Tashkil qilish


Kashtachilik kasbining afzalligi


Download 0.66 Mb.
bet9/57
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1115420
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
90 minglik ish

Kashtachilik kasbining afzalligi. Kashtachilik kasbining afzalligi shundaki, bu guruhda o'qigan o'quvchi kam xarajat qilib, shu
kasbni egallaydi. Masalan: shofyor bo'lish uchun avtomashina,
benzin, asbob-uskunalar kerak bo‘ladi, tikuvchi bo‘lish uchun esa
tikuv mashinasi, unga kerak bo'ladigan asbob-uskunalar, gazlama kerak bo'ladi. O‘z-o‘zidan shunday savol tug‘iladi: « Hamma o‘quvchilar tikuvchilik va shofyorlikka o‘qigani bilan tikuvchi yoki shofyor bo‘la oladimi?» Hozirgi sharoitda har qanday oila ham qizi uchun tikuv mashinasi, o‘g‘li uchun avtomashina olib berishga qurbi yetmaydi.
Natijada o'quvchining tanlagan kasbidan ko‘ngli sovib, qiziqishi
kamayadi. Ba’zan bunday o‘quvchilarimiz vaqtini bekor o‘tib ketganini sezmay qoladilar. Lekin har qanday sharoitda ham qizi bor
oilada, albatta, kashta tikiladi. Kashtachilik san‘ati ijtimoiy-shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan san’at turlaridan biridir. Bu san‘at ham boshqa amaliy san‘at turlari kabi xalqning moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondirishga xizmat etuvchi san’atga aylandi. Kashta
tikish usullari, gullari ranglarning mujassamlanishi, avloddan avlodga o‘tib takomillashdi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qolindi va milliy xususiyatlar bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi. Har bir avlod o'zidan oldingi ajdodlari yaratgan kashta namunalariga yangilik kiritib, o‘zi yashab ijod qilayotgan davr talabiga mos bo‘lgan naqsh bezagidan foydalanib, qadimgi bezaklar bilan bog‘lab, o‘zgacha kashta bezagi yaratib kelinmoqda.
Kashta bu avloddan avlodga o‘tib keladigan merosdir, yodgorlikdir.
Momolarimiz o'z qo'llari bilan tikib qoldirgan kashta bezagi biz uchun qanchalik qimmatli va azizdir. Shu mehnati bilan o‘zidan keyingi avlodiga esdalik uchun iz qoldirib ketishadi.
Kashtani tomosha qilar ekanmiz, momolarimizning qo‘lida urchuq bilan o‘tirishlari, ipni yigirib tikishlari ko‘z oldimizga kelib, bir daqiqa bo‘lsa ham ularni xotirlab olamiz. Kashtalarimizning qadimgi nusxalarini, tikish uslublarini qaytadan jonlantirishimiz kerak. Chunki hozirgi davr talabi shunga to‘g‘ri kelayapti. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, qadimgi kashtalarning darrov bozorda xaridori paydo bo‘ladi, yoki uyma-uy yurib, surishtirib arzimas narsalarga almashtirib ketishlaridan shu narsa
m a ’lum bo‘ldiki, demak qadimgi kashtalarimiz biz uchun bir
boylikdir. Bu boylikni asrab-avaylab uyimiz to‘riga osib qo‘yaylik
va rivojlantiraylik. Bizdan keyingi avlodlarga ota-bobolarimiz
udumlarini, milliy boyliklarini qoldirish, o‘quvchi qizlarning
ma’naviy dunyosini boyitish va xalq milliy amaliy san’atini boyitib davom ettirish uchun bor kuch va bilimimizni sarflaymiz.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling