Tashkilot rahbari
Download 24.8 Kb.
|
мажбурий шартнома
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Shartnoma predmeti
Maktabgacha taʼlim tashkiloti va bir yillik majburiy taʼlim guruhga qatnayotgan bolaning ota-onasi(ularning oʼrnini bosadigan shaxslar) oʼrtasida SHАRTNOMА № Bundan buyon “Maktabgacha taʼlim tashkiloti” deb ataladigan va Nizom asosida faoliyat yuritadigan O`zbekiston Respublikasi,Jizzax viloyat, Jizzax shahar maktabgacha taʼlim bo`limi tasarrufidagi ___-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti Tashkilot rahbari ____________________________________________________________ (ismi,sharifi) bir tomondan va ______________________________________________________________ (bolaning otasi,onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning ismi,sharifi) Bolaning____________________________________________________________________ (bolaning ismi, sharifi va tugʼilgan yili ) Bundan buyon “Ota-ona (oʼrnini bosadigan shaxs)” deb ataladiganlar, ikkinchi tomondan, quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar 1.Shartnoma predmeti 1.1. Ushbu shartnoma shartlariga koʼra, Maktabgacha taʼlim tashkilotiva Ota-ona(uning oʼrnini bosadigan shaxs)ning arizasi hamda tibbiy muassasasining bolaga maktabgacha taʼlim tashkilotiga qatnashiga ruxsat berilishi haqida maʼlumotnomasi asosida bolani bir yillik majburiy guruhga qabul qiladi 1.2. Maktabgacha taʼlim tashkiloti Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kafolatlangan maktabgacha umumiy taʼlim olish huquqini amalga oshirilishi uchun shart-sharoit yaratadi. 1.3. Taʼlim-tarbiya bolalarni bir yillik majburiy taʼlim guruhlarda tayyorlash asosiy umumtaʼlim va “Ilm yoʼli” oʼquv dasturi boʼyicha amalga oshiriladi. 1.4 Mazkur shartnoma muddati tugaguncha bolani majburiy bir yillik guruhdan boʼshatish ota-onaning (uning oʼrnini bosadigan shaxs) shaxsiy arizasi asosida amalga oshiriladi. 2. Qatnash tartibi 2.1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisining qatnash tartibi va rejimi bir yillik majburiy taʼlim guruh rejimi bilan belgilanadi: • 1 smena soat __________dan_________ gacha; • 2 smena soat __________ dan _________ gacha 2.2. Kasallikdan keyin bola sogʼligʼining holati toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgach, tarbiyalanuvchining guruhga qatnashiga ruxsat etiladi Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling