Boshqarish tizimidagi hujumlar. Bulutda ishlatiladigan ko’p gina virtual mashinalar alohida tizim boshqaruvini talab etadi. Boshqarish tizimiga xalaqit berish virtual mashinalarda - nosozlikni kelib chiqaradi va bir virtual mashinani bloklash orqali boshqa virtual mashinani aybdor qilib qo’yadi.
Bulut soxasida eng samarali xavfsizlikni taminlash yo’llaridan birini Cloud Security Alliance (CSA) tashkiloti ommaga xavola etgan xisoblanib unda quyidagi ma’lumotlar taxlil qilingan:
Ma’lumotlarni saqlash. Shifrlash ma’lumotlarni himoyalashda eng samarali yo’llardan biri. Ma’lumotlardan foydalana olishga ruxsat beruvchi provayder, ma’lumotlarga ishlov berish markazida saqlanayogan mijoz ma’lumotmi shifrlashi, foydalanishdan chiqqan xolda esa ularni qaytarishsiz o’chirib tashlashi kerak.
Uzatishdagi ma’lumotlar xavfsizligi. Shifrlangan ma’lumotlarni uzatish faqatgina aytenifikatsiyalangandan so’nggina amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni o’qish yoki o’zgartirish kirgazish, Ulardan foydalana olish ishonchli bog’lamalar orqali amalga oshiriladi. Bunday texnologiyalar juda ham mashxur algaritmlar va ishonchli protokollar AES, TLS, Ipsec amalga oshiriladi.
Autetifikatsiya. Parol himoyasi. Katta ishonchlilikni taminlashda tokenlar va sertifikatlar etibor qaratiladi. Provayder identifikatsiya tizimi bilan avtorizatsiyadan o’tishda shaffof tarizda harakatlanishi lozim. Bunda LDAP (Light Directory Access Protocol) va SAML (Security Assertion Markup Language) protokolari ishlatilinadi.
Iste’molchilarni izolatsiyalash. Virtual mashinalar va virtual tarmoqlardan individual foydalanish. Virtual tarmoqlarda quydagi texnologiyalar joriy etilgan bo’lishi kerak. VPN (Virtual Private Network), VLAN (Virtual Local Area Network) va VPLS (Virtual Private LAN Service). Provayderlar ko’pincha yagona dastur muhitida kod o’zgarganligi sababli iste’molchilar ma’lumotlarini bir-biridan izolatsiyalaydi. Bunday yondashish xatarli xisoblanib, u standart bo’lmagan koddan yo’l topib, is’temolchi ma’lumotlaridan foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |