Tashkil etisiini takomillashtirish muammolari


Download 57.41 Kb.
bet10/13
Sana17.02.2023
Hajmi57.41 Kb.
#1208983
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Мехнат иктисодиёти М Т Mamedov Sherzodbek

TARTIBGA SOLISH


Ijtimoiy sulhni barpo etish va saqlash, inson huquqlarii himoya qilish, uch tomonlama muzokaralar o'tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzildi. U o'zining faoliyati mobaynida juda katta tajriba to'pladi va muzokaralar o'tkazish jarayonini rivojlantirish, hamda vujudga kelgan ijtimoiy-mehnat muammolarini va ixtiloflari uch tomonlama muzokaralar va bitimlar asosida tartibga solish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi.
XMT 1919 yilda g' arb sotsial-demokratiyasining tashabbusi va ishtiroki bilan jamiyatda zo'ravonlik bilan bo'ladigan ziddiyatlarning oldini olish uchun xalqaro tashkilot sifatida tashkil etildi. XMTning tuzilishi murakkabdir. U:
-Xalqaro Mehnat Konferentsiyasini;
-tarmoq qo'mitalari;
-mintaqaviy Konferentsiyalar va mintaqaviy maslahat qo'mitalari;
-Ma' muriy kengash;
-Bosh direktor boshchiligidagi Xalqaro mehnat byurosini o'z ichiga qamrab oladi.
XMT-eng keksa va yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Versal sulh shartnomasiga muvofiq.
Millatlar Ligasi huzurida avtonom tashkilot 1946 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasasi bo'ldi. Uning eng faol tashkilotchilardan biri va birinchi rahbari (1919-1932 yillar) Xalqaro Mehnat Byurosining direktori Al' bert Toma siyosiy arbob va Frantsiya xukumatida vazir bo'lgan edi.
1944 yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tashkil topganiga 25 Yil to' Iganda Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi Filadel'fiyada Deklaratsiya qabul qiladi, unda Ustav bilan birgalikda tashkilotning maqsad va vazifalari belgilab beriladiki, ular hozirgi kungacha o'z ahamiyatini asosan saqlab kelmoqda.

AHOLINI MUHOFAZAQILISH TIZIMINI

RIVOJLANTIRISH


Aholini ijtimoiy himoyalash deganda biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim.
Ijtimoiy himoya qilish bir tomondan, funktsional tizim, ya'ni yo'nalishlar tizimi bo'lib, u ana Shu yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy himoya qilishni ta'minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo'lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy himoyalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub'ektlarining roli va vazifalarini o'zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan byudjet mablag'lari salmog'ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko'proq og'irlik nodavlat moliya Shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug'dirib, ularning ijtimoiy himoya bo'yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog'lab qo'yadi.
Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun'iy ravishda tutib turish, shu hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalashning barcha yo'nalishlari bo'yicha dotatsiyalarni oshirishni ko'zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko'rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo'llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta'minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta'minot pensiya ta'minoti, nafaqalar bilan ta'minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi.

INSTITUTLAR VA XODIMLARINI



Download 57.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling