Tashkil qilish
Download 0.66 Mb.
|
90 minglik ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sakkizinchi band.
- To‘qqizinchi band.
- Mustahkamlash uchun savollar
Yettinchi band. Shartnomadagi mazkur bandni to‘ldirishda
quyidagilarni nazarda tutish lozim: o‘quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligini, ijtimoiy va unumli mehnatini, xavfsizik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, o'quvchilar mehnatini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etishni ta’minlashi kerak. Sakkizinchi band. Mazkur band baza korxonalarning maktablar va boshqa maorif muassasalariga o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda yordamlashishiga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur punktda baza korxonalar uskunalar sotib olish va ularning remontiga ajratadigan mablag‘larga alohida e’tibor berish kerak. Bundan tashqari, mazkur punktda maktabni, o‘quv va texnologik uskunalarni, priborlarni, ta’limning texnik vositalarini remont qilishga ham mablag' va fondlar ajratilishi nazarda tutilgan. To‘qqizinchi band. Bu punktda o‘quvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik aks ettiriladi. Shuning uchun uni to‘ldirayotganda baza korxona sanatoriyalar, pansionatlar, dam olish bazalariga yo‘llanmalar ajratishda barcha rezerv va imkoniyatlardan foydalanishi lozim. Shartnomada maktab yoki maktablararo texnik markaz xodimlarini aniq tibbiy punktlarga biriktirib qo‘yishni nazarda tutish zarur. Shunday qilib, ijtimoiy foydali hamda unumli mehnat jarayonida o‘quvehilarni kasb to‘g‘risidagi ma‘lumotlarini kengaytirish, aniq kasb tanlashga keltirish, tanlagan kasbiga moslashtirib kasb-hunar kollejlarida tanlagan kasbini egallashga olib kelish yuqorida ko'rib o'tilgan shartnomalarda o‘z aksini topgan. Mustahkamlash uchun savollar: 1. Ijtimoiy-foydali unumli mehnat deb nimaga aytiladi? 2. Ijtimoiy-foydali mehnat deb nimaga aytiladi? 3. Ijtimoiy-foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali mehnatning farqi nimada ko‘rinadi? 4. Kasb tanlash samarasini ko‘tarishga qaratilgan shartnomalar qanday tuziladi? 5. Ijtimoiy-foydali va unumli mehnatni tashkil etish uchun qanday korxonalar bilan shartnoma tuziladi? 6. Shartnoma tuzish uchun korxona qanday tanlanadi? 7. Shartnomaning turlari va bandlarini izohlab bering. 8. Mehnat ta’limi tizimida va kasb tanlashda bajaradigan ishlardan unumli foydalanish uchun tashkilot, korxona va o‘quv muassasalar orasida tuziladigan shartnomalarda o'zaro munosabatlar qanday belgilanadi? Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling