Tashkil etisiini takomillashtirish muammolari


Download 57.41 Kb.
bet5/13
Sana17.02.2023
Hajmi57.41 Kb.
#1208983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Мехнат иктисодиёти М Т Mamedov Sherzodbek

KAMAYTIRISH MUAMMOLARI


Mehnatga qobiliyatli aholining oqilona bandligining shakllanishi faqat mehnat bozorining samarali rivojlanishi va iqtisodiyotning barcha sektorlarida tarkibiy islohotlar o'tkazilishi asosida amalga oshirilishi mumkin. Bular ortiqcha ishchi kuchining ommaviy ozod bo'lishi va ulami sanoat va xizmat ko'rsatish tarmoqlariga va shaxsiy mehnat faoliyati sohalariga hamda shahar xalq xo'jaligiga oqib o'tishi xodimlar zahiralarining shakllanishi va ulami bozor mexanizmlari asosida safarbar qilinishi va qayta taqsimlanishi jarayonini belgilab beradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda «Oqilona bandlik» tushunchasi haqida turli hil nuqtai nazarlar mavjud. Rus iqtisodchi olimi
A.B.Naumovning fikricha, «Oqilona bandlik» tushunchasi samarali to'liq bandlik bilan sinonim bo'ladi. Umumiy ko'rinishda to'liq bandlik ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga qobiliyatli aholining ish joylariga talabini butunlay qanoatlantirganligini bildiradi. Agar aholining ishchi joylariga talabi to'la qanoatlantirilsa va ishchi kuchidan eng katta samara bilan foydalanilsa, unda aholi bandligi oqilona bo'ladi LI, 18-b.l. Ukrain iqtisodchisi V.F.Onishenko ham xuddi shunday nuqtai nazami qo'llab-quvvatlab, ta kidlaydiki, «Oqilona bandlik to'liq va samarali bandlikning birlashmasidir. Oqilona bandlik o'z ichiga quyidagilarni oladi: 1) aholining ijtimoiy foydali mehnatga ehtiyojini to'liq qanoatlantirish; 2) ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni samarali muvofiqlashtirish; 3) ijtimoiy mehnat unumdorligining eng katta imkondagi darajasi va uning samaradorligi; 4) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining ma' lum darajasida aholining moddiy, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarini imkoni boricha to'liqroq qanoatlantirish» 12, 14-b., 17-18-b.l.
Mehnat bozorining rivojlanish sharoitlarida bu olimlarning oqilona bandlik - mehnatga qobiliyatli aholining doimiy ish joylariga talabini to'liq qondiradi, degan fikrlariga qo'shilish qiyin. Mehnat bozori yoppasiga bandlikni ta'minlamaydi va raqobat asosida soni o'zgarib turgan «doimiy» ishchi joylarini kafolatlamaydi.

KORXONADA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLIL


QILISH REJALASHTIRISH
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko'rsatkichlar tizimi qo'llaniladi. Umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarga bitta ishchining ishlab chiqargan o'rtacha yillik, o'rtacha kunlik va o'rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to'g'ri keladigan o'rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasi kiradi.
Xususiy ko'rsatkichlar bu muayyan turdagi mahsulot birligining ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi (mahsulotning sermehnatliligi) yoki bir kishi kunda yoxud bir kishi soatda muayyan turdagi natural mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt. Yordamchi ko'rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining ancha umumlashgan ko'rsatkichi — bitta xodimning o'rtacha yillik mahsulot ishlab chikarishidir. Uning hajmi faqat ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishigagina emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish personali umumiy sonidagi salmog'iga, shuningdck, ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishiga ham bog'liq bo'ladi.
Mazkur omillarning sanot ishlab chiqarish personalining o'rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish darajasi o'zgarishiga ta'sirini mutlaq farqlar usuli bilan hisoblab chiqamiz.
1 va 2-jadvallar ma' lumotlariga qaraganda, korxona xodimining o'rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishi rejadagidan 19 mln.so'mlik (499-480) ko'pdir. O'rtacha yillik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish personali umumiy sonida ishchilar ulushi ortganligi munosabati bilan 10 mln.so'mlik va ishchilarning o'rtacha soatlik ishlab chiqarishi ortganligi sababli 40 mln.so'mlik ko'paygan. Uning darajasiga ish vaqtining rejadan tashqari butun kun bo'yi va smena ichida bekor sarf bo'lishi salbiy ta'sir ko'rsatgan, natijada u tegishli ravishda 22,27 va 8,83 mln.so'mlik kamaygan. Shu sababli tahlilni ana shu yunalishda chuqurlashtirish lozim.

KORXONANING ISH HAQI Tłznłl TAHLIL QILISH



Download 57.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling