Tashkil qilish


Hozirgi zamon o'quv vositalarining tavsifnomasi


Download 0.66 Mb.
bet36/57
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1115420
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57
Bog'liq
90 minglik ish

2. Hozirgi zamon o'quv vositalarining tavsifnomasi. Hozirgi
zamon o'qitish vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Natural (tabiiy) obyektlar. Tabiiy obyektlar sirasiga jonli va jonsiz tabiat obyektlari kiradi, o'quvchilar ular bilan mashg'ulotlarda tarqatma yoki nomoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar. Ko'rgazmalilik — tabiiy obyektlarni tanlab olish yoki tabiiy obyektlarni o'z ichiga tarkibiy qism qilib kiritgan turli qo'llanm alarni loyihalashga qo'yiladigan asosiy taIablardan biri.
Shu maqsadda o'rganilayotgan tushunchalarning m azm unini ochib berish uchun kerak bo'lgan ayrim tipik belgilarni aniq ifodalashga yordam beradigan obyektlar ajratib olinadi. Natural obyektlarning qo'lyozmaligini kuchaytirish uchun turli kodlash usullari qo'llaniladi: rangli, raqamli, harfli. Tabiiy obyektlarni o'qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o'tkazish hisoblanadi. Ko'rgazmali qo'llanmalar sifatida. ishlatiladigan tabiiy obyektlarga, avvalo uning jihoz va moslamalariga maxsus ishlov berish zarur: ularni kesish. Ayrim belgilarga maxsus rang berish, qopqoqlarning qobig'ida ko'rish tuynuklarini ochish, ichki bo'shliqlarni yoritish, lampa yoki signal beruvchi o'rnatish va hokazo.
O'quv modellari, mulyajlar, mciketlar. Modellar tabiiy obyektlarning s u n ’iy ko‘rinishi bo‘lib, ularning m u h im sifatlari, aloqalari va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o‘quv ko'rgazmali qo'llanmalar hisoblanadi. Orginal obyekt (mikro- va makroobyektlar) xususiyatlarini ko'rsatishda shartlilik (ramziylik)ka amal qilinadi, razmerni kattalashtirish yoki kengaytirish orqali obyekt qurilmasi sxema tarzida aks ettiriladi. Modellarning eng keng tarqalgan tipik turlari bu moddiy (predmet) modellardir.
Modellar o‘z hajmiga ega yoki tekis modellarga bo‘linadi. Ularning oralig'ida relyef jadvallar joylashgan. Hajmga ega modellar tarkibiy qismlarga bo'linishi m u m k in (mufta va o'zagi (atom yig'indisi bilan)), qismlarga bo‘linmaydigan, qimirlamaydigan, (belgilash komplekti) va harakatlanuvchi (ichki yonish dvigateli, nasos) bo'ladi. Hajmga ega bo'lgan modellar sirasiga mulyaj va maketlar kiradi. Ular ha m u m u m t a ’lim ham texnika fanlarini o'qitish jarayonida qo'llaniladi. Mulyaj (maket)lar deya biz shunday obyektlarni aytamizki, ular moddiy obyektlarga aynan o'xshatib yaratilgan qo'llanmalardir.
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalari predmetlarning
tashqi belgi va xususiyatlarini o'rganishda qo'llaniladi. Modellar o'rganilayotgan obyektlarning ichki qurilmasi va harakatlanish tamoyili mashina va mexanizmlarning kinematikasini o'rganilayotgan vaziyatlarda boshqa aloqalar va munosabatlar m az m u n in in g ha m o'rganilishiga imkoniyat beradi.
O'quvchilarga taqdim etiladigan model va mulyaj (maketlar)
lar ham xuddi tabiiy obyektlar singari demokratsion va tarqatma
qo'llanmalarga bo'linadi. Turli xil modellarni loyihalashtirishda
bu turdagi o'qitish vositalarining funksiya va didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda um um iy pedagogik-ergonomik talablarni ilgari surish m um kin, ya’ni axborotlashgan, o'quv jadvali faoliyatining aniq usullariga adekvantlik (o'rganish, qabul qilish, plakat, sxema, diagramma, grafik va boshqalar) aniq bir tushuncha, ko'nikma va bilimlarni shakllantirishda qo'llaniladigan tekis moddiy o'qitish vositasidir. O'quv jadvali aniq va ko'rgazmali holda o'rganilayotgan obyekt haqida ilmiy axborot beradi. Jadvallar turli xil bo'ladi:
• Kompozitsion - rasm va fotosuratlar.
Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar).
• Belgili — ramziy formula, h a rf va so'zlar bilan ifodalanuvchi.
So‘nggi paytda elektrlashgan jadvallar keng qoilanilm oqda,
ya'ni, stendlar, xavfsizlikka oid texnikalar.
0 ‘qitish vositalari orasida eng koLp qo'llanilayotgan vositalar bu plakatlardir. Plakatlar quyidagi talablarga javob berishi
shart:
— plakatning m azm uni o‘rganilavotgan mavzuga oid bo'lishi;
— plakatda ifoda etilgan chizma yetarli darajada katta va uzoqdan ham ko'ra olish imkonini berishi kerak;
— plakatdagi obyektlar tabiiy holatlarida ko‘rsatishi shart;
— plakatda tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab mutanosibligi asosida berilishi kerak;
— eng e ’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan
ajratib ko'rsatilishi lozim.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling