Tashkil etisiini takomillashtirish muammolari


ULARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI


Download 57.41 Kb.
bet3/13
Sana17.02.2023
Hajmi57.41 Kb.
#1208983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Мехнат иктисодиёти М Т Mamedov Sherzodbek

ULARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI


”Hozirgi vaqtda bir qator etakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlariga doir materiallarni o'rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, regsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko'lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko'plab mamlakatlariga ta'sir ko'rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo'lishi mumkinligi o'z tasdig'ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko'rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o'z korporativ manfaatlarini ko'zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog'ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan etarli darajada nazorat yo'qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko'lami va oqibatlari qanday bo'lishi ko'p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya'ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog'liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to'lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog'liq.
MEHNAT RESURLARI BALANSINI ISHLAB

CHIQISH METODIKASI


Mehnat shartnomasi» mehnat to'g'risidagi qonunlarga an'anaviy ravishda qo'llaniladi. Biroq, 90-yillar boshlarida «kontrakt» tushunchasi keng yoyildi. Dastlabki paytlarda xodimlarni ishga yollashning kontrakt tizimini go'yoki mehnat shartnomasiga Zid qilib qo'yildi. Kontraktlar, faqat yozma shaklda tuzilishi ularning fazilati edi. O'sha paytda amal qilgan qonun hujjatlariga ko'ra, mehnat shartnomasi ham og'zaki, ham yozma shaklda tuzilishi mumkin edi. Amalda esa ilgari mehnat shartnomalarining ko'pchiligi og'zaki shaklda tuzilardi. Xodim ishga qabul qilish haqidagi iltimos bilan ariza yozardi, zarur hujjatlarni taqdim etardi, tegishli mansabdor shaxs esa buyruq chiqarardi. Ma'muriy buyruqbozchilik tizimi sharoitida mehnat shartlarini batafsil kelishib olishning ma'nosi yo'q edi, chunki ularning ko'pchiligi bevosita qonunchilikda belgilangan edi.
Kontraktni yozma shaklida tuzish mehnat munosabatlarini individuallashtirish, tomonlarning manfaatlarini to'laroq hisobga olish, ularning manfaatlarini himoya qilishni amalda ta'minlash imkonini beradi. Kontrakt tizimining kamchiligi esa shundan iborat ediki, u u muddatli mehnat shartnomasining bir turi sifatida qaralar edi. Muayyan muddatga ishga qabul qilingan kishi, o'z mehnat majburiyatlarini qanday bajarishdan qat'i nazar, ushbu muddat tamom bo'lgandan keyin, u bilan mehnat munosabatlari to'xtatilishini tushunadi va vaqtinchalik ruhiyati, mehnatga o'tkinchi, tasodifiy bir narsa, deb qarash kayfiyati shakllanadi. Aynan shu sababli, bunday xodim ko'pincha shartnoma muddati tamom bo'lishidan ancha ilgari o'ziga boshqa ish izlaydi, hamda ketish kayfiyati ta'sirida xafsalasizlik bilan mehnat qiladi. Bularning barchasi O'zbekistonning mehnat to'g'risidagi qonunlarida hisobga olinib, «mehnat shartnomasi» va «kontrakt» atamalari o'rtasiga tenglik belgisini qo'ydi. Bu barcha mehnat shartnomalari (kontraktlar), faqat yozma shaklda tuzilishini anglatadi. U nomuayyan muddatga haqi tuzilishi mumkin.
MEHNAT BOZORI SHAKILANISHI VA RIVOJLANISH

Download 57.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling