IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHDA
YOSHLARNI ISH BILAN TA'MINLASHNING
IQTISODIY MEXANIZMI
Mehnat bozorida hududiy axborot tizimining shakllanishi Zamonaviy makroiqtisodiy tuzilmalar uchun axborotga ega bo'lish juda ham muhim, chunki atrof muhitdagi noaniqlik yuz marła o'sdi, bu ko'pincha, firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar faoliyatining buzilishiga Olib keldi, rahbarlikning har qanday darajasida asoslanmay qabul qilingan qarorlar xo'jalik ob'ektlari uchun tuzatib bo'maydigan salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo'lib, uning sub'ektlari o'rtasidagi aloqalarni ta'minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. Mehnat bozorida axborot tizimini vujudga keltirish va łakomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o'rtasida yagona ish bilan bandlik siyosatini yuritish ular o'rtasida kommunikatsiya aloqalarni ta'minlash hamda transaksion xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Axborotlashtirish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ish bilan bandlikni davlat tomonidan tartibga solish va mehnat bozorida davlat siyosatini yuritish bo'yicha yangi-yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. O'zbekiston mehnat bozoridagi hududiy farqlar ahamiyatli ravishda hududiy bozorlar integratsiyasini ta'minlaydigan hamda hududiy xususiyatlarni hisobga oladigan hududiy ish bilan bandlik siyosatini ishlab chiqishni zarurat etrnoqda.
Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o'smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o'ringa olib chiqadi.
XORIJDA ISH XAQINI TASHKIL ETISH
Ta'kidlanganidek so'nggi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo'nab ketayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborotmaslahat yordami ko'rsatish va moddiy qo'llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 2018-yilda Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qo'llabquvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil etildi.
Bugungi kunda o'zbekistonlik mehnat migrantlari asosan
Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaman, AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlarida qurilish, transport xizmatlari, kommunal xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat, qishloq xo'jaligi, uy xo'jaligi, tibbiyot kabi sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya, Polsha, Turkiya, Latviya, BAA, Bolgariya, Qozog'iston, Quvayt davlatlarida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan tartibda mehnat faoliyati bilan ta'minlash bilan shug'ullanuvchi 60 ish beruvchi va rekruting agentligi bilan aniq kelishuvlar mavjud. Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan Rossiya, Turkiya, Bolgariya, Latviya, Litva, BAA, Polsha,
Yaponiya, Belarus, Estoniya, Xorvatiya, Qozog'iston, Ukraina, Chexiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Gretsiya, Germaniya, Qatar, O'mon, AQShdagi 170 dan ortiq ish beruvchi bilan ishga joylashtirish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.Tashqi mchnat migratsiyasi agentligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijiy davlatlarning tashqi mehnat bozoridagi ehtiyojlarini doimiy o'rganib bormoqda.Mehnat yarmarkasida Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Turkiya, BAA, Hindiston, Ukraina, Bolgariya, Litva, Latviya, Yaponiya va Vengriya kabi davlatlardan 70 dan ortiq ish beruvchining qurilish, uy xo'jaligi, yo'lovchi va yuk tashish xizmatlari, mebel ishlab chiqarish,
XALQARO MEHNAT TASHKILOTINING
FAOLIYATINI TASHKIL ETILISHI
Ijtimoiy sulhni barpo etish va saqlash, inson huquqlarii himoya qilish, uch tomonlama muzokaralar o'tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzildi. U o' zining faoliyati mobaynida juda katta tajriba to'pladi va muzokaralar o'tkazish jarayonini rivojlantirish, hamda vujudga kelgan ijtimoiy-mehnat muammolarini va ixtiloflari uch tomonlama muzokaralar va bitimlar asosida tartibga solish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi.
XMT 1919 yilda g'arb sotsial-demokratiyasining tashabbusi va ishtiroki bilan jamiyatda zo'ravonlik bilan bo'ladigan ziddiyatlarning oldini olish uchun xalqaro tashkilot sifatida tashkil etildi. XMTning tuzilishi murakkabdir. U:
-Xalqaro Mehnat Konferentsiyasini;
-tarmoq qo'mitalari;
-mintaqaviy Konferentsiyalar va mintaqaviy maslahat qo'mitalari;
-Ma' muriy kengash;
-Bosh direktor boshchiligidagi Xalqaro mehnat byurosini o'z ichiga qamrab oladi.
XMT-eng keksa va yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Versal sulh shartnomasiga muvofiq.
Millatlar Ligasi huzurida avtonom tashkilot 1946 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasasi bo'ldi. Uning eng faol tashkilotchilardan biri va birinchi rahbari (1919-1932 yillar) Xalqaro Mehnat Byurosining direktori Al'bert Toma siyosiy arbob va Frantsiya xukumatida vazir edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |