Tashkiliy tuzilma Funksional tashkiliy tuzilma Reja: №2
Download 3.13 Mb.
|
7-Amaliy — 02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi guruh – qaroqchilar.
- To’rtinchi guruh bor
Birinchi guruh – qiziquvchilar, asosan yoshlardan iborat, kompyuter tizimlarini shunchaki kо’ngilxushlik uchun buzuvchi insonlar. Ular zarar keltirishmaydi, bunday mashg’ulot о’zlari uchun foydali – vaqt о’tgan sari ulardan yaxshi kompyuter mutaxassislari yetishadi.
Ikkinchi guruh – qaroqchilar. Ular kompyuter himoyasini yangi dasturlarni va boshqa axborotni о’g’irlash uchun buzishadi. Uchinchi guruh – xakerlar, о’z bilimlarini haqiqatdan ham har bir kishiga va hammaga zarar yetkazish uchun foydalanishadi. Ular kira olgan kompyuter tizimlarini yо’q qilishadi, begona xatlarni о’qishadi, keyin esa ularning mualliflari ustidan kalaka qilishadi. Telekonferensiyalarda ularning buzib kirishlari haqidagi hikoyalarini о’qiganingizda bu insonlar о’z g’ururlarini haqoratlagan hisli insonlardek tuyuladi. To’rtinchi guruh bor – kimlarnidir buyurtmalari bо’yicha maxfiy axborotni olish uchun ov qiluvchi xakerlar. Xakerliklar orasida tо’rt asosiy toifa ajralib turadi. Birinchi – romantik-yakkalar. Ular ma‘lumotlar bazasini shunchaki qiziqishga buzishadi. Umuman ular xavfsiz va beg’araz, biroq ancha qobiliyatli. Shuning uchun ham qandaydir firmaning kompyuter tarmog’ini massali buzish odatda «romantiklar»dan biri zarar yetkazish va buni о’z tarmog’ida maqtanish bilan boshlanadi. Ikkinchi – pragmatiklar yoki klassiklar. Bir о’zlari ham, guruhda ham ishlashadi. Nima kelsa о’g’irlashadi – о’yinlar, dasturlar, turli xildagi nashrlarning elektron versiyalarini. Uchinchi – razvedkachilar. Hozirda о’zini hurmat qilgan har qanday firma dasturchi kabi rasmiylashtirilgan xakeriga ega. Uning vazifasi – raqiblarining tarmog’ini buzish va u yerdan turli axborotni о’g’irlash. Bu toifa hozirda juda talabgir hisoblanadi. To’rtinchi – kibergangsterlar. Bular professional kompyuter buzg’unchilar. Ularning vazifasi kompyuter tarmoqlarini aniq -blokirovkalash va ishini buzish, hamda bank hisob raqamlaridan pullarni о’g’irlash. Bu ish qimmat va xavfli, lekin yuqori haq tо’lanadi. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling