Tashkilotdagi o'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularning turlari
Download 100 Kb.
|
1 2
Bog'liqTashkilotdagi o\'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularn
Tashkilotdagi o'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularning turlari. Strategiyani tanlash korxona faoliyati muvaffaqiyatining kafolati hisoblanadi. Agarkorxona o`z atrofida yuz berayotgan o`zgarishlarga beparvo bo`lsa yoki uni vaqtida sezib, tegishli chora-tadbir ko`rmasa, firma faoliyati inqirozga yuz tutishi mumkin. Strategiyani tanlash menejmentning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida, sifatli mahsulotga ega bo`lmagan korxona rahbarlari, yangi texnologiya paydo bo`lishini kuzatib borishi va uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun alohida e`tibor berishi lozim, chunki bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish, ilmiy texnika yutuqlaridan qay darajada foydalanishiga bog’liq. Strategiyani qaror qabul qilish jarayoni sifatida qarash mumkin. Har ikkala holatda ham maqsad (ob`ekt) aniqlanadi va uni amalga oshirish vositasi (qarorlar qabul qilish) belgilanadi. Strategiya raqobatchiga nisbatan korxonani (firmani) hayotchanligini, qudratini, mustahkamlashga qaratilgan o`zaro aloqador holatlarning majmuidir. Bu maqsadga erishishning atroflicha tahlil qilingan, o`rganilgan rejasidir. Strategik rejalashtirishning zarurligini tan olayotgan firma va korxona soni ko`payib bormoqda. Bu raqobatning kuchayib borishi bilan bevosita bog’liqdir. Bugungi kun talabi bilan yashab bo`lmaydi. Uzoqni mo`ljallab, mumkin bo`lgan o`zgarishlarni rejalashtirib, raqobatda yutib chiqish imkoniyatlaridan to`laroq va samaraliroq foydalanish davr talabidir. Strategiya turlari” Strategiyani tanlash tadqiqotlarini olib borish, yangi mahsulotlarni yaratish va boshqa innovatsiya shakllari bilan bevosita bog’liqdir. Strategik rejalashtirish ikkita maqsadni ko`zlaydi: 1. Resurslarni oqilona taqsimlash va undan samarali foydalanish. Bu “ichki strategiya” deb nom olgan. Resurslardan (moliya mablag’lari, ishchi kuchi, texnologiya) foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari maqsadga muvofiq bo`lmagan tarmoqlarning barham topishi, yangi tarmoqlar uchun korxonalarni sotib olish, korxonaning samarali “portfeliga” ega bo`lishi, muhim ahamiyatga egadir. 2. Tashqi muhitga moslashish. Iqtisodiy, siyosiy, demografik o`zgarishlarga moslashishni ta`minlash vazifasi qo`yiladi. Strategik rejalashtirish ko`pgina tadqiqot ishlarini olib borish, ma`lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bilan bog’liq bo`ladi. Bu o`z navbatida bozorni doimo nazorat qilishni taqozo etadi. SHuni alohida ta`kidlash joizki, hozirgi paytda, o`zgarishlar shiddat bilan o`sib bormoqda. SHu bilan birga, strategiya shunday ishlab chiqilishi lozimki, natijada uni boshqasi bilan almashtirish imkoni bo`lishi kerak. Strategiyani, ishlab chiqish tashkilotining umumiy maqsadnini aniqlash bilan boshlanadi. Maqsadni aniqlashda, firma yoki korxonaning tashqi muhit, bozor, iste`molchi bilan aloqasini o`rganish alohida ahamiyatga egadir. Tashkilotning umumiy maqsadini aniqlashda quyidagilarni e`tiborga olish lozim bo`ladi. firma faoliyatining asosiy yo`nalishi; tashqi muhit bilan munosabat (sotish printsipi, iste`molchiga munosabat, aloqa qilish tizimi); tashkilot madaniyati (uning an`analari, xodimlar o`rtasidagi munosabat). Maqsadni tanlashda ikkita yo`nalishni aniqlash lozim; firmaning mijozi (xaridor) va uning ehtiyojini qondirish darajasi. Umumiy maqsad aniqlangandan keyin strategik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi va maqsadlarga aniqliklar kiritiladi. Masalan, bu maqsadlar (asosiy) quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin: joriy yilda firma foydasini 5 mln. so`mga etkazish; bozor (sotish hajmi, bozor ulushi, yangilikni joriy etilishi). Masalan bozordagi ulushni 20% ga etkazish, sotish hajmini 40 ming donadan kam bo`lmasligini ta`minlash; mehnat unumdorligi, masalan, bir ishchining bir soatlik o`rtacha ish hajmi 8 dona mahsulotni ishlab chiqishi; mahsulot (umumiy hajmi, yangi tovarni ishlab chiqish yoki ba`zi bir modellarni ishlab chiqarishdan olish yoki ishlab chiqarishni ta`qiqlash va boshqalar); moliyaviy resurslar (kapital hajmi va strukturasi, shaxsiy va qarzga olingan kapital nisbati, oborot kapitali hajmi va boshqalar); ishlab chiqarish quvvati, binolar va inshootlar. Masalan, 4000 kv.m. hajmdagi omborxonani kurish. Ilmiy-texnika, tashkiliy-konstruktorlik ishlari va yangi texnologiyalarni joriy etishi (asosiy ko`rsatkichlar, texnologik tavsifnomalar qiymati); tashkil etish – tashkiliy strukturada va faoliyat sohasidagi o`zgarishlar. Masalan, ma`lum mintaqada firma vakolatxonalarini ochish; inson resurslari (undan foydalanish, mehnat resurslari harakati, o`qitish va boshqalar). ijtimoiy javobgarlik, masalan, shifoxonani jihozlash uchun uskunalar ajratish. Maqsadni to`la amalga oshirish uchun uni aniqlashda quyidagi talablarni hisobga olish lozim: A) maqsad – qiymat, natural yoki mehnat sarfi ko`rinishida aniq ifodalanish lozim; B) har bir maqsadning bajarilishi muddati vaqt nuqtai-nazaridan cheklangan bo`lishi kerak (masalan, uchinchi kvartalga qadar yangi buyumni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish). Maqsadlar uzoq muddatli (10 yil), o`rta muddatli (5 yilgacha) va qisqa muddatli (1 yilgacha) bo`ladi. Maqsadlar vaziyatga nazorat natijalariga qarab o`zgaradi; V) maqsad umuman olganda, amalga oshiriladigan bo`lishi kerak; G) maqsadlar bir-birini inkor etmasligi darkor. Strategik tahlil firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi muhitini atroflicha tahlil qilishni ko`zda tutadi; D) rejalashtirilgan davrda ro`y beradigan yoki ro`y berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar baholanadi; E) firma pozitsiyasiga xavf-xatar keltiruvchi omillar aniqlanadi; J) firma faoliyatiga ijobiy ta`sir etuvchi omillar aniqlanadi. Tashqi muhitdagi ro`y berayotgan o`zgarishlar va jarayonlar firma hayotiy faoliyatiga katta ta`sir etadi. Tashqi muhit bilan bog’liq bo`lgan asosiy omillar-iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya, raqobat. eng muhim omil raqobat hisoblanadi. SHu munosabat bilan asosiy raqobatchilarni aniqlash va ularning bozordagi pozitsiyasini (bozor ulushi, sotish hajmi, maqsadi va boshqalar) aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun quyidagi yo`nalishda tadqiqot ishlarini olib borishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: raqobatchining joriy strategiyasini baholash (bozordagi xulqi, tovarlar harakati usullari va boshqalar); raqobatchilarga tashqi muhitning ta`sirini tadqiqot qilish; raqobatchilarning ilmiy-texnik ishlanmalari to`g’risidagi ma`lumotlarni yig’ishga harakat qilish, kelajakda ularning harakatini bilish va unga qarshi tadbirlarni mo`ljallab qo`yishdan iborat. Raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlarini atroflicha o`rganish va ularni o`z shaxsiy natijalari bilan taqqoslash, raqobat kurashi strategiyasi to`g’risida yaxshiroq fikrlash imkonini beradi. Tashqi muhitning jiddiy omillaridan biri ijtimoiy-xulqiy va ekologik omillar hisoblanadi. Firma demografik vaziyatni yoki bu sohadagi o`zgarishlarni ham inobatga olishi lozim. Masalan, bozor iqtisodi sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi kadrlarni tayyorlash, menejment va marketing fanidan qo`llanmalar va darsliklarga bo`lgan ehtiyojni o`sib borishiga olib keladi. Ichki muhitni tahlil qilish, firma faoliyatining kuchli va ojiz tomonlarini atroflicha tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Strategiya, nazariy va empirik (amaliy) tadqiqotlar olib borishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Tashkilot va uning rahbarlari bir-biridan qanchalik muhim qarorlar qabul qilishi bilangina emas, balki yangiliklardan foydalanish darajasiga qarab ham farqlanadi. Agar yuqori rahbariyat yangiliklarni qabul qilishiga ijobiy munosabatda bo`lsa, uni joriy etish ehtimoli yuqori bo`ladi. YUqori rahbariyatning qarorlar qabul qilishiga ko`proq jalb qilinishi bilan strategik va moliyaviy maqsad ahamiyati o`sib boradi. 2. Innovatsion menejment strategiyasini tanlash, mahsulot hayotiy tsiklini aniqlashning asosini tashkil etadi va u firmaning bozordagi o`rni hamda ilmiy-texnika siyosatiga bog’liq bo`ladi. Innovatsiya strategiyalarining quyidagi turlari mavjud: Hujumkor – bu tadbirkorlik raqobati printsipiga amal qiladigan firma faoliyatiga oid strategiya hisoblanadi. U kichik innovatsiya firmalari uchun xos bo`lgan xususiyatdir. Mudofaa – mavjud bozorlarda firmaning raqobatdagi o`rnini ushlab turishga qaratilgan. Bunday strategiyaning bosh vazifasi “harajat-natija” nisbatlarini faollashtirish hisoblanadi. Bunday strategiya ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini olib borishni taqozo etadi. Immitatsiya (o`xshash) – bu strategiya texnologik va bozordagi o`rnin kuchli bo`lgan firmalar tomonidan qo`llaniladi, u yoki bu yangiliklar bo`yicha pioner bo`lmagan korxonalar tomonidan bu strategiya qo`llaniladi. Bunda etakchi firmalar yoki mayda innovatsiya firmalari tomonidan bozorga olib chiqilgan yangiliklarning asosan iste`mol xususiyati qabul qilinadi. U yoki bu strategiyani tanlab, rahbariyat to`rt omilni hisobga olishi mumkin. Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling