Tashkilot strategiyasi va axborot tizimlari Raqamli iqtisidiyot fakulteti at-61 guruh


Download 17.13 Kb.
bet6/7
Sana22.10.2023
Hajmi17.13 Kb.
#1716175
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
axborot tizimlari asoslari oraliq ish

Tashkilot o‘z faoliyatini strukturalangan iyerarxiya, rasmiy va standart amallar ish tartibi orqali amalga oshiradi. Iyerarxiyaning yuqori pog‘onasi ma’muriyat va ilmiy-texnikaviy xodimlardan, quyi pog‘onasi esa qolgan ishchi va xodimlardan iborat.Tashkilot madaniyati - bu asosiy qonun-qoidalar, tasavvurlar, axloq tiirlarining yig‘indisi hisoblanadi. Tashkilot madaniyatining o‘ziga xos muhim tarkibiy qismidan biri mutaxassisning axborot madaniyati hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich axborot tizimida o‘z aksini topadi, ya’ni axborot tizimining faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Tashkilot strategiyasi

Tashkilot strategiyasi, qoidalari, jarayonlari orasida hamda axborot tizimining texnik, dasturiy, telekommunikatsiya qismlari orasida o ‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, shu sababdan axborot tizimini tadbiq etish va loyihalashtirish jarayonida tashkilot menejerlari faol qatnashishlari zarur. Ular soha bo‘yicha vujudga keladigan muammo, vazifa va funksiyalarni aniqlashga yordam beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, tashkilot madaniyatini hisobga olmay ishlab chiqilgan axborot tizimi samarasiz bo‘lishi mumkin. Har bir tashkilotning o ‘zigaxos madaniyati, majburiyatlar tartibi, qoidalari mavjud va ular, albatta, axborot tizimida aks etishi lozim.

Tashkilot tashqi muhiti 

 Tizimili yondashuv tashkilot va uning tashqi muhitida o‘zaro harakatlanuvchi tizimlar va ularning muammolar xususiyatlarini tushunish uchun bizga sodda, shu bilan birga samarali qurol hisoblanadi. 

Gomeostasis tushunchasi 

Mashhur tabiatshunos olim Charlz Darvin XIX asrda tirik organizmlar evolyutsiya nazariyasini ishlab chiqqan boiib, ularning tashqi muhitga ko‘nikishini tadqiq qiladi. Uning nazariyasiga ko‘ra, tashqi muhitga o ‘zgarishiga moslasha olgan mavjudodlargina tirik qoladi, boshqalar esa yo‘q bo‘lib ketadi.

Tashkilotlarning tashqi muhitlari bilan o ‘zaro xarakteri evolyutsiya jarayonini Darvinning tirik organizmlar evolyutsiya jarayonlariga o‘xshash deb hisoblash mumkin. Tizim nazariyasi asosida faoliyat yuritish va raqobatda omon qolish maqsadida tashqi muhitga moslashish zarurati tamoyillari yotadi. Haqiqatda ham agar misol tariqasida ko‘p daromadli tashkilotni oladigan bo‘lsak, uning kelajakdagi barqaror rivojlanishi uchun iste’molchilar istak va talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishi zarur, kam daromadli tashkilotlar esa raqobatda omon qolish uchun mijoz talablarining o‘zgarishiga moslashishi zarur bo‘ladi.


Download 17.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling