Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti


Download 0.79 Mb.
bet39/44
Sana31.01.2024
Hajmi0.79 Mb.
#1832300
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
KURS ISHI

Mavxumlikdan qo'rqish. Mavxumlik ko'pincha odamlarda ehtiyotkorlikni keltirib chiqaradi. Ishdagi har qanday o'zgarish noaniqlik elementiga ega. Masalan, yangi ishni boshlab turib, odamlar uni talab qilingandek bajara olishlariga shubha qiladilar. Bu vaziyatlardagi noaniqlik bunday o'zgarishlar tufayli emas, balki ularning odamlar uchun ehtimol bo'lgan istalmagan oqibatlar uchun vujudga keladi.
Iqtisodiy sabablar. Masalan, odamlar, o'zgarishlarni borishida ba'zan ularning daromadlarini pasayishi sodir bo'lsa yoki sodir bo'lishi mumkin bo'lsa, qarshilik ko'rsatishlari mumkin. Ishlab turib, odamlar, qanday qilib ular pullarning u yoki bu summasini ishlab topishlarini tushunadilar. Ishning oldingi tartibini o'zgarishi ularni iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan qo'rqitadi.
O'zgarishlar tashkiliy qarshilik qilishning asosiy manbalari.
Tashkilotg, o'zining tabiatiga ko'ra, ma'lum darajada qarshilik ko'rsatish xosdir. Tashkilotda barcha sohalarda barqarorlikka erishilgan vaqtda ish yaxshi ketadi. Tashkilot qandaydir yangi narsani qilishni boshlashi bilan unumdorlik pasayishi mumkin. Unumdorlik va samaradorlikni saqlab qolishga intilgan holda, tashkilot tabiiy ravishda o'zgarishlarga qarshilik qiladi. O'zgarishlarga qarshilik qilish tashkilotning alohidagi bo'limlari tomonidan ham nomoyon qilinishi mumkin.
Tashkiliy tuzilma. Har bir tashkilot samarali bo'lish uchun barqarorlikka harakat qiladi. Bu barqarorlikni, xususan, tuzilma ta'minlaydi. Ya'ni xodimlarga rollari, ishchi tadbirlar, axborot oqimlari va h.k. belgilanishlari kerak. Ammo tuzilmaga bu tabiiy ehtiyoj o'zgarishlarga qarshilik qilishning sababi bo'lishi mumkin. Tashkilot ishlarning tor ixtisoslashtirilgan uchastkalari, qat'iy ierarxiya va aniq tasvirlab berilgan javobgarlik, axborotlarning yuqoridan pastga qarab cheklangan oqimlariga ega bo'lishi mumkin. Bularning barchasi vujudga kelgan vaziyatlarni yengimoq uchun judayam o'zi xos kommunikatsion tarmoq va kommunikatsion kanallarni tashkil qilish talab qilinishi mumkin. Bu tuzilmani har qanday qayta qurish qarshilikni keltirib chiqaradi, chunki uni tartibsiz holga keltiradi. Bunday o'zgarishlarga moslashganroq va yengilroq tuzilmalar osonroq bardosh beradilar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling