Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti


rasm. Matritsa tashkiliy tuzilma (matritsa guruhla ri)


Download 0.79 Mb.
bet16/44
Sana31.01.2024
Hajmi0.79 Mb.
#1832300
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
KURS ISHI

rasm. Matritsa tashkiliy tuzilma (matritsa guruhla ri)

Matritsa tuzilmalarida yangi texnoligik jarayonlar va unimli uskunalarni tadbiq etish bilan bog'lik qayt a qurishlarni tez tez o'tkazish mumkin.


Matritsa tuzilmalariga o'tishda murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishda yirik tashkilotlarda eng katta samaraga erishiladi.
Shu bilan birga guruhlardan tashkilotning matritsasini qurish elementlari sifatida foydalanish salbiy tomonlarga ham ega: bunday guruhlar barqaror tuzilmalar bo'lmaydilar. Ulardan intensiv ravishda foydalanishda xodimlar "tashkiliy bino"dagi o'z joylaridan mahrum bo'ladilar, ular doimiy ravishda guruhdan guruhga ko'chib yuradilar va butun tashkilot vaqtinchaga o'xshab qoladi. Agar tashkilot bunday guruhlardan foydalanishga borgan sari ko'proq murojaat qilsa, unda guruhlar va loyihalardagi rahbarlar va mutaxassislarni tez-tez o'zgarishi nazoratni yo'qligiga olib keladi va tashkilot osongina barbod bo'ladi. Bu holda to'liqligicha matritsa tuzilmasini tashkil qilishga to'g'ri keladi, bu salbiy samarani pasaytiradi. Bundan tashqari matritsa tuzilmalari uchun nizolarning yuqori darajasi xosdir.
Divizional (yoki bo'limli) tashkiliy tuzilma yakuniy natija (mahsulot, is'temolchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator vazifalarni markazlashuvi va ishlab chikarish (tijorat) bo'linmalarining faoliyatini markalashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilotning yuqori darajasi asosiy resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan birga bo'linmalar operativ qarorlarni qabul qiladilar,"foydaning markazlari" bo'lgan holda, foyda olish uchun ma'suldirlar. Divizional tuzilmani ba'zida "muvofiqlashtiril gan markazlashtirmaslik" sifatida belgilaydilar. Undan ko'p mahsulotli ishlab chiqarish(tijorat) yoki ko'p millatli kompaniyalarda keng foydalanadilar, ulardagi xududiy tarqoqlikda mamlakatli bo'limlarni avtonomlashtirish zarur. Ayniqs, u bozor holatining o'zgarishlari kamroq ta'sir ko'rsatuvchi va amalda texnoligik yangiliklarga bog'lik bo'lmagan sohalarda samarali qo'llaniladi.
Tashkilotning divizional tuzilmasida har xil bozorlardagi faoliyatning turlarini ratsional boshqarish mumkin. Ishlab chiqarish bo'limlari rahbarlari o'zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko'rsatilayotgan xizmatlar va o'zlariga biriktirilgan xududga ko'ra faoliyatni nafaqat "daraja bo'yicha", balki "vazifalar bo'yicha" ham muvofiqlashtiradilar. Natijada qarorlar qabul qilish jarayoni tezlashadi va uni amalga oshirishning sifati oshadi.
Ammo ishlab chiqarish bo'limlarida maqsadlarni "qisqartirish" tendensiyasi kuzatiladi. Bo'limlarni tashkil qilish natijasida boshqaruv apparatini o'sishi qo'shimcha xarajatlarni oshishiga olib keladi. Asosiy resurslarni markazlashtirgan holda taqsimlanishda ular yetishmagan holda bo'limlar o'rtasida nizolar vujudga kelishi mumkin. Divizional tashkilotlarda yana bo'limlararo kar'yera qiyinlashadi.
Mintaqaviy, mahsulotli va iste'molchilik tuzilmalari divizional tuzilmaning turli-tumanligi bo'ladi, unga ko'ra tashkilot tovarlar yoki xizmatlarning turlari, xaridorlarning guruhlari yoki geografik alomatlari bo'yicha elementlar va bloklarga bo'linadi.
Masalan, agar tashkilot faoliyati kattaroq goegrafik xududlarni qamrab olsa, unda uning tashkiliy tuzilmasini xududiy tamoyil bo'yicha, ya'ni uning bo'limlari joylashgan joy bo'yicha qurish maqsadga muvofiqdir.
Mintaqaviy tuzilmada mahalliy qonunlar, odatlar va iste'molchilarning zaruriyatlari bilan bog'lik muammolar tezroq va osonroq hal qilinadi, chunki tashkilotning mijozlar bilan, hamda tashkilot a'zolari o'rtasidagi aloqalari yo'lga qo'yiladi. Yirik firmalarning keng geografik xududlarni qamrab oluvchi, o'zlari ham, o'z navbatida kichikroql arga bo'linuvchi bo'linmalarga ega sotish tashkilotlari mintaqaviy tashkiliy tuzilmalarga misol bo'la oladi. Boshqa firmalar asosan (dori-darmon va iste'mol tovarlari ishlab chiqarish bo'yicha) har xil mamlakatlarda maxsus sho'ba kompaniyalarini tashkil qiladilar (5.9- rasm).

Firmaning shtab kvartirasi





Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling