Tashkil qilish
Download 0.66 Mb.
|
90 minglik ish
Birinchi band. Namunaviy shartnomaning bu bandida asosiy
e‘tibor 5—9-sinf o'quvchilarining mehnat ta’limi, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini tashkil qilish masalalariga qaratiladi. Uni to‘ldirishda o‘quvchilarga faqat korxonalar emas, balki, maktab yoki maktablararo texnik ijodiy markazlarning ishlab chiqarish doirasidagi korxona va tashkilotlarning ehtiyojiga mos kasb va ixtisoslikni o‘rgatishga alohida e'tibor berish zarur. Mazkur banddagi jiddiy ahamiyat berish zarur bo‘lgan ikkinchi muhim masala, bu ijtimoiy-foydali va unumli mehnatdir. Bu masalaning muhim birinchi tamoyili shundan iboratki, o‘quv rejada ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga ajratilgan har bir soatda biror ishni bajarish yoki muayyan tovar mahsulotini tayyorlashga qaratilishi lozim. Buning uchun mehnat o‘qituvchilari korxona vakillari bilan birga har qaysi o‘quv yilida har bir sinf hisobiga ijtimoiy-foydali unumli mehnat uchun nazarda tutilgan soatlar hajmini hisoblab chiqishlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ish obyektlarini belgilashlari kerak. So‘ngra hisob-kitob ma’lumotlarini maktabning ishlab chiqarish rejasiga kiritish, uni tegishli baza korxonalar bilan kelishish, tasdiqlash va qat’iy bajarish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqish zarur. Agar baza korxona ijtimoiy-foydali, unumli mehnat uchun nazarda tutilgan soatlar hajmiga muvofiq ish obyektlariga ega bo‘lmasa, boshqa korxonalar, tashkilotlar bilan qo'shimcha shartnoma tuzishga yoki boshqa maktablararo markazlarning ishlab chiqarish rejasiga qo‘yilishiga ijozat beriladi. Barcha hollarda o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini tashkil etishda ikkinchi tamoyili, shartnoma majburiyatlarini bajarish va ishni uning sifatiga qo‘yiladigan qat’iy talablar asosida bajarishga, shuningdek, o‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatiga doir boshqa tamoyillarga ham rioya qilish kerak. Mehnat va kasbiy ta’limni amalga oshirishda ijtimoiy-foydali, unumli mehnat tashkil qilinadigan joyni tanlash ham muhimdir. Shuni hisobga olib, baza korxona bilan shartnoma tuzishda o‘quv ishlab chiqarish mashg‘ulotlari uchun joy tanlash masalasini ham aniq hal qilish kerak. Bu joylar: baza korxona, maktablararo ta’lim markazi, kasb-hunar kollejlarining ustaxona, sex, uchastkalari, o‘quvchilar ishlab chiqarish brigadalarining yer uchastkalari, har bir ixtisoslik ta’limi bo'yicha o‘quv sexi yoki ustaxona, nazariy ta’lim va laboratoriya ishlari o‘tkazish uchun xonalar mavjud boshqa joylar bo‘lishi mumkin. Ularning har birida ta’limning frontal metodini amalga oshirish uchun yetarli ish o‘rinlari tashkil qilish lozim, o‘quvchi ishlashi kerak. Shartnoma tuzishda o‘quvchilar mehnat va kasbiy tayyorgarligining maqbul variantlarini qo‘llash uchun nazariy talim bo‘yicha o‘quv xonani, har bir laboratoriya, sex, ustaxonani zarur miqdordagi asbob uskunalar, jihozlar komplekti, moslamalar, texnologik hujjatlar, yer chastkasi, texnika hamda boshqa narsalar bilan ta’minlashiga ham e’tibor berish lozim. Mehnat va kasb talimini amalga oshirish, ijtimoiy foydali, unumli mhnatni tashkil etish uchun injener-pedagog va boshqa kadrlar bilan ta’minlash masalasini samarali hal qilish shartnomadagi birinchi bandning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shartnomada o‘quvchilarda ular o‘rganadigan kasbdagi texnologik operatsiyalar sikli bo‘yicha tegishli mehnat va kasbiy ko‘nikma hamda malakani tarkib toptirish imkonini beradigan ishlab chiqarish topshiriqlarining obyektlari to‘la aks etishi lozim. Ishlab chiqarish topshirig'ining har bir turini bajarish uchun shartnomada materiallar, yarimfabrikat materiallarini o‘z vaqtida yetkazib berish, jamlanadigan buyumlar va boshqa materiallarni tayyorlash nazarda tutilmog'i lozim. Shartnomada o'quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish ham nazarda tutiladi. Shartnomaning birinchi bandiga o‘rganadigan kasbi bo‘yicha attestatsiya va malaka razryadi berish hamda guvohnoma topshirish masalalari ham kiritiladi. Shartnomada maktabni bitiruvchilar olgan makalar darajasi ishga qabul qilinadigan darajaga mos kelish-kelmasligi ko'rsatiladi. Bitirish imtihonlarini mazkur masala bo‘yicha amaldagi nizomga muvofiq korxonalarning mas’ul xodimlari. kollej vakillari ishtirokida qabul qiladi. Buning uchun maktab yoki maktablararo texnik markaz bo'yicha har yili yanvar o'yining boshida baza korxona bilan birga maxsus buyruq chiqariladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling