Tashqarida o‘rnatiladigan ajratgichlar


§. Texnik hujjatlarni yuritish


Download 1.93 Mb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1565147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tashqarida o‘rnatiladigan ajratgichlar


§. Texnik hujjatlarni yuritish
Har bir korxonada elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishiga ijozat berish uchun asos bo‘lgan texnik hujjatlar bo‘lishi shart.
Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
qurilishning zichligiga qarab 1:500 yoki 1:200 masshtabdagi bosh plan; unga binolar, inshootlar va yer osti kommunikatsiyalari kiritiladi;
energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilgan loyiha hujjatlari (chizmalar, tushuntiruvchi yozuvlar va boshqalar), keyinchalik kiritilgan barcha o‘zgarishlar bilan;
yashirish ishlarni qabul qilish dalolatnomalari, elektr qurilmalarni ekspluatsiya qilishga qabul qilish dalolatnomalari, elektr uskunalarini sinash, o‘lchash va sozlash dalolatnomalari va bayonnomalari;
birlamchi va ikkilamchi elektr birikmalarning ishchi ijro sxemalari; asosiy elektr uskunalarining texnik pasportlari;
elektr uskunalar, apparaturalar va elektrotexnik buyumlarning muvofiqlik sertifikatlari;
elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, shuningdek, har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar;
korxona elektr ta’minotining umumiy sxemasi.
Bundan tashqari, har bir sex yoki mustaqil ishlab chiqarish uchastkasi quyidagilarga ega bo‘lishi zarur:
elektr uskunalari va himoya vositalarining texnik ma’lumotlari, shuningdek, ularga berilgan inventar raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat jurnaliga yoki pasport kartalariga (pasport ma’lumotlariga yoki jurnallarga uskunalarni sinash, ta’mirlash va reviziya bayonnomalari
va dalolatnomalari ilova qilinadi);
elektr uskunalari, elektr qurilmalari va inshootlarning chizmalariga, ehtiyot qismlar chizmalari komplektiga, havo va kabel trassalarining bajarilgan chizmalari hamda kabel jurnallariga;
yer osti kabel trassalari va yerga ulash qurilmalarining binolar va doimiy inshootlarga bog‘langan chizmalariga, shuningdek, ulash muftalari o‘rnatilgan va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari ko‘rsatilgan chizmalarga;
butun korxona bo‘yicha va alohida sexlar yoki uchastkalar (bo‘linmalar) bo‘yicha tuzilgan elektr ta’minotining umumiy sxemasiga;
sexlar, uchastkalarda (bo‘linmalar) elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish asosida ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalariga va har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalariga
va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami energetika obyektining texnik arxivida saqlanadi.
Ekspluatatsiya qilish jarayonida elektr qurilmalarida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar zudlik bilan sxema va chizmalarda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning imzosi, uning lavozimi va o‘zgarish kiritilgan sana ko‘rsatilib, aks ettirilishi shart.
Sxemalarga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar ushbu sxemalarni bilishi zarur bo‘lgan barcha xizmatchilar e’tiboriga (tezkor jurnalga yozish bilan) yetkazilishi shart.
Sxemalarning amaldagi ekspluatatsiyaga mosligi kamida 2 yilda 1-marta tekshirilganligi haqida belgi qo‘yilib, tekshirilishi shart.
Elektr ta’minotining zarur sxemalar to‘plami elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsda, uning ish joyida bo‘lishi shart.
Sex, uchastka (bo‘linma) elektr qurilmalarining va ular bilan elektr bog‘langan boshqa bo‘linmalarning tezkor sxemalari to‘plami ushbu bo‘linmaning navbatchi xodimida saqlanishi shart.
Asosiy sxemalar ushbu elektr qurilma xonasining ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
Mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan, alohida ishlab chiqarish sharoitlariga yoki elektr qurilmalariga ega iste’molchilarda ushbu elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlar uchun ishlab chiqarish xususiyati, uskunalar va texnologiya xususiyatlari hisobga olingan holda, bosh muhandis yoki korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ekspluatatsiya yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
Har bir ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalarida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi
shart:
ushbu lavozimdagi xizmatchilar uchun bilishi majburiy bo‘lgan uskunalarga xizmat
ko‘rsatish yo‘riqnomalari ro‘yxati, NTH, elektr uskunalarning sxemalari; xodimlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
yuqori turuvchi, bo‘ysunuvchi va ish bo‘yicha aloqador boshqa xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar.
Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari o‘zgargan hollarda, yo‘riqnomalarga tegishli qo‘shimchalar kiritiladi va bu haqida ushbu yo‘riqnomalarni bilishi shart bo‘lgan xodimlar xabardor qilinib, farmoyishlar jurnaliga yozib qo‘yiladi.
Ish joyi bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalari 5 yilda 1-marta, ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalari 3 yilda 1-marta qayta ko‘rib chiqiladi.
Har bir ishlab chiqarish uchastkasida, sexida tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha yo‘riqnomalar to‘plami bo‘lishi shart. Sexning, uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsida yo‘riqnomalarni to‘liq to‘plami va tegishli xodimning ish joyida zarur to‘plam saqlanishi shart.
Tezkor xodimlarning ish joylarida (podstansiyalarda, taqsimlovchi qurilmalarda yoki elektr uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun ajratilgan xonalarda) quyidagi hujjatlar yuritilishi shart:
tezkor sxema yoki sxema-maket; tezkor jurnal;
elektr qurilmalarida ishlarni bajarishga naryad blankalari; almashlab ulash blankalari;
elektr uskunalaridagi nosozliklar jurnali yoki kartotekasi;
nazorat o‘lchash asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari;
biriktirilgan uchastkada tezkor xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil bajariladigan ishlar ro‘yxati;
ishlab chiqarish yo‘riqnomalarini hisobga olish jurnali; avariyaga qarshi mashg‘ulotlarni hisobga olish jurnali;
elektr qurilmalarini shaxsan bir o‘zi ko‘zdan kechirishga huquqi bor shaxslar, tezkor farmoyishlar berish huquqiga ega shaxslar, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning javobgar navbatchilari ro‘yxatlari;
releli himoya, avtomatika, telemexanika jurnali va releli himoya hamda avtomatika o‘rnatilgan kartalar;
farmoyishlar jurnali.
Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, tezkor hujjatlar hajmi bosh muhandis yoki elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs qarori bilan to‘ldirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Tezkor hujjatlar, nazorat-o‘lchov asboblarining qayd etuvchi diagrammalari, elektr energiyasini hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari ro‘yxatlari, BAT tezkor-ma’lumot kompleksi tomonidan shakllanadigan chiqish hujjatlari qat’iy hisobga olinadigan hujjatlarga kiradi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Tezkor hujjatlarni davriy ravishda (korxonada belgilangan muddatlarda, kamida bir oyda 1-marta) yuqori turuvchi elektrotexnik yoki ma’muriy texnik xodimlar ko‘rib chiqishi shart.
Ularning elektr uskunalari ishidagi nuqsonlar va buzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishlari majburiy.
Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling