Tashkil qilish. Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil qilish
Download 10.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdurasulov Begali
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Jamlangan birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash zarur, vaholanki, korxona ahvoli va undagi ishning holatini bilish yetarli emas; aniq va tezkor boshqarish uchun ishlab chiqarish jarayonini, rivojlantirish tendensiyasining borishini bilish zarur. Buning uchun jamlangan ma’lumotlami asl mazmuniga yetishish va tushunish tahlil yordamida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlil o'tkazish tufayli birlamchi ma’lumotlar ikkilamchi ma’lumotlarga aylantiriladi, korxona texnika-iqtisodiy ko'rsatkichlari hisobkitob qilinadi, korxona faoliyatiga obyektiv baho beriladi va ularga ta’sir qilgan omillar hamda kamchiliklar aniqlanadi. Xulosa shuki, iqtisodiy tahlil mazmuni iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonidir. Iqtisodiy tahlil - bu ilmiy asosda qaror qabul qilishni ta’minlaydigan boshqaruv funksiyasidir. Xo‘jalik faoliyati tahlili natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qaror qabul qilinadi va u tufayli .boshqaruv sistemasi boshqariladigan obyekt faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta’minlaydigan qarordir. Xo'jalik faoliyati tahlili jarayonida korxonada qabul qilingan rejani asoslanganligi tekshiriladi, rejaga kiritilmagan imkoniyatlar aniqlanadi. Iqtisodiy tahlil rejalashtirish darajasini talab darajasiga ko'taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta’minlaydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan iqtisodiy tahlil o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ko'rinib turadi. Rejalashtirish korxona faoliyati tahlili bilanboshlanadi va yakunlanadi.
Hozirgi zmonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birinchi o'ringa qo'yilishi xo'jalik hisobidagi korxona va uning цех, uchastkalarini asosiy prinsipi bo'lib, bunda xo'jalik faoliyatini tahlili muhim ahamiyatga ega. Faqat iqtisodiy tahlil tufayli kollektiv faoliyatini iqtisodiy natijalari obyektiv baholanib korxonani har bir boMimi, har bir ishchini umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi. Iqtisodiy tahlilsiz xo‘jalik mexanizmini to‘g‘rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Iqtisodiy tahlil ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag‘batlantiradi, shu bilan birga ishlovchilami tejamkorlik ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiy tahlilni boshqaruv tizimini takomillashtirish yana ham ta’sirchanligini oshirisli uchun har bir ishchi-xizmatchi uning usullaridan izchillik bilan foydalanishni bilishi kerak. Ishchi va xizmatchilami korxonani boshqarishga jalb qilish uchun ulaming iqtisodiy bilimini yana ham oshirish lozim. Shunday qilib, xo‘jalik faoliyati tahlili korxonani boshqaruv tizimida asosiy element bo‘lgan holda, ichki xo‘jalik imkoniyatlarini aniqlashda ta’sirchan vosita va ilmiy asoslangan rejani ishlab chiqishga hamda boshqaruv qarorini qabul qilishga asos bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar
G. DAVLATOVA )Download 10.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling