Tashkil qilish
Download 0.66 Mb.
|
90 minglik ish
Kashialardagi naqshlar. «Naqsh» — so‘zi lotincha «ornament»
(bezak) deganidir. Kashta tikish uchun avvalo unga naqsh chiziladi. Kashtalardagi naqshlarni ko‘p rc > q tabiatdan olishadi. Masalan: gullar, shoxlar, barg va mevalar, ularni bir-biri bilan bog‘liovchi va to‘ldiruvchi jingalaklar, to‘lqinsimon, spiralsimon elementlar qo‘shib chiziladi. Geometrik shakllar chizishda uchburchak, kvadrat, yulduzcha, ko‘p qirrali yulduzlar, aylana hamda jonivorlar tasviridan foydalanish mumkin. Shu kashta naqshlaridan kashtada realistik tasvirga erishish qiyin, aynan tasvirlash kashta tikish vazifasiga kirmaydi. Bezaklar takrorlanuvchi, takrorlanmaydigan, simmetrik muvozanat tamoyilida tuzilgan, burchakbop tuzilishda, chirmashib ketgan ko‘rinishda chizib tikiladi. Kashtaga naqsh chizishdan oldin uning umumiy badiiy yechimini o‘ylab ko‘rish, bezakni buyum yuzasiga qanday joylashtirishni, elementlarni necha qismga bo‘lib chizishni o'ylab bezak tanlash kerak. Bezakda o‘simlik va jonivorlarning tasvirini yoritish gazlam a fakturasiga, tikish texnikasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, atirgul bezagini ikki xil gazlamaga: sochiq va tekis fakturali gazlamaga chizib tikilsa, ikki xil ko‘rinishda chiqadi. Sochiqqa sanama choklar bilan aynan shu bezakni ko‘chirib tikilsa, u ning shakli va tasviri boshqacha chiqadi. Tekis gazlamaga tekis choklar bilan tikilgan atirgul bezagi esa biroz atirgulga o‘xshashi mumkin. Demak, gazlama tuzilishining ham tikish texnikasining ham kashta bezagini tikib tasvirlash jarayoniga katta ta’siri bor ekan. Kashta bezaklarini gazlamaga chizishdan oldin joyi aniqlanib, to‘rtburchak chegaralar, yoilar chizib olinadi. Tanlangan bezaklar kerakli joylarga taqsimlanib chizib chiqiladi. Qadimdan palak, so‘zana kabi katta kashtalarda aylana, uchburchak ko‘p qirrali yulduzlardan ko'proq foydalanilgan. Hozirgi vaqtda chizmakashlar yangi elementlar bilan qadimdan foydalanilgan bezaklarni bog‘lab o‘zgacha kashta bezaklari hosil qilishmoqda. Kashtachilikning rivojlanishi yo‘lida yangi-yangi kashta naqshlarini o‘ylab topib, o‘zlari chizgan kashtalarda namoyon qilmoqdalar. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling