Tashkil qilish


Download 0.66 Mb.
bet6/57
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1115420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
90 minglik ish

Kashtachining ish joyi. Kashta tikish qulay bo'lishi, charchatmasligi uchun, ish o'rnini to'g'ri tashkil etish, mehnat qilish qoidalariga rioya qilish kerak. Avvalo, kashtachi gavda holatiga e’tibor berib, bukchaymay boshini juda past egmasdan o'tirishi kerak.
Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo'lishi, ko'z bilan
ish o'rtasidagi masofa 25—30 sm dan oshmasligi lozim. Devorga
suyanib qulay o'tirish uchun devor bilan gavda oralig'iga yostiq
qo'yish kerak. Chunki devor harorati bilan kishi organizmining
harorati to'g'ri kelmaydi. Natijada kishi sog'lig'iga salbiy ta’sir
ko'rsatadi.
Kashtani tikish uchun quyidagi holatda o'tirishadi: kashta
tikiladigan yuzani chap tizzaga yoyib, o'ng tizza bilan gazlama
siljib ketmasligi uchun qisib turiladi va chap qo'l bilan kashtaning
bir tomonini chap tarafga qaratib ushlab turiladi. O'ng qo'l bilan
ipli ignani ushlab kashta bezagi tikiladi. Gazlamani tikish vaqtida
ko'p qattiq tortmaslik kerak, chunki bu holda tikkan kashtamiz
tortilib turadi.
Kashta tikish vaqtida yorug'lik chap tom ondan tushib turishi
kerak.
Iplarni kir bo‘lishi va chigal bo‘lishidan saqlash uchun alohida
idishda saqlash kerak bo'ladi.
Bezak chizilgan qog‘ozlar sellofan papkada, asboblar esa
qutichada saqlanishi mumkin. Tanaffus qilingan vaqtda kashtani
yig'ishtirib maxsus idishlarga solib qo‘yish kerak.
Texnik va gigiyenik qoidalarga rioya qilish. Ignani avaylab
tartib bilan ishlatish zarur. Ignani yo‘qotib qo‘yish yaramaydi,
bordi-yu tushib ketsa, uni albatta topish kerak. Ignani duch kelgan joyga to‘g'nab qo‘yish yaramaydi, vaqtincha kerak bo‘lmasa, uni 8x8 sm li o‘lchamda tikilgan yostiqchaga sanchib qo‘yiladi.
Zanglagan ignani ishlatish yaramaydi. Bunday igna gazlamaga
sanchilishi qiyin bo‘ladi, zangi urib qoladi, igga sinib ketadi.
To‘g‘nag‘ichlarni ham ehtiyot qilib, qutichada saqlash kerak.
Barmoqni igna kirib ketishidan saqlash uchun angishvona
taqib tikish kerak. Qaychini ishlatishda ehtiyot bo'lish kerak, tasodifan sanchilib ketinasligi uchun, uni ko'rinib turadigan joyga,
og'zini yopib qo'yish lozim. Qaychini tushirib yubormaslik kerak:
u tushib ketsa, o'zingizni jarohatlab qo'yishi, tig'i qayrilib ishdan
chiqishi m umkin. Biron kishiga qaychi uzatishda uchidan ushlab
berish kerak. Ish jarayonida gigiyena qoidalariga ham rioya qilish kerak.
Masalan: ipni tish bilan uzish yaramaydi, tishning emali buziladi,
tarang tortilgan ip labni qiyib yuborishi mumkin.
Ignani nam yoki terlab turgan qo'l bilan ushlamaslik kerak.
Uning gazlamaga sanchilishi qiyin bo'ladi, ishlatilayotganda
g'ichirlab turadi, shuningdek, nam qo'lda tikilayotganda buyum -
larda dog‘ qolishi mumkin. Uzoq vaqt kashta tikilsa ko'z charchaydi, barm oqlar ham charchaydi. Dazmol qilish uchun ham ehtiyotkorlik va e’tiborli bo'lish talab qilinadi. Dazmollashda dazmolning tagiga maxsus taglik qo‘yish kerak. Ish paytida dazmolning shnuri tagiga tushib qolmasligini, buralib ketmasligini kuzatib borish zarur. Aks holda
shnur buklanib uzilishi, qisqa tutashuvga sabab bo‘lishi mumkin.
Dazmolni elektr tarm og‘iga ulab qarovsiz qoldirmaslik kerak.
Ish tugagach dazmolni elektr tarmog'idan olib qo'yiladi. Bunda
shnurdan tortish yaramaydi, vilkaning korpusidan ushlash kerak.
Dazmol sovugach, shnurini ustiga o'rab vertikal holatda saqlanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling