etish tartibi va ilmiy rahbarning vazifalari 3 Ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash KIRISH Mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarning shiddati ta’lim-tarbiya sohasini ham o‘z oqimiga olib, uni “harakatlanishga”, sohada yangidan yangi izlanishlar va tadqiqotlarni amalga oshirishga undamoqda. Vatanimiz kelajagi porloq bo‘lib, bayrog‘i jahon arenalarining eng yuqorisida hilpirashi uchun xalqning kelajak avlodi zamonaviy ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalanishi va ta’lim olishi lozim. Ularning ta’lim-tarbiyasi yetuk bo‘lishida esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘rni yuksakdir. Butun dunyoda o‘z hamkasblaridan ortda qolmaydigan, intellektual salohiyatli kadrni yetishtirish dolzarb masala hisoblanadi. Demak, yurt kelajagining rivoji uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashning muhimligi dalil kelitirlishi shart bo‘lmagan qoidadir. XXI asrning ikkinchi o‘n yilligida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya tizimida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida katta yangiliklar qilindi va hali ham davom etmoqda. Shunga e’tibor berish kerakki, oliy ta’lim professor-o‘qituvchisining topshirgan vazifasi bilan kifoyalanish talabaning har tomonlama yetuk bo‘lishni to‘liq kafolatlay olmaydi. Xulosa, talabaning mustaqil ta’lim olishiga zarurat tug‘iladi. Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad yuqori malakali, raqobatbardosh, mamlakatda o‘tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarning yuqori talablariga, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan zamonaviy kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan holda bu faoliyatning tegishli sohalarida tizimli tahlil qilish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda professionallik layoqati (kompetentligi)ni tarbiyalash, talabalarning modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.1 Mazkur tavsiyalar 5111700-Boshlang‘ich ta’lim, sport-tarbiyavish ish yo‘nalishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u shu soha o‘quv rejasidagi “matematika” fani bilan bog‘liq. Download 50.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling