Tashkiliy tuzilma Funksional tashkiliy tuzilma Reja: №2


Kompyuter jinoyatini shartli ravishda ikkita katta kategoriyaga ajratish mumkin


Download 3.13 Mb.
bet2/5
Sana18.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1783786
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Amaliy — 02

Kompyuter jinoyatini shartli ravishda ikkita katta kategoriyaga ajratish mumkin:
 kompyuter ishiga aralashish bilan bog’liq jinoyat;
 kompyuterni kerakli texnik vosita kabi foydalaniladigan jinoyat.
Kompyuter ishiga aralashish bilan bog’liq jinoyat asosiy kо’rinishlarini sanab о’tamiz.
1) Axborotga Ruxsatsiz kirish (RK). RK begona nomdan foydalanish, texnik qurilmalarning fizik manzillarini о’zgartirish, vazifa yechilgandan keyin qolgan axborotdan foydalanish, dasturiy va axborot ta‘minotni modifikatsiyalash, axborot tashuvchini о’g’irlash, ma‘lumotlarni uzatish kanallariga ulanadigan yozuv apparaturalarini о’rnatish bilan amalga oshiriladi.
Xaker, «kompyuter qaroqchisi» - kо’ngilxushlik, firibgarlik yoki zarar yetkazish (kompyuter virusini tarqatish yо’li bilan ham) maqsadida kompyuter tizimlari va tarmoqlariga tizimli ruxsatsiz kirishni amalga oshiruvchi shaxsdir. Bir tomondan «xaker» - kompyuterni yaxshi biladigan va yaxshi dasturlarni yozuvchi shaxs bо’lsa, boshqa tomondan axborotni olish maqsadida kompyuter tizimlariga noqonuniy kiruvchi shaxsdir.
Ingliz fe‘li «to hack» kompyuterlarga qо’llanilganda ikki ma‘noni anglatishi mumkin – tizimni buzish yoki uni tuzatish.
Shunday qilib, «xaker» sо’zi ikki ma‘noga ega:
birinchisi – negativ bо’yalgan («buzg’unchi»), boshqasi – neytral yoki maqtanarli («usta», «master»).
Boshqa sо’zlar bilan aytganda xakerlarni «yomon» va «yaxshi» xakerlarga ajratish mumkin.
«Yaxshi» xakerlar texnik progresga hissa qо’shishadi va о’zlarining bilim va kо’nikmalarini insoniyat rivoji uchun ishlatishadi. Ular tomonidan katta miqdordagi yangi texnik va dasturiy tizimlar ishlab chiqilgan. Ularga «yomon» xakerlar qarshilik qilishadi: boshqalarning xatlarini о’qishadi, boshqalarning kodlarini о’g’irlashadi va insoniyat rivojiga barcha yо’llar orqali zarar yetkazishadi.
«Yomon» xakerlarni shartli ravishda tо’rt guruhga ajratish mumkin.

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling