Tashqarida o‘rnatiladigan ajratgichlar


§. Xavfsizlik texnikasi, yong‘in va ekologiya xavfsizligi


Download 1.93 Mb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1565147
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tashqarida o‘rnatiladigan ajratgichlar


§. Xavfsizlik texnikasi, yong‘in va ekologiya xavfsizligi
Elektr qurilmalarining tuzilishi, ularni ekspluatatsiya qilishni tashkil etish hamda ta’mirlashda mehnat muhofazasi standartlari talablariga va XTQga javob berishi shart.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan himoya vositalari, moslamalar va asboblar mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaldagi NTHga mos ravishda ko‘rik va sinashlardan o‘tishi shart.
Elektr xo‘jaligi xodimlari lavozimi (kasbi) uchun majburiy hajmdagi elektr uskunalari va elektr qurilmalarida ishlar bajarilganda, xavfsizlik talablarini belgilaydigan mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilishlari shart.
Elektr xo‘jaligini har bir xizmatchisi xizmat ko‘rsatilayotgan uskunaga taalluqli mehnat xavfsizligi va ish joyida mehnatni tashkil qilish talablarini bilishi va bajarishi shart.
Har bir korxonada xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar ushbu ishlarning xavfsiz bajarilishini va tashkil etilishining yagona tizimini, elektrotexnik, texnologik va boshqa xodimlarning funksional vazifalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, lavozim bo‘yicha javobgarliklarini belgilaydigan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi haqidagi nizomga mos kelishi shart.
Korxona rahbari va elektr xo‘jaligiga javobgarlar (bosh energetiklar, bo‘lim va elektr ta’minoti xizmati boshliqlari) elektr xo‘jaligi xizmatchilari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va xodimlarni elektr tokidan shikastlanish hollarining oldini olish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Korxonalar tarkibiy bo‘linmalarining elektr xo‘jaligiga javobgarlari (elektr sexi, podstansiyalar, xizmatlar, laboratoriyalar boshliqlari, ustalar va boshqalar) xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish, ko‘rgazmali qo‘llanma bilan yo‘riq berishi, xodimlarga xavfsiz ishlash usullarini o‘rgatish, shuningdek, doimiy ravishda uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga mos kelishini nazorat qilish, xodimlarning mehnat xavfsizligi talablariga rioya qilishlarini va bajarilayotgan ish xususiyatidan kelib chiqib, ular himoya moslamalari, maxsus kiyimlar va boshqa shaxsiy himoya vositalari qo‘llashlarini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha tashkiliy hamda texnik tadbirlarni o‘tkazilishini ta’minlashlari shart.
Har bir baxtsiz hodisa, shuningdek, mehnat xavfsizligi talablarining buzilishi holatlari, ularning sodir bo‘lish sabablarini va ularni yuzaga keltirgan aybdorlarni aniqlash va bundan keyin bu kabi holatlar takrorlanmasligining oldini olish choralarini ko‘rish uchun sinchiklab tekshirilishi shart.
Baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.
Baxtsiz hodisalar tekshiruvi to‘g‘ri, o‘z vaqtida o‘tkazilishi va hisobga olinishi, N-1 shaklidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilishi va ularda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun rahbarlar, butun korxona va uning tegishli tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar javobgar bo‘ladi.
Elektr qurilmalarida yuz bergan baxtsiz hodisalar uchun xavfsizlik yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma talablarini bevosita buzgan shaxslar bilan birga korxona
va uning tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslar, shuningdek, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini ta’minlamagan, mehnat xavfsizligi standartlarini bajarmagan hamda baxtsiz hodisaning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rmagan boshqa ma’muriy-texnik xodimlar ham javobgar bo‘ladi.
Elektr qurilmalarida guruhli baxtsiz hodisalar va oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaligi xodimlari bilan birgalikda ishlab chiqilishi shart. Bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
Korxona tarkibiy bo‘linmalari elektr xo‘jaliklarining barcha ishlab chiqarish xodimlari elektr toki ta’siriga tushgan odamni qutqarish va unga birinchi yordam berishning amaliy usullariga, shuningdek, boshqa baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish usullariga o‘rgatilgan bo‘lishi shart.
Korxonaning ishlab turgan elektr qurilmalarida boshqa tashkilotlar qurilish-montaj, sozlash va ta’mirlash ishlarini o‘tkazayotganda qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning o‘zaro harakatlarini hisobga oluvchi mehnat xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, portlash va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
Bitta uskunada yoki inshootda bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilot ish bajarganda, ishlarning birlashgan ish jadvali tuzilishi shart. Ushbu tadbirlar va ish jadvallari korxona elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan tasdiqlanishi shart.
Ish joyini tayyorlash, ishlarning birlashgan ish jadvalini bajarish va mehnat xavfsizligi bo‘yicha birgalikda tuzilgan tadbirlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ishga qo‘yish uchun korxonaning va tegishli tarkibiy bo‘linmaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxslari javobgar bo‘ladi.
Boshqa tashkilotlar rahbarlari ushbu tashkilotlar xodimlari malakasining muvofiqligi uchun ularning xavfsizlik talablariga rioya qilishlari va o‘z uchastkalarida mehnat xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilishlari va bajarishlari uchun javobgar bo‘ladi.
Korxona elektr xo‘jaligining har bir bo‘linmasida dori qutilari, dori-darmon va tibbiy vositalar bor birinchi yordam sumkalari bo‘lishi shart.
Xodimlar soha me’yorlariga mos ravishda maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyim va boshqa individual himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari shart.
Ishlab turgan uskunalar bor xonalarda (boshqaruv, releli panellar va shunga o‘xshash qurilmalardan tashqari), ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida (keyingi o‘rinlarda ―
OTQ, YOTQ), quduqlarda, kameralarda, elektr stansiyas, elektr tarmoqlari kanallari va tunellarida, qurilish maydonchalarida, ta’mirlash zonasida bo‘lganida, shuningdek, havo elektr uzatish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatayotganda xodimlar himoya kaskalarini kiyishlari shart.
Elektr uskunalari, elektr qurilmalari, shuningdek, ular o‘rnatilgan binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi shart.
Qonunchilikka muvofiq korxonalar va tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun javobgarlik ushbu obyektlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Alohida sexlar, laboratoriyalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida yong‘in xavfsizligi uchun ularning rahbarlari, ular yo‘q bo‘lganda — ularning vazifalarini bajaruvchi xizmatchilar javobgar bo‘ladi.
Har bir korxonada yong‘inga qarshi rejim o‘rnatilgan bo‘lishi va ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga oluvchi yong‘inga qarshi tadbirlar bajarilishi shart.
YoHQga muvofiq har bir sexda, laboratoriyada, ustaxonada va korxonaning boshqa bo‘linmalarida yong‘in xavfsizligining aniq choralari va yong‘inga qarshi rejim haqida yo‘riqnoma ishlab chiqilishi shart.
Yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari haqida yo‘riqnoma bo‘linmalar rahbarlari tomonidan, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandis — inspektor yoki korxona rahbari tomonidan buyruq bilan biriktirilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgar shaxs bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Obyektlardagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari bilan kelishiladi (agar u korxonada mavjud bo‘lgan holda) va korxona rahbari yoki bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
Yo‘riqnoma ko‘rinarli joyda osib qo‘yiladi.
Har bir ishchi-xizmatchi obyektdagi YoHQlari talablarini bilishi va qat’iy bajarishi, yong‘in yoki yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishni bilishi shart.
Amaldagi yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan yoki bajarmagan aybdor shaxslar ularning qilgan harakatlari yoki harakatsizliklari xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Korxona rahbari buyrug‘i bilan quyidagilar belgilanishi kerak:
korxonaning barcha ishchi-xizmatchilari kirish, birlamchi (ish joyida), takroriy, rejadan tashqari, joriy yo‘riqnomalaridan, muxandis-texnik xodimlar hamda yong‘inga xavfli ishlarni olib boruvchilar yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tishlari shart.
Bu mashg‘ulotlar korxona rahbari tasdiqlagan dastur bo‘yicha kamida 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladi.
Obyektda yuz bergan har bir yong‘in yoki yonish holatlari yuzasidan Davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organi tomonidan tergovga qadar surishtiruv o‘tkaziladi, surishtiruv vaqtida ularga har tomonlama ko‘maklashish va amaliy yordam ko‘rsatish zarur.
Korxonalarda yuz bergan yong‘inga elektr qurilmalarining (elektr uskunalarining) aloqasi bo‘lgan hollarda, tekshiruv komissiyasida “O‘zenergoinspeksiya” xodimi ishtirok etadi.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda bevosita yoki bilvosita atrof-muhitga ta’sir qiladigan iflos moddalarni atmosferaga chiqarishni va suv obyektlariga oqova suvlarni chiqarishni kamaytirish yoki yo‘q qilish, tovush bosimini pasaytirish va tabiiy manbalardan
suv iste’molini kamaytirish choralari qabul qilinishi shart.
Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, ruxsat etilgan chegaraviy yoki vaqtincha kelishilgan tashlanmalar me’yoridan, suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarning tashlanishi — ruxsat etilgan chegaraviy me’yorlardan, shovqin ta’siri — har
bir obyekt uchun o‘rnatilgan shovqin quvvati me’yoridan oshmasligi shart.
Katta hajmdagi moyli elektr uskunalarini (transformatorlarni, moyli reaktorlarni, o‘chirgichlarni va boshqalar) ekspluatatsiya qiluvchi korxonada moyning atrof-muhitga avariyaviy yoki boshqa holda chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda zaharli chiqindilar yuzaga keladigan korxonalarda ularni o‘z vaqtida utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va ko‘mish ta’minlanishi shart.
Belgilangan sanitariya me’yorlariga va tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilishni ta’minlaydigan qurilmalarsiz yoki ushbu talablarga rioya qilishni ta’minlamaydigan, ishga yaroqsiz qurilmali elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish man qilinadi.
§. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun talablar. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari
Barcha yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr uzatish havo tarmoqlari (keyingi o‘rinlarda — HT) EQTQ va amaldagi QMQga mos ravishda bajarilishi shart.
Yangi qurilgan HTni ekspluatatsiyaga qabul qilishda topshirayotgan tashkilot ekspluatatsiyaga qabul qilayotgan tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
qurilish jarayonida kiritilgan, loyiha tashkiloti bilan kelishilgan o‘zgarishlar va hisob- kitoblar bilan HT loyihasini;
simlarning kesimlari va ularning markalari, himoya qiluvchi yerga ulagichlar, yashindan himoya vositalari, tayanch turlari va boshqalar ko‘rsatilgan holda tarmoqning ijro sxemasini;
manfaatdor tashkilot bilan birgalikda tuzilgan, bajarilgan o‘tish va kesishishlarni ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalarini;
ulash qurilmalari va tayanchlarining chuqurligi bo‘yicha yashirin ishlar dalolatnomalarini; erga ulashlar konstruksiyasining tavsifini va yerga ulash qurilmasi qarshiligini o‘lchash
bayonnomalarini;
belgilangan shaklda tuzilgan tarmoq pasportini;
HTning barcha elementlariga (tayanchlar, izolyatorlar, simlar va boshqalarga) muvofiqlik sertifikatlarini;
HTning yordamchi inshootlari, material va uskunalarining topshirilayotgan avariyaviy zaxirasi ro‘yxatini;
tayanchlar oralig‘ida va kesishishlarda simning solqilik chizig‘i va HT gabaritlarini nazorat tekshiruvi bayonnomasini;
qishloq joylarda yer rusurslari bo‘yicha tuman xizmatlari bergan qarorni;
hududni kadastrli bo‘lishda va yer uchastkalarini kadastrli tasvirlashda shaharlar va posyolkalardagi ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari bergan ruxsatni;
yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilgan chizma nusxasini.
Ekspluatatsiyaga qabul qilishdan oldin yangi qurilgan yoki kapital ta’mirdan chiqqan HTda quyidagilar tekshirilishi shart:
HTning texnik holati va uning loyihaga mosligi; yuklamaning fazalar bo‘yicha teng taqsimlanishi; erga ulash va yashindan himoya qurilmalari;
simning solqilik chizig‘ini va tayanchlar orasida hamda kesishgan joylarda simning eng pastki nuqtasidan yergacha bo‘lgan vertikal masofa.
Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan HTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda, shuningdek, tarmoq simlarini almashtirish bilan kapital ta’mirlashdan keyin amaldagi qoidalar hajmida sinovlar o‘tkazilishi, fazirovka qilinishi va tarmoq turtki bilan kuchlanish ostiga qo‘yilishi kerak.
HT tayanchlarida EQTQda ko‘zda tutilgan belgilar o‘rnatilgan (chizilgan) bo‘lishi shart.
HTni muhofaza qilish uchun shoxoblanish va binolarga kirishdan tashqari chekka simlarining og‘ishgan holatida yer sathidagi proyeksiyasidan har bir tarafga 2 metr masofadagi parallel chiziqlar bilan chegaralangan yer uchastkasi ko‘rinishida qo‘riqlash zonasi belgilanadi.
HTning muhofaza zonasi chegarasida quyidagilar man qilinadi:
sport maydonchalarini, avtomobillar va boshqa transport turlari, mashinalar, mexanizmlar turadigan joylarni tashkil etish, yem-xashak, o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa materiallarni saqlash;
daraxtlar (ko‘chat) ekish.
HTning muhofaza zonasi chegarasida HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot egasining yozma ruxsatisiz quyidagilar man qilinadi:
qurilish, montaj, portlatish va sug‘orish ishlarini amalga oshirish, daraxtlarni kesish, yuk ortish va yuk tushirish hamda yer qazish ishlarini bajarish;
mashinaning umumiy balandligi yuk bilan yoki yuksiz, yer sathidan 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashinalar va mexanizmlar uchun o‘tish yo‘llarini tashkil etish.
HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar HT o‘tayotgan zonada joylashgan aholi va tashkilotlar o‘rtasida HTni muhofaza qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga, shuningdek, muhofaza zonasida boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr ho‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablarini buzgan holda ishlar olib borilganda, ishlarni to‘xtatish choralarini ko‘rishlari va ushbu Qoidalar talablarini buzuvchilarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortishlari shart.
Umumiy tayanchlarda HT simlari bilan birga turli tashkilotlarga tegishli boshqa mo‘ljalli tarmoqlar osilgan taqdirda, HTga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval har bir tashkilot boshqa tashkilotga ta’mirlashlarni boshlash haqida manfaatdor tashkilotga oldindan xabar berishi shart.
HTga shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan biron-bir ishlarni bajarayotgan korxona ishlar boshlanishidan kamida 3 kun oldin, ularni amalga oshirishni tarmoqni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishishi va HT egasidan ruxsat olgandan keyin boshlashi shart.
HTni qayta qurish zaruratini keltirib chiqaradigan yoki uni mexanik shikastlanishdan himoya qilishni talab qiladigan ishlarni bajaradigan tashkilotlar HT egasi va uni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishgan holda, qayta qurish va himoya ishlarini o‘zlarining materiallari va mablag‘lari hisobidan amalga oshirishlari shart.
HT tayanchlarini va boshqa elementlarini, shuningdek, tayanchlarni tuproqda mahkamlash usullarini konstruktiv o‘zgartirishlar faqat texnik hujjatlar (asoslar) va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs ruxsati bilan bajarilishi mumkin. Barcha hollarda konstruktiv o‘zgartirishlarning texnik asoslanishi EQTQ, NTH, QMQ, sanitariya normalari va qoidalari talablariga mos kelishi shart.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 1-ilova talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlari
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan HT faqat barcha asosiy va yordamchi inshootlar va qurilmalarning qurilishi, montaji tugagandan so‘ng hamda foydalanishga EEFQ talablariga muvofiq kiritilgandan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilinishi mumkin.
Kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan HTni ekspluatatsiya kilishga qabul qilishda topshiruvchi tashkilot ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
HTning loyihasini qurilish jarayonida loyiha tashkiloti bilan kelishilib kiritilgan hisoblashlar va o‘zgartirishlar bilan;
loyihadan chetga chiqishlar ro‘yxatini;
v) loyiha bo‘yicha tugallanmagan ishlar ro‘yxatini;
g) loyihaning energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilganini;
yopilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalarini;
o‘tish va kesishish joylarini qabul qilish dalolatnomalarini;
j) HT trassasining masshtabi 1:10000 dan kam bo‘lmagan, barcha tayanchlar sxemalari keltirilgan, ularning turlari va tartib raqami, shuningdek, barcha kesishish va o‘tishlar ko‘rsatilgan ijro rejasini.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HT uchun — HTning ijro profili;
z) HT trassasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganini (yer uchastkasi egasi, suv-oqova tarmoqlari, issiqlik tarmoqlari, elektr aloqa tarmoqlari uzeli va boshqalar bilan);
i) o‘ta kuchlanishlardan himoya qurilmalari tuzilishi sxemasini va yashindan himoya qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasini;
sinashlar va o‘lchashlar bayonnomalarini;
tayanchlar ostiga poydevor qurish bo‘yicha ishlar, tayanchlar yerga ulagichlarining montaji, simlarni ulash, ankyer uchastkalarida simlar va trosslarning montaji, presslash
usuli bilan tortish va ta’mirlash qisqichlarining montaji jurnallarini;
HTning barcha elementlariga muvofiqlik sertifikatlarini (tayanchlarga, izolyatorlarga, simlarga, trosslarga, armaturaga va boshqalarga);
o‘rnatilgan shakldagi HT pasportini;
ekspluatatsiyaga topshirilayotgan uskunalar, materiallar va asboblarning avariyaviy zaxirasi ro‘yxatini;
qishloq joylarda yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatlari tomonidan, shaharlarda va qishloqlarda ko‘chmas mulkni kadastrli bo‘lishda va yer uchastkalarini kadastrli chizmaga olishda ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan berilgan qarorni;
r) yer uchastkasining kadastr planida HT loyihasi qayd etilganligi nusxasi.
HTga kuchlanish berib, tarmoqqa ulash EEFQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTni ulash mazkur HT ulanayotgan elektr qurilma egasi bilan kelishilgan ulash dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi.
HTni ekspluatatsiya qilishda quyidagilar amalga oshiriladi: ko‘rikdan o‘tkazishlar, tekshiruvlar, profilaktik o‘lchovlar, ularning ishonchli ishlashini ta’minlashga, saqlab turishga va EQTQning tegishli bo‘limlari talablariga to‘liq hajmda rioya qilinishiga qaratilgan joriy va kapital ta’mirlar.
HTni davriy ko‘rikdan o‘tkazish HTni ekspluatatsiya qilishni mahalliy sharoitlari hisobga olgan holda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ko‘riklarning davriyligi quyidagicha bo‘lishi shart:
elektr montyorlar tomonidan 6 oyda kamida 1-marta;
muhandis-texnik xizmatchilar tomonidan 1 yilda kamida 1-marta.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTlarida yuqoridagi ko‘riklar simlar va trosslarning qisqichlardagi va distansion tirgaklardagi holatlarini tanlash yo‘li bilan elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan tasdiqlangan ish jadvallari bo‘yicha, lekin 6 yilda kamida 1- marta amalga oshiriladi.
HT yoki uning uchastkalarida navbatdan tashqari ko‘riklar quyidagi hollarda o‘tkaziladi: simlar, trosslarda muzlash paydo bo‘lganda yoki simlar qattiq tebranganda, daryolarda
muz ko‘chishlar va toshqinlar boshlanganda, trassa zonasida yong‘in bo‘lganda, kuchli bo‘ron, dovul, sovuq bo‘lgandan hamda boshqa tabiiy ofatlardan keyin;
tarmoqning releli himoyasi ta’sirida HT avtomatik o‘chgandan keyin — zudlik bilan, muvaffaqiyatli qayta ulashdan keyin esa zarurat bo‘yicha.
HTda o‘tkazilgan yuqoridagi va boshqa ko‘riklar va profilaktik sinashlarda aniqlangan nuqsonlar haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga (yoki nuqsonlar ro‘yxatiga) ularni bartaraf qilish muddatini ko‘rsatib yozib qo‘yiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan HTda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish rejalari tuziladi.
Kuchli ifloslanishga moyil uchastkalardagi izolyatorlarni tozalash ishlari korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha bajariladi.
Izolatsiya moslamalari qushlar tomonidan kuchli ifloslantiriladigan zonalarda va ularning yoppasiga uyalash joylarida qushlarni girlyandalar ustiga o‘tirishlariga yo‘l qo‘ymaydigan
yoki ularni cho‘chitadigan qurilmadan foydalanish kerak.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda kompleks holda, HT ni minimal muddatga o‘chirish bilan tashkil qilinishi kerak. Ular HTni va bir fazani o‘chirib (fazalar bo‘yicha ta’mir) va kuchlanish olinmasdan o‘tkazilishi mumkin.
HTda bir fazani o‘chirib va kuchlanish olinmasdan bajariladigan ishlar maxsus yo‘riqnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi shart.
HTga texnik xizmat ko‘rsatishda, uni ta’mirlashda maxsus mashinalar, mexanizmlar, transport vositalari, takelaj, asboblar va moslamalar qo‘llanilishi kerak.
HTda ishlarni bajarayotgan brigadalar o‘z korxonalari va dispetcherlik punktlari bilan aloqa qilish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
HT trassasini davriy ravishda daraxt va butalardan tozalash hamda yong‘inga nisbatan xavfsiz holatda saqlash zarur; loyihada belgilangan so‘qmoq kengligini saqlab turish va daraxtlarni kesib turish kerak.
Simlarga bevosita yaqin o‘sayotgan daraxtlar HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona tomonidan kesiladi.
Simlar va tayanchlarga ag‘anash xavfi bor daraxtlar keyinchalik ushbu o‘simliklar tegishli bo‘lgan tashkilotlarga xabar berilib, kesilishi kerak.
Ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganda, asossiz va korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsning ruxsatisiz HT elementlari konstruksiyasini va tuproqda tayanchlarni mahkamlash usullarini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan HTda bunday o‘zgartirishlar loyiha tashkiloti bilan kelishilishi shart.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HT tayanchlariga boshqa maqsadga mo‘ljallangan tarmoqlarni birgalikda osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tayanchlarda boshqa korxonaga tegishli, kuchlanishi 1000 V dan past, boshqa maqsadga mo‘ljallangan HT simlari birgalikda osilganda, HTni rejali ta’mirlash ushbu korxonalar bilan kelishilgan muddatlarda o‘tkazilishi shart. Avariyalar yuz berganda, ta’mirlash ishlari ushbu korxonalarga xabar berilgan holda o‘tkazilishi kerak.
O‘ziga tegishli simlarda ishlar olib borayotgan boshqa tashkilot ishlar boshlanishidan kamida uch kun oldin HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona bilan ularni o‘tkazilishini kelishib olishi shart.
HTni qayta qurish yoki mexanik buzilishdan himoyalash zaruratini keltirib chiqaradigan ishlarni olib boruvchi tashkilot qayta qurishni yoki himoya ishlarini o‘zining materiallari va mablag‘lari hisobidan hamda HTni egasi va uni ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot bilan kelishgan holda amalga oshirishi shart.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish xavo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, mazkur Qoidalarga 2-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Kabel tarmoqlari
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kabel tarmoqlarini (keyingi o‘rinlarda — KT) ekspluatatsiya qilishga topshirishda QMQ “Tugatilgan qurilish obyektlarini ekspluatatsiyaga qabul qilish”, “Elektrotexnik qurilmalar”da va sohaning qabul qilish qoidalarida ko‘zda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagi texnik hujjatlar bor bo‘lishi va buyurtmachi uchun rasmiylashtirilishi shart:
KTning tuzatilgan loyihasi, kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan KT uchun kabelni ishlab chiqaruvchi zavod va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan bo‘lishi shart;
ushbu hududda kommunikatsiyalar rivojlanganligidan kelib chiqib, 1:200 yoki 1:500 masshtabda bajarilgan, birlashtiruvchi muftalar o‘rnatilgan joylar ko‘rsatilgan trassaning
ijro chizmasini;
kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan va trassasi o‘ta murakkab 6 va 10 kV kuchlanishli KTlarning yo‘llar va boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylari profili chizmasi;
kabellarning barabandagi holati dalolatnomalari, zarur bo‘lganda namunalarni qismlarga ajratish va ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalari (import kabellar uchun qismlarga ajratish majburiy);
kabel jurnali;
KT barcha elementlarining inventar ro‘yxati (kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KT uchun);
qurilish va yashirish ishlar dalolatnomalari, barcha yer osti kommunikatsiyalar bilan kesishish va yaqinlashish joylari ko‘rsatilgan holda;
kabel muftalarini montaj qilish dalolatnomalari;
xandaqlar, bloklar, quvurlar, kanallar, tunnellar va kollektorlarni montaj uchun qabul qilish dalolatnomalari;
KTni elektr kimyoviy zanglashdan himoyalash qurilmalari montaji dalolatnomalari, shuningdek, loyihaga muvofiq zanglash bo‘yicha sinovlar natijalari to‘g‘risida hujjatlar;
kabel o‘tkazilganidan keyin uning izolatsiyasini yuqori kuchlanish bilan sinash bayonnomalari (kuchlanishi 1000 V dan yuqori KT uchun);
izolatsiya qarshiligini o‘lchash natijalari to‘g‘risida hujjatlar;
xandaqlar va kanallarda o‘tkazilgan kabellarni yopishdan oldin ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomalari;
past haroratlarda kabellarni o‘tkazishdan oldin ularni barabanda qizdirish dalolatnomalari;
avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari va yong‘in signalizatsiyasini tekshirish va sinash dalolatnomalari.
Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan tashqari, montaj tashkiloti, buyurtmachiga qo‘shimcha quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan, past bosimli, moy to‘ldirilgan kabellar uchun kabelni va uni to‘ldirib turuvchi apparatlarni yuqori ijro belgisini;
tarmoqlarning barcha elementlari moyini (suyuqligini) sinash natijalari hujjatlarini; shimdirish sinovlari natijalarini;
yuqori bosimli moy to‘ldirilgan kabellar uchun qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi agregatlarni sinash va tekshirish natijalarini;
bosim signalizatsiyasi tizimini tekshirish natijalarini;
kabelni o‘tkazishda tortish kuchlari haqida dalolatnomalarni;
kabellar o‘tkazilgandan keyin himoya qoplamalarini yuqori elektr kuchlanishi bilan sinash haqida dalolatnomalarni;
kabellarni, muftalarni va qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi apparaturalarning zavod sinovlari bayonnomalarini;
tugallovchi muftalarni avtomatik qizdirish qurilmalarini sinash natijalari haqida hujjatlarni;
moy to‘ldirilgan past bosimli kabellarning va 110 kV kuchlanishli plastmassa izolatsiyali kabellarning har bir fazasi tok o‘tkazuvchi tolalari va qobiqlari (ekranlari) bo‘ylab tokni o‘lchash natijalarini;
kabellar sig‘imini o‘lchash natijalarini;
quduqlarni va tugallovchi muftalarni yerga ulash qarshiligini o‘lchash natijalarini; kadastrni;
qo‘llanilayotgan elektrotexnik materiallar va apparaturaga muvofiqlik sertifikatlarini.
Hududida KT yaqinida yer qazish ishlari o‘tkazilayotgan korxona rahbari KTning butunligini kuzatish uchun javobgar shaxslarni ajratadi.
Qaramog‘ida KT bor korxona, elektrlashtirilgan relsli transport boshqarmalari va xizmatlari amaldagi Qoidalar va NTH talablariga muvofiq yerdagi daydi toklar qiymatini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilishi shart.
KTni ta’mirlash, uni ko‘rikdan o‘tkazish va sinash asosida ishlab chiqilgan hamda elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha bajariladi.
Kabellarda ta’mirlash ishlarini boshlashga faqat u o‘chirilganidan va ikki tomonidan yerga ulangandan keyin ruxsat beriladi.
Yig‘malarda (yacheykalarda) kabelning tugallovchi muftalarini (birikmalarini) ta’mirlash yig‘malar (yacheykalar) to‘liq o‘chirilganda va yerga ulanganda bajariladi.
Kabel trassalarini qazish yoki ularga yaqin joylarda yer qazish (kavlash) ishlari, faqat KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yozma ruxsati bilan o‘tkazilishi kerak. Bunda bajaruvchi barcha ishlar mobaynida kabellarning butunligi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Ochilgan kabellarni ular osilib qolishining oldini olish uchun mahkamlash va mexanik shikastlanishdan himoya qilish shart.
Ish joylarida signal chiroqlari va ogohlantiruvchi plakatlar o‘rnatilishi shart.
Qarmog‘ida KT bo‘lgan korxona davriy ravishda kabel trassalari o‘tayotgan hududdagi tashkilotlar va aholini ushbu trassalar atrofida yer qazish ishlarini o‘tkazish tartibi haqida xabardor qilishi shart.
KTlar elektr uskunalarni SQ va M talablariga binoan, o‘zgarmas tokning yuqori kuchlanishi bilan davriy ravishda profilaktik sinovdan o‘tishi kerak.
KTlarni navbatdan tashqari sinash zarurligi, masalan, ta’mirlash ishlaridan keyin yoki trassani ochish bilan bog‘liq qazish ishlaridan keyin, shuningdek, KT avtomatik o‘chganidan keyin tarmoq qarmog‘ida bo‘lgan tashkilot rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan KTni sinash faqat elektr ta’minoti tashkiloti ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 3-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Kuch transformatorlari va reaktorlar
Mazkur Qoidalar iste’molchilarning yuqori kuchlanish cho‘lg‘ami 220 kV va ungacha bo‘lgan barcha kuch transformatorlariga, avtotransformatorlarga va moyli reaktorlarga (keyingi o‘rinlarda — transformatorlar) taalluqlidir.
Transformatorlar amalda EQTQ talablariga muvofiq o‘rnatilishi shart.
Transformatorlar va reaktorlarni o‘rnatish EQTQ va podstansiyalarni texnologik loyihalash me’yorlariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Transformatorlar va reaktorlarni transportirovka qilish, tushirish, saqlash, montaj qilish va ekspluatatsiyaga kiritish ishlab chiqaruvchi zavodning rahbariy hujjatlariga (yo‘riqnomalariga) mos ravishda bajarilishi shart.
Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 4-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
6-bob. Elektr dvigatellar
Elektr dvigatellarni kapital va joriy ta’mirlash davriyligini korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilaydi. Elektr dvigatellarni ta’mirlash yuritma mexanizmlarini ta’mirlash bilan bir vaqtda o‘tkazilishi shart.
Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 5-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. O‘ta kuchlanishlardan himoya
Yashindan himoya qurilmalarini montaj qilingandan keyin qabul qilishda korxonaga quyidagi texnik hujjatlar topshirilishi shart:
tegishli tashkilotlarda tasdiqlangan va energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va Davlat yong‘in nazorati organi bilan kelishilgan yashindan himoyaning texnik loyihasi;
ventilli razryadlagichlar va kuchlanishni nochiziq cheklagichlarni montajdan oldin va keyin sinash dalolatnomalari;
quvurli razryadlagichlarni o‘rnatish dalolatnomalari;
razryadlagichlar va yashin qaytargichlarning yerga ulash qarshiliklarini o‘lchash bayonnomalari.
O‘ta kuchlanishdan himoya qilish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 6-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Kondensator qurilmalari
Ushbu Qoidalar iste’molchilar elektr qurilmalarining induktiv elementlariga parallel ulanadigan, 50 Gts chastotali, 0,22 dan 10 kV va ungacha kuchlanishli elektr qurilmalarida
kuchlanishni rostlash va reaktiv quvvat kompensatsiyasi darajasini oshirish uchun ishlatiladigan kondensator qurilmalariga taalluqlidir.
Qoidalar bo‘ylama kompensatsiyalash kondensator qurilmalariga, maxsus va filtrli qurilmalarga taalluqli emas.
Kondensator qurilmalari, ularning himoyasi va joylashtirilishi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
Avtomatik quvvat rostlagichiga ega bo‘lmagan kondensator batareyalarini ishga tushirish apparaturasini, boshqa agregatlarni ishga tushirish apparaturasi bilan qo‘shib qo‘llashga,
ya’ni quvvatni individual (guruhli) kompensatsiyalashni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 7-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Akkumulyator qurilmalari
Akkumulyator batareyalarini ko‘rikdan o‘tkazish korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha ko‘riklarni quyidagi davriyligini hisobga olib o‘tkazilishi shart:
navbatchi xodimlar tomonidan 1 sutkada 1-marta; podstansiya ustasi yoki boshlig‘i tomonidan 1 oyda 2-marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q podstansiyalarda ekspluatatsiya qiluvchi xodimlar tomonidan uskunalarning ko‘riklari bilan bir vaqtda, shuningdek, maxsus ajratilgan shaxs
bilan korxonaning bosh energetiki tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha; elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan 1 oyda 1-marta.
Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 8-ilovada keltirilgan talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
bob. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQlar
TQlari, ularda o‘rnatilgan asboblar va apparatlar bilan birgalikda amaldagi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
Korxonaning TQ xonalari kuchlanish ostidagi uskunalari mavjud boshqa tashkilot xonalariga tutash bo‘lsa, ulardan izolatsiyalangan bo‘lishi va alohida qulflanadigan chiqishga ega bo‘lishi shart.
Ishga tushirish-rostlash apparatlari va himoya apparatlarining tok o‘tkazuvchi qismlari behosdan tegib ketishdan to‘silgan bo‘lishi shart.
Maxsus xonalarda (elektr mashinalar, panellar, stansiya boshqaruvi xonalarida va boshqalar) apparatlarni himoya qobiqlarisiz ochiq o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 9-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlar
Podstansiyalar va TQlarni o‘chirmasdan ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshirilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bor obyektlarda 3 sutkada kamida 1-marta;
sutkaning qorong‘i vaqtlarida, razryadlarni va tojlanishni aniqlash uchun 1 oyda kamida 1- marta;
doimiy navbatchi xodimlari yo‘q obyektlarda 1 oyda kamida 1-marta, transformator va taqsimlovchi punktlarida esa 6 oyda kamida 1-marta;
qisqa tutashuv o‘chirilgandan keyin.
Yomon ob-havoda (kuchli tuman, ho‘l qor, muzlash va shunga o‘xshash) yoki OTQda kuchli ifloslanish bo‘lganda, qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazishlar tashkil etilishi shart.
Barcha aniqlangan nosozliklar uskunalar nuqsonlari va buzuqliklari jurnaliga yozilishi shart; bundan tashqari, ular haqidagi ma’lumot elektr xo‘jaligiga javobgarga xabar qilinishi kerak.
Aniqlangan nosozliklar qisqa muddatlarda bartaraf etilishi shart.
Kuchlanishi 3 kV va undan yuqori bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarning tezkor blokirovkalari mexanik blokirovkalardan tashqari, doimo plombalangan bo‘lishi shart.
Bevosita almashlab ulashni bajaradigan xodimlarga o‘zboshimchalik bilan blokirovkalarni ishlashdan chiqarish man etiladi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va TQlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 10-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar
Releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalariga (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) va ularning ikkilamchi zanjirlariga texnik xizmat ko‘rsatishni odatda, markaziy yoki mahalliy releli himoya, avtomatika (keyingi o‘rinlarda — RHA) xizmatlari va o‘lchashlar (laboratoriyalar) yoki korxonaning elektr laboratoriya xodimlari amalga oshirishlari kerak.
RHA va T qurilmalarining alohida turlariga xizmat ko‘rsatishda boshqa xizmatlar ishtirok etgan hollarda, ular orasida xizmat ko‘rsatish zonalari va majburiyatlar mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq chegaralanadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki korxona tashkilotlari sozlash ishlarini bajarayotganda, nomlangan plombalarga va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bergan ruxsatnomaga ega bo‘lishlari shart.
Yangi montaj qilingan RHA va T qurilmalarini ishga tushirishdan oldin uskunalar pasportiga yoki mahsus ro‘yxatlarga yozib, ularda sozlash va qabul sinovlari o‘tkazilishi kerak.
Qabul qilingan RHA va T qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin quyidagi texnik hujjatlar:
montaj va sozlashda tuzatishlar kiritilgan loyiha materiallari (chizmalar va sxemalar, tushuntirish yozuvlari, kabel jurnali va shunga o‘xshash) montaj qiluvchi va sozlovchi tashkilotlar tomonidan;
zavod materiallari (texnik tavsif va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma, elektr uskuna va apparatlarning pasporti, va boshqalar) montaj qiluvchi tashkilot tomonidan;
sozlash va sinashlar bayonnomalari sozlash tashkiloti yoki korxona laboratoriyasi tomonidan taqdim etilishi shart.
Ekspluatatsiyadagi har bir RHA va T qurilmasiga korxonada quyidagi texnik hujjatlar saqlanishi shart:
uskunaning pasporti-bayonnomasi;
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar;
o‘rnatmalar kartasi yoki jadvali (yoki xarakteristikalari) shaklidagi qurilmalarning texnik ma’lumotlari va parametrlari;
prinsipial, montaj yoki prinsipial-montaj sxemalar.
Qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatishdagi davriy tekshirishlar natijalari pasport — bayonnomaga kiritilishi shart (batafsil yozuvlarni, ayniqsa, RHA va Tning murakkab qurilmalari bo‘yicha, ishchi jurnalida yuritish tavsiya etiladi).
Rele, apparatlar va RHA va Tning yordamchi qurilmalarini ochishga o‘rnatma qiymatini tezkor xodim o‘zgartiradiganlardan tashqari, faqat ushbu qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchilarga ruxsat beriladi.
RHAning tez harakatlanuvchi qurilmalari va zaxiralash qurilmalari mavjud bo‘lganda, o‘chirgichlar ishdan chiqqanda, ta’mirdan yoki o‘chishdan keyin tarmoqlarni, shinalarni va elektr uskunalarini ulash bo‘yicha barcha operatsiyalar, shuningdek, ajratgichlar va havo uzgichlari bilan operatsiyalar RHA qurilmasi ishga tushgandan keyin amalga oshirilishi shart.
Ularni ishga tushirish imkoni bo‘lmaganda, zaxira himoyalarida tezlanishni ishga tushirish yoki vaqtincha himoyani (shu jumladan, selektiv bo‘lmasa ham) amalga oshirish zarur.
RHA va T qurilmalarida ishlarni o‘qitilgan va tegishli qurilmalarga mustaqil texnik xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgan xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda bajarishlari shart.
Panellarda (shkaflarda) va releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv zanjirlarida ishlar bajarilganda, uskunalar xato o‘chirilishining oldini olish choralari qabul qilinishi shart.
Ishlar faqat izolatsiyalangan asbob bilan bajarilishi shart.
Bu ishlarni ijro sxemalarisiz, RHA va Tning murakkab qurilmalarida esa berilgan hajmlar va ketma-ketliklar mavjud bo‘lgan dasturlarsiz bajarish man qilinadi.
Ishlar tugagandan so‘ng tok, kuchlanish zanjirlari va tezkor zanjirlar to‘g‘ri ulanganligi hamda ishga yaroqliligi tekshirilishi shart. RHA tezkor zanjirlari va boshqaruv zanjirlari, odatda amalda sinash yo‘li bilan tekshirilishi kerak.
Ulanmalarning (himoya qilinayotgan yoki oraliq birikmalarni) o‘chishiga ishlab ketishi, shuningdek, boshqa ko‘zda tutilmagan ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan RHA va
T qurilmalaridagi ishlar, buni hisobga olgan holda, ruxsat etilgan talabnoma buyicha amalga oshirilishi kerak.
Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amlari doimo rele yoki asboblar orqali tutashtirilgan yoki qisqa tutashtirilgan bo‘lishi shart.
Tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari va yuqori chastotali kanallar ulanmalari filtrlarining ikkilamchi chulg‘amlari yerga ulangan bo‘lishi shart.
RHA va T qurilmalarida rejali texnik xizmat ko‘rsatishlar, sinashlar va avariyadan keyingi tekshirishlar tugagandan so‘ng bayonnomalar tuzilishi va releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika jurnalida, shuningdek, pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar yozilishi shart.
RHA va T sxemalari va o‘rnatma qiymatlari o‘zgarganda, jurnalda va pasport- bayonnomada tegishli yozuvlar kiritilishi shart. Shuningdek, prinsipial va montaj sxemalariga hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarga tuzatishlar kiritilishi shart.
Teleboshqarilayotgan uskunalarni avtonom boshqaruvga o‘tkazish va uning teskarisi, faqat dispetcher yoki korxona elektr xo‘jaligiga javobgar ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Podstansiyadagi teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun umumiy kalitlar yoki o‘chirish qurilmalari qo‘llanilishi shart.
Teleboshqaruv zanjirlarini yoki alohida ulanmalarning telesignalizatsiyasini o‘chirish, ajratish qisqichlarida yoki individual o‘chirish qurilmalarida bajarilishi shart.
Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni, faqat dispetcher (tezkor xodim) ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki uni xabardor qilib bajarishga ruxsat beriladi.
RHA va T qurilmalarining panellarida (shkaflarda) tezkor xodim kalitlar, qoplagichlar, sinash bloklari va boshqa moslamalar yordamida almashlab ulashni amalga oshirayotganda, barcha ishlatilayotgan rejimlar uchun ko‘rsatilgan almashlab ulash qurilmalari holatlarining jadvallari bo‘lishi shart.
Ushbu almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalar tezkor jurnalga yozilishi shart.
Elektr tarmog‘ini ta’minlovchi elementlarning releli himoyani sozlash shartlari bo‘yicha va mumkin bo‘lgan ekspluatatsiya rejimlarini hisobga olingan va ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalari korxona tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati bilan kelishilishi va davriy ravishda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Tezkor xodim quyidagilarni amalga oshirishi shart:
RHA va T va boshqaruv panellarida (shkaflarida) almashlab ulash qurilmalari va sinash bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligi nazoratini, shuningdek, RHA va T va boshqaruv zanjirlarida avtomatik o‘chirgichlar hamda saqlagichlarning yaroqliligi nazoratini;
RHA va T qurilmalari holatini mavjud panellar (shkaflar) va apparatlardagi tashqi signalizatsiya qurilmalari bazasida nazorat qilishni;
yuqori voltli o‘chirgich va boshqa apparatlarni, shuningdek, avtomatik qayta ulash qurilmalarini, zahirani avtomatik ulash va qayd qiluvchi asboblarni (indikatorlarni) ishlatib ko‘rishni;
yuqori chastotali himoya signallari bilan almashuvni va yuqori chastotali teleo‘chirish qurilmalari va avtomatika kanallarining past chastotali apparatlarini, avariyaga qarshi avtomatikaning yuqori chastotali apparatlarining nazorat qilinayotgan parametrlarini o‘lchashni;
shinalar himoyasida nobalans tokni va kuchlanish transformatorining uzilgan uchburchagida nobalans kuchlanishni o‘lchashni;
avtomatik ossillograflarning avariyaviy yozuv soatlarini yuritib qo‘yishni va boshqalarni.
RHA va T qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxona xizmati xodimlari asosiy e’tiborni almashlab ulash qurilmalari (kontaktli qoplamalar, boshqaruv kaliti, rubilniklar va boshqalar) va sinash bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligiga, shuningdek, ularning holati elektr uskunalarining sxemalariga hamda ishlash rejimlariga mosligiga qaratgan holda, davriy ravishda barcha boshqaruv panellari va pultlarini, releli himoya panellarini (shkaflarini), elektroavtomatikani, telemexanikani, signalizatsiyani ko‘rikdan o‘tkazishlari shart.
RHA va T xizmati xodimlari tomonidan davriy ko‘riklaridan o‘tkazilishidan qat’iy nazar, tezkor xodimlar bajarishi ruxsat etilgan operatsiyalarga tegishli RHA va T elementlarining holati to‘g‘riligiga javob beradi.
Releli himoya, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 11-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Elektr o‘lchash vositalari
Har bir korxonada davlat standartlari va idoraviy nizomlarga muvofiq majburiyatlari elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini davriy ko‘rikdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, mazkur vositalarning holatini nazorat qilishdan, tekshirishdan iborat bo‘lgan metrologiya xizmati yoki shunday xizmat funksiyasini bajaruvchi bo‘linma tashkil etilishi shart.
Metrologiya xizmati (bo‘linma) “O‘zstandart” agentligining NTH va idoraviy metrologiya xizmati organlari talablariga muvofiq qiyoslovchi va ta’mirlovchi uskunalari va namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Mazkur xizmatlarning faoliyati davlar standartlariga va metrologik xizmat haqidagi idoraviy nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Podstansiyalar va TQlarda elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining ishini, shu jumladan qayd qiluvchi asboblar va avariya rejimida yozuv avtomatik tezlatiladigan asboblar ishlashining kuzatuvini korxonaning rahbariyati (elektr xo‘jaligiga javobgar) qarori bilan aniqlangan bo‘linmalarning navbatchisi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimi olib boradi.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining tashqi elementlari butunligi hamda tozaligiga ular o‘rnatilgan uskunaga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodim javob beradi.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalari ishidagi barcha nosozliklar haqida xodim zudlik bilan korxonaning metrologik xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linmasiga xabar berishi shart.
Qayd qiluvchi asboblarning normal yozuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar bilan bog‘lanmagan elektr o‘lchash vositalarini ochishga faqat korxonaning metrologiya xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linma xodimiga, ta’minlovchilar yoki iste’molchilar bilan hisob-kitob uchun o‘rnatilgan o‘lchov vositalarini esa bo‘linma xodimiga ularning vakillari
bilan birgalikda ruxsat beriladi.
Ikkilamchi zanjirlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlarini o‘rnatish va almashtirishni energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan ularni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlari bajaradi.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchilar o‘rtasida hisob-kitob o‘tkaziladigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari energiya bilan ta’minlovchi tashkilot xodimlari, iste’molchi vakili ishtirokida almashtiriladi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini qiyoslashni “O‘zstandart” agentligi yoki u vakolat bergan metrologiya xizmati amalga oshiradi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ishidagi barcha nuqsonlar va ishlamay qolishlar haqida iste’molchi-korxona zudlik bilan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishga majbur.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarni plombalashi shart:
elektr energiyasining hisob-kitobini hisobga olish zanjirlarini, hisobga olish zanjirlarining oraliq klemmalarini, kuchlanish zanjirlarining avtomatik o‘lagichlarini;
tok transformatorlarini ikkilamchi cho‘lg‘amlarini shuntlash qisqichlari bilan sinash qutilarini va elektr energiyasini hisobga olish asboblarini almashtirish yoki qiyoslash uchun ular o‘chirib qo‘yilganda kuchlanish zanjirlarini ulangan joylarni;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining yuqori kuchlanish tarafida saqlagichlar o‘rnatilgan kamerasi panjaralarini yoki eshiklarini;
elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlari ajratgichlarining yuritma dastaklaridagi moslamalarni.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlarida saqlagichlarni, ularning butunligini signalli nazoratisiz o‘rnatish
man etiladi.
Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 12-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Yerga ulash qurilmalari
Iste’molchilar elektr qurilmalarining yerga ulash qurilmalari amaldagi EQTQ talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Yerga ulash qurilmalari odamlar xavfsizligi shartlarini va elektr uskunalarni himoyalashni, shuningdek, ekspluatatsiya ish rejimlarini ta’minlashi shart.
Elektr uskunalarini yerga ulanishi kerak bo‘lgan qismlari yerga ulash qurilmasi bilan yoki ular o‘rnatilgan yerga ulangan konstruksiyalar bilan ishonchli kontakt birikmaga ega bo‘lishi shart.
Elektr qurilmalarining yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga topshirishda, montaj tashkiloti ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga mazkur Qoidalarda (7-§. “Texnik hujjatlarni yuritish”da) ko‘rsatilgan texnik hujjatlarni, shuningdek, elektr uskunalarini SQ
va Mga ko‘ra qabul qilish-topshirish sinovlari bayonnomalarini taqdim etadi.
Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 13-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq javob beradi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Elektr uzatish havo tarmoqlarining (keyingi o‘rinlarda — HT) trassasi davriy ravishda daraxt novdalaridan va shoxlaridan tozalanib turishi va yong‘inga nisbatan xavfsiz holatda saqlanishi kerak.
Simlarga bevosita yaqin o‘sayotgan daraxtlarlarni kesishni HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot amalga oshiradi.
Daraxt shoxlarini HT simlariga 1 m dan yaqin masofaga yaqinlashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
HTni ekspluatatsiya qilish uning ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini (kapital va joriy) ko‘zda tutadi. Texnik xizmat ko‘rsatishda HLni ko‘rikdan o‘tkazishlar, profilaktik tekshiruvlar va o‘lchovlar o‘tkazilishi, kichik shikastlanish va nosozliklar bartaraf qilinishi hamda boshqa ishlar amalga oshirilishi kerak.
HTni ekspluatatsiya qilishda ularni davriy va navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshiriladi. Davriy ko‘riklar ish jadvalini elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlaydi.
Ko‘riklar kamida 6 oyda 1-marta, odatda bahor va kuz oylarida o‘tkazilishi kerak. Yuqoridagi ko‘rikdan o‘tkazish zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.
HT ni navbatdan tashqari ko‘rikdan daryolarda muz ko‘chish va suv toshish davrida, trassa zonasida yong‘in bo‘lganda, kuchli bo‘ronlar, dovullar, sovuqlar va boshqa tabiiy ofatlar
yuz berganda o‘tkaziladi.
Tarmoqlar va kirish joylarini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur: izolyatorlarning kuygan, darz ketgan va singanligiga, sim tolalarini uzilganligi va
eriganligiga, bog‘lamlarning butunligiga, simlarning rostlanishiga;
tayanchlarning holatiga va ularning tarmoq bo‘ylab yoki ko‘ndalangiga og‘ishiga, bandajlarning va yerga ulash qurilmalarining butunligiga;
brikmalarning holatiga, unda yerdan turib irg‘itib tashlangan simlar mavjudligiga va simlarni daraxt shoxlariga tegishiga;
kirish shoxobchalari va saqlagichlarning holatiga; tugallovchi kabel muftalari va tushishlarning holatiga; trassaning holatiga.
Ko‘rikdan o‘tkazishda bandajlarni tortish, tayanchlarga chiqmasdan gaykalarni, bandajlarning boltli birikmalarini burash, tayanchlarning raqamlanishini tiklash va boshqalarni o‘tkazish zarur.
Avariya tusidagi shikastlanishlar va nosozliklarni darhol bartaraf qilish shart.
HTga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashini nazorat qilish maqsadida MTH tomonidan HT trassasi elementlarining holatini, avariyaga qarshi tekshirishlar va boshqa tadbirlarni baholash uchun 1 yilda 1-marta tanlab nazorat ko‘rigi o‘tkazilishi shart.
HTda elektr uskunalarini SQ va Mda ko‘zda tutilgan hajmlar va muddatlarda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchovlar va sinovlar o‘tkazilishi shart.
Tayanchlar bandajlari diametri 4 mm va undan ortiq bo‘lgan ruxlangan yumshoq simlardan qilinishi lozim.
Diametri 5-6 mm bo‘lgan ruxlanmagan simlarni qo‘llashga, agar ular asfalt laki bilan qoplangan bo‘lsa, ruxsat etiladi. Loyihada maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, bandaj o‘ramlarining soni quyidagicha qabul qilinadi: sim diametri 4 mm bo‘lganda — 12; sim diametri 5 mm bo‘lganda — 10; sim diametri 6 mm bo‘lganda — 8.
HTni ko‘rikdan o‘tkazishda, profilaktik tekshirishlarda va o‘lchashlarda aniqlangan nuqsonlar maxsus nuqsonlar jurnalida (kartotekasida) qayd qilinadi va xususiyatiga qarab, zudlik bilan yoki rejali (rejadan tashqari) texnik xizmat ko‘rsatishda yoki HLni kapital ta’mirlashda bartaraf etiladi.
HTni kapital ta’mirlash uning konstruksiyasiga, elementlarining texnik holatiga va ekspluatatsiya qilish sharoitlariga (tabiiy sharoitlar, atmosfera va tuproq suvlarining
yemiruvchanligi, tuproqning holati va boshqalar) qarab, lekin 6 yilda kamida 1-marta o‘tkaziladi. I va II shamol va muzlash hududlarida 0,4 kV kuchlanishli HT tayanchlarining ta’mirlash davriyligini 9 yilgacha uzaytirishga ruxsat beriladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari, odatda barcha zarur ishlarni bir vaqtning o‘zida bajarish bilan HT o‘chirish muddatini iloji boricha qisqartirib, kompleks usulda amalga oshiriladi.
Avariyaviy shikastlanishni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona belgilangan me’yorlarga ko‘ra materiallar va detallarning avariyaviy zahirasiga ega bo‘lishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Mazkur Qoidalar korxonalarda ekspluatatsiya qilinayotgan kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan HTlar uchun taalluqlidir.
Qoidalar — ekspluatatsiya qilinishi maxsus qoidalar bilan belgilangan kontakt tarmoqlarining HT va boshqa maxsus havo tarmoqlari va inshootlariga taalluqli emas.
HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga muvofiq belgilangan qo‘riqlash zonalarida ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini, baxtsiz hodisalarni, yong‘inlarni bartaraf qilish va boshqalarni ta’minlaydi.
HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona (qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlar boshlash muddati haqida xabar olganidan keyin) yerdan foydalanuvchilardan muhofaza zonasiga kiruvchi yer uchastkalarida HLning butligini ta’minlash, ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini yaratish maqsadida Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.
HT va tok o‘tkazgichlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarni tekshirish zarur:
trassaning yong‘inga qarshi holatini: HTning muhofaza zonasida begona predmetlar, qurilishlar, pichan g‘aramlari, taxlangan yog‘ochlar, tarmoqqa qulashi mumkin bo‘lgan
yoki simlarga xavfli yaqinlashgan daraxtlar, yonuvchan matariallar saqlanishi, gulxanlarni bo‘lmasligini; HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va egasining yozma ruxsatisiz ularning muhofaza zonasida ishlar bajarilmasligi shart;
poydevor, qo‘shilgan (ulangan) moslamalarning holatini: poydevor atrofida tuproq o‘tirib qolgan yoki qavargan bo‘lmasligi, poydevorda (qo‘shilgan moslamalarda) yoriqlar va shkastlanishlar bo‘lmasligi kerak; yetarli darajada chuqurlikda bo‘lishi shart;
tayanchlarning holatini: ularning og‘ishlari yoki tuproqda siljishlari, yog‘och detallarning kuyganligi va parchalangan bo‘lmasligini, bandajlar, payvandlangan choklar, metall tayanchlardagi boltli va parchin mixli birikmalar yaxlitligi buzilmasligini, metall elementlarning uzilishlari, metall korroziyasi, temir-beton tayanchlarda yoriqlar va nosozliklar, ularda qush uyalari va boshqa begona predmetlar yo‘qligini, tayanchlarda plakatlar va xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak;
simlar va troslar holatini: alohida sim tolalarining uzilishlari va erigan joylari, simlarga va troslarga yerdan turib irg‘itib tashlangan sim bo‘laklari bo‘lmasligini, ular sozlangan buzilish, simlarning solqiligini va simlardan yergacha va obyektlargacha bo‘lgan masofaning ruxsat etilmagan o‘zgarishlarini, HT loyihasida ko‘zda tutilgan titrashlarni so‘ndiruvchi qurilmalar joylaridan siljiganligini;
tok o‘tkazgichlarning egiluvchan shinalari holatini: aylangan, ajralib ketgan va yorilgan simlar bo‘lmasligi shart;
izolyatorlar holatini: shtirli izolyatorlar singan, kuygan, yorilgan, kirlangan, sirlangan yuzalari shikastlangan, shtirga yoki ilgaklarga noto‘g‘ri o‘rnatilgan, himoya shoxlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak; gaykalar, qulflar va shplintlar o‘z joyida bo‘lishi shart;
armatura holatini: unda yoriqlar, alohida detallar ishqalanib yemirilgan yoki deformatsiyalangan bo‘lmasligi shart;
razryadlagichlar, HTdagi kommutatsiya apparatlari, tushishlardagi kabellarning tugallovchi muftalari holatini: yerga ulovchi tushishlarni tayanchlarda va yer oldida buzilishlari va uzilishlari, yashindan himoya trossining yerga ulovchi tushish yoki tayanch tanasi bilan boltli birikmalaridagi kontaktlarni buzilishlari, yerga ulovchi qurilma elementlarining zanglashdan yemirilishlari bo‘lmasligi shart.
Titrashdan simlarning shikastlanishlari aniqlanganda, HT to‘liq, simlarni ushlab turuvchi qisqichlardan chiqarib, tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Qisqichlardagi sim va trosslar holatini tanlab tekshirishni HTni o‘chirib yoki o‘chirmasdan (izolatsiyalovchi qurilmalardan) o‘tkazish mumkin.
HTda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchashlar va sinashlar elektr uskunalarni SQ va M da ko‘zda tutilgan hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
HT tayanchlari uchun yog‘ochni EQTQ talablariga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llash
zarur.
Ruxlanmagan metall tayanchlarni, temir-beton va yog‘och tayanchlarning metall
elementlarini, shuningdek, po‘lat trosslar va simlar tortqilarini zanglashga qarshi qoplamalari zarurat bo‘yicha tiklanadi.
Tez ifloslanadigan HT va tok o‘tkazgichlar uchastkalarida maxsus yoki kuchaytirilgan izolatsiya qo‘llaniladi. Zarur bo‘lganda, izolatsiyani tozalash (yuvish), ifloslangan izolyatorlarni almashtirish amalga oshiriladi.
HT tayanchlari detallari va boshqa elementlarini chiqitga chiqarishning ekspluatatsion ruxsatlari va me’yorlari Elektr uskunalarining SQ va M ga mos kelishi shart.
Yuqori chastotali telemexanika va aloqa kanallari mavjud HLni ta’mirlashda ushbu kanallarni ishchi holatda saqlash maqsadida yerga ulash uchun ko‘chma yerga ulash
to‘siqlaridan foydalanish lozim.
IV va o‘ta muzlash hududlardan, shuningdek, qattiq shamollar bilan bir paytda tez-tez muzlaydigan, qirovli va qattiq sovuqli II va III hududlardan o‘tadigan HT uchastkalarida muzni elektr toki bilan eritish amalga oshirilishi kerak.
Eritish usulini tanlash HTni ishlash sharoitlariga qarab aniqlanadi (tarmoq sxemasi, iste’molchi yuklamasi, muz hosil bo‘ladigan zona, tarmoqlarni o‘chirish mumkinligi va boshqalar).
Yerga kichik tok bilan tutashishadigan elektr qurilmalarida yerga tutashish bartaraf qilinguncha, HLning yerga ulangan faza bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Bu holda xodimlar buzilish joyini qisqa muddatlarda aniqlashi va bartaraf qilishi shart.
Generator kuchlanishida bir fazali yerga tutashuv rejimi 2 soat bilan cheklanadi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kabel tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Mazkur Qoidalar kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan yuqori kuchlanish kabel tarmoqlariga (keyingi o‘rinlarda — KT) taalluqlidir.
Barcha KT EQTQ talablarini qondirishi shart.
Yangi qurilayotgan KTni ekspluatatsiya qilishga qabul qilishda EQTQ talablariga muvofiq sinovlar o‘tkazilishi shart.
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot, montaj qiluvchi tashkilot qurayotgan barcha kuchlanishli KT yotqizilayotganda va montaj qilinayotganda texnik nazoratni olib borishlari shart.
Shlang qoplamali zirhsiz kabellar o‘tkazilishini nazorat qilganda va ekspluatatsiya qilishda, asosiy e’tibor shlangning holatiga qaratilishi shart. Teshib o‘tgan uzilishlari, yoriqlari va tirnalgan joylari bo‘lgan shlangli kabellar ta’mirlanishi yoki almashtirilishi shart.
Har bir KT mazkur Qoidalarning 155-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni o‘z ichiga olgan pasportga, dispetcherlik raqamiga yoki nomiga ega bo‘lishi shart.
Ochiq o‘tkazilgan kabellar, shuningdek, barcha kabel muftalari yorliqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Tarmoq boshidagi va oxiridagi kabel yorliqlarida tarmoqning markasi, kuchlanishi, kesimi, raqami yoki nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi, ulash muftasi yorlig‘ida esa mufta raqami, montaj sanasi ko‘rsatilishi shart.
Yorliqlar atrof-muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi shart. Yorliqlar ochiq o‘tkazilgan kabellarda tarmoqning uzunligi bo‘yicha har 50 metr oraliqda, shuningdek, trassa burilishlarida va olovga chidamli to‘siqlardan hamda yopmalardan kabellarning o‘tish joylarida (har ikkala tomonida) joylashtirilishi shart.
Har bir KT uchun ishga tushirishda ruxsat etilgan eng katta tok yuklamalari belgilanishi shart. Yuklamalar eng yomon issiqlik sharoitidagi, uzunligi 10 metrdan kam bo‘lmagan trassa uchastkasi bo‘yicha belgilanishi kerak. Ushbu yuklamalarni oshirishga issiqlik sinovlari asosida kabel tolalarining harorati davlat standartlarida yoki texnik shartlarda davomiy ruxsat etilgan haroratdan ortmaganda ruxsat etiladi. Bunda kabellarni qizishi, trassaning eng yomon sovitish sharoitiga ega bo‘lgan uchastkada tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kabelning o‘rniga kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabeldan foydalanish man etiladi.
Avariyani bartaraf qilish davrida kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan shimdirilgan qog‘oz izolatsiyali kabellarni tok bo‘yicha 30 foizga, 5 sutka mobaynida, sutkada 6 soatdan ko‘p bo‘lmagan, lekin bir yilda 100 soatdan ortiq bo‘lmagan davrda o‘ta yuklanishiga ruxsat beriladi. Agar sutkaning qolgan davrida yuklama ruxsat etilganidan oshmagan bo‘lsa, 15 yildan ortiq ekspluatatsiyada bo‘lgan kabellar uchun o‘ta yuklanish 10 foizgacha kamaytirilishi kerak.
Kuchlanishi 35 kV bo‘lgan qog‘oz izolatsiyali KT o‘ta yuklanishiga ruxsat berilmaydi.
Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan moy to‘ldirilgan kabellar uchun tolalarning haroratini
80 oS dan oshirmay o‘ta yuklanishga ruxsat beriladi. Bunda uzluksiz yuklamaning davomiyligi 100 soatdan oshmasligi, davomiylikining yig‘indisi esa yilda 500 soatdan, o‘ta yuklanishlar orasidagi tanaffus — 10 sutkadan kam bo‘lmasdigi kerak. Havoda o‘tkazilgan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan KL uchun tolalarini 80 oS harorat bilan ishlash davomiyligi cheklanmagan.
Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan har bir KT yoki uning seksiyalari uchun tarmoqning profiliga bog‘liq ravishda mahalliy yo‘riqnomalar bilan moy bosimining ruxsat etilgan chegaraviy qiymatlari belgilangan bo‘lishi shart. Ulardan chetga chiqqanda, KT o‘chirilishi va faqat buzilish sabablari aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyin ulanishi shart. Past bosimli KT uchun kabeldagi moy bosimining ruxsat etilgan bosimi 100 — 300 kPa (1 — 3 kgs/sm2) chegarasida bo‘lishi kerak.
Moy to‘ldirilgan kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan kabellardan moy va plastmassa izolatsiyali kabellarning tugallovchi muftalaridan suyuqlik sinash uchun yangi tarmoq ulanishi oldidan, ulangandan keyin 1 yildan so‘ng, keyin 3 yildan so‘ng va keyinchalik har 6 yilda olinishi shart. Moy va suyuqlikning tekshirilayotgan qiymatlari Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos kelishi shart.
Neytrali izolatsiyalangan yoki kompensatsiyalangan tarmoqlarda yerga bir fazali tutashuv sodir bo‘lganda, xodim bu haqida zudlik bilan ta’minlovchi podstansiya navbatchisiga yoki elektr bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmoq bo‘yicha navbatchisiga xabar berishi va keyinchalik ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilishi shart.
Generator kuchlanishi tarmoqlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV bo‘lgan KTda ko‘rsatilgan rejimda ishlashga 2 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtga ruxsat beriladi. Alohida hollarda energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan bu muddat 6 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
KTdagi yuklamalar Elektr uskunalarini SQ va M talablariga mos ravishda belgilangan muddatlarda davriy o‘lchanishi shart. Ushbu o‘lchovlar asosida KL rejimlari va ishlash
sxemalari belgilanishi kerak.
Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan KTni ko‘zdan kechirish quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
erda, estakadalar, tunnellar, bloklar, kanallar, galereyalar va binolar devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan kabel trassalari — mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha, lekin kamida 3 oyda 1-marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan KTning tugallovchi muftalari 6 oyda 1-marta, 1000 V va undan past kuchlanishli KTning tugallovchi muftalari 1 yilda1-marta;
transformator xonalarida, taqsimlovchi punktlarda va podstansiyalarda joylashgan kabel muftalari boshqa uskunalar bilan bir vaqtda ko‘rikdan o‘tkaziladi:
kabel quduqlari 1 yilda 2-marta;
suv osti kabellari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq.
Muhandis-texnik xodimlar KT tanlab, davriy ravishda, lekin kamida 6 oyda 1-marta ko‘rikdan o‘tkazilishlari shart.
Podstansiyadagi kollektorlar, shaxtalar va kanallar mahalliy yo‘riqnomalar bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkaziladi (doimiy tezkor xizmat ko‘rsatuvda oyda kamida 1-marta ko‘rik o‘tkazilishi shart). Ko‘rikda aniqlangan nosozliklar haqidagi ma’lumot nuqsonlar jurnaliga qisqa muddatda bartaraf qilish uchun kiritilishi shart.
Navbatdan tashqari ko‘riklar toshqin davrlarida va seldan keyin o‘tkaziladi.
Kabel inshootlarida va boshqa xonalarda doimiy ravishda kabelning issiqlik rejimi, havo harorati va ventilatsiya qurilmalari ishlashining nazorati tashkil qilinishi shart.
Yozgi vaqtlarda kabel tunnellari, kanallari va shaxtalari ichidagi havo harorati tashqi havo haroratidan 10 oS dan ortiq bo‘lmasligi shart.
Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan KTlar quyidagi muddatlarda ko‘rikdan o‘tkazilishlari

shart:

erda o‘tkazilgan kabel trassalari 1 oyda kamida 1-marta;


kollektorlarda va tunnellarda o‘tkazilgan kabel trassalari kamida 3 oyda 1-marta; stoporlaydigan va yarim stoporlaydigan muftali kabel quduqlari 3 oyda 1-marta;
moy (suyuqlik) bosimi signalizatsiyasi mavjud bo‘lgan qo‘shimcha moy bilan ta’minlovchi

punktlar kamida 1 oyda 1-marta;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabel muftalarining ko‘rigi elektr uskunaning har bir ko‘rigida o‘tkazilishi shart.
Mahalliy yo‘riqnomalar bilan kabel inshootlaridagi mavjud yong‘inni avtomatik ravishda o‘chirish va xabar berish qurilmalarining ishga yaroqliligini tekshirish muddatlari belgilanishi shart.
Tunnellar, kollektorlar va boshqa kabel inshootlari toza saqlanishi shart. Kabel inshootlarida o‘tkazilgan kabellarning ruxlanmagan metall zirxlari va kabellar o‘tkazilgan nometall qoplamali metall konstruksiyalar davriy ravishda yonmaydigan zanglashga qarshi tarkib bilan qoplanishi shart.
Kabel inshootlarida biron-bir materiallarni saqlash man etiladi.
Suv tushadigan kabel inshootlari yer osti va yomg‘ir suvlarini chiqarib tashlash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan podstansiyalarda tunnellar (kollektorlar), shaxtalar va kanallarning ko‘riklari 1 oyda kamida bir marta o‘tkazilishi shart. Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan podstansiyalarda bu inshootlarning ko‘riklari mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq, korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
KTda metall qobiqning elektr, tuproq yoki kimyoviy zanglash tufayli buzilish xavfi payqalganda, uni bartaraf qilish choralari ko‘rilishi shart.
KLning himoya qurilmalari ustidan mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq kuzatish o‘rnatish
shart.
Yerda handaqlarni qazish vaqtida sxemada ko‘rsatilmagan quvurlar, noma’lum
kabellar va boshqa kommunikatsiyalar aniqlanganda, ishlarni to‘xtatish va bu haqida elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsga xabar berish zarur. Kabellar bor joydagi xandaqlar, chuqurliklar va yer osti inshootlarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan 0,4 metr va undan ortiq chuqurlikda esa faqat belkurak bilan qazish kerak.
Qishda kabellar o‘tgan joylarda 0,4 metrdan ortiq chuqurlik tuproqni qizdirish orqali qazilishi shart. Bunda qizdirilayotgan qatlam yuzasidan kabelgacha 0,3 metrdan kam bo‘lmagan qalinlikda tuproq qatlami saqlanishini kuzatish zarur. Erigan tuproqni belkurak bilan olib tashlash kerak.
Lom va shunga o‘xshagan asboblarni qo‘llash man etiladi.
Kabeldan 1 metrdan yaqin masofada yer kovlovchi mashinalar bilan qazishni amalga oshirish, shuningdek, normal chuqurlikdagi kabellar ustidagi tuproqni yumshatish uchun uruvchi bolg‘alardan, lomlar va cho‘kichlardan 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda foydalanish
man qilinadi.
Uruvchi va titrab-ortuvchi mexanizmlarni qo‘llashga kabellardan 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada ruxsat beriladi.
Ishlar boshlanmasdan oldin KTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning elektrotexnik xodimlari nazorati ostida trassada kabellar joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun nazorat ochishlari o‘tkazilishi kerak.
Portlash ishlarini o‘tkazish uchun qo‘shimcha texnik shartlar berilishi shart.
Kuchlanishi 20 — 35 kV bo‘lgan kabellarning vertikal uchastkalarida izolatsiyaning qurishi natijasida elektrdan teshilishning oldini olish uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish yoki stoporlovchi muftalar o‘rnatish zarur.

Oqmaydigan shimuvchi massa va plastmassa izolatsiyasiga ega bo‘lgan yoki gaz bilan to‘ldirilgan 20 — 35 kV kuchlanishli KT vertikal uchastkalarining izolatsiya holatini qo‘shimcha tekshirish va ularni davriy almashtirish talab qilinmaydi.
Ishlashda izolatsiyaning elektrdan teshilishi yoki profilaktik sinashlarda shkastlangan kabel namunalari va shikastlangan kabel muftalari laboratoriya tadqiqotlariga shikastlanish sabablarini o‘rganish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun berilishi shart. Ishlab chiqaruvchi zavodga e’tiroz bildirilganda, zavod nuqsonlari borligi natijasida shikastlangan namunalar ekspertlar ko‘rigi uchun saqlanishi shart.
Xonalarda, tunellarda, kollektorlarda, estakadalar bo‘yicha galereyalarda, kanallarda joylashgan shikastlangan KTlarni kuydirishda, kabel inshootlaridagi kabellarni kuzatish — xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilgan holda olib boriladi.
Kuchlanish ostidagi ekskavator va shlang kabellarini xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan rezinali qo‘lqoplar va etiklarda yoki dielektrik dastakli tutqichlar bilan olib yurishga ruxsat beriladi.
Bu holda kuchlanishi 10 kV gacha bo‘lgan tarmoqlar shikastlangan KTni bir fazali yerga tutatish holatida o‘chirib qo‘yadigan himoya bilan jihozlangan bo‘lishlari shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kuch transformatorlari va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Transformatorning uzoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish;
moyning sifat me’yorlariga va izolatsiya qilish xususiyatlariga qat’iy rioya qilish;
sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalari va boshqalarni ishga yaroqli holda saqlash.
Bir fazali transformator va reaktorlarning baklariga fazalar rangi suriladi. Tashqarida o‘rnatilgan uch fazali transformatorning baklarida quvvati va podstansiya bo‘yicha tartib raqamlari ko‘rsatiladi.
Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashqi va ichki taraflarida transformatorlarning podstansiya bo‘yicha raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, tashqi tarafida Elektr qurilmalarida qo‘llaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi shart. Eshiklar doimo berkitilib, qulflangan bo‘lishi shart.
Gazli himoya qurilmasi bilan jihozlangan transformatorlar shunday o‘rnatilishi shartki, bunda ularning kopqog‘i (bakning echiladigan qismi) gaz relesiga nisbatan yo‘nalishda 1
1,5 foizdan kam bo‘lmagan, moy o‘tkazgich esa transformatordan kengaytirishga nisbatan 2 — 4 foizdan kam bo‘lmagan ko‘tarilishga ega bo‘lishi shart.
Chiqarish quvuri membrana bilan jihozlanadi va kengaytirgichning yuqori qismi bilan biriktiriladi. Moy o‘tkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida jo‘mrak o‘rnatiladi.
Transformatorlarga xizmat ko‘rsatishda moy sathi va gaz relesini kuzatish, shuningdek, moydan namuna olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.
Transformator va reaktorlarning yuqorida (3 metrdan ortiq) joylashgan elementlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish statsionar narvonlardan xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarilishi shart.
Kengaytirgich bilan jihozlangan barcha moy bilan to‘ldirilgan transformatorlarda moy haroratini o‘lchash uchun termometrlar o‘rnatiladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar moyning yuqori qatlami haroratini kengaytirgichli transformatorlar jihozlangan termosignalizator va termometrlar bo‘yicha kuzatishlari kerak. Shuningdek, sovtol yoki moy bilan to‘ldirilgan germetik transformatorlar jihozlangan manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPadan (0,5 kgs/sm2) ortganda, transformator yuklamasi kamaytirilishi shart.
Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTQga muvofiq yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlanishi shart.
Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‘lganda, ularning drenajlari va moy quvurlari EQTQ talablariga muvofiq ishga yaroqli holda saqlanishi kerak.
Har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigiga bog‘liq holda iste’molchilarni ishonchli ta’minlashni hisobga olib, bir vaqtning o‘zida ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak.
Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarida transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini o‘lchash ekspluatatsiya qilishning birinchi yilida kamida 2- marta — maksimal va minimal yuklama davrida, keyinchalik zarurat bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning sathi, standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatida belgilangan talablar bo‘yicha transformator (reaktor) moyining shu vaqtdagi haroratiga mos belgida bo‘lishi shart.
Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulatsiyasi transformator yuklamasidan qat’i nazar uzluksiz bo‘lishi shart.
Moyning sirkulatsiyasi majburiy bo‘lgan transformatorlar va reaktorlarni ekspluatatsiya kilishga faqat moy, sovutuvchi suv sirkulatsiyasi va sovitgichlarga puflash ventilyatorlarning ishlashi to‘xtab qolgani haqidagi signalizatsiya tizimi ishlab turgandagina ruxsat etiladi.
Suv bilan sovitiladigan moy sovutgichlar mavjud bo‘lganda, moy nasosi moyning yurishi bo‘yicha moy sovitgichgacha o‘rnatiladi. Moy sovitgichlardagi moyning bosimi ulardan o‘tkazilayotgan suvning bosimidan ortiq bo‘lishi shart.
Majburiy sovitilidigan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulatsiyasi yoki puflash ventilyatorlari to‘xtab qolganda, avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. Ko‘rsatilgan
rejimning davomiyligi mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq sinash natijalari yoki zavod ma’lumotlari bo‘yicha o‘rnatiladi.
Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda birinchi navbatda, moy nasosi, so‘ngra suv nasosi ishga tushiriladi.
O‘chirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi o‘chiriladi. Suv nasosi moyning harorati 10oS kam bo‘lmaganda ishga tushiriladi.
Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlari, nasoslari va suv magistrallarini muzlashini oldini olish, shuningdek, moy sovitish tizimida nozichliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra choralar ko‘zda tutiladi.
Transformatorning nominal yuklamasida moyning yuqori qatlami harorati quyidigilardan yuqori bo‘lmasligi shart (agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan zavod yo‘riqnomalarida boshqa haroratlar keltirilmagan bo‘lsa):
sovitish tizimi moyli puflab sovutiladigan va moyning majburiy sirkulatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DS) bo‘lgan transformatorlarda — 75 oS dan, sovitish tizimlari tabiiy-moyli (keyingi o‘rinlarda — M) bo‘lganda va moyli puflanadigan (keyingi o‘rinlarda — D) bo‘lgan transformatorlarda — 95 oS dan;
moy-suvli sovitish (keyingi o‘rinlarda — S) tizimli transformatorlarda moy sovitgichning kirishida moyning harorati 70 oS dan oshmasligi kerak.
Moyni sovitish tizimi D bo‘lgan transformatorlarda o‘chirilgan holatda puflash bilan ishlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
yuklama nominaldan past bo‘lganda va moyning yuqori qatlami harorati 55oS dan ortiq bo‘lmaganda;
atrof-muhit harorati manfiy bo‘lganda va moyning harorati 45oS dan ortiq bo‘lmaganda (yuklamadan qat’i nazar).
Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55oS ga yetganda yoki moyning haroratidan qat’i nazar nominal yuklamada ulanishi shart.
Cho‘lg‘am shoxobchalarini qo‘zg‘atgichsiz almashlab ulagichlar bilan jihozlangan transformatorlarda transformatsiya koeffitsiyenti tanlanishining to‘g‘riligi 1 yilda kamida
marta — yuklamaning qishki maksimumi va yozgi minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart.
Yuklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (keyingi o‘rinlarda — YuOR) bilan ta’minlangan transformatorga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning xodimlari tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada o‘rnatilgan kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart.
Transformatorlarning uzoq vaqt (mavsum davomida) sxemadan YuOR qurilmasini chiqarib ishlashi man qilinadi.
Transformatorlarning YuOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga moyning yuqori qatlami harorati minus 20oS va undan yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi. Transformator bakidan tashqarida, tayanch izolyatorlarida joylashgan va sun’iy isitish tizimi bilan jihozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini esa atrof-muhit harorati minus 45oS va yuqori bo‘lganda ruxsat beriladi.
YuOR qurilmalarini ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalarining talablariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.
Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi yuklamaning davomiyligi va qiymatidan hamda atrof-muhit haroratidan qat’i nazar, qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq o‘ta yuklanishlariga quyidagi chegaralarda ruxsat beriladi:



Moyli transformatorlar

Tok bo‘yicha o‘ta yuklanish, %

30

45

60

75

100

O‘ta yuklanish davomiyligi, min

120

80

45

20

10

Quruq transformatorlar

Tok bo‘yicha o‘ta yuklanish, %

20

30

40

50

60

O‘ta yuklanish davomiyligi, min

60

45

32

18

5

Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40 foizgacha o‘ta yuklanishiga sutkada umumiy davomiyligi 6 soatdan ko‘p bo‘lmaganda, transformatorlarning barcha sovitish qurilmalaridan to‘liq foydalanilganda, ketma-ket 5 sutka davomida ruxsat beriladi. Agar bunday o‘ta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalari bilan man etilmagan bo‘lsa.
Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi xodim mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq harakat qilib, uni yuksizlantirish choralarini qabul qilishi shart.
D sovitish tizimli transformatorlar uchun barcha ventilyatorlar avariyaviy o‘chirilganida, atrofdagi havo haroratiga bog‘liq holda nominal yuklama bilan quyidagi vaqt oralig‘ida ishlashga ruxsat etiladi:



Atrofdagi havo harorati, oS

-15

-10

0

+10

+20

+30

Ishlashning ruxsat etilgan davomiyligi, soat

60

40

16

10

6

4

Sovitish tizimlari DS va S bo‘lgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
sun’iy sovitish to‘xtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida yoki salt yurish rejimida 30 minut davomida ishlashga, agar quvvati 250 MV.A dan yuqori transformatorlar uchun ko‘rsatilgan vaqt tugaganda moyning yuqori qatlami harorati
80oS ga yetmasa, u holda nominal yuklama bilan ko‘rsatilgan haroratga yetgunga qadar,
lekin 1 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashga ruxsat beriladi;
ventilyatorlar to‘liq yoki qisman o‘chirilganda yoki moyning sirkulatsiyasi saqlanib, suvning sirkulatsiyasi to‘xtab qolganda, moyning yuqori qatlami harorati 45oS dan
oshmaganda, past yuklama bilan uzoq vaqt ishlashga.
Ushbu bandning talablari, agar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalarida boshqalari aytilmagan bo‘lsa, haqiqiydir.
Cho‘lg‘amlarida moy yo‘naltirilgan sirkulatsiya qilinadigan transformatorlar (sovitish tizimi NS) ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga ko‘ra ekspluatatsiya qilinadi.
YuOR qurilma bilan jihozlangan transformatorlar o‘ta yuklama bilan ishlaganda, agar yuklama toki almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq bo‘lsa, shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi.
Kuchlanishi 110 va 220 kV bo‘lgan avtotransformatorlar cho‘lg‘amlarining neytrallari yerga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash rejimida ishlashlari shart.
Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV bo‘lgan 110 va 220 kV kuchlanishli transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar razryadlagich bilan himoyalangan bo‘lsa, ishlashi mumkin. Tegishli hisoblar bilan asoslangan bo‘lsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV bo‘lgan va razryadlagich bilan himoyalangan 110 kV kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral bilan ishlashiga ruxsat beriladi.
Yangi yoki kapital ta’mirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish vaqtida ularga kuchlanish berilguncha, ularni ko‘rikdan o‘tkazish va Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinash amalga oshiriladi.
Ko‘rik, sinash va qabul qilish natijalari pasport va bayonnomalarda yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Transformatorlarni quritmasdan kuchlanish ostiga ulash mumkinligi, shuningdek, quritishning zarurligi Rahbariy hujjat 34.51.101 — 90, Rahbariy hujjat 34 — 301 — 202 —
2000 elektr qurilmalari izolatsiyasini tanlash bo‘yicha yo‘riqnomasida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi.
Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda to‘liq kuchlanishga turtki bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga ruxsat etiladi:
uzoq muddat — 5 foizga, agar yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda va 10 foizga, agar yuklama 0,25 nominaldan ko‘p bo‘lmaganda;
qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) — 10 foizga, yuklama nominaldan ko‘p bo‘lmaganda;
avariya sharoitlarida — transformatorlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha namunali yo‘riqnomaga muvofiq.
Generatorlar va neytrali shoxoblanmagan avtotransformatorlar bilan blokda ishlayotgan transformatorlar uchun va ketma-ket rostlovchi (volt qo‘shuvchi) transformatorlar uchun kuchlanishni uzoq vaqt nominaldan 10 foizga ortishiga yuklama nominaldan ortiq bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxoblanishi mavjud bo‘lgan yoki ketma-ket rostlovchi transformatorlar bilan ishlashi uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan ortishi ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Transformator (reaktor) ichki buzilishlaridan himoya (gazli, differensial) ta’sirida avtomatik tarzda o‘chirilganda, shuningdek, muvaffaqiyatsiz avtomatik qayta ulangandan (keyingi o‘rinlarda — AQU) keyin transformatorni (reaktorni) faqat ko‘rikdan o‘tkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy tahlili qilingandan va aniqlangan nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi.
Transformator (reaktor) ichki shikastlanishlar ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmagan himoyadan o‘chgan holda u tekshirishsiz, tashqi ko‘rikdan o‘tkazilib ishga tushirilishi mumkin.
Gaz relesi ishlagani to‘g‘risida signal paydo bo‘lganda transformator ko‘rikdan o‘tkazilishi, gazning rangi va yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish xususiyati aniqlanishi shart.
Gaz relesida sariq yoki ko‘k-qora yonuvchan gaz borligi aniqlanganda, transformator zudlik bilan o‘chirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz va yonmaydigan bo‘lsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin.
YuOR qurilmasi bilan jihozlangan, yuklanmagan transformatorni salt yurish tokini ajratgich (alohidalagich) bilan o‘chirish zarurati bo‘lganda, iste’molchi tomonidagi yuklama olingandan so‘ng almashlab ulagich normal kuchlanishga mos keladigan holatga qo‘yilishi kerak.
Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni to‘liq yuklama orqali sovuq moyi bilan harorat minus 40oS dan kam bo‘lmaganda ishga tushirishga ruxsat beriladi.
Harorat minus 40 oS dan past bo‘lganda, transformator salt yurish toki bilan yoki nominalning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan yuklama toki bilan minus 40oS gacha qizdirilishi, so‘ngra yuklama ko‘paytirilishi kerak.
Isroflarni kamaytirish maksadida har bir elektr qurilma uchun yuklama grafigidan kelib chiqib, parallel ishlayotgan transformatorlarning optimal sonini aniqlash va unga
rioya qilish kerak.
Montaj qilingan zaxira transformatorlar doimo ishga tushirilishga tayyor holda saqlanishlari shart.
Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda ruxsat etiladi: cho‘lg‘amlarining ulanish guruhlari bir xil bo‘lganda;
transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq bo‘lmaganda; transformatsiya koeffitsiyentlarining farqi 0,5 foizdan ortiq bo‘lmaganda;
qisqa tutashuv kuchlanishlari parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar qisqa tutashuv kuchlanishlarining o‘rta arifmetik qiymatidan 10 foizdan ortiq farq qilmaganda;
ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‘lganda.
Qisqa tutashuv kuchlanishi turlicha bo‘lgan parallel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklamani tenglashtirish uchun transformatorlardan birontasi ham o‘ta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni almashlab ulash yo‘li bilan transformatsiya koeffitsiyentini katta bo‘lmagan chegaralarda o‘zgartirishga ruxsat beriladi.
Past kuchlanish tarafida, chulg‘amlari nol chiqishli yulduz — yulduz sxemasi bo‘yicha ulangan quruq transformatorlarning neytralidagi tok nominal faza tokining 25 foizidan ortmasligi shart.
Transformatorlarni (reaktorlarni) o‘chirmasdan turib ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi muddatlarda bajarilishi shart:
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi transformatorlarni 1 sutkada bir marta;
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lgan podstansiyalardagi qolgan transformatorlarni va xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‘lmagan podstansiyalar transformatorlarini 1 oyda 1- marta;
transformator punktlarida — oyda 1-martadan kam emas.
Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish (ko‘zdan kechirish) quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
yomon ob-havo ta’siridan keyin (momoqaldiroq, haroratning keskin o‘zgarishi, kuchli shamol va boshqalar);
gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek, transformator (reaktor) gaz yoki (va) differensial himoya ta’sirida o‘chirilganda.
Transformatorlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart: termometrlar va manovakuummetrlar ko‘rsatkichlari;
transformator korpusining holati, moy oqishining yo‘qligi, kengaytirgichdagi moy sathining harorat belgisiga mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi;
moy sovituvchi va moy yig‘uvchi qurilmalarning, shuningdek, izolyatorlarning holati; shinalar va kabellar holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‘qligi;
signalizatsiya qurilmalari va o‘tish saqlagichlarining butligi; erga ulash tarmog‘ining holati;
moy uzluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash qurilmalari, termosifonli filtrlar va nam yutuvchi patronlarning holati;
transformator xonasining holati.
YuORsiz transformatorlarni o‘chirib, joriy ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini kamida 2 yilda 1-marta; kuchli ifloslanadigan joylarda o‘rnatilgan transformatorlarni mahalliy yo‘riqnomalar
bo‘yicha;
barcha qolgan transformatorlarni zarurat bo‘yicha, lekin kamida 4 yilda 1-marta.
YuORli transformatorlar va avtotransformatorlarni joriy ta’mirlash har yili amalga oshiriladi.
Yuklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarni navbatdan tashqari ta’mirlash zavod yo‘riqnomalariga muvofiq, almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalarning ma’lum sonidan keyin o‘tkaziladi.
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta’mirlash, agar ularning biron-bir elementidagi nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni) ta’mirlashga chiqarish haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xo‘jaligiga javobgar qabul qiladi.
D, DS va S sovitish tizimlarining joriy ta’mirlari har yili amalga oshiriladi.
Transformatorlarni joriy ta’mirlash bilan bir vaqtda kirish joylarini joriy ta’mirlari ham o‘tkaziladi.
Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy to‘xtatish quyidagi hollarda zarur: transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo‘lganda;
normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning normal bo‘lmagan va doimo o‘sayotgan qizishida;
kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri diafragmasi yorilganda;
moyning oqishi bilan uning sathi moy o‘lchagich shishasining sathidan pastda bo‘lganda.
Transformatorlar laboratoriya tahlillari bo‘yicha zudlik bilan moy almashtirish zarur bo‘lganda ham ishdan to‘xtatiladi.
Quvvati 160 kV·A va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar moyni termosifonli va adsorbsion filtrlar orqali uzluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan ekspluatatsiya qilinishi shart.
Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bevosita tegishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jihozlangan transformatorlarda, ushbu qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat’i nazar doimo ulangan bo‘lishlari shart. Mazkur qurilmalarni ekspluatatsiya kilish ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
Balansida moy bilan to‘ldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta sig‘imli apparatning kamida 110 foiz hajmida izolatsiya moyining kamaymaydigan zaxirasini saqlashi shart.
Transformator moylarining Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq profilaktik sinovlari o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
5-ILOVA
Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu Qoidalar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr dvigatellariga taalluqlidir.
Elektr dvigatellar, ishga tushirish-rostlash apparaturalari, nazorat-o‘lchov asboblari, himoya qurilmalari, shuningdek, barcha elektr va yordamchi uskunalar EQTQ va ishlab chiquvchi zavod talablariga muvofiq tanlanadi va o‘rnatiladi.
Elektr dvigatellarda va ular aylantiradigan mexanizmlarda aylanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi stryelka chizib ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Elektr dvigatellarda, ularning kommutatsiya apparatlarida, ishga tushirish-rostlash qurilmalarida, saqlagichlarda va boshqalarda ular tegishli bo‘lgan agregatlar va (yoki) mexanizmning nomi yozilgan bo‘lishi shart.
Saqlagichlarning eruvchan kirgizmalari kalibrlangan bo‘lishi va eruvchan kirgizmaning nominal toki ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchi zavod yoki korxona yorlig‘iga ega bo‘lishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qo‘llash man etiladi.
Loyihaviy qarorlar bilan elektr ta’minotining qisqa muddatli tanaffusida o‘zi ishlab ketish qurilmasi bilan ta’minlanishi kerak bo‘lgan texnologik jarayon mashina va mexanizmlar elektr dvigatellarining ro‘yxati aniqlangan bo‘lishi shart.
Agar loyihada elektr dvigatellarning o‘zi ishlab ketishi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda iste’molchilar tarmog‘i barcha elementlarining himoyasi, shuningdek, tugunlarning texnologik blokirovkasi shunday bajariladiki, bunda mas’ul mexanizmlar elektr dvigatellarini o‘zi ishlab ketish holatining oldi olinadi.
Agar iqtisod qilish va kabelni tejash shartlari bo‘yicha boshqacha joylashtirish talab qilinmagan bo‘lsa, kommutatsiya apparatlari iloji boricha xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan joylarda, elektr dvigatellar yaqinida joylashtirilishi lozim.
Texnologik mexanizmlarning elektr dvigatellari masofadan yoki avtomatik boshqariladigan bo‘lsa, oxirgi mexanizm yaqinida, elektr dvigatelni masofadan yoki avtomatik ulashning oldini oladigan, dvigatelni avariyaviy o‘chirish apparati o‘rnatilishi kerak.
Energetika tizimining maksimal yuklama soatlarida sinxron elektr dvigatellar quvvat koeffitsiyentining optimal qiymatida reaktiv quvvatni generatsiya qilish rejimida ishlashi kerak.
Yirik (quvvati 1000 kVt dan ortiq) sinxron elektr dvigatellarning jadallashtirish qurilmalari va qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichlari (keyingi o‘rinlarda ― QAR) doimo ishga ulangan bo‘lishlari shart. QARni o‘chirishga faqat ta’mirlash yoki tekshirish uchun ruxsat beriladi.
QAR energetika tizimining ishlash grafigiga muvofiq, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan belgilanib o‘rnatiladi.
Zaxiradagi elektr dvigatellar zudlik bilan ishga tushishga doimo tayyor turishi, korxonaning, sexning, uchastkaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxsi tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha davriy ravishda ko‘rik va sinovdan o‘tib turishi shart.
Texnologik jarayon stator toki bo‘yicha rostlanadigan mexanizmlar, shuningdek, texnologik jihatdan o‘ta yuklanishga moyil mexanizmlar elektr dvigatellari ishga tushirish panelida yoki panelida o‘rnatiladigan ampermetrlar bilan jihozlanishi shart. Ampermetrlar, shuningdek, sinxron dvigatellarning qo‘zg‘atish zanjirida ham ulangan bo‘lishi kerak. Ampermetr shkalasida stator (rotor) tokining uzoq muddat ruxsat etilgan
yoki nominal qiymatiga mos qizil chiziq bo‘lishi kerak.
Elektr dvigatellarning guruhli yig‘malarida va panellarida kuchlanish borligining nazorati voltmetrlar yoki signal lampalari bilan ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart.
TQ shinalaridagi kuchlanish nominalning 100 — 105 foizi chegarasida ushlab turilishi kerak. Elektr dvigatellarning uzoq vaqt ishlatilishini ta’minlash uchun ularni kuchlanish nominaldan 110 foizdan ortiq va 95 foizdan kam bo‘lganda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Har bir podshipnikda o‘lchangan elektr dvigatellarning titrashi, rotorning o‘q bo‘ylab surilishi, havo tirqishi oralig‘i o‘lchami Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan kattaliklardan oshmasligi kerak.
Elektr dvigatellarning yuklamasi, podshipniklarning harorati, yopiq ventilatsiya tizimiga ega elektr dvigatellarda kiradigan va chiqadigan havo harorati ustidan doimiy nazoratni, podshipniklarga qarash, ishga tushirish, rostlash va to‘xtatish operatsiyalarini mexanizmga xizmat ko‘rsatuvchi elektr texnologik xodim amalga oshiradi.
Quyidagi hollarda elektr dvigatel zudlik bilan (avariyaviy) tarmoqdan o‘chiriladi: odamlar bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda;
elektr dvigateldan, shuningdek, uning ishga tushirish-rostlash apparaturasidan va qo‘zg‘atish qurilmasidan tutun yoki olov paydo bo‘lganda;
yuritmaning mexanizmi buzilganda, normal bo‘lmagan taqqillash paydo bo‘lganda; agregat podshipniklarining titrashi keskin oshganda;
podshipniklar ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomasida belgilangan ruxsat etilgan haroratdan ortiq qiziganda.
Mahalliy yo‘riqnomalarda elektr dvigatellar avariyaviy o‘chirilishi shart bo‘lgan boshqa hollar ham ko‘rsatilishi, shuningdek, avariya holatini bartaraf qilish va elektr dvigatellarni ishga tushirish tartibi belgilanishi mumkin.
Elektr dvigatellarda profilaktik sinovlar va o‘lchashlar Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq o‘tkazilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
O‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu Qoidalar iste’molchilarga tegishli bo‘lgan 220 kV gacha kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr qurilmalarini o‘ta kuchlanishlardan himoya qiluvchi barcha qurilmalarga taalluqlidir.
Himoya qurilmalari amaldagi EQTQ va o‘ta kuchlanishdan himoya qilish bo‘yicha rahbariy hujjatlar talablarini qondirishi shart.
Iste’molchilarning bino va inshootlari javobgarlik darajasidan kelib chiqib, yashindan himoya qiluvchi tegishli qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Yashinning to‘g‘ridan to‘g‘ri urishidan himoya o‘zakli yoki trossli yashin qaytargichlar bilan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Yashindan himoya qiluvchi qurilmalarga, shuningdek, yerga ulangan metall tom va metalldan bo‘lmagan tomga tashlangan metall to‘r ham kiradi.
Alohida o‘rnatilgan yashin qaytirgichlar yoki ularni ushlab turuvchi konstruksiyalar sifatida tutun quvurlar va inshootlardan foydalanuvchi korxonalar, ushbu yashin qaytirgichlar himoya qiladigan zonalar chizmasiga ega bo‘lishi shart.
Rekonstruksiya qilinganda va qurilish ishlari bajarilganda himoya zonalarini aniqlashtirish
zarur.
OTQ konstruksiyalariga, alohida turgan o‘zakli yashin qaytargichlarga, projektor
machtalariga, tutun quvurlariga va gradirnyalarga 1000 V gacha kuchlanishli HL simlarini (yorituvchi, telefon va shunga o‘xshash) osish va ushbu tarmoqlarni mazkur inshootlarga olib kelish man etiladi.
Ko‘rsatilgan tarmoqlar — kabel tarmoqlari bo‘lishi shart.
Korxonalarda quyidagi tartibga solingan ma’lumotlar saqlanishi shart:
himoya oraliqlarida ventilli va quvurli razryadlagichlarning o‘rnatilishi haqida (razryadlagich turlari, himoya qilinayotgan uskunalargacha masofa), shuningdek, quvurli (naysimon) razryadlagichdan tarmoq ajratgichlar va ventilli razryadlagichlargacha bo‘lgan masofalar haqida;
yashindan himoya qilish vositalari o‘rnatilgan tayanchlar yerga ulagichlarining, shu jumladan troslarning qarshiligi haqida;
elektr uzatish tarmoqlarining podstansiyalarga yaqinlashishida tuproqning qarshiligi haqida;
elektr uzatish tarmoqlarining boshqa elektr uzatish, aloqa va avtoblokirovka tarmoqlari bilan kesishishi, HLdan shoxoblanishlar, tarmoqdagi kabel uchastkalari va boshqa izolatsiyasi zaif bo‘lgan joylar haqida.
Barcha kuchlanishdagi ventilli razryadlagichlar doimo ulangan bo‘lishi shart.
OTTda qishki mavsumda (yoki uning alohidagi oylarida) dovulli shamollar bo‘ladigan, muzlaydigan, harorat keskin o‘zgaradigan va intensiv ifloslanadigan tumanlarda faqat yashindan himoya qilish uchun mo‘ljallangan ventilli zaryadsizlagichlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beriladi. Avtotransformatorlardagi ventilli razryadlagichlarni o‘chirib qo‘yish mumkinligi ishlab chiqaruvchi zavod bilan kelishiladi.
Barcha kuchlanishli HLda quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlarining uchqun oraliqlarini qishki davrda uzaytirmasdan qoldirishga ijozat beriladi.
Ventilli va quvurli razryadlagichlarning Elektr uskunalarni SQ va Mga muvofiq sinovlari o‘tkaziladi.
Podstansiyalarda o‘ta kuchlanishdan himoya qilish vositalari quyidagilarda ko‘rikdan o‘tkazilishi shart:
doimiy navbatchi xodimlari bo‘lgan qurilmalarda, navbatdagi ko‘rik vaqtida, shuningdek, chiqib ketuvchi HLning releli himoyasi ishlab ketishini keltirib chiqargan har bir momaqaldiroqdan keyin;
doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan qurilmalarda ― barcha uskunalarni ko‘rikdan o‘tkazishda.
HLda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlar va himoya oraliqlari ko‘riklari yerdan turib ko‘rik o‘tkazuvchi tomonidan quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
HLni har bir navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazishda;
momaqaldiroqdan keyin HL o‘chganda yoki AQU qurilmasi ishlaganda, agar izolatsiya buzilishiga (erga tutashishga) shubha bo‘lsa.
Podstansiyaga kirishda o‘rnatilgan quvurli razryadlagichlarni navbatchi xodim asosiy uskunalar bilan birgalikda davriy, shuningdek, podstansiya joylashgan hududda yoki undan chiqib ketgan elektr uzatish tarmog‘i uchastkalarida sodir bo‘lgan momaqaldiroqdan keyin ko‘rikdan o‘tkazadi.
Momaqaldiroq mavsumidan oldin kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLning temir- beton tayanchlariga o‘rnatilgan izolyatorlar ilgaklari va shtirlarini, shuningdek, ushbu tayanchlar armaturalarini yerga ulanishlari sozligi tanlov asosida (elektr ho‘jaligiga javobgar xohishiga ko‘ra) tekshirilishi kerak. Nol sim bo‘lgan taqdirda, ushbu elementlarni
nol simga ulanganligi ham tekshiriladi.
Yoy so‘ndiruvchi reaktorlar bilan yerga tutashishning sig‘im tokini kompensatsiyalash, sig‘im toki quyidagi qiymatlardan ortganda qo‘llaniladi:



Tarmoqning nominal kuchlanishi, kV

6

10

15 — 20

35

Yerga tutashuvning sig‘im toki, A

30

20

15

10

Tarmoq kuchlanishi 6 — 35 kV bo‘lgan HLdagi temir-beton va metall tayanchlarda, yerga tutashishning sig‘im toki 10 A dan yuqori bo‘lganda yoy so‘ndiruvchi apparatlar qo‘llaniladi.
Tarmoqlarda yerga tutashuvning sig‘im tokini kompensatsiya qilish uchun tokni avtomatik yoki qo‘l bilan rostlovchi yerga ulanadigan yoy so‘ndiruvchi reaktorlar qo‘llanilishi kerak.
Sig‘im toklarini, yoy so‘ndiruvchi reaktor toklarini, yerga tutashuv toklarini va neytral siljish kuchlanishlarini o‘lchashlar, yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni ekspluatatsiyaga tushirishda va tarmoq rejimlari anchagina o‘zgarganda, lekin kamida 6 yilda 1-marta o‘tkazilishi kerak.
Sig‘im tokini kompensatsiyalab ishlayotgan tormoqlarda kuchlanish nosimmetriyaligi faza kuchlanishining 0,75 foizidan ortmasligi shart.
Tarmoqda yerga tutashish bo‘lmaganda, neytralning siljish kuchlanishi faza kuchlanishidan 15 foizdan yuqori bo‘lmasligiga uzoq muddat, 30 foizdan yuqori bo‘lmasligiga 1 soat davomida ruxsat beriladi.
Kuchlanish nosimmetriyaligini pasaytirish va neytralni ko‘rsatilgan qiymatlargacha siljitish yerga nisbatan fazalar sig‘imini rostlash bilan amalga oshiriladi (faza simlarini o‘zaro joylashishini o‘zgartirish, shuningdek, tarmoqlar fazalari orasida yuqori chastotali aloqa kondensatorlarini taqsimlash bilan).
Tarmoqqa yuqori chastotali aloqa kondensatorlari va aylanuvchi mashinalarning yashindan himoya qilish kondensatorlari ulanganda, yerga nisbatan fazalar sig‘imlarining nosimmetriyasiga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi tekshirilishi shart.
Neytralda ko‘rsatilgan qiymatlardan ortiq kuchlanish siljishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr uzatuvchi havo va kabel tarmoqlarini fazalar bo‘yicha ulash va o‘chirish
man qilinadi.
Ayni vaqtda tarmoqda yerga ulanish bo‘lsa, yoy so‘ndiruvchi apparatlarni o‘chirib qo‘yishga ijozat berilmaydi.
Sig‘im tokini kompensatsiyasi bilan ishlayotgan tarmoqdan ta’minlanayotgan korxona, energetika tizimining tezkor xodimlarini iste’molchi tarmog‘i sxemasidagi o‘zgarishlar haqida yoy so‘ndiruvchi reaktorlarni qayta qurish (sozlash) uchun o‘z vaqtida ogohlantirishi shart.
Transformatorlar va avtotransformatorlarning ishlatilmayotgan past (o‘rta) kuchlanish cho‘lg‘amlari yulduzga yoki uchburchakka ulanishi va o‘ta kuchlanishdan himoya qilingan bo‘lishi shart.
Har yili momaqaldiroq mavsumidan oldin, yashindan himoya qilish sxemalarini ularning qurilmalarida va elektr zanjiri sxemalaridagi bo‘lib o‘tgan yoki bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib, ular yashindan himoya qilish vositalarini joylashtirishning namunaviy sxemalariga mos kelishi uchun tekshirish zarur.
Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan podstansiyalarda neytralni o‘zidan-o‘zi siljishini yoki xavfli ferrorezonans jarayonlarning oldini olish uchun tezkor harakatlar NKF-110 va NKF-
220 kuchlanish transformatorlari bo‘lgan yuklanmagan shinalar tizimiga ulanayotgan transformator neytralini yerga ulash bilan boshlanishi kerak.
Kuchlanishi 110 — 220 kV bo‘lgan tarmoqlarda transformatorlarning 110 — 220 kV kuchlanishli cho‘lg‘amlari neytralini yerdan ajratish, shuningdek, releli himoya va avtomatikaning harakatini tanlash shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda turli tezkor
va avtomatik o‘chirishlarda neytrallari yerga ulangan transformatorlarsiz tarmoq uchastkalari ajralib qolmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kondensator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvati, turi, o‘rnatish joyi va ishlash rejimi loyiha tashkiloti yoki maxsus xizmat tomonidan iste’molchilar elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash uchun energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning texnik shartlariga muvofiq tanlanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan tarmoqlarda kondensatorlarni joylashtirish, qabul qilgichlar qisqichlarida kuchlanish darajasini saqlab turish talablari hisobga olingan holda, reaktiv yuklamadan aktiv quvvat yo‘qolishining maksimal kamayishi sharti qondirilishi kerak.
Buyurtmachi yangi kondensator qurilmasini olganda, texnik holatini tashqi nazoratdan o‘tkazishi va qabul qilish dalolatnomasini tuzishi kerak. Bunda mahsulot qadoqlanishi holatining butligi, yukning markirovkasi, mexanik shikastlanishlar yo‘qligi, qurilmaning, korpusining, izolyatorlarning, kontakt o‘zaklarining, korpusni yerga ulash uchun boltning (korpus bilan biriktirish uchun chiqarishga ega bo‘lmagan kondensatorlar uchun) sozliligi, texnik ma’lumotlar keltirilgan ishlab chiqaruvchi zavod yorlig‘i borligi, shuningdek, shimuvchi suyuqlik oqmayotganligi tekshiriladi.
Ushbu kondensator qurilmasining pasporti va ishlab chiqaruvchi zavodning ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalari borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kondensator batareyalari xonalarida (ularning joylashishidan qat’i nazar) quyidagilar bo‘lishi shart:
alohida kondensatorlarni, ularning bir qismini yoki butun kondensator qurilmasini himoyalovchi saqlagichlarning eruvchan kirgizmalaridagi nominal toki ko‘rsatilgan kondesatorli qurilmaning bir chiziqli prinsipial sxemasi, agar himoya relesi qo‘llanilgan bo‘lsa, shuningdek, maksimal tok relesining o‘rnatma toki;
atrofdagi havo haroratini o‘lchash uchun termometr yoki boshqa asbob; kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash maxsus shtangasi;
yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari — o‘t o‘chirgich, qumli quti va belkurak.

Termometr yoki uning datchigi batareyalarning orasidagi eng issiq joyga shunday joylashtiriladiki, bunda kondensatorni o‘chirmasdan va to‘siqlarni olmasdan uni ko‘rsatkichlarini kuzatish imkoniyati ta’minlanishi kerak.


Kondensator batareyasining pasportida, ishlab chiqaruvchi zavod va kondensator batareyasi yorlig‘ida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos bo‘lgan, kondensatorlarning tartib raqami, zavod raqami, o‘rnatish sanasi, nominal kuchlanishi, har bir kondensatorning nominal quvvati hamda sig‘imi ko‘rsatilgan kondensatorlar ro‘yxati bo‘lishi shart.
Quvvati 200 kVAr dan ortiq bo‘lgan kondensatorli batareyalar uchun kondensatorlar quvvatini avtomatik rostlovchi qurilma o‘rnatilishi majburiydir.
Elektr energiyasini individual qabul qilgichi bilan umumiy kommutatsiya apparatiga ega kondensatorli qurilmani boshqarish qo‘l bilan bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi qabul qilgichini ulash yoki o‘chirish bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ikki smenada ishlaydigan korxona kondensator qurilmalarini kechki soatlarda va dam olish kunlarida, uch smenada ishlaydigan korxona dam olish kunlarida ishda qoldirishi,
agar bu energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning maxsus talablari bilan belgilangan bo‘lmasa, man etiladi.
Ushbu talab uzluksiz ish rejimiga ega korxonalarga taalluqli emas.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarida razryadlagich qurilmalari doimo kondensatorlarga ulangan bo‘lishi shart, shuning uchun rezistorlar va kondensatorlar orasidagi zanjirda kommutatsion apparatlar bo‘lmasligi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan kondensator qurilmalarida elektr energiyasini tejash maksadida razryadlagich qurilmalari doimo ulanmasdan, ularni kondensatorlarni o‘chirish vaqtida avtomatik ravishda ulash bilan ishlatilishi tavsiya etiladi.
Kondensator batareyalarini seksiyalash uchun ularning alohida seksiyalarini kuchlanish ostida o‘chiradigan kommutatsion apparatura qo‘llanilganda, har bir seksiyada alohida komplekt razryadlash qurilmasi o‘rnatiladi.
Ichida zaryadsizlantiruvchi rezistor mavjud kondensatorlar uchun qo‘shimcha tashqi razryadlagich qurilmalari talab etilmaydi.
Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ajratgichlar yordamida ulash va o‘chirish man etiladi.
Kondensator batareyalarini ulash va o‘chirish bo‘yicha barcha operatsiyalar mazkur Qoidalar va Istemolchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda XTQ talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yig‘ma shinalardagi kuchlanish, ushbu turdagi kondensatorlar uchun ruxsat etilgan eng katta qiymatdan ortgan vaqtda kondensator batareyalarini ulash man etiladi.
Kondensator qurilmasini o‘chirishdan oldin tashqi ko‘rik yo‘li bilan razryadlovchi qurilmaning ishga yaroqliligiga ishonch hosil qilish kerak.
O‘chirilgan kondensator qurilmasining tok o‘tkazuvchi qismlariga tegish imkoniyati bo‘lgan biron-bir ishlarni bajarish, xavfsizlik texnikasining umumiy talablari bajarilguncha
va kondensator batareyasida umumiy razryadlovchi qurilma bo‘lishidan qat’i nazar kondensatorlar nazorat uchun razryadlantirilmaguncha man etiladi.
Kondensatorlarni nazorat uchun razryadlash izolatsiyalovchi shtangaga ishonchli mahkamlangan razryadlovchi metall o‘zak bilan o‘tkaziladi. Ushbu shtanganing o‘lchamlari tezkor almashlab ulashlar uchun kondensator qurilmasidagi kuchlanishga
mos kuchlanishda ishlatiladigan izolatsiyalovchi shtanga o‘lchamlaridek bo‘lishi shart.
Alohida kondensatorni, uning qismini yoki butun kondensator qurilmasini himoya qiluvchi saqlagichlar eruvchan kirgizmalarining nominal toki ular himoya qilayotgan kondensatorlar nominal toklari yig‘indisining 160 foizidan oshmasligi shart.
Maksimal tok relesi yoki avtomat ajratgichining tok bo‘yicha o‘rnatmasi kondensator qurilmasi nominal tokining 130 foizidan oshmasligi shart.
Yuqori garmonikalar mavjudligida kondensator qurilmalarining montaj qilinishi maqsadga muvofiqligi har bir holda alohida aniqlanadi.
Kuygan yoki ishga yaroqsiz saqlagichlarni almashtirish, o‘chirilgan kondensator batareyalarida, maxsus shtanga bilan barcha kondensator batareyalari nazorat uchun razryadlangandan keyin amalga oshiriladi.
Individual himoya qilishda nazorat uchun razryadlash o‘chirilgan batareya tarkibiga kiruvchi har bir kondensatorning barcha chiqishlarini navbatma-navbat qisqa tutashtirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Guruhli himoyada kondensatorlarning har bir guruhi razryadlanadi, bitta faqat umumiy himoyada esa batareya shinalaridagi tegishli shinalar qisqa tutashtiriladi.
Kondensator qurilmalari himoya tomonidan takror avomatik o‘chirilganda, kondensatorlarni ulashga faqat o‘chirishlarni yuzaga keltirgan sabablar aniqlangandan va bartaraf etilgandan keyingina ruxsat beriladi.
Kondensator batareyalarini qayta ulashga kuchlanishi 660 V dan yuqori kondensatorlar uchun ular avvalgi o‘chirilgandan so‘ng kamida 5 daqiqadan keyin, kuchlanishi 660 V va undan past kondensatorlar uchun esa kamida 1 daqiqadan keyin, agar batareyada qoldiq kuchlanish 50 V dan ko‘p bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarini ko‘rikdan (o‘chirmasdan) mahalliy yo‘riqnomalarda belgilangan muddatlarda — quvvati 500 kVAr
dan kam bo‘lgan qurilmalar uchun oyda kamida 1-marta va quvvati 500 kVAr dan yuqori bo‘lgan qurilmalar uchun o‘n kunda 1-marta o‘tkaziladi.
Kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart: to‘siqlar va qulflarning sozligi, begona predmetlarning yo‘qligi;
kuchlanish, tok va atrof-havo harorati qiymatlari, alohida fazalar yuklamalarining bir xildaligi;
apparatlar, uskunalar, kontaktli ulanmalarning texnik holati, izolatsiyaning butunligi va ifloslanish darajasi;
shimdirilgan suyuqlikning tomchilab oqishi va kondensator korpusi devorlari ruxsat etilmagan darajada bo‘rtib shishganligi yo‘qligi;
o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va holati.
Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari haqida tezkor hujjatlarga tegishli yozuv kiritilishi shart.
Kondensator qurilmalarini navbatdan tashqari ko‘rikdan kondensatorlarda razryadlanish (chirsillash) paydo bo‘lganda, qisqichlardagi kuchlanish yoki atrof-havo harorati ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlarga yaqin darajagacha ko‘tarilganda va shunga o‘xshash hollarda o‘tkaziladi.
Kondensator batareyalarining barcha ko‘rikdan o‘tkazishlari va aniqlangan nosozliklar haqida tezkor hujjatlarda tegishli yozuvlar qilinadi.
Ulangan kondensator qurilmasini ko‘rikdan o‘tkazishda to‘suvchi qurilmalarni olish yoki ochish man qilinadi.
Izolyatorlar, kondensatorlar, apparaturalar va karkaslar sirtlarini chang va boshqa ifloslardan tozalash, batareya o‘chirilgan holatda zarurat bo‘yicha, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi.
Quyidagi holatlarda kondensatorlarni ekspluatatsiya qilish man etiladi:
kondensatorlar ulangan shinalardagi kuchlanish kondensatorlar nominal kuchlanishining 110 foizidan ortiq bo‘lganda;
atrof-havoning harorati kondensatorning ushbu turi uchun ruxsat etilgan eng yuqori va eng past haroratdan ortiq bo‘lganda;
kondensatorlar devorlari bo‘rtib shishganda;
kondensator qurilmasining fazalar bo‘yicha yuklanganligi tokning o‘rtacha qiymatidan 10 foizdan ortiq notekis bo‘lganda;
batareya toki nominal qiymatning 30 foizidan ortganda; shimdiruvchi suyuqlik tomchilab oqqanda;
chinni izolyator shikastlanganda.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kondensator qurilmalarining joriy ta’miri yilda kamida 1-marta, albatta, qurilmani o‘chirib o‘tkaziladi.
Kondensator qurilmalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar bajariladi: kontaktli ulashlarda gaykalarning tortilish darajasini tekshirish;
megoommetr (ommetr) bilan eruvchan birikmalarning butunligini va kondensatorlarning zaryadsizlanish zanjirini tekshirish;
erga ulash konturiga tarmoqlanishning ulanishi sifatini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish bilan tekshirish;
izolyatorlar yuzasini, kondensatorlar, apparaturalar va karkas korpuslarini changdan va boshqa ifloslanishlardan tozalash;
har bir kondensatorning sig‘imini tekshirish va qiyoslash (1000 V dan yuqori kuchlanishli kondensatorlar uchun) mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
izolatsiyalangan chiqarmalar va korpus orasida tegib qolgan joylar yo‘qligi holatini tekshirib, kondensatorlar sig‘imini o‘lchash;
shimdiruvchi suyuqlik sizib chiqqan joylarni, shu jumladan kondensatorlar qopqoqlaridagi o‘tish izolyatorlari o‘rnatilgan joylarni yumshoq kavshar bilan kavsharlash;
kondensator batareyalarining nosoz seksiyalarini yoki alohida kondensatorlarini almashtirish;
avtomatik boshqarish va rostlash qurilmalarini, releli himoyani va o‘chirgichlar yuritmalari harakatlarini sinab ko‘rish.
Kondensator qurilmalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi Elektr uskunalarini SQ va M talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Asinxron elektr dvigatelni, kuch transformatorini va shunga o‘xshash elektr qabul qilgichning asosiy uskunasini ko‘rikdan o‘tkazganda yoki ta’mirlaganda (kapital yoki joriy),
agar ushbu uskunalar qisqichlariga kondensator yoki kondensatorlar guruhi bevosita ulangan va mazkur uskunalar bilan bir xonada o‘rnatilgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ushbu kondensatorlarni ham ko‘rikdan o‘tkazish yoki ta’mirlash (mos ravishda kapital yoki joriy) kerak.
Kondensator qurilmasi alohida elementlarining sig‘imi Elektr uskunalarini SQ va Mda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi shart.
Kondensatorlar sig‘imini o‘lchash natijalari bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Sig‘im quyidagi qiymatlargacha yoki undan ko‘pga ortganda, kondensatorni o‘chirish va almashtirish zarur:



Kondensator



Kondensator sig‘imini ortishi, %, uning nominal kuchlanishida, V

6300

10500

Sintetik suyuqliklar bilan shimdirilganda:







0 gabaritli

25

14

I gabaritli

20

20

II gabaritli

10

10

Mineral moy bilan shimdirilganda:







I gabaritli

20

20

II gabaritli

10

10

Quvvati saqlagichlarni kuyishi natijasida kamaygan, kuchlanishi 1050 V va undan past bo‘lgan kondensatorni qo‘llash texnik maqsadga muvofiqlikni hisobga olib, mahalliy yo‘riqnomalar bilan aniqlanadi.
Sanoat chastotali yuqori kuchlanish bilan profilaktik sinovlar kapital ta’mirlash vaqtida o‘tkaziladi.
Sinov kuchlanishi Elektr uskunalarni SQ va Mda keltirilgan qiymatlardan ortmasligi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu Qoidalar sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning podstansiyalarida, ishlab chiqarish sexlarida o‘rnatilgan kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarining statsionar qurilmalariga taalluqlidir.
Statsionar akkumulyator batareyalari EQTQ talablariga muvofiq o‘rnatilishi shart.
Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bir xonada o‘rnatish man etiladi.
Akkumulyator xonalarining devorlari, shipi, eshiklari, deraza panjaralari, metall konstruksiyalari, stellajlari va boshqa qismlari kislotaga (ishqorga) chidamli hamda tarkibida spirt bo‘lmagan bo‘yoq bilan bo‘yalishi shart. Ventilatsiya qutilari va tortuvchi shkaflar tashqaridan va ichki tarafidan bo‘yalishi shart.
Akkumulyator batareyali xonalarni yoritish uchun portlashdan himoyalangan g‘ilofda o‘rnatilgan cho‘g‘lanma lampalar qo‘llanishi shart.
Uzgichlar, shtepselli rozetkalar, saqlagichlar va avtomatlar akkumulyator xonasidan tashqarida joylashtirilishi shart. Yoritish tarmog‘ining elektr simlari kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) qobiqli simdan bajarilishi shart.
Akkumulyator xonalarida elektr pechlarni o‘rnatish man etiladi.
Tezkor tok tarmog‘ida yerga tutashish paydo bo‘lsa (yoki izolatsiya qarshiligi nazorat qurilmasi ishlab ketishigacha kamaysa), zudlik bilan uni bartaraf qilish choralarini ko‘rish kerak.
Tezkor tok tarmog‘ida kuchlanish ostida ishlash, agar ushbu tarmoqda yerga tutashish mavjud bo‘lsa, man etiladi. Tutashish joyini qidirish bo‘yicha ishlar bundan mustasno.
Ta’minotida uzilishga yo‘l qo‘yilmaydigan elektr qabul qilgichlar bir shinalar tizimidan yoki seksiyasidan boshqasiga almashlab ulashda, uzluksiz ta’minot bilan ta’minlanishi kerak.
O‘zgarmas tokning barcha yig‘malari va halqali magistrallari ikkita ta’minot bilan ta’minlanishi kerak.
Akkumulyator qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda, ularning uzoq vaqt ishonchli ishlashi hamda normal va avariya rejimlarida o‘zgarmas tok shinalarida kuchlanishning zarur darajasi ta’minlanishi shart.
Normal ekspluatatsiya sharoitlarida tezkor o‘zgarmas tok shinalaridagi kuchlanishni tok qabul qilgichlarning nominal kuchlanishidan 5 foiz yuqori ushlab turishga ruxsat beriladi.
Akkumulyator batareyasi raqamlangan bo‘lishi shart. Yirik sonlar idishning vertikal devor yuziga kislotaga (ishqorga) chidamli bo‘yoq bilan yoziladi. Batareyadagi birinchi raqam bilan musbat shinaga ulangan element belgilanadi.
Akkumulyator qurilmasi quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi shart: ulanishlarning prinsipial va montaj elektr sxemalari bilan;
elektrolit zichligi va haroratini o‘lchash uchun belgilangan tartibda tekshirilgan densimetrlar (areometrlar) va termometrlar bilan;
belgilangan tartibda tekshirilgan, 0 — 3 V o‘lchash chegarali, o‘zgarmas tok ko‘chma voltmetrlari bilan;
to‘r bilan himoyalangan ko‘chma germetik lampa yoki akkumulyatorli fonar bilan; elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyish uchun sig‘imi 1,5 — 2 litr bo‘lgan kimyoviy
chidamli materialdan yasalgan tumshuqli krujka (yoki ko‘za) bilan; elementlarni qoplash uchun saqlash oynalari bilan;
kislotaga chidamli (ishqorga chidamli) kostyum, rezina fartuk, rezina qo‘lqoplar, etiklar va himoyalovchi ko‘zoynaklar bilan;
kislotali batareyalar uchun sodali eritma va ishqorli batareyalar uchun borli kislota yoki sirka essensiyasi aralashmasi bilan;
batareya elementlarini shuntlash uchun ko‘chma tutashtirgich bilan.
Doimiy tezkor xodimi bo‘lmagan qurilmalar uchun yuqorida aytilganlar olib keltiriladigan to‘plamda bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Yangi montaj qilingan yoki kapital ta’mirdan chiqqan batareyalarni qabul qilishda quyidagilar tekshirilishi shart:
akkumuluyator batareyasini montaj qilish va kapital ta’mirlash hujjatlarining (texnik hisobotning) mavjudligi;
batareyalar sig‘imi, 3 — 5 A tok yoki 10 soatli zaryadsizlantirish rejimi bilan; elektrolit sifati;
elektrolit zichligi va batareya zaryadlanishi va zaryadsizlantirishi oxirida elementlardagi kuchlanish;
batareya izolatsiyasini yerga nisbatan qarshiligi; alohida elementlarning ishga yaroqligi;

haydovchi-tortuvchi ventilatsiyaning ishga yaroqligi;


akkumulyator xonalarining qurilish qismi EQTQ talablariga mosligi.
Batareyalar ekspluatatsiya qilishga, ularning nominal sig‘imi 100 foizga yetgandan keyin tushirilishi shart.
Akkumulyator qurilmalariga xizmat ko‘rsatish akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish qoidalariga o‘qitilgan mutaxassisga yuklanadi.
Har bir akkumulyator qurilmasida ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini va bajarilgan ishlar hajmini yozish uchun akkumulyator batareyaning jurnali bo‘lishi shart.
Ishlayotgan kislotali akkumulyator batareyasidan elektrolit tahlili 3 yilda kamida 1- marta (har yili 1/3 elementdan) tekshirilayotgan elementlardan sinash uchun olingan namunalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Tekshiriladigan elementlarning soni akkumulyator batareyasining holatiga qarab, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan belgilanadi.
Nazorat uchun razryadlashda, elektrolitdan namuna olish razryadlash oxirida amalga oshiriladi.
Akkumulyatorlarga quyish uchun tarkibida xlor va temir yo‘qligi tekshirilgan distillangan suv qo‘llanilishi shart.
Doimiy zaryadlash yoki zaryadlash — zaryadsizlantirish usuli bilan ishlaydigan kislotali batareyalarda 3 oyda 1-marta, elementiga 2,3 — 2,35 V kuchlanish bilan, barcha elementlarda elektrolitning zichligi belgilangan 1,2 — 1,21 g/sm3 qiymatga yetgunga qadar tenglashtiruvchi zaryadlash (qayta zaryadlash) o‘tkaziladi. Qo‘shimcha zaryadlash davomiyligi batareyaning holatidan kelib chiqib, kamida 6 soat bo‘ladi.
Batareyani, ushbu batareya uchun kafolatlangan, maksimaldan ortiq bo‘lmagan tok bilan zaryadlashga yoki zaryadsizlantirishga ruxsat beriladi.
Elektrolitning harorati zaryadlash oxirida 40 oS dan oshmasligi shart.
Batareyani tenglashtiruvchi zaryadlash vaqtida unga nominalidan uch karradan kam bo‘lmagan sig‘im berish kerak.
Bundan tashqari, podstansiyalarda 3 oyda 1-marta qisqa vaqtda tok ulanganda kuchlanishning pasayishi bo‘yicha batareyalarning ishga yaroqliligi tekshiriladi.
Kislotali akkumulyator batareyalarida elektrolit sathi quyidagicha bo‘lishi shart:
yuza-quti plastinali qo‘rg‘oshin-kislota (keyingi o‘rinlarda ― QK) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun elektrodlarning yuqori chekkasidan 10 ― 15 mm ga yuqori;
surkalgan plastinali qo‘rg‘oshin-nikel (keyingi o‘rinlarda ― QN) turdagi statsionar akkumulyatorlar uchun saqlovchi panel ustidan 20 ― 40 mm chegarasida.
Kislotali elektrolitning zichligi 20 oS da quyidagicha bo‘lishi shart:



QK turdagi akkumulyatorlar uchun



1,205 ± 0,05 g/sm3

QN turdagi akkumulyatorlar uchun



1,24 ± 0,05 g/sm3

Doimiy zaryadlash rejimida ishlayotgan kislotali batareyalar zaryadsizlantirish mashqlarisiz va davriy tenglashtiruvchi zaryadlashsiz ekspluatatsiya qilinishi kerak. Batareyalarning holatiga qarab, lekin 1 yilda kamida 1-marta barcha elementlarda elektrolit zichligi ushbu Qoidalarga 8-ilovaning 19-bandida ko‘rsatilgan qiymatga yetguncha batareyalarni tenglashtiruvchi zaryadlash (qo‘shimcha zaryadlash) o‘tkazish kerak.
Tenglashtiruvchi zaryadlash davomiyligi batareyaning texnik holatiga bog‘liq bo‘lib, 6 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Podstansiyalarda batareyaning ishga yaroqliligi turtkili toklarda kuchlanish pasayishi bo‘yicha tekshirilishi shart.
Butun batareyani yoki uning alohida elementlarini tenglashtiruvchi qayta zaryadlash faqat zarurat bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Batareyani zaryadlash va zaryadsizlantirish, ushbu batareya uchun maksimaldan yuqori bo‘lmagan tok bilan ruxsat etiladi. Zaryadlash oxirida elektrolitning harorati QK turdagi akkumulyatorlar uchun 40oS dan, va QN turdagi akkumulyatorlar uchun 35oS dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Akkumulyator batareyalari xonalaridagi haydovchi-tortuvchi ventilatsiya batareyalarni zaryadlashdan oldin ulanishi va gazlar to‘liq chiqarib yuborilgandan, lekin zaryadlash tugaganidan kamida 1,5 soat keyin o‘chirilishi shart. Doimiy qayta zaryadlash joylarida esa mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra, zarurat bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Doimiy qayta zaryadlash usulida ishlaydigan kislotali batareyalarni ekspluatatsiya qilish zaryadsizlantirish mashqlarisiz va tenglashtiruvchi qayta zaryadlashsiz amalga oshiriladi.
Statsionar akkumulyator batareyalarining har bir elementi kuchlanishi, zichligi va elektrolit harorati Elektr uskunalarni SQvaM talablariga muvofiq o‘lchanadi.
Batareyadagi har bir elementning kuchlanishi, zichligi va harorati oyda kamida 1- marta o‘lchanishi shart.
Batareyada orqada qoluvchi elementlar 5 foizdan oshmasligi shart. Zaryadsizlantirish oxirida orqada qolgan elementlar kuchlanishi qolgan elementlarning o‘rtacha kuchlanishidan 1,5 foizdan ortiqcha farq qilmasligi kerak.
O‘zgarmas tok qurilmalariga kiruvchi akkumulyator batareyali to‘g‘rilovchi qurilmalarga va motor-generatorlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ushbu qurilmalar
turi uchun belgilangan tartibda amalga oshirilishi shart.
Akkumulyator batareyalarini joriy ta’mirlashda quyidagilar amalga oshiriladi: plastinalar holatini tekshirish va zarur bo‘lsa ularning alohida elementlarini almashtirish; seperatorlarning bir qismini almashtirish;
elementlardagi quyqumni olib tashlash; elektrolitning sifatini tekshirish;
stellajlar holatini va ularning yerga nisbatan izolatsiyasini tekshirish; akkumulyator batareyalarining boshqa nosozliklarini bartaraf qilish; xonaning qurilish qismini tekshirish va ta’mirlash.
Zarurat bo‘lgan hollarda, akkumulyator qurilmasini ta’mirlashni tashkil etish kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash (akkumulyatorlarning, plastinalarning, sepatorlarning katta qismini almashtirish, butun batareyani yoki ba’zi qismlarini qismlarga ajratish) uning holatiga qarab, ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilib amalga oshirilishi kerak.
Batareyani kapital ta’mirlash zarurligini kapital ta’mir olib boruvchi tashkilot yoki korxonaning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilaydi.
Akkumulyator uskunalarini kapital va joriy ta’mirlash davriyligi texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash tizimiga mos kelishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
TTning kabel kanallari yonmaydigan plitalar bilan yopilishi va tozalikda saqlanishi kerak.
Navbatchi xodimda kalibrlangan eruvchan kirgizmalar zaxirasi bo‘lishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan kirgizmalarni qo‘llash man qilinadi. Eruvchan kirgizmalar saqlagichlar turiga mos kelishi shart.
TQning tashqi eshiklarida ularning nomlari ko‘rsatiladi. Barcha simlar, shinalar, kabellar, kontakt qisqichlari va saqlagichlar yagona tizim bo‘yicha markirovka qilinadi (izolatsiyalangan yorliqlar, qisqich va saqlagichlar ustidagi yoki ostidagi panelda yoki korpusda yozish yoki o‘yib yozish bilan).
Saqlagichlar va saqlagichlar panellarida bundan tashqari, eruvchan kirgizmaning nominal toki ko‘rsatiladi.
TQ panellari ochiq rangga bo‘yaladi, ularda alohida zanjirlar va uzatmalarning vazifalarini ko‘rsatuvchi aniq yozuvlarda bajariladi. Bunday yozuvlar panellarning old va orqa taraflarida bo‘lishi shart.
TQ eshiklarida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga mos ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi.
Barcha kalitlarda, tugmachalarda va boshqaruv dastaklarida ular mo‘ljallangan operatsiyalarni ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi shart (“Ulansin”, “O‘chirilsin”, “Kamaytirilsin”, “Ko‘paytirilsin” va boshqalar).
Signal lampalarida va boshqa signal apparatlarida signal xususiyatini ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi shart (“Ulangan”, “O‘chirilgan”, “O‘ta qizish” va boshqalar).
TQlarni, panellarni, yig‘malarni, shchitchalarni ko‘rikdan o‘tkazish, chang va ifloslanishdan tozalash 3 oyda kamida 1-marta o‘tkaziladi.
TQ uskunalarining profilaktik tekshiruvlari, o‘lchovlari va sinovlari Elektr uskunalarni SQ va Mda ko‘zda tutilgan hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan podstansiyalar va taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu Qoidalar kuchlanishi 1000 V dan yuqori, 220 kV gacha bo‘lgan podstansiyalar va TQlarga taalluqlidir.
Podstansiyalar va TQlar, ularda o‘rnatilgan asboblar va apparatlar bilan birga amaldagi EQTQ talablariga mos kelishi shart.
Barcha turdagi va kuchlanishli podstansiya va TQlarning elektr uskunalari nominal rejimda ishlash bilan bir qatorda, qisqa tutashuv, o‘ta kuchlanish va o‘ta yuklanish rejimlari sharoitlarini ham qanoatlantirishi shart.
Podstansiya va TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar normal va avariya sharoitlarida ruxsat etilgan ishlash rejimlari bo‘yicha hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
Ishonchli va tejamli elektr ta’minoti uchun podstansiya va TQni ekspluatatsiya qilishda shinalarning barcha seksiyalari va tizimlari (aylanmadan tashqari), shuningdek, zaxiradagidan tashqari barcha elektr uskunalari doimo ishlab turishi shart.
Elektr uskunaning izolatsiya sinfi tarmoqning nominal kuchlanishiga, o‘ta kuchlanishdan himoya qurilmasi esa elektr uskunaning izolatsiya darajasiga mos kelishi shart.
Elektr uskunalari ifloslangan atmosferada joylashganda izolatsiyaning ishonchliligini ta’minlovchi ushbu choralar amalga oshirilishi shart:
OTQda izolatsiyani kuchaytirish, yuvish, tozalash, gidrofob pastalar bilan qoplash; YOTQda izolatsiyani chang va zararli gazlar kirishidan himoya qilish;
tashqarida o‘rnatiladigan komplekt taqsimlash qurilmalarida shkaflarni germetizatsiyalash va izolatsiyaga gidrofob pastalar bilan ishlov berish.
1000 A dan ortiq tok oqib o‘tadigan tok o‘tkazuvchi qismlar yaqinida joylashgan va xodimlarning tegib ketishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalar qizishi 50 oS dan yuqori bo‘lmasligi shart. Bunday konstruksiyalar qizishi tekshirilishini davriyligi elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tomonidan, lekin kamida 3 oyda 1-marta belgilanadi.
YOTQ xonalari ichidagi harorat yoz vaqtlarida 40 oS dan oshmasligi shart. Harorat oshgan hollarda, uskunalar haroratini pasaytirish yoki havoni sovutish choralari ko‘rilishi
shart.
TQda o‘rnatilgan elektr isitgichlarni ekspluatatsiya qilishda va TQdagi havo harorati
ruxsat etilgan qiymatdan pasayishi mumkin bo‘lganda, ular elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs tasdiqlagan ish jadvali bo‘yicha davriy ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Elektr isitgichlarni ulash va o‘chirish, odatda avtomatik tarzda amalga oshirilishi kerak.
Elektr isitgichlar ulanishi va o‘chirilishi lozim bo‘lgan harorat qiymatlari mahalliy yo‘riqnomalarga ko‘ra, elektr uskunalarini ishlab chiqaruvchi zavod ko‘rsatmalarini hisobga olib belgilanadi.
Agar moyli o‘chirgichlarni ekspluatatsiya qilish joylarida atrof-havo harorati 1 sutka va undan ortiq vaqt davomida minus 25oS dan past bo‘lsa, ularning baklarining va korpuslarining tubi elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi shart.
O‘chirgichlar, ajratgichlar, bo‘lgichlar, qisqa tutashtirgichlar va ularning uzatmalari mexanizmlarining sharnirli birikmalari, podshipniklari va ishqalanuvchi yuzalariga past haroratda muzlaydigan surtish moylari bilan surtilishi, o‘chirgichlarning hamda boshqa apparatlarning moyli dempfyerlari esa moy bilan to‘ldirilishi shart. Ushbu moyning muzlash harorati atrof-havoning qishki minimal haroratidan kamida 20 oS past bo‘lishi shart.
TQ xonalarida deraza doimo yopiq bo‘lishi, moyi bor apparatlar o‘rtasidagi ochiq joylar o‘rni esa berkitib tashlangan bo‘lishi kerak. Kabellar o‘tish joylaridagi barcha teshiklar zichlanadi. Xonalarning tashqi devorlaridagi barcha teshiklar va darchalar, hayvonlar va qushlar tushishining oldini olish uchun to‘rlar bilan to‘siladi yoki berkitiladi.
Havo tayyorlovchi qurilmalarning avtomatik boshqarish, himoya va signalizatsiya qurilmalari, shuningdek, saqlovchi klapanlari davriy ravishda tekshiriladi va rostlab turiladi.
Ishchi bosimda siqilgan havoning nominal nisbiy namligi quyidagicha bo‘lishi shart: nominal bosimi 2 MPa (20 kgs/sm2) bo‘lgan havoli o‘chirgichlar uchun va moyli
o‘chirgichlarning hamda boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun 50 foizdan ortiq emas;
nominal bosimi 2,6 MPa (26 kgs/sm2) va undan yuqori bo‘lgan havoli o‘chirgichlar uchun 25 foizdan ortiq emas .
Moyli o‘chirgichlar va boshqa kommutatsiya apparatlarining pnevmatik uzatmalari uchun agar quvurlarda va uzatmalarda namlik muzlab qolishi xavfining oldi olingan bo‘lsa, nisbiy namligi 50 foizdan ortiq bo‘lgan siqilgan havodan foydalanishga ruxsat beriladi.
Kommunikatsiya apparatlari uchun siqilgan havoni quritish¸ odatda termodinamik usul bilan amalga oshirilishi kerak.
Siqilgan havoni talab etilgan quritish darajasi nominal ishchi bosimi 2 MPa (20 kgs/sm2) bo‘lgan apparatlar uchun kommutatsiya apparatlarining nominal kompressor va nominal ishchi bosimi orasidagi farqning karrali nisbati ikkidan kam bo‘lmaganda va nominal ishchi bosimi 2,6 — 4,0 MPa (26 — 40 kgs/sm2) bo‘lgan apparatlar uchun to‘rtdan kam bo‘lmaganda ta’minlanadi.
Shuningdek, siqilgan havoni quritishning boshqa usullarini, masalan, adsorbsion usulni qo‘llashga ruxsat etiladi.
Kompressor bosimi 4,0 — 4,5 MPa da (40 — 45 kgs/sm2) bo‘lgan havo yig‘gichlaridagi namlikni 3 sutkada kamida 1-marta, doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan obyektlarda
esa ekspluatatsiya tajribasi asosida tuzilib, tasdiqlangan ish jadvali asosida chiqarib tashlash zarur.
Havo yig‘gichlar tubi va chiqaruvchi jo‘mrak isitilgan bo‘lishi va atrof-havo harorati manfiy bo‘lib namlik chiqarib tashlanayotganda, muzni eritish uchun zarur vaqtga ulanadigan elektr isitish qurilmalari bilan jihozlanishi shart.
Bosimi 23 MPa (230 kgs/sm2) bo‘lgan ballonlar guruhi kondensat yig‘gichlardan namlikni chiqarish kompressorning har bir ishga tushirilishida avtomatik tarzda amalga oshirilishi shart. Namlik muzlab qolishining oldini olish uchun ballonlarning pastki qismlari va kondensat yig‘gichlar elektr isitkichi bo‘lgan issiqlik izolatsiyalangan kamerada joylashtirilishi shart. Siqilgan havoni tozalovchi bloklardan (keyingi o‘rinlarda — HTB) keyin o‘rnatilgan ballonlar bundan mustasno. HTBning nam ajratkichini puflanishi sutkada kamida 3-marta amalga oshirilishi kerak.
HTBdan chiqishda havoning quritish darajasini — shudring nuqtasini tekshirish sutkada 1-marta o‘tkazilishi shart. Shudring nuqtasi ― atrof-havoning musbat haroratida, minus
50°S dan va manfiy haroratida, minus 40 oS dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Havoli o‘chirgichlarda va boshqa kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida ishlatilayotgan siqilgan havo mexanik aralashmalaridan har bir havoli o‘chirgichning taqsimlovchi shkaflarida yoki har bir apparat uzatmasini ta’minlovchi xavo o‘tkazgichlarda o‘rnatilgan filtrlar yordamida tozalanishi shart.
Havo tayyorlovchi tarmoqning montaji tugaganidan keyin havoli o‘chirgichlar rezervuarlarini va boshqa apparatlar uzatmalarini birinchi bor to‘ldirishdan oldin, barcha
havo o‘tkazgichlar puflanishlari shart.
Ekspluatatsiya jarayonida siqilgan havo ifloslanishining oldini olish uchun quyidagi muddatlarda puflashlar o‘tkazilishi shart:
atrof-havo harorati musbat bo‘lganda, magistral havo o‘tkazgichlarda kamida 2 oyda 1- marta;
tarmoqdan taqsimlovchi shkafgacha bo‘lgan shoxobchalar havo o‘tkazgichlarida va shkafdan o‘chirgichning har bir qutbi rezervuarlarigacha va boshqa apparatlarning uzatmalarida ularni apparatdan ajratgan holda, apparatning har bir o‘rta ta’miridan keyin;
havoli o‘chirgichlar rezervuarlarida ularni siqilgan havo bilan har bir to‘ldirishdan oldin; atrof-havoning musbat haroratida kamida 1 oyda 1-marta, shuningdek, haroratning har
bir keskin (15 — 20 oS va undan ortiq) pasayganida.
Havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlarning rezervuarlari, shuningdek, havo yig‘gichlar va ballonlar bosim ostida ishlayotgan idishlarni o‘rnatish va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarida belgilangan talablarini qanoatlantirishi shart.
Havoli o‘chirgichlar va boshqa yuqori kuchlanish apparatlarining rezervuarlari, O‘zenergoinspeksiya hududiy bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
Kompressor bosimili havo yig‘gichlar va ballonlarni, shuningdek, havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlarini ichki ko‘rikdan o‘tkazishda kamida 4 yilda 1-marta, ularning gidravlik sinovlari esa (havoli o‘chirgichlar va boshqa apparatlar rezervuarlaridan tashqari) kamida 8 yilda 1-marta o‘tkazilishi shart.
Havoli o‘chirgichlar rezervuarlarini gidravlik sinovlari ko‘rikdan o‘tkazishda aniqlangan nuqsonlar, rezervuarlarning mustahkamligiga shubha bo‘lgan hollarda o‘tkazilishi kerak.
Rezervuarlarning ichki yuzalari zanglashga qarshi qoplamaga ega bo‘lishi shart.
TQ magistral havo o‘tkazgichlarini puflash va filtrlar to‘ldiruvchisini almashtirish bir yilda kamida 1-marta, havo quritgich to‘ldiruvchisini almashtirish zarurat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yuklama o‘chirgichlarining so‘ndiruvchi kameralarini tekshirish, gazni generatsiyalovchi yoy o‘chiruvchi ichquymaning yemirilish va qo‘zg‘almas yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning kuyish darajasini aniqlash, korxona elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda, yuklama o‘chirgichlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar sonidan kelib chiqib, davriy ravishda o‘tkaziladi.
Havoli o‘chirgichlarda izolyatorlar ichki bo‘shlig‘i ventilatsiyasining ishlashi davriy tekshirilishi kerak (ko‘rsatkichi bor o‘chirgichlar uchun).
Tekshirish davriyligi ishlab chiqaruvchi zavod takliflari asosida belgilanishi shart.
Elektr uskunalarini sinash Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq o‘tkaziladi.
TQ uskunalarini kapital ta’mirlash quyidagi muddatlarda o‘tkazilishi kerak:
moyli o‘chirgichlarni 6 — 8 yilda 1-marta, ta’mirlar orasidagi davrda uzatmali o‘chirgichning xususiyatlari nazorat qilib borilganda;
yuklama o‘chirgichlarini, ajratgichlar va yerga ulovchi pichoqlarni 4 — 8 yilda 1-marta (konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq holda);
havoli o‘chirgichlarni 4 — 6 yilda 1-marta;
alohidalagichlarni, ochiq pichoqli qisqa tutashtirgichlarni va ularning yuritmalarini 2-3 yilda 1-marta;
kompressorlarni 2-3 yilda 1-marta;
elegazli komplekt taqsimlovchi qurilmalarni 10 — 12 yilda 1-marta; elegazli va vakuumli o‘chirgichlarni 10 yilda 1-marta;
tok o‘tkazgichlarni 8 yilda 1-marta;
barcha apparatlar va kompressorlarni ekspluatatsiya qilish muddatidan qat’i nazar, resursi tugagandan keyin.
O‘rnatilgan uskunani birinchi marta ta’mirlash ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkazilishi kerak.
Ichki o‘rnatilgan ajratgichlar zarurat bo‘yicha ta’mirlanishlari kerak.
TQning qolgan apparatlarini (tok va kuchlanish transformatorlarini, aloqa kondensatorlarini va shunga o‘xshash) kapital ta’mirlash ham zarurat bo‘yicha profilaktik sinovlar va ko‘rikdan o‘tkazishlar natijalarini hisobga olib, amalga oshiriladi.
TQ uskunalarini joriy ta’mirlash, shuningdek, ularning ishlashini tekshirish (ishlatib ko‘rish) zarur bo‘lganda, elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs belgilagan muddatlarda o‘tkazilishi shart.
Navbatdan tashqari ta’mirlar uskunalar ishlamay qolganda, shuningdek, ularning kommutatsion yoki mexanik resursi tugagan hollarda amalga oshiriladi.
Ustunli, machtali transformator podstansiyalarining va almashlab ulash punktlarining ajratkichlari uzatmalari qulflangan bo‘lishi yoki boshqaruv dastagi olib qo‘yilgan va xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimda saqlanishi shart.
Xizmat ko‘rsatish maydonchasining statsionar zinapoyalari ajratgichlar bilan blokirovka qilingan bo‘lishi va qulflangan bo‘lishi shart.
TTda quyidagilar bo‘lishi shart:
yetarli miqdorda ko‘chma yerga ulagichlar;
himoya, yong‘inga qarshi va yordamchi vositalar (qum, o‘t o‘chirgichlar);
protivogazlar, respiratorlar va baxtsiz hodisalar tufayli jabrlanganlarga vrach kelguncha tibbiy yordam ko‘rsatish vositalari.
Tezkor-chiqish brigadalari xizmat ko‘rsatadigan TQlar uchun ko‘chma yerga ulagichlar va himoya vositalari tezkor-chiqish brigadalarida bo‘lishi mumkin.
Agar sxema bo‘yicha kuchlanish transformatorining ikkinchi tomonida kuchlanish paydo bo‘lish ehtimoli bo‘lsa, kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari blok- kontaktlar yordamida avtomatik tarzda birlamchi zanjir bilan bir vaqtda o‘chiriladi.
TQdagi barcha yozuvlar ushbu Qoidalarga 9-ilova “Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlovchi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar” ga muvofiq bajariladi.
TQni ko‘rikdan o‘tkazishda asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratish kerak:
xonalarning holatiga, eshik va derazalarning sozligiga, shipda va qavatlar orasidagi to‘siqlarda oqishning yo‘qligiga, qulflarni borligi va sozligiga;
isitish va ventilatsiya, yoritish va yerga ulash tarmog‘ining sozligiga; himoya vositalarining mavjudligiga;
apparatlardagi moy sathi, haroratiga va oqishining yo‘qligiga;
past kuchlanish panelidagi kontaktlar, rubilniklar holatiga;
hisoblagich va relelarda plombaning butunligiga hamda hisoblagichning ishlashiga; izolatsiyaning holatiga (changlanishi, yoriqlar, razryadlar borligi va shunga o‘xshash); signalizatsiya tizimining ishlashiga;
havoli o‘chirgichlar baklarida havoning bosimiga; havo sirqishi yo‘qligiga;
o‘chirgichlar holatlari ko‘rsatkichlarining ko‘rsatishi sozligi va to‘g‘riligiga; havoli o‘chirgichlar qutblari ventilatsiyasining mavjudligiga;
havoli o‘chirgichlarning sig‘im bo‘lgich kondensatorlaridan moy oqishi yo‘qligiga; yilning sovuq vaqtlarida elektr isitish qurilmasining ishlashiga;
boshqaruv shkaflari berkitilishining zichligiga;
kommutatsiya apparatlariga va boshqalarga yengil kirish mumkinligiga.
TQ uskunalari davriy ravishda chang va iflosdan tozalanishi shart.
Tozalash muddatlarini, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligiga javobgar belgilaydi.
TQ xonalarni yig‘ishtirish va elektr uskunalarini tozalashni o‘qitilgan xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, bajarishlari shart.
TQdagi zaxira elementlarning (transformatorlar, o‘chirgichlar, shinalar va boshqalar) sozligi mahalliy yo‘qriqnomalarda belgilangan muddatlarda kuchlanish ostiga ulash bilan surunkali tekshirib turilishi shart.
Daraxtlar, shuningdek, balandligi 4 metrdan ortiq o‘simliklar bilan taqsimlovchi qurilmalar orasidagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, bunda daraxt ag‘anaganda uskunalar shikastlanmasligi lozim.
TQga va podstansiyalarga avtomashinalar kirish yo‘llari soz holatda bo‘lishi shart.
OTQ va YOTQning kabel kanallari va yer usti kabel lotoklari yonmaydigan plitkalar bilan yopilgan bo‘lishi shart.
Avtotransportning kabel kanallari ustidan o‘tishga ruxsat etilgan joylari belgi bilan ko‘rsatilishi shart.
Tunnellar, kanallar, yerto‘lalar toza saqlanishi, drenaj qurilmalar esa suvni to‘siqlarsiz chiqib ketishini ta’minlanishi kerak.
Asosiy izolatsiya sifatida yoki kirishlar va apparatlarni to‘ldirish uchun ishlatiladigan mastika sovuqqa chidamli bo‘lishi kerak. Moy bilan to‘ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanishdan himoyalangan bo‘lishi shart.
Moyli o‘chirgichlardagi, o‘lchov transformatorlari va kirish joylaridagi moy sathi atrof- havoning maksimal va minimal haroratlarida moy ko‘rsatkich shkalasi chegarasida qolishi shart.
Germetik bo‘lmagan kirish joylaridagi moy namlikdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
YOTQdagi shinalarning ajraladigan ulashlaridagi qizishlarga doir tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha statsionar va ko‘chma indikatorlar yordamida nazorat amalga oshirilishi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Barcha releli himoya, ikkilamchi zanjir, elektr avtomatika, elektr o‘lchash va telemexanika qurilmalari EQTQga muvofiq bo‘lishi shart.
Podstansiyalar yoki taqsimlovchi qurilmalarda o‘rnatilgan RHAvaT qurilmalarining ishlashini tahlil qilish va elektr uzatish havo tarmoqlarida shikastlangan joylarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan avariya rejimlarida avtomatik tezlanib yozadigan o‘ziyozar asboblar, avariyaviy yozuvlarning avtomatik ossillograflari, shu jumladan ularni ishga tushuruvchi qurilmalar, qayd qiluvchi asboblar (indikatorlar) va boshqa qurilmalar EQTQ talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bilan iste’molchining aloqa tarmoqlaridagi, shuningdek, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot dispetcherining tezkor boshqaruvidagi
yoki tezkor nazorati ostidagi iste’molchilar podstansiyalari transformatorlarining (avtotransformatorlarining) o‘rnatmalari qiymati energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning tegishli RHA xizmati bilan kelishilgan bo‘lishi shart.
O‘rnatma qiymatini tanlashda, zaxirani avtomatik ulash va avtomatik qayta ulash qurilmalarining borligi hisobga olinib, harakatning selektivligi ta’minlanishi shart.
Bundan tashqari, selektivlik bo‘yicha o‘rnatma qiymatini aniqlashda sexlardagi agregatlar va mexanizmlarning texnologik avtomatikasi hamda blokirovkasi qurilmalarining ishlashi hisobga olinishi shart.
Releli himoya qurilmalarining barcha o‘rnatma qiymatlari korxona va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning minimal elektr yuklamasi sharoitlarida elektr ta’minotining amaldagi sxemasi uchun tekshirilishi shart.
Tezkor tok zanjirlarida himoya apparatlari (saqlagichlar va avtomatik o‘chirgichlar) harakatining selektivligi ta’minlanishi shart.
Ekspluatatsiya qilishda releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlarning normal ishlashi uchun sharoitlar (ruxsat etilgan harorat, namlik, titrash, ishchi parametrlarning nominaldan chetga chiqishi va boshqalar) ta’minlanishi shart.
Elektr tarmog‘ining ish rejimiga va selektivlik shartlariga, vazifalariga va ishlash prinsiplariga ko‘ra ishdan chiqarilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan qurilmalardan tashqari
ekspluatatsiya qilinayotgan RHAvaT qurilmalari doimo ulangan ishchi holatida bo‘lishi shart.
RHAvaT qurilmalarini rejali ishlashdan chiqarish tegishli buyurtma bilan rasmiylashtirilishi va yuqori turuvchi navbatchi xodimning (mansubligi bo‘yicha) ruxsati bilan amalga oshirilishi shart.
Noto‘g‘ri ishlash xavfi tug‘ilgan holda, RHAvaT qurilmalari yuqori turuvchi navbatchi xodimning ruxsatisiz, lekin keyinchalik unga xabar berib, mahalliy yo‘riqnomaga muvofiq
va buyurtma rasmiylashtirilib, ishlashdan chiqarilishi kerak. Bunda ishda qolgan releli himoya qurilmalari elektr uskunalarni va elektr uzatish tarmoqlarini barcha turdagi shikastlanishlardan to‘liq himoyalashni ta’minlashi shart. Agar bunday shartga rioya qilinmasa, vaqtincha himoya qilinishi yoki ulanma o‘chirilishi shart.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan sozlash ishlari bajarilganda, ularni qabul qilishni RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar amalga oshiradilar.
Yangi montaj qilingan qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ruxsat releli himoya, avtomatika va telemexanika jurnaliga yozilib, ushbu korxona (yuqori turuvchi tashkilotlar)
vakili va sozlash tashkilotining javobgar ijrochisi imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonada RHAvaT qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lmasa, unda ularni yuqori turgan tashkilot xodimlari qabul qiladilar.
RHAvaT va signalizatsiya qurilmalari panellari va shkaflarining old va orqa tomonlarida, shuningdek, boshqaruv panellari va pultlarida dispetcherlik nomlariga mos ravishda ularning vazifalarini ko‘rsatuvchi yozuvlar, ularda o‘rnatilgan apparatlarda esa sxemalarga muvofiq yozuvlar yoki markirovka bo‘lishi shart.
Qisqich yig‘malariga (qatorlariga) ulangan simlar sxemalarga mos keluvchi markirovkaga ega bo‘lishi shart.
Nazorat kabellarida markirovka ularning oxirlarida, tarmoqlanishida va kabel oqimlarini kesishish joylarida, devor, ship va shunga o‘xshashlar orqali o‘tish joylarida ikki tomonda bo‘lishi shart.
Bo‘sh kabel tolalarining uchlari izolatsiyalangan bo‘lishi shart.
Yerga nisbatan RHAvaT qurilmalarining elektr bog‘langan ikkilamchi zanjirlarining izolatsiya qarshiligi, shuningdek, elektr bog‘lanmagan turli mo‘ljaldagi zanjirlar o‘rtasidagi (o‘lchash zanjirlari, tezkor tok, signalizatsiya zanjirlari) izolatsiya qarshiligi har bir birikma uchun 1 MOm dan kam bo‘lmasligi, teleboshqaruvning tashqi zanjirlarida va telemexanika qurilmalarining 220 V kuchlanishli ta’minlash zanjirlarida esa 10 MOm dan
kam bo‘lmasligi ta’minlanishi shart.
RHAvaT qurilmalari zanjirlari, teleboshqaruvning chiqish zanjirlari va 220 V ta’minlash zanjirining izolatsiya qarshiligi 1000 — 2500 V ga mo‘jallangan megaommetr bilan ishchi kuchlanishi 60 V va undan kam bo‘lgan RHA qurilmalari zanjirlari va telemexanika zanjirlari 500 V ga mo‘ljallangan megaommetr bilan o‘lchanadi.
Tarkibida yarim o‘tkazgich va mikroelektronika elementlari bor bo‘lgan RHAvaT qurilmalarining ikkilamchi zanjirlari izolatsiyasini tekshirishda, ushbu elementlarning shikastlanishining oldini olish choralari ko‘rilishi shart.
RHAvaT qurilmalarini montajdan keyin ulashda va birlamchi profilaktik sinovlarida RHAvaT elektr bog‘langan zanjirlarining va har bir ulanmani boshqa barcha ikkilamchi zanjirlarining yerga nisbatan izolatsiyasi, shuningdek, bitta panel chegarasida joylashgan elektrli bog‘lanmagan zanjirlar orasidagi izolatsiya, 60 V va undan past ishchi kuchlanishga hisoblangan elementlar zanjirlaridan tashqari, o‘zgaruvchan tokning 1000 V kuchlanishi bilan 1 minut davomida sinalishi shart.
RHAvaT qurilmalarining barcha to‘g‘ri va noto‘g‘ri ishlash holatlari, shuningdek, ularga tezkor va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida aniqlangan nuqsonlar (nosozliklar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinishi kerak. Xodimlar barcha nuqsonlarni bartaraf qilishlari shart.
RHAvaT qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tishlari shart. Ularning hajmi va davriyligi amaldagi qoidalar bilan belgilanadi.
Noto‘g‘ri ishlab ketishdan keyin qurilmalarning qo‘shimcha (avariyadan keyin) tekshiruvlari o‘tkazilishi shart.
Texnik xizmat ko‘rsatishda RHAvaT qurilmalarini tekshirish uchun sinash qurilmalari, ushbu maqsadlar uchun boshqarish panellari xonalariga, podstansiyaning taqsimlovchi qurilmalariga va boshqa joylarga o‘rnatilgan shtepsel rozetkalariga yoki panelchalarga ulanishi kerak.
Releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv panellarining (shkaflarining) va pultlarining old tomonini, ularga o‘rnatilgan apparatlarni davriy ravishda maxsus o‘qitilgan xodim changdan tozalashi shart.
Ochiq ishlangan apparatlarni, shuningdek, ushbu panellar (shkaflar) va pultlarning orqa tomonini RHAvaT qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki yo‘riqdan o‘tgan tezkor xodim tozalashi shart.
Nazoratning va boshqa operatsiyalarning davriyligi, shuningdek, xodimlarning harakat tartibi mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq obyektlarga xizmat ko‘rsatish tartibi (korxona xodimlari tomonidan, markazlashgan va boshqa) hisobga olingan holda belgilanadi.
RHAvaT qurilmalarning bevosita boshqaruv pultlari va panellari (shkaflari) yig‘malarining (qatorlarining) yaqinida bexosdan ulanishi, ulanishni o‘chirilishi yoki ulanishini, tezkor tok zanjirlarida yoki sinxron generatorning (elektr dvigatelning, kompensatorning) qo‘zg‘atish zanjirlarida qisqa tutashuvni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qisqichlar bo‘lmasligi shart.
Metall qobiqli nazorat kabellaridagi shikastlanishlarni bartaraf qilishda yoki ularni uzaytirishda, tolalarni birlashtirish germetik muftalar o‘rnatish bilan yoki bu maqsad uchun mo‘ljallangan qutilar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu muftalar va qutilarni maxsus jurnalda hisobga olinishi yuritilishi kerak.
O‘rta hisobda bitta kabelning har 50 metrga bittadan ko‘p bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan birikmalar to‘g‘ri kelishi kerak.
Polivinilxlorid va rezina qobiqli kabellar, odatda epoksidli ulash muftalari yordamida yoki qisqichlarning o‘tish qatorlarida ulanishlari kerak.
Agar izolatsiyasi havo, yorug‘lik va moy ta’siridan yemiriladigan nazorat kabellari qo‘llanilgan bo‘lsa, qisqichlardan tugallash muftalarigacha bo‘lgan tola uchastkalarida bu yemirilishga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha qoplama qilinishi shart.
Avariyaviy va ogohlantiruvchi signalizatsiya qurilmalari doimo ishga tayyor holatda bo‘lishi va davriy ravishda sinovdan o‘tkazib turilishi shart.
Asosiy e’tiborni tezkor tokning mavjudligiga, ikkilamchi zanjirdagi avtomatik o‘chirgichlar va saqlagichlarning ishga yaroqliligiga, shuningdek, o‘chirgichlarning boshqaruv zanjirlariga qaratish kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Ushbu Qoidalar uskunalarning texnologik parametrlarini tekshirish tizimlariga, ish rejimlarini o‘lchash vositalariga (statsionar va ko‘chma), shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish vositalariga (aktiv va reaktiv energiya hisoblagichlariga) taalluqlidir.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini o‘rnatish, montaj va ekspluatatsiya kilish EQTQ talablariga hamda ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektr kattaliklarni o‘lchash vositalari O‘zbekiston Respublikasi standartlariga mos kelishi va EQTQ talablarini qondirishi, shuningdek, o‘lchash vositalarining turini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi shart.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini davlat va idoraviy qiyoslash muddatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, “O‘zstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH bilan belgilanadi.
Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob vositalarini va namunaviy o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish davlat standartlarida belgilangan muddatlarda, shuningdek, ushbu vositalar ta’mirlangandan so‘ng o‘tkaziladi.
Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslashning tashkil etilishi, uni o‘tkazish usullari va hisobotlari O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlariga, “O‘zstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH talablariga mos kelishi shart.
Barcha elektr o‘lchash vositalari ushbu o‘lchov vositalariga standartlar, texnik shartlar va zavod yo‘riqnomalarining talablariga javob beradigan sharoitlarda o‘rnatiladi va ekspluatatsiya qilinadi.
Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalariga pasportlar (yoki jurnallar) tuziladi. Ularda barcha ta’mirlar va qiyoslashlar haqida belgilar qo‘yiladi.
Elektr uskunalari va elektr uzatish tarmoqlarining ish rejimlarini nazorat qiluvchi statsionar o‘lchov vositalariga o‘lchanayotgan kattalikning nominal qiymatiga mos belgi qo‘yilishi kerak. Belgilarning o‘lchamlari va qo‘yish usullari o‘lchov asboblarining shkalalariga qo‘yilgan davlat standartlari talablariga mos kelishi shart. Tashqi manbadan elektr ta’minotiga ega asboblar kuchlanish mavjudligini bildiruvchi signalizatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi shart.
Har bir elektr energiyasini hisoblash vositasida (hisoblash asbobida) elektr energiyasining hisobi olib borilayotgan ulanmaning nomini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi shart.
Energetika uskunasiga biriktirib o‘rnatilgan elektr o‘lchash vositalarining (tok va kuchlanish tranformatorlarining, shuntlarning, elektr o‘zgartirgichlarning va boshqalar) qiyoslash muddatlari ular o‘rnatilgan uskunalar ishlarining ta’mirlararo davriga mos kelishi shart. Uskunalarni ta’mirlash hajmiga ushbu o‘lchov vositalarini demontaji, qiyoslash va o‘rnatish ham kiritilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga
ILOVA
Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
Yerga ulanadigan va nol himoya simlarini yerga ulagichlarga, yerga ulovchi konturga va yerga ulovchi konstruksiyalarga ulash payvandlash orqali apparatlar, mashinalar va elektr uzatish havo tarmoqlari tayanchlari korpuslariga ulash esa payvandlash yoki mustahkam
boltli birikmalar orqali bajarilishi shart va davlat standarti talablarini qoniqtirishi kerak.
Yerga yoki nol simiga ulanishi kerak bo‘lgan elektr qurilmani har bir qismi yerga ulash yoki nol simiga ulash tarmog‘iga alohida sim orqali ulanishi shart. Elektr qurilmalarining yerga yoki nol simiga ulanuvchi qismlarini yerga yoki nol himoya o‘tkazgichiga ketma-ket ulash man qilinadi.
Ochiq o‘tkazilgan, po‘latdan qilingan yerga ulash simlari ajralib turadigan rangga ega bo‘lishi shart.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida yerdan faza yoki nol simi sifatida foydalanish man etiladi.
Yerga ulash qurilmasining texnik holatini aniqlash uchun davriy ravishda quyidagilar o‘tkazilishi shart:
erga ulash qurilmalarning ko‘rinadigan qismlarini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish;
erga ulagich va yerga ulanayotgan elementlar o‘rtasidagi zanjirni tekshirish bilan ko‘rikdan o‘tkazish (erga ulovchi qurilma bilan apparatlarni birlashtiruvchi simlarda uzilgan va qoniqarsiz kontaktlar yo‘qligi), shuningdek, transformatorlarning saqlagichlarini tekshirish;
erga ulash qurilmasining qarshiligini o‘lchash;
faza — nol zanjirini tekshirish;
tabiiy yerga ulash ulashlarining mustahkamligini tekshirish;
erga ko‘milgan yerga ulash qurilmasining elementlarini ko‘rish uchun tuproqni ixtiyoriy tanlab ochib ko‘rish;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari tayanchlari uchun tuproqning solishtirma qarshiligini o‘lchash.
Yerga ulash qurilmasining tashqi ko‘rigi TQ, transformatorli podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar, shuningdek, sex elektr uskunalari va boshqa elektr qurilmalarning ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga o‘tkaziladi.
Ko‘rikdan o‘tkazishlar, aniqlangan nosozliklar, qabul qilinagan choralar haqidagi tegishli yozuvlar yerga ulash qurilmasining ko‘rikdan o‘tkazish jurnalida yoki tezkor jurnalda qayd etilishi kerak.
Yerga ulash qurilmalarining qarshiliklari qiymatini, tegish kuchlanishi amaldagi Elektr uskunalarini SQ va Mga muvofiq bo‘lishini ta’minlash maksadida EQTQ talablari bilan aniqlangan darajada saqlab turish shart.
Ekspluatatsiyadagi har bir yerga ulash qurilmasi, qurilmaning sxemasi, asosiy texnik ma’lumotlari, uning holatini tekshirish ma’lumotlari, ushbu qurilma konstruksiyasiga kiritilgan ta’mirlar va o‘zgarishlar xarakteri haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan pasportga ega bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabrdagi 712-son qaroriga
2-ILOVA
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar)elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida ishlayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarishdagi xavfli omillar ta’sirining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
elektr uzatish havo liniyasi (keyingi o‘rinlarda — HL) — simlari yer ustida izolyator va tayanchlar yordamida ko‘tarilib turadigan elektr uzatish liniyasi;
elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh — xodimning elektr qurilmalarida ishlarni xavfsiz bajarish uchun tayyorgarlik saviyasini belgilovchi malaka darajasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlari hajmi va ish tajribasiga qarab, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlar I, II, III,
IV va V guruhlarga bo‘linadi. Xodimlarga malaka guruhini berish uchun qo‘yiladigan talablar mazkur Qoidalarga 1-ilovada belgilab berilgan;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirining kommutatsiyasi va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparat (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratkich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich va boshqalar);
mexanik qulf — kalit, olinadigan dastak va boshqalar bilan qulflanadigan qulf;
ish joyini tayyorlash — ish joyida ishning xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha texnik tadbirlarni bajarish;
ulanma — elektrostansiya, podstansiya va boshqalar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi qurilma(keyingi o‘rinlarda — TQ), generator, shchitlar, yig‘malar shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir bo‘lgan elektr zanjir (uskuna va shinalar). Bitta
kuch transformatorining (cho‘lg‘amlar sonidan qat’iy nazar), ikki tezlikli bitta elektrodvigatelning har xil kuchlanishli elektr zanjirlari bitta ulanma hisoblanadi. Ko‘p burchakli, bir yarim va boshqa burchakli sxemalarda liniyani, transformatorni TQga bevosita ulaydigan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar ushbu liniya yoki transformator ulanmasiga tegishli;
ish joyi — xodimlar ishlarni bajarishi uchun ijozat beriladigan elektr qurilmasining qismi; tok uzatuvchi qism — normal holatda kuchlanish ostida bo‘ladigan elektr qurilmasining
qismi;
tok o‘tkazmaydigan qism — elektr qurilmasining ishniavariya rejimlarida kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qismi, masalan, elektr mashina korpusi;
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki energiyani boshqa turga aylantirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘langan uskunalar va inshootlar majmuasi;
ishlab turgan elektr qurilmasi — kuchlanish ostida bo‘lgan yoki kommutatsion apparatlarni ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmasi yoki uning qismi.
Mazkur Qoidalarning talablari — mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha elektr energiyasi iste’molchilari (axolidan tashqari), shuningdek, iste’molchilar elektr qurilmalarida ta’mirlash, qurilish-montaj, sozlash va sinash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Ulardan chetga chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir xodim, agar Qoidalarning talablari buzilishini o‘zi bartaraf qilish chorasini ko‘ra olmasa, darhol o‘zining bevosita rahbariga, agar u bo‘lmasa, yuqori turuvchi rahbarlarga aniqlangan, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan barcha Qoidalar buzilishlari, shuningdek, uskunalarning va ish jarayonida ishlatilayotgan mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar hamda himoya vositalarining nosozligi haqida xabar berishi shart.
Ma’muriy-texnik xodimlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishlarning xavfsizligini oshiruvchi qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘zda tutishlari lozim. Ushbu chora- tadbirlar mazkur Qoidalarga zid bo‘lmasligi kerak.
Mazkur Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ularda tezkor almashlab ulash ishlarini amalga oshiruvchi, ta’mirlash, montaj,
sozlash yoki sinash ishlarini bajaruvchi va tashkil etuvchi xodimlarga taalluqlidir.
Ishlab turgan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, ularda tezkor almashlab-ulashni o‘tkazish, ta’mirlash, montaj qilish yoki sozlash ishlari va sinovlarni tashkil etish hamda bajarish mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga
ega bo‘lgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir korxonada mazkur Qoidalar elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi uchun javobgarlik o‘rnatilgan tartibda ushbu korxona rahbariyati yoki yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari va nizomlari bilan belgilab beriladi.
Har bir xodimning bilimlar sinovi Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovining natijalari mazkur Qoidalarga 3-ilovada o‘rnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi.
Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan har bir xodimga bilimlar sinovidan o‘tganligi, elektr xavfsizligi bo‘yicha (II — V) guruh berilganligi haqida mazkur Qoidalarga 4-ilovada o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.
Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalari tezkor, ta’mirlovchi, tezkor ta’mirlovchi huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy-texnik xodim sifatida; tezkor, ta’mirlovchi, tezkorta’mirlovchi, shuningdek, elektr xavfsizligi bo‘yicha II va undan yuqori guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim sifatida xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Agar bilimlar sinovidan o‘tayotgan xodim bir vaqtning o‘zida maxsus ishlarni bajarish bo‘yicha bilim sinovidan ham o‘tgan bo‘lsa, bu haqida bilim sinovidan o‘tish jurnalida hamda guvohnomaning “ Maxsus ishlarni olib borish huquqi” ustunida yozib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalarini nazarot qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs o‘tadigan komissiyada elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan o‘tishlari kerak. Bunda ularga ushbu korxonani elektr qurilmalarini nazorat qilish huquqini beruvchi, mazkur Qoidalarga 5-ilovada o‘rnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.
Ushbu Qoidalar, Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (keyingi o‘rinlarda — TEQQ) va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tmagan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislarga elektrotexnik xodimlarga hech qanday ko‘rsatma berishga ruxsat etilmaydi.
Noelektrotexnik xodimlarga elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruh xizmat ko‘rsatilayotgan qurilmada xavfsiz ishlash usullari bo‘yicha har yillik bilim sinovidan o‘tgandan so‘ng korxona, tashkilot, sex va uchastkaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan
yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhdan past bo‘lmagan shaxs tomonidan beriladi. I guruhni berilganligi mazkur Qoidalarga 2-ilovada o‘rnatilgan shakldagi maxsus jurnalda tekshiruvchi va tekshiriluvchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ish jarayonida I guruh xodimlari xar yilgi bilim sinovidan tashqari, belgilangan tartibda davriy yo‘riqlaroladi.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi elektrotexnik xodimlarga qo‘yiladigan umumiy talablar TEQQda bayon etilgan.
Mazkur Qoidalarga muvofiq qo‘llaniladigan himoya vositalari amaldagi Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari talablarini qanoatlantirishi lozim.
Odamlar bilan baxtsiz hodisalar ro‘y berganda, jarohatlanganni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun oldindan ruxsat olmasdan turib, darhol kuchlanishni olishni amalga oshirish zarur.
Mazkur Qoidalarning talablariga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man etiladi.
2-bob. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda asosiy xavfsizlik talablari 1-§. Tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish Tezkor xizmat ko‘rsatish
Elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish ushbu elektr qurilmalari yoki elektr
qurilmalari guruhi biriktirilgan mahalliy tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Doimiy tezkor xodimlarsiz eksplutatsiya qilinadigan elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor ta’mirlash xodimlardan bo‘lgan shaxslarga mazkur Qoidalar va TEQQga muvofiq elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish, tezkor almashlab ulash, ish joyini tayyorlash va brigadalarga ishga ijozat berishda tezkor xodimning barcha huquq va majburiyatlari beriladi.
Tezkor xizmat ko‘rsatish turi — smenadagi yoki elektr qurilmasidagi tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxslarning soni elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan korxona ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi va mahalliy yo‘riqnomalarda ko‘rsatib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat tezkor sxemalarni, lavozim va eksplutatsiya qilish yo‘riqnomalarini hamda uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlarini biladigan va ushbu Qoidalarning ko‘rsatmalariga muvofiq belgilangan tartibda o‘qitilgan hamda bilimlar sinovidan o‘tgan shaxslarga beriladi.
Elektr qurilmalariga biriktirilgan va ularga xizmat ko‘rsatuvchi brigada yoki smenadagi katta xodimlar hamda elektr qurilmasiga yakka xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda esa III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi shart.
Tezkor xodim korxonaning (tashkilotning) yoki uning tarkibiy bo‘linmasining elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha ishlashi kerak. Zarur bo‘lganda,ish jadvalini tasdiqlagan shaxsning ruxsati bilan bir navbatchini boshqasiga almashtirish mumkin.
Tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs navbatchilikka kelib, o‘zidan oldingi navbatchidan smenani qabul qilib olishi, ish tugallanganidan so‘ng esa smenani ish jadvaliga muvofiq o‘zidan keyingi navbatchiga topshirishi kerak.
Smenani topshirmasdan turib navbatchilikdan ketish taqiqlanadi. Alohida hollarda, tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan yuqori turuvchi shaxsning ruxsati bilan ish joyidan ketish mumkin.
Tezkor xodim smenani qabul qilishda quyidagilarga majbur:
o‘z uchastkasidagi uskunalarning holati va ishlash rejimini sxema bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan hajmda shaxsan ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan tanishib chiqishga;
navbatchilikni topshirayotgan xodimdan avariya yoki nosozlikning oldini olish maqsadida e’tibor bilan kuzatish zarur bo‘lgan uskunalar, shuningdek, zaxiradagi yoki ta’mirdagi uskunalar haqida ma’lumot olishga;
v) asbob-uskunalar, materiallar, xonalarning kalitlari, himoya vositalari, tezkor hujjat va yo‘riqnomalarni tekshirib qabul qilib olishga;
g) o‘zining oldingi navbatchiligidan boshlab o‘tgan vaqt ichidagi barcha yozuv va ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqishga;
smena qabul qilinganligini jurnalda, qaydnomada yozuv bilan, shuningdek, tezkor sxemada smenani qabul qiluvchi va topshiruvchining imzosibilan rasmiylashtirishga;
navbatchilikka kirgani va smenani qabul qilish vaqtida ko‘rgan nosozlik va kamchiliklar haqida smena bo‘yicha katta xodimga ma’lum qilishga.
Avariyani bartaraf etish, almashlab ulash yoki uskunani o‘chirish va ulash ishlarini bajarish vaqtida smenani topshirish hamda qabul qilish taqiqlanadi.
Avariyani bartaraf etish vaqti uzoq muddatga cho‘zilib ketgan taqdirda, smenani topshirish ma’muriyatning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Uskunalar ifloslangan hamda xizmat ko‘rsatilayotgan hudud va ish joyi tozalanmagan hollarda smenani topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.
Uskuna nosoz bo‘lganda yoki u normal bo‘lmagan rejimda ishlayotgan hollarda, faqat mazkur qurilma uchun javobgar shaxsdan yoki undan yuqori turuvchi shaxsdan ruxsat
olib smenani topshirish va qabul qilish mumkin. Bu haqda tezkor jurnalga belgi qo‘yiladi.
Tezkor xodim hisoblanadigan shaxs o‘z navbatchiligi davrida unga topshirilgan uchastkadagi barcha uskunalarning avariyasiz ishlashi va ularga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilishi uchun javobgardir.
Tezkor xodimlar hisoblanadigan smena bo‘yicha katta xodim yakka o‘zi yoki uchastka, sex, korxona (tashkilot) ma’muriyati bilan birgalikda energiya tizimi dispetcherining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan va shartnomada nazarda tutilgan “Yuklamani cheklash
va pasaytirish jadvallari” asosida elektr yuklamalarini pasaytirish, elektr energiyasi iste’moli sarfini kamaytirish to‘g‘risidagi talablarini bajarishi shart. Shuningdek, tranzit va ta’minlovchi elektr uzatish liniyalarini almashlab ulash haqidagi va energiya ta’minoti tashkilotida avariya holatlarida alohida liniyalarni o‘chirib qo‘yish to‘g‘risidagi energiya tizimi dispetcherining talablarini bajarishi shart.
Tezkor xodim hisoblanadigan smena bo‘yicha katta xodim korxonani ta’minlovchi bir yoki bir necha elektr uzatish liniyasining o‘chishiga olib kelgan avariyalar haqida energiya tizimi dispetcherini zudlik bilan xabardor etishi shart.
Energiya tizimi bilan tezkor muloqot olib borish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs belgilashi va uni har yili elektr tarmoqlari korxonasining tegishli tezkor xizmatiga taqdim etishi kerak.
Elektr uskunasining ishlash rejimi buzilgan, shikastlangan yoki avriya bo‘lgan holatlarda tezkor xodim mustaqil ravishda va zudlik bilan o‘z qo‘l ostidagi xodimlar yordamida ma’qul ish rejimini tiklashi hamda bu haqda bevosita smena bo‘yicha katta xodimga yoki elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsga xabar berishi shart.
Avariyani bartaraf etish paytida tezkor xodim noto‘g‘ri harakat qilganda, yuqori turuvchi shaxs tezkor jurnalga yozgan holda,navbatchini ishdan chetlashtirishga qadar aralashishi
va avariyani bartaraf etish bo‘yicha keyingi ishlar bo‘yicha javobgarlik va rahbarlikni o‘z zimmasiga olishi zarur.
Tezkor xodim o‘ziga biriktirilgan uchastkaning ishlab chiqarish xonalarini va uskunalarini aylanib chiqishi va ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Quyidagilar elektr qurilmalarini yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishi mumkin:
ma’muriy-texnik xodim hisoblanadigan elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan shaxs kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarda va IV guruhga ega bo‘lgan shaxs kuchlanishi 1000 V gacha qurilmalarda;
mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodim hisoblangan elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi III dan past bo‘lmagan shaxs.
Yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqi berilgan ma’muriy-texnik xodimlar hisoblangan shaxslarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQni, shchitlarni, shinali o‘tkazgichlarni, yig‘malarni ko‘rikdan o‘tkazishda biron-bir ishlarni bajarish, shu jumladan ogohlantiruvchi plakatlar
va to‘siqlarni olish, ularning ichkarisiga kirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish hamda ularni artish yoki tozalash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish man etiladi.
Ishlab chiqarish elektr uskunalariga (elektr dvigatellari, elektr pechlari va boshqalar) hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan turli texnologik uskunalarning elektrotexnik qismlariga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xodimlar hisoblangan shaxslarga ko‘rikdan o‘tkazish uchun shchitlar, ishga tushirish qurilmalari va boshqaruv pultlarining eshiklarini yakka o‘zi ochishiga ruxsat beriladi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarini yakka tartibda ko‘rikdan o‘tkazishda: to‘siqlar orqasiga o‘tish, TQlarning kamerasiga kirish, biron-bir ishlarni
bajarish taqiqlanadi. Kameralarni faqat to‘siq oldidan yoki ostonadan turib ko‘rikdan o‘tkazish mumkin.
Yopiq taqsimlovchi qurilmalar (keyingi o‘rinlarda — YOTQ) kameralarini zarur bo‘lganda, faqat elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan xodimga izolyatorning pastki flanetsidan polgacha bo‘lgan o‘tish masofasi 2 metrdan kam bo‘lmagan hollarda, to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlargacha: kuchlanish 10 kV gacha bo‘lganda — 2,5 metrdan, kuchlanish 35 kV gacha bo‘lganda — 2,75 metrdan va kuchlanish 220 kV gacha bo‘lganda — 4,2 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq ortiga o‘tib, ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bunday yacheykalar va kameralarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi. Masofa ko‘rsatilgandan kam bo‘lgan taqdirda, to‘siq ortiga o‘tish uchun faqat mazkur Qoidalarga 7-ilovadagi 1-jadval talablariga rioya etilgan holda, kamida III guruhga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs ishtirokida amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
Doimiy navbatchi xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish markazlashtirilgan tartibda obyekt bo‘yicha nazoratni va ishlarni amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan bajariladi. Uning davriyligi mahalliy sharoitlarga qarab, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish natijalari tezkor jurnalda qayd etiladi.
Mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlar tomonidan qurilmani ko‘rikdan o‘tkazishlariga korxona (tashkilot), sex, uchastkani elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan ijozat berishdan oldin jurnalga yozib qo‘ygan holda ruxsat etiladi.
Elektr qurilmalari xonalarining (shchitlar, yig‘malar va boshqalar) eshiklari doimo qulflangan bo‘lishi kerak.
Har bir elektr qurilmalari xonasi uchun kamida 2 to‘plam kalit bo‘lishi kerak. Ulardan bittasi zaxira to‘plami bo‘lib hisoblanadi. Kalitlar raqamlangan bo‘lishi lozim. TQlar xonalarining kalitlari yacheykalarva kameralarning eshiklariga to‘g‘ri kelmasligi shart.
Kalitlar tezkor xodimlar hisobida turishi zarur. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida kalitlar boshqaruv punktida tezkor xodimlar hisoblangan smena bo‘yicha katta xodimda bo‘lishi kerak.
Kalitlar tilxat asosida:
yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berilgan xodimlarga — ko‘rikdan o‘tkazish vaqtiga, tezkor ta’mirlovchi, shu jumladan smenada ishtirok etmayotgan shaxslarga — elektr xonalarida ishlarni bajarayotgan vaqtga;
naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar bajarilganda,javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchiga ish bajarilayotgan vaqtda berilishi lozim.
Kalitlar har kuni ishga ijozat berishni rasmiylashtirish paytida berilishi va ishlar tamomlanganidan so‘ng naryad bilan birgalikda qaytarilishi shart.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish bajarilganda kalitlar ish to‘liq tamomlangan kunning ertasidan kechiktirmay topshirilishi shart. Kalitlarning berilishi va qabul qilib olinishi ixtiyoriy shakldagi jurnalda yoki tezkor jurnalda hisobga olinishi zarur.
Jurnal betlari raqamlangan, varaqlari ip bilan tikilib, korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Elektr xonalariga kirish uchun shaxsiy kalitlarga ega bo‘lish faqat tezkor xodimlardan hisoblangan shaxsga smenani telefon orqali qabul qiluvchi va topshiruvchiga ruxsat etiladi.
Ishlarni bajarish
Elektr qurilmalaridagi ishlar xavfsizlik choralariga qarab quyidagilarga bo‘linadi: kuchlanish olinib bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar bir vaqtda bajariladigan bo‘lsa, ishlarning toifasi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalariga nisbatan belgilanadi.
Kuchlanish olinib, bajariladigan ishlar jumlasiga elektr qurilmasining (yoki uning qismining) tok o‘tkazuvchi qismidan kuchlanish olinib bajariladigan ishlar kiritiladi.
Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar jumlasiga bevosita ushbu qismlarda hamda ularning yaqinida bajariladigan ishlar kiradi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida, hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyalarida (keyingi o‘rinlarda — HL) bunday ishlar jumlasiga, tok o‘tkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgan masofadan kam masofada bajariladigan ishlar kiradi.
Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlarni kamida ikki kishi bajarishi, ulardan biri ish bajaruvchi — elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, qolganlari — kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlarga ish bajarayotgan odamlar hamda ular ishlatayotgan asbob va ta’mirlash jihozlarini tok o‘tkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgandan kam masofaga bexosdan yaqinlashish ehtimoli bo‘lmagan hamda bunday yaqinlashishning oldini olish uchun tashkiliy yoki texnik tadbirlarni (masalan, uzluksiz nazorat qilish) qo‘llash zarurati bo‘lmagan hollardagi ishlar kiradi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar odamni tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki yerdan izolatsiya qilish uchun himoya vositalaridan foydalangan holda bajarilishi shart. Odamni yerdan izolatsiyalab
bajariladigan ishlar zarur xavfsizlik choralari ko‘zda tutilgan maxsus yo‘riqnomalar yoki texnologik kartalarga muvofiq bajarilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida bajariladigan ishlarda quyidagilar zarur:
bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan, kuchlanish ostida turgan ish joyi yaqinida joylashgan boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar to‘sib qo‘yilishi;
ishlar dielektrik kalishlarda yoki izolatsiyalovchi taglikdan turib yoxud dielektrik gilamchada turib bajarilishi;
dastaklari izolatsiyalangan asboblardan foydalanish (bundan tashqari otvertkaning o‘zagi izolatsiyalangan bo‘lishi shart). Bunday asboblar bo‘lmagan taqdirda, dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
Kuchlanish olinmasdan, izolatsiyalovchi himoya vositalari yordamida tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlar amalga oshirilganda quyidagilar shart:
himoya vositalari dastaklarining izolatsiyalovchi qismini cheklaydigan xalqasiga qadar ushlash;
himoya vositalarining izolatsiyalovchi qismini shunday joylashtirish kerakki, bunda tok o‘tkazuvchi qismlarning ikki fazasi orasida izolatsiya yuzasi bo‘ylab tutashish yoki yerga ulanish xavfi paydo bo‘lmasligi;
faqat izolatsiyalovchi qismi quruq va toza bo‘lgan, lak bilan qoplangan yuzasi shikastlanmagan hamda o‘z vaqtida sinovdan o‘tgan himoya vositalaridan foydalanish.
Himoya vositalarining lak bilan qoplamasi buzilganligi yoki izolatsiyalovchi qismlarida boshqa nosozliklar hamda o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazilmaganligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanish zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
Elektr himoya vositalaridan (izolatsiyalovchi shtanga va qisqich, elektr o‘lchov qisqichi, kuchlanish ko‘rsatkichlari) foydalanib ishlar bajarilganda, odamni tok o‘tkazuvchi qismlarga ushbu vositalarning himoyalovchi qismi uzunligida belgilangan masofagacha yaqinlashishiga ruxsat etiladi.
Kuchlanish ostidagi elektr qurilmasining izolyatorlariga elektr himoya vositalarini qo‘llamasdan tegish taqiqlanadi.
Elektr qurilmalarida egilib ishlash man etiladi. Agar tik turganda tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lsa.
To‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlarning oldida ishlarni bajarishda, ushbu qismlar orqa tomonda yoki ikki yon tarafda bo‘lib qoladigan holatda bo‘lish taqiqlanadi.
Ayrim qismlari to‘silmagan va bexosdan tegib ketish ehtimoli bo‘lgan TQlarga uzun jismlarni (quvur, narvon va boshqalar) olib kirish va ular bilan bajariladigan ishlar ikki shaxs ishtirokida, alohida ehtiyotkorlik bilan ish bajaruvchining doimiy kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
Ta’mirlash ishlari uchun qo‘llaniladigan narvon va hovozalar davlat standartlari yoki ular uchun texnik shartlar asosida yasalgan bo‘lishi shart. Tekis yuzalarda o‘rnatiladigan narvonning asosi rezina bilan qoplanishi, yerga o‘rnatiladigan narvonning asoslarida esa
o‘tkir metall uchlar bo‘lishi kerak. Narvonning yuqori uchlari mustahkam tayanchga ishonchli tayanib turishi kerak. Agar narvon simga tayanishi zarur bo‘lsa, unda narvon yuqori qismida ilgak bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bog‘langan narvonlarni qo‘llash taqiqlanadi.
Tirama narvonlar kran osti balkalarga, metall konstruksiyalarning elementlariga va boshqalarga o‘rnatilganda, ularning pastki va yuqori qismlari konstruksiyalarga ishonchli mahkamlanishi kerak.
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ta’mirlashda metall narvonlarni qo‘llash taqiqlanadi.
Narvon bilan bajariladigan ishlarni ikki kishi bajarishi va ularning biri pastda turishi shart. Yashik va boshqa begona narsalar ustida turib ishlash man etiladi.
Ochiq taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — OTQ) hududida joylashgan elektr uzatish havo liniyasining oxirgi tayanchlarida bajariladigan ishlar mazkur Qoidalarga 10- ilovaning 7-bobi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
OTQga kirishdan oldin liniyani ta’mirlovchi xodimlarga tezkor xodimlar hisoblangan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tomonidan yo‘l-yo‘riq berilishi va
ish joyiga kuzatib qo‘yilishi lozim. Ish tugatilganidan so‘ng yoki tanaffus vaqtida xodimlarni OTQdan ish bajaruvchining kuzatuvi ostida chiqishiga ruxsat etiladi.
OTQda va HLning tayanchlari oralig‘idagi kesishish joylarida kuchlanish ostida bo‘lgan simlardan pastda joylashgan troslarni, simlarni va ularga tegishli bo‘lgan izolyator va armaturalarni almashtirishda, almashtirilayotgan tros, sim ustidan sintetik yoki o‘simlik tolasidan yasalgan arqon tashlanishi kerak. Arqonlar ikki joydan — kesishgan joyning ikkala tarafidan tashlanib, uchlari konstruksiyalar va langarlarga mahkamlanishi zarur.
Simni (trosni) ko‘tarish sekin-asta va ravon amalga oshirilishi kerak.
Kuchlanish ostida turgan simlardan yuqorida joylashgan simlar, troslar va ularga tegishli bo‘lgan izolyatorlar, armaturalardagi ishlarni bajarishga simlarning pastga tushishining oldini olish, hamda ilashgan kuchlanishdan himoyalash choralari ko‘zda tutilgan, korxonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ishlarni bajarish loyihasi bo‘lishi sharti bilangina
yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bunday ishlarda kesishayotgan simlardan kuchlanishni olmay, simlar va troslarni almashtirish taqiqlanadi.
Ilashgan kuchlanish zonasidagi HLdagi ishlar, tayanchdan yerga qadar tushirilgan simga (trosga) tegish bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday ishlarni elektr himoya vositalarini (shtanga, qo‘lqop) qo‘llab yoki potensiallarni tenglashtirish uchun ushbu sim (tros) o‘tkazgich bilan ulangan metall maydonchadan turib bajarish zarur. Ishlarni yerdan turib, elektr himoya vositalarini va metall maydonchani qo‘llamasdan, simni (trosni) har bir
tegish joyining bevosita yaqinida, ammo ishlayotgan odamlardan 3 metrdan uzoq bo‘lmagan masofada yerga ulash sharti bilan bajarishga ruxsat etiladi.
Momaqaldiroq yaqinlashayotganda HL va OTQda barcha ishlar, YOTQda esa havo liniyalariga bevosita ulangan kommutatsiya apparatlari va ularning kirishlaridagi ishlar to‘xtatilishi shart.
Tuman va yomg‘ir vaqtida izolatsiyalovchi himoya vositalarini qo‘llashni talab qiladigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Yerga tutashuv aniqlangan taqdirda, tutashuv joyiga yopiq TQlarda 4 metrdan, ochiq TQlarda 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
Ushbu joyga ko‘rsatilgan masofadan kamroq masofaga yaqinlashishga,faqat yerga tutashuvni bartaraf etish uchun kommutatsiya apparatida o‘chirish-ulash ishlarini bajarish uchun, shuningdek, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati bo‘lganda ruxsat etiladi.
Bunday holatlarda asosiy elektr himoya vositalari bilan birga qo‘shimcha elektr himoya vositalaridan ham foydalanish zarur.
Xodimlar elektr qurilmalardan olingan kuchlanish ogohlantirishsiz qayta berilishi mumkinligini har doim yodlarida tutishlari shart.
Saqlagichlarni olish va o‘rnatish odatda kuchlanish olinib bajariladi. Saqlagichlarni kuchlanish ostida, ammo yuklamasiz olish va o‘rnatish sxemasida kommutatsiya apparatlari bo‘lmagan ulanmalarda amalga oshirilishi mumkin. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yig‘malarda ulanmaning saqlagichlari vertikal bo‘yicha, birini ustida boshqasi joylashtirilgan (fazalar vertikal joylashtirilganda) hamda kommutatsiya apparatlari bo‘lmagan sxemalarda, saqlagichlarni yuklama ostida olish va o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ko‘zni himoya qilish vositalari o‘rniga yuzni himoya qilish vositalarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida yopiq turdagi saqlagichlarni va kuchlanish transformatorlari saqlagichlarini kuchlanish hamda yuklama ostida olish va o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Saqlagichlarni kuchlanish ostida olish va o‘rnatishda quyidagilardan:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida izolatsiyalovchi qisqich (shtanga), dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan (niqobdan);
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida izolatsiyalovchi ombirlar yoki dielektrik qo‘lqoplar, ochiq eruvchan o‘rnatma bo‘lgan taqdirda esa, ularga qo‘shimcha himoya ko‘zoynagidan (niqobdan) foydalanish shart.
2-§. Ishlarning xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
Elektr qurilmalaridagi ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
ishlarni naryad-ijozat (keyingi o‘rinlarda matnda naryad deb yuritiladi), farmoyish yoki joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxati orqali rasmiylashtirish;
ishga ijozat berish;
v) ish jarayonida nazorat olib borish;
g) ishdagi tanaffusni, boshqa ish joyiga o‘tkazishni, ish tugatilganligini rasmiylashtirish.
Naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya
Elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladi.
Naryad — bu belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtirilgan hamda ish mazmuni va joyini, uni boshlash va tamomlash vaqtini, xavfsiz bajarilish shartlarini, brigada tarkibini, xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxslarni va boshqalarni belgilab beruvchi topshiriqdir. Naryad shakli mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan.
Naryad bo‘yicha elektr qurilmalarida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
kuchlanish olinib;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
v) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.
Farmoyish — bu ishning mazmunini, joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (agar zarur bo‘lsa) va uning bajarilishi topshirilgan shaxslarni belgilovchi topshiriq. Farmoyish bevosita yoki keyinchalik tezkor jurnalga yozish sharti bilan aloqa vositalari yordamida berilishi mumkin.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega va ijrochilarning ish vaqti bilan chegaralanadi.
Joriy ekspluatatsiya — bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlar tomonidan ularga biriktirilgan uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida mazkur Qoidalarning
123-bandida keltirilgan ishlarning bajarilishi.
Ishlar xavfsizligi uchun javobgar shaxslar, ularning majburiyati va huquqlari
Ishlarning xavfsizligi uchun quyidagi shaxslar javobgardir:
naryad va farmoyish beruvchi;
ijozat beruvchi — tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan javobgar shaxs;
v) ishning javobgar rahbari (keyingi o‘rinlarda — javobgar rahbar);
g) ish bajaruvchi;
kuzatuvchi;
brigada a’zolari.
Naryad, farmoyishni beruvchi shaxs ish hajmini va uning bajarilishi zarurligini belgilaydi. Uni xavfsiz bajarilishi mumkinligiga javob beradi va javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchining, shuningdek, brigada a’zolarining yetarli malakaga ega ekanligi uchun javob beradi.
Naryad beruvchi shaxs mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan holatlarda naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrining mazmunini aniqlab berishga majbur.
Naryad va farmoyishlar berish huquqi korxonaning (tashkilotning) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan vakolatlangan, elektrotexnik xodimlar hisoblangan, bunga tayinlangan shaxslarga beriladi.
Ko‘rsatilgan shaxslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga, kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida esa kamida IV guruhga ega bo‘lishlari shart.
Ro‘yxati korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan belgilangan bir qator ishlarni bajarish uchun farmoyish berish huquqi, shuningdek, tezkor xodimlar hisoblangan IV dan past bo‘lmagan guruhga ega shaxslarga ham beriladi.
Ijozat beruvchi — tezkor xodimlar hisoblangan javobgar shaxs quyidagilar uchun javobgardir:
ishga ijozat berish va ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarining to‘g‘ri bajarilishi, ularni yetarli darajada va ish joyiga hamda uning xususiyatlariga muvofiqligi uchun;
jurnallarda yoki naryadlarda rasmiylashtirilgan holda ishga ijozat berishni, ish tamomlanganidan keyin ish joyini qabul qilib olishning to‘g‘riligi uchun.
Mazkur naryad, farmoyish bo‘yicha ishlarni xavfsiz bajarish yoki ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgan choralarning yetarli ekanligi va to‘g‘riligiga shubha tug‘ilgan paytda bunday tayyorgarlik to‘xtatilishi lozim.
Ijozat beruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lganda kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Javobgar rahbar ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilib olayotib hamda ishga qo‘yayotib ijozat beruvchi bilan bir qatorda ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini yetarli darajada ko‘rilgani va ish joyini to‘g‘ri tayyorlangani, shu jumladan naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” ustunida ko‘rsatilgan choralarning yetarli ekanligi uchun javobgardir.
Javobgar rahbarning javobgar rahbar va ish bajaruvchi vazifalarini o‘rindoshlik bilan bajarishidan tashqari hollarda, naryad bo‘yicha bajariladigan ishlarda bevosita ishtirok etishi taqiqlanadi.
Javobgar rahbar etib elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan elektr texnik xodim hisoblangan shaxs tayinlanadi.
Javobgar rahbarni tayinlash zarurati naryad beruvchi tomonidan ishning hajmi, sharoiti va murakkabligiga qarab belgilanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar naryad bo‘yicha bajarilganida, javobgar rahbarni tayinlash talab qilinmaydi.
Ish bajaruvchi ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilayotganda uni to‘g‘ri tayyorlanganligi va ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari bajarilganligi uchun javob beradi.
Ish bajaruvchi ish bajarish jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida brigadaga yo‘l-yo‘riq berishga va ularning brigada a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlashga majburdir.
Ish bajaruvchining o‘zi mazkur Qoidalarga rioya qiladi va o‘zining brigada a’zolari tomonidan ularga rioya qilinishi uchun javobgar. U asbob-uskuna, takelaj va boshqa ta’mirlash jihozlari ishga yaroqli holatda ekanligini kuzatib turadi. Ish bajaruvchi, shuningdek, ish joyiga o‘rnatilgan to‘siq, plakatlar, yerga ulagichlarning olinmasligini va
o‘rni almashtirilmasligini kuzatib turishi shart.
Ish bajaruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida naryad bo‘yicha ish bajarilganda, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ish bajaruvchi farmoyish bo‘yicha bajariladigan barcha elektr qurilmalaridagi ishlarda kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak. Mazkur Qoidalarning 119-bandi “b” kichik bandi va
ilovaning 61-bandida keltirilgan ishlar bundan istisno.
Kuzatuvchi, quruvchi ishchi brigadalari, turli ishchilar, takelaj ishini bajaruvchilar va elektrotexnik xodimlarga mansub bo‘lmagan boshqa shaxslar elektr qurilmalarida naryad
yoki farmoyish bo‘yicha ishlashganida ular ustidan nazorat o‘rnatish uchun tayinlanadi.
Korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsi tomonidan o‘ta xavfli deb topilgan elektr qurilmalarida ishlar bajarilganda, bunday sharoitlardagi elektrotexnik xodimlar ustidan, shu jumladan xizmat safaridagi xodimlar ustidan kuzatuvchi tayinlanadi.
Kuzatuvchi ish joyida o‘rnatilgan yerga ulagichlar, to‘siqlar, plakatlar, qulflash qurilmalarining mavjudligini nazorat qiladi va elektr qurilmasining elektr toki bilan jarohatlanishdan brigada a’zolarining xavfsizligini ta’minlash uchun javob beradi.
Ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik uchun brigadaga boshchilik qilayotgan shaxs javobgardir. U, albatta, uning tarkibiga kiritilgan va doimo ish joyida bo‘lishi shart.
Kuzatuvchining ish paytida brigadani nazoratsiz qoldirishi va nazoratni boshqa ishlar bilan o‘rindoshlik asosida amalga oshirishi hamda brigadani nazoratsiz qoldirishi taqiqlanadi.
Kuzatuvchi etib kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Naryad va farmoyishlar bo‘yicha bajariladigan ishlarda javobgar rahbarlar va ish bajaruvchilar hamda kuzatuvchilar etib tayinlanishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning farmoyishi bilan belgilanadi.
Brigadaning har bir a’zosi ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarga va ishga quyilayotganda va ish jarayonida olgan yo‘riq ko‘rsatmalariga hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma talablariga rioya etishi shart.
Korxona rahbariyatining yozma farmoyishi (buyrug‘i) bilan uning xodimlariga: naryad, farmoyish beruvchi; javobgar rahbar, ijozat beruvchi (tezkor ta’mirlovchi xodimlar hisoblangan; kuzatuvchi, shuningdek, elektr qurilmasi yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazish huquqini berilishi rasmiylashtirilishi lozim.
Bir shaxsga o‘rindoshlik yo‘li bilan quyidagi ikki shaxs vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi:
naryad beruvchi;
javobgar rahbar;
v) ish bajaruvchi;
Ushbu shaxsning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi o‘rindoshlik vazifasi talab etadigan guruhdan kam bo‘lmasligi kerak. Doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari bo‘lmagan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida ishlar naryad asosida bajarilganida, tezkor-ta’mirlash xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslarga javobgar rahbar
va ishga quyuvchi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishlariga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida ish bajaruvchi bilan ishga quyuvchi shaxs vazifalarini yoki ijozat beruvchi bilan brigada a’zosi vazifalarini o‘rindoshlik asosida bajarishga ruxsat beriladi.
HLda ish joyini tayyorlashda faqat kuchlanish borligini tekshirish va ko‘chma yerga ulagichni kommutatsiya apparatlaridan foydalanmasdan o‘rnatish zarur bo‘lgan hollarda,javobgar rahbar yoki ta’mirlash brigadasi tarkibidan tayinlangan ish bajaruvchi, o‘rindoshlik asosida ijozat beruvchi vazifalarini bajarishi mumkin.
Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi
Ishlash uchun naryad ikki nusxada yoziladi. Ikkala nusxasini ham aniq va tushunarli yozilishiga rioya etilganda, u ko‘chirgich qog‘oz (kopirka) qo‘yilib to‘ldiriladi. Yozilgan yozuvni o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Naryadni naryad beruvchi shaxs tomonidan javobgar rahbarga yoki ushbu obyektning tezkor xodimidan hisoblangan katta xodimga telefon orqali berilishiga ruxsat etiladi.
Bunda naryad uch nusxada to‘ldiriladi: bir nusxasini naryad beruvchi shaxs to‘ldiradi, ikkita nusxani esa telefon orqali qabul qilayotgan shaxs to‘ldiradi.
Elektr qurilmalarida ishlar doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan va tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodim hisoblangan shaxs tomonidan ijozat beruvchi va javobgar rahbar vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarganda naryad ikki nusxada yoziladi. Ulardan biri ish bajaruvchiga beriladi, ikkinchisi esa naryad beruvchi shaxsda qoladi.
Naryad telefon orqali berilganda, naryad beruvchi shaxs uning matnini (telefonogramma shaklida) aytib yozdiradi. Matnni qabul qilayotgan shaxs esa naryad blankasini to‘ldirib, qayta tekshirib ko‘radi. Bunda naryad beruvchi shaxsning imzosi o‘rniga uning familiyasi ko‘rsatiladi va matnni qabul qilayotgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Telefon orqali qabul qilingan naryad asosidagi ishga ijozat berish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Naryad bitta brigadali bitta ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yoziladi. Ish bajaruvchining qo‘liga faqat bitta naryad beriladi.
Bitta brigada tomonidan kuchlanishni olmasdan bir nechta ulanmalarda, bir yoki xar hil TQlarda, podstansiyaning har xil xonalarida bajariladigan bir xil turdagi ishlarga navbat
bilan ketma-ket bajarish uchun bitta umumiy naryad berilishi mumkin. Bir ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni faqat bir TQdan boshqasiga, TQning bir qavatidan boshqa qavatiga o‘tilgan taqdirda, rasmiylashtirish talab qilinadi.
Bitta javobgar rahbarga bir paytda beriladigan naryadlar soni har bir alohida holatda naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Naryad tezkor xodimga bevosita ish joyini tayyorlash oldidan beriladi. Naryadni ish bajaruvchiga ishni boshlash arafasida berishga ruxsat etilmaydi.
Barcha tok o‘tkazuvchi qismlardan, shu jumladan, HL va kabel liniyalarining (keyingi o‘rinlarda — KL) ning chiqishlaridan kuchlanish olingan va qo‘shni elektr qurilmalariga kirish yopiq (1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) bo‘lsa, elektr qurilmasining barcha ulanmalarida bir vaqtning o‘zida ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.
Ish joyi kengaytirilgan yoki ish joylarining soni o‘zgargan taqdirda, yangi naryad berilishi lozim.
Brigada tarkibini naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
Brigada a’zolarining soni va malakasi bo‘yicha tarkibi hamda ish bajaruvchining (kuzatuvchi)malakasi, ish bajaruvchining (kuzatuvchi)brigada a’zolari ustidan yetarlicha nazoratni ta’minlash imkonidan kelib chiqib, ishlarni bajarish sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi.
Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xizmatchi uzaytirishi mumkin.
Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsatnomani ijozat beruvchiga, javobgar rahbarga yoki ish bajaruvchiga telefon, radio yoki kuryer orqali berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xizmatchining ismi
va familiyasini yozib ko‘rsatadi.
Naryadlar bo‘yicha ishlar bajarib tugatilgandan so‘ng ular 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa ularni saqlash talab etilmaydi.
Agar naryad bo‘yicha ishlarni bajarishda avariya yoki elektrdan jarohatlanish sodir bo‘lgan bo‘lsa, bu naryadlar korxonaning arxivida saqlanishi shart.
Naryad bo‘yicha ish bajarilganda brigada kamida ikki kishidan — ish bajaruvchi va brigada a’zosidan iborat bo‘lishi kerak. Ish bajaruvchi rahbarlik qiladigan brigada tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega bo‘lgan bitta elektrotexnik yoki elektrotexnologik xodim kiritilishi mumkin. Ammo
brigadadagi I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning umumiy soni ikki kishidan oshmasligi kerak.
Navbatchilik vaqtida tezkor xodimlar yuqori turuvchi shaxsning ruxsati va tezkor jurnalga yozish sharti bilan naryadga kiritilmasdan, ta’mirlash brigadasida ishlash uchun
jalb etilishi mumkin.
Brigadani naryad bo‘yicha ishga quyish
Ishga ijozat berishdan oldin javobgar rahbar va ish bajaruvchi ijozat beruvchi bilan birgalikda ish joyini tayyorlash bo‘yicha texnik chora-tadbirlar bajarilganligini tekshirishlari kerak.
Ish joyining tayyorligini tekshirgandan va brigadaga yo‘riq berishdan keyin javobgar rahbar naryad varag‘ining orqa tarafidagi imzo chekishga mo‘ljallangan satrga (faqat birinchi marta ijozat berishda) imzo qo‘yishi kerak.
Javobgar rahbar tayinlanmagan hollarda, ish joyi tayyorligini ish bajaruvchi tekshiradi va naryadga imzo chekadi.
Naryadda ko‘zda tutilgan ish joylarini tayyorlash chora-tadbirlarini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Texnik chora-tadbirlarning bajarilganligi tekshirilganidan so‘ng brigadani ishga qo‘yishga ijozat beriladi. Bunda ijozat beruvchi quyidagi ishlarni bajarishi shart:
brigada tarkibini va unga kiritilgan shaxslar malakalarining naryaddagi yozuvga muvofiqligini tekshiradi. Agar ijozat beruvchi naryadga kiritilgan brigada tarkibidagi shaxslarning familiyalarini va ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlarini bilmasa, ularni shaxsiy guvohnomalari orqali tekshirishi kerak;
naryad bo‘yicha javobgar rahbarning, ish bajaruvchining, brigada a’zolarining familiyalarini va topshirilgan ish mazmunini o‘qib chiqishi; kuchlanish qaysi joylardan olinganini, yerga ulagichlar qayerda o‘rnatilganini, ta’mirlanayotgan qurilma va qo‘shni ulanmalarning qaysi qismlari kuchlanish ostida qolganini va ishlarni bajarish jarayonida qanday alohida shartlarga rioya etish zarurligini brigadaga tushuntirishi; brigadaga ish joyining chegarasini ko‘rsatib berishi; u tomondan barcha bayon etilganlar brigada tomonidan tushunilganiga ishonch hosil qilishi shart;
v) kuchlanishi 35 kV dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda o‘rnatilgan yerga ulagichlarni ko‘rsatib berishi, kuchlanishi 35 kV va undan past bo‘lgan qurilmalarda, agar o‘rnatilgan yerga ulagichlar ish joyidan ko‘rinmaydigan hollarda shtanga yoki kuchlanish ko‘rsatkichi orqali kuchlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tegizib kuchlanish yo‘qligini brigadaga isbotlab berishi kerak.
Bevosita ish joyi yaqinida o‘rnatilgan yerga ulagich bo‘lgan hollarda tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tegizib ko‘rish talab etilmaydi;
g) naryadni har ikkala blankasida sana va vaqtni ko‘rsatgan, shuningdek, uning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida ish bajaruvchi va ijozat beruvchining imzolari bilan rasmiylashtirgan holda ish joyini ish bajaruvchiga topshiradi.
Naryadlar bo‘yicha ishga ijozat berish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.
Ishga ijozat berish amalga oshirilgan naryadning bir nusxasi ish bajaruvchida, ikkinchisi ishlar bajarilayotgan vaqtda tezkor xodim hisoblangan ijozat beruvchida turishi kerak.
Ishdagi tanaffusda, ishdan ketishda va shunga o‘xshash hollarda naryad amaldagi naryadlar jildida saqlanishi kerak.
Brigadaning ishga ijozat berilgan va ishlar tugallangan vaqti naryadning tartib raqami va ishlar mazmuni ko‘rsatilishi bilan tezkor jurnalga kiritib qo‘yiladi.
Agar naryadni olayotganida ish bajaruvchi yoki tezkor xodimda biron-bir shubha tug‘ilsa, ular javobgar rahbardan yoki naryad beruvchi shaxsdan tushuntirib berishni talab qilishi kerak.
Tezkor xodim, ish bajaruvchi va javobgar rahbarga ma’lum qilmasdan, qurilma sxemasiga xavfsizlik texnikasi borasida ishlarni bajarish shartlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas, Mazkur Qoidalarning 95-bandidagi holat bundan mustasno.
Doimiy tezkor xodimi bo‘lmagan podstansiya va taqsimlash qurilmalarida naryad bo‘yicha ishlar uchun ish joyi birinchi kunda tezkor chiqish yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan tayyorlanadi va ular brigadani ishlashi uchun odatdagi tartibda ishga qo‘yadi.
Keyingi kunlarda ushbu naryadlar bo‘yicha ikkinchi bor ishga ijozat berish huquqi javobgar rahbarlarga, ular bo‘lmagan taqdirda ish bajaruvchilarga beriladi.
Ish jarayonida nazorat olib borish, brigada tarkibini o‘zgartirish
Brigada ishiga ijozat berilgan paytdan boshlab, xavfsizlik texnikasi talablari buzilishining oldini olish maqsadida uning ustidan nazorat olib borish ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi zimmasiga yuklanadi. Ish bajaruvchi va kuzatuvchi o‘z ishini shunday tashkil etishi kerakki, brigadaning hamma a’zolari ustidan nazorat qila olishi va imkoni boricha
xavfli ishlar bajarilayotgan ish joyida bo‘lishi kerak.
Kuzatuvchiga nazorat bilan birga boshqa bir ishni o‘rindoshlik asosida bajarish taqiqlanadi.
Ish bajaruvchi va brigada a’zolari naryad bo‘yicha ko‘zda tutilgan ish joyi maydonidan tashqaridagi boshqa brigada o‘z ishini tamomlashi yoki elektr qurilmasini ulash sxemasi o‘zgarishi oqibatida uning naryadda ko‘zda tutilgan ish joyidan tashqarida bo‘lgan qismlari xohlagan paytda kuchlanish ostida bo‘lib qolishi mumkinligini yodda saqlashlari kerak va shuning uchun ularga yaqinlashish taqiqlanadi.
Ish bajaruvchining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasini qisqa muddatga tashqariga chiqishiga ijozat beriladi. Ish joyida qoladigan brigada a’zolari soni
ish bajaruvchini qo‘shib hisoblaganda ikki kishidan kam bo‘lmasligi shart. Qaytib kelgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ishga kirishishlari mumkin.
Chiqib ketgan brigada a’zolari qaytib kelishiga qadar ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan chiqib ketish huquqiga ega emas. III guruhli brigada a’zolari ish joyidan yakka o‘zlari chiqishi va qaytishlari, I — II guruhli brigada a’zolari esa faqat III guruhli brigada a’zosi kuzatuvida chiqishi va qaytishlari mumkin.
Yopiq yoki ochiq TQlar ichida ish bajaruvchining yakka o‘zi yoki brigada a’zolarini ish bajaruvchisiz qolishlariga ruxsat etilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhli bir yoki bir nechta xodim ishlarni bajarish sharoitlari bo‘yicha (masalan, uzatmalari boshqa xonaga chiqarilgan o‘chirgich yoki ajratkichlarni rostlash, ikkilamchi zanjirlarni tekshirish, ta’mirlash yoki montaj qilish, kabellarni o‘tkazish, uskunalarni sinash, himoyani tekshirish
va shunga o‘xshashlar) bir ulanmaning turli ish joylarida, turli xonalarida bo‘lishlari zarur bo‘lgan taqdirda.
Bunda, ish bajaruvchi alohida turgan brigada a’zolarini ish joylariga olib borib qo‘yishi va ularga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berishi shart;
bir brigada tomonidan ishlar turli ulanmalarda bajarilgan hollarda (shinalarning differensial himoyasini tekshirish, ajratkich bilan blokirovkalangan o‘chirgichlar zanjirini tekshirish, zaxirani avtomatik ulash (keyingi o‘rinlarda — ZAU) qurilmasini sozlash va rostlash va boshqalar).
Bunday ishlarga, ularni bir vaqtning o‘zida turli ulanmalarda bajarishga bitta naryad yoki ishlarning xususiyatiga qarab, umumiy tartibda rasmiylashtirilgan holda bir ulanmadan boshqa ulanmaga o‘tishga naryad berilishi mumkin.
Kuchlanish olingan TQlarda brigada tarkibidan bittasi ish joyida qolishi va ishni davom ettirishi mumkin.
Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) qisqa muddatga ish joyidan ketishi zarur bo‘lganda, agar bu vaqtga javobgar rahbar yoki ushbu naryadni bergan shaxs yoki tezkor xodim hisoblangan shaxs uni almashtira olmasa, u brigadani taqsimlash qurilmasidan chiqarishi
va o‘zi chiqqanidan so‘ng eshiklarni qulflashi, naryadda tanaffus rasmiylashtirishi zarur.
Agar ish bajaruvchi o‘rnida javobgar rahbar yoki naryad bergan shaxs qolsa, ish bajaruvchi o‘zining ish joyidan ketish vaqtida naryadni unga qoldirishi zarur.
Javobgar rahbar va tezkor xodimlar vaqti-vaqti bilan ishlayotganlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilayotganligini tekshirib turishlari zarur. Xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi yoki ishlayotganlar xavfsizligiga xavf soladigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, naryad ish bajaruvchidan olib qo‘yiladi va brigada ish joyidan chiqarib yuboriladi.
Aniqlangan buzilishlar va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tezkor xodim tomonidan umumiy tartibda ishga ijozat berish rasmiylashtirilib, brigada javobgar rahbar ishtirokida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin.
Brigada tarkibidagi o‘zgarishlar naryad bergan shaxs, u bo‘lmagan taqdirda esa, ushbu elektr qurilmasi bo‘yicha naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan naryadda rasmiylashtirishi zarur. Ushbu o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘lgan taqdirda telefon orqali berilishi mumkin.
Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish
Ish kuni davomida ishdagi tanaffusda (ishlarni bajarish shartlari bo‘yicha tushlikka chiqqanda) brigada TQdan chiqarilishi kerak. Naryad ish bajaruvchining (kuzatuvchi) qo‘lida qolishi kerak. Plakatlar, to‘siqlar va yerga ulagichlar o‘z joyida qoldiriladi. Tanaffusdan keyin ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi yo‘qligida, brigada a’zolaridan hech biri TQga kirishga haqli emas.
Bunday tanaffusdan so‘ng tezkor xodim tomonidan brigadani ishlashiga ijozat berilmaydi. Ish bajaruvchining (kuzatuvchi) o‘zi brigadaga ish joyini ko‘rsatib beradi.
Naryad ish bajaruvchi tomonidan ishni to‘liq tamomlanganligi to‘g‘risidagi belgi bilan qaytarib berilishiga qadar, tezkor xodim ta’mirlashga chiqarilgan elektr qurilmasini ulash
yoki sxemaga ishlarni bajarish shartlariga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas.
Tezkor xodimlar avariya holatlarida, zarur bo‘lganda, quyidagi shartlarga rioya etgan holda brigada yo‘qligida, naryad qaytarilishiga qadar qurilmani tarmoqqa ulashi mumkin:
vaqtincha to‘siqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qo‘yilishi, doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilishi, “ShU YERDA IShLANSIN!” plakati “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakati bilan almashtirilishi shart;
ish bajaruvchining qaytib kelishi va u naryadni qaytarishiga qadar ishni bajarish joylariga brigada a’zolarini va ish bajaruvchini qurilma ulangani va ishlarni tiklab bo‘lmasligi haqida ogohlantirish uchun xabar beruvchi odamlar qo‘yilishi shart.
Ishlar to‘liq tugatilishiga qadar elektr uskunalarini ishchi kuchlanishida sinab ko‘rish uchun ulash quyidagi shartlar bajarilganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin:
brigada TQdan chiqarilishi, ish bajaruvchidan naryad olib qo‘yilishi va naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) tanaffus rasmiylashtirilishi shart;
vaqtincha to‘siqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qo‘yilishi, doimiy to‘siqlar esa o‘z o‘rniga o‘rnatilishi zarur. Ko‘rsatilgan ishlar tezkor xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
Sinab ko‘rilgandan so‘ng ish joyini tayyorlash va brigadani ishlashiga ijozat berish umumiy tartibda,javobgar rahbar ishtirokida amalga oshiriladi va bu naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi qo‘yiladigan ustunda uning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ishga ijozat berish ish bajaruvchi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ish kunining oxirida ish joyi tartibga keltirilishi, plakatlar, yerga ulagichlar va to‘siqlar joyida qoldirilishi kerak. Har kungi ish tamomlanishi naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lgan elektr qurilmalarida har kuni ish tamomlanganidan so‘ng naryad ularga topshirilishi kerak. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida
ish tamomlanganidan so‘ng naryad amaldagi naryadlar jildida qoldirilishi kerak.
Keyingi kuni to‘xtatib qo‘yilgan ishlarga, ish joyi ijozat beruvchi yoki javobgar rahbar va ish bajaruvchi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganidan hamda xavfsizlik choralarining bajarilganligi tekshirilganidan so‘ng kirishish mumkin. Javobgar rahbarning qayta ishga ijozat berishda ishtiroki shart emas.
Keyingi kuni ishga ijozat berish naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi” jadvalida (3-jadval) ijozat beruvchining yoki javobgar rahbarning va ish bajaruvchining imzolari bilan ishni boshlash sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda rasmiylashtiriladi.
Brigadani yangi ish joyiga ko‘chirish
Quyidagi shartlarga rioya etilgan bo‘lsa, bir ulanmaning bir nechta ish joylarida ishlar bitta naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin:
ushbu ulanmaning barcha ish joylari tezkor xodimlar tomonidan tayyorlangan hamda ish bajaruvchi va javobgar rahbar tomonidan ish boshlanishiga qadar qabul qilingan bo‘lsa;
ish bajaruvchi brigada bilan birga ulanma ish joylaridan biriga ishga qo‘yilgan bo‘lsa;
v) doimiy tezkor xodimlari bo‘lgan elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilsa;
g) doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ijozat beruvchi bo‘lmagan holda, brigadani boshqa ish joyiga o‘tkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa;
d) brigadani yangi ish joyiga o‘tkazish naryadning “Kundalik ishga ijozat berish va uning tugashi” jadvalida (3-jadval) rasmiylashtirilsa va o‘tkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa, u jadvalda ijozat beruvchining o‘rniga imzo qo‘ysa.
Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda ishlar bajarilganda boshqa ish joyiga ishga ijozat berishni rasmiylashtirish faqat brigada bir kuchlanish ostidagi OTQdan boshqa kuchlanish ostidagi OTQga yoki YOTQning bir xonasidan boshqasiga ko‘chirilganida talab etiladi.
Ishni tugatish, ish joyini topshirish va qabul qilib olish. Naryadni yopish va uskunalarni tarmoqqa ulash
Ish to‘liq tugallanganidan so‘ng ish joyi tartibga keltiriladi va javobgar rahbar tomonidan qabul qilib olinadi. Ish bajaruvchi brigadani ish joyidan chiqarganidan so‘ng
ish tugallangani haqida naryadga imzo chekadi va uni tezkor xodimga topshiradi yoki u bo‘lmagan taqdirda amaldagi naryadlar jildida qoldiradi.
Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi naryadni tezkor xodimlarga topshiradi.
Naryadning yopilishi tezkor jurnalda tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Naryad faqat tezkor xodimlar tomonidan ish joyi va qurilma ko‘rikdan o‘tkazilib, begona jismlar, asbob-uskunalar, odamlar yo‘qligi tekshirilgandan va tegishli tozalik ta’minlangandan keyingina yopilishi mumkin.
Bir ulanmada bir nechta brigada ish bajarganda, bir brigadaning ishi tugallanganini naryadda “Yerga ulagichlar -son naryad bo‘yicha bajarilayotgan ishlar uchun qoldirildi” deb ko‘rsatib, naryadni to‘liq yopish mumkin.
Naryadni yopish, quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajarilgandan:
vaqtincha to‘siqlar olib tashlangan va “Shu yerda ishlansin!”, “Shu yerdan chiqilsin!” plakatlari olinganidan;
amaldagi hisobga olish tartibiga muvofiq tekshirgan holda yerga ulagichlar olingandan, mazkur Qoidalarning 103-bandida ko‘rsatilgan holat bundan istisno;
v) doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilganidan va ish boshlanishidan avval osilgan plakatlar olib qo‘yilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ta’mirlangan uskunalar izolatsiyasini bevosita ulashdan oldin tekshirishni, agar bunga zarurat bo‘lgan bo‘lsa, vaqtincha to‘siqlar va ogohlantiruvchi plakatlar olinishidan avval, ko‘chma yerga ulagichlar olingan zahotiyoq amalga oshiriladi.
Uskuna naryad yopilgandan keyin ulanishi mumkin.
Agar o‘chirilgan ulanmada ishlar bir nechta naryad bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat barcha naryadlar yopilgandan keyingina ishga tushirilishi mumkin.
Naryadning amal qilish muddati 5 sutkagacha belgilanadi, mazkur Qoidalarga 8- ilovaning 7-bandida ko‘rsatilgan ishlar bundan istisno. Ishdagi tanaffuslarda, agar bu vaqt ichida sxemalar tiklanmagan va ishni bajarish sharoitlari o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, naryad amalda hisoblanadi.
Naryad uzaytirilgan kundan boshlab 5 kalendar kunidan oshmagan muddatga bir marta uzaytirilishi mumkin.
Naryadlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ustidan nazorat uni beruvchi shaxslar va rahbar elektrotexnik xodimlar hisoblangan shaxslar tomonidan, davriy ravishda tanlov asosida tekshiruv yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ishlarni farmoyish bo‘yicha va joriy ekspluatatsiya tartibida bajarish
Elektr qurilmalarida naryadsiz bajariladigan barcha ishlar:
buning uchun vakolatli shaxslarning (mazkur Qoidalarning 60-bandi) farmoyishi bo‘yicha tezkor jurnalda rasmiylashtirgan holda;
joriy ekspluatatsiya tartibida,keyinchalik tezkor jurnalga yozgan holda bajariladi.
Ishni takrorlash yoki davom ettirish zarurati bo‘lsa, uning shart-sharoitlari yoki brigada tarkibi o‘zgargan taqdirda, farmoyish tezkor jurnalda rasmiylashtirilgan holda yangidan berilishi lozim.
Farmoyish bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar;
ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan ishlar;
v) kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olingan holda, davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar.
Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar naryad bo‘yicha bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar (mazkur Qoidalarning 53-bandi) bilan bir xil.
Farmoyish bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar naryad beruvchi shaxsning ixtiyoriga ko‘ra naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Farmoyish beruvchi shaxs ish bajaruvchini (kuzatuvchini) tayinlaydi. Ishlarni xavfsiz bajarish imkonini aniqlaydi hamda buning uchun kerakli texnik va tashkiliy chora- tadbirlarni ko‘rsatib beradi.
Farmoyish uni beruvchi shaxs yoki uning bevosita yoki aloqa vositasi orqali bergan ko‘rsatmasi bo‘yicha tezkor xodim tomonidan tezkor jurnalga yoziladi. Tezkor xodimning
o‘zi bergan farmoyish ham tezkor jurnalga yoziladi.
Tezkor jurnalda farmoyish kim tomonidan berilganligi, ish joyi va mazmuni, xavfsizlik choralariga ko‘ra ish bajarilishining toifasi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar ro‘yxati, ishni bajarish vaqti, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) va brigada a’zolarining familiyalari, ismi, otasining ismi, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Farmoyish bo‘yicha ishlash jarayonida ushbu ishlarni bajarayotgan brigada tarkibini o‘zgartirish taqiqlanadi.
Tezkor xodim ish bajaruvchiga farmoyishni ma’lum qiladi, ishning bajarilishiga tayyorligi tasdiqlanganidan so‘ng ish joyini tayyorlashga kirishadi (agar u talab etilsa) va tezkor jurnalga ishlarning xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun bajarilgan barcha texnik chora-tadbirlarni yozib qo‘yadi.
Ish bajaruvchi ishni boshlashdan avval ish joyini qabul qilib oladi va ishning boshlanish vaqtini ko‘rsatgan holda, farmoyishni ijroga qabul qilganligi to‘g‘risida tezkor jurnalga imzo qo‘yadi.
Farmoyish bo‘yicha bir smena davomida kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
xizmat xonalari va yo‘laklarni, YOTQlarni doimiy to‘siqlargacha, boshqaruv shchiti xonalarini, shu jumladan rele, o‘lchov va boshqa turli apparaturalar joylashgan panellar ortini tozalash;
OTQ hududini obodonlashtirish va tozalash, o‘t o‘rish, yo‘l va yo‘lkalarni qordan tozalash, avtomashnalarni OTQ hududidan o‘tkazish, yuklarni tashish, tushirish, ortish va boshqalar;
v) kameralar va yacheykalardan tashqarida joylashgan yoritish apparaturasini (yoritish tarmog‘ining ishlar bajarilayotgan uchastkasidan kuchlanishni olgan holda) ta’mirlash va lampalarni almashtirish; telefon aloqasi apparaturasini ta’mirlash; elektr dvigatellarning cho‘tkalarini holatiga qarab turish va ularni almashtirish, elektr mashinalarining kollektor
va halqalari holatiga qarab turish, to‘siqlar va jihozlar qobig‘idagi yozuvlarni yangilash va hokazolar;
g) YOTQ binosining qurilish qismini va OTQ hududida joylashgan binolarni ta’mirlash, poydevor va portallarni, kabel kanallari bostirmasini, yo‘llar va devorlarni va shunga o‘xshashlarni ta’mirlash;
ulash sxemasidan vaqtincha chiqarilgan transformator va boshqa uskunalarning quritilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sxemadan chiqarilgan uskunalardagi moyni tozalash va quritishda moy tozalovchi hamda boshqa yordamchi apparaturaga xizmat ko‘rsatish;
havo qurituvchi filtrlarni tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish.
Mazkur Qoidalarning 115-bandda ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim hisoblangan shaxs yakka o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin.
Mazkur Qoidalarning 115-bandi:
“a” kichik bandi bo‘yicha ishlarni elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan I guruhga ega bo‘lgan shaxslar;
“a” , “b” kichik bandlar bo‘yicha ishlarni joriy ekspluatatsiya tartibida tezkor xodimlar;
“g” kichik bandi bo‘yicha ishlarni tezkor xodimlar yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega maxsus ajratilgan kuzatuvchining kuzatuvi ostida elektrotexnik bo‘lmagan xodimlar tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi.
Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridagi o‘lchov asboblari, elektr energiyasini hisobga olish asboblari, aloqa, telemexanika, avtomatika, releli himoya qurilmalarini montaj qilish, tekshirish, rostlash, ta’mirlashga echib olish va o‘rnatish ishlari, kommutatsiya apparatlarning uzatmalarida, ikkilamchi zanjirlarida hamda masofadan va avtomatik boshqaruv sxemalarining elektr uzatmalari zanjirida bajariladigan quyidagi:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari bo‘lmagan xonalardagi;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari doimiy yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar orqasida joylashgan xonalardagi, shuningdek, komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va komplekt transformator podstansiyalarning (keyingi o‘rinlarda —
KTP) nazorat va o‘lchov asboblari o‘rnatilgan bo‘linmalaridagi;
v) 1000 Vdan yuqori kuchlanishli to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar 35 kV va ungacha bo‘lgan kuchlanishda o‘tish joyidan 2,75 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda, 110 kV kuchlanishda — 3,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda joylashganida, YOTQni boshqarish yo‘laklaridagi;
g) OTQning to‘rli to‘siq tashqarisiga chiqarilgan releli himoya shkaflaridagi, agregat shkaflari va o‘chirgichlar uzatmalaridagi ishlar kiradi.
Bunda kuchlanish zanjirini o‘chirib qo‘yish va tok zanjirlarini shuntlash imkonini beruvchi maxsus qisqichlar yoki sinov bloklari bilan jihozlanmagan o‘lchov transformatorlari orqali ulangan elektr o‘lchov asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajariladi.
Mazkur Qoidalarning 117-bandida ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning yakka o‘zi tomonidan yoki ta’mirlash xodimlari
yoki ixtisoslashtirilgan xizmatlarning xodimlari hisoblangan kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi lozim. Ulardan bittasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan past bo‘lmagan guruhga, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan rejadan tashqari quyidagi ishlarni tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlarga yoki ularning kuzatuvi ostida boshqa elektrotexnik xodimlarga farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi:
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinib, yerga ulagichlar o‘rnatib bajariladigan ishlar. Bunday ishlarga alohida turgan elektr dvigatelga kabelni ulash va echib olish, saqlagichlarni almashtirish, kuch transformatorining shoxobchalarini qayta ulash, uskunalar va shinalarning ayrim kontaktlarini tozalash va tortib mahkamlash, moy to‘ldirilgan kirishlarga moy quyish va ulardagi sizib chiqishni bartaraf etish, alohida apparatlarga moy quyish ishlari kiradi.
Bu ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan kuzatuvchini qo‘shib hisoblanganda,kamida ikki kishi tomonidan bajariladi.
Ishga ijozat berishda, bunday ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, TQda ish joyini to‘sishdan tashqari barcha texnik tadbirlar bajarilishi shart, Bunda TQda ish joyini to‘sishni mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 15-bandi talablaridan chekingan holda bajarmasa
ham bo‘ladi;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan, yerga ulagich o‘rnatilishini talab qilmaydigan ishlar. Bunday ishlarga: uskunalarning g‘ilofida bajariladigan ishlar, g‘ilof armaturasini tozalash va mayda ta’mirlash, transformatorlarning kengaytirgichlaridagi moy sathini ko‘rsatuvchi oynalarni va kuchlanish ostida bo‘lmagan o‘chirgich baklari va shunga o‘xshashlarni tozalash va mayda ta’mirlash, moyni tozalash va quritish uchun apparaturani ulash, elektr o‘lchov qisqichlari bilan o‘lchashlar, saqlagichlarni almashtirish, shtanga bilan kontaktlar qizishini tekshirish, shinalarning titrayotgan joylarini shtanga bilan aniqlash, fazalashtirish, izolyatorlarni va ulovchi qismalarda shtanga yordamida bir marta nazorat operatsiyasini bajarish, kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLga o‘rnatilgan yuqori chastotali kanallarning ulama filtrlarini tekshirishdagi o‘lchashlar, agar uskunalarning tuzilishi bu ishlarni xavfsiz bajarish imkonini beradigan bo‘lsa, ularga moy quyish va tekshirish uchun moy olish va shunga o‘xshash ishlar kiradi. Bu ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga
ega bo‘lgan tezkor xodim hisoblangan shaxsni qo‘shib hisoblaganda, kamida ikki kishi bajarishi shart. Bunda tezkor xodim ishlovchilar ustidan uzluksiz nazoratni amalga oshiradi. Ikkinchi shaxs kamida III guruhga ega bo‘lishi mumkin.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridan kuchlanish olinib, bir smena davomida farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga: magnitli ishga tushirgichlar, ishga tushirish tugmalari, avtomatik o‘chirgichlar, rubilniklar, reostatlar, kontaktorlar hamda shchit va yig‘ilmalardan tashqarida o‘rnatilgan shularga o‘xshash kommutatsiya apparatlarini ta’mirlash; alohida turgan elektr qabul qilgichlarni (elektr dvigatellarni, elektr kalorifyerlarni va shunga o‘xshash), alohida joylashgan magnit stansiyalar va boshqaruv bloklarini ta’mirlash; saqlagichlarni almashtirish; yoritish simlarini ta’mirlash ishlari, elektr ta’minoti bir tomonlama bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar kiradi.
Ko‘rsatilgan ishlarni, odatda ta’mirlash xodimlaridan ikki kishi bajarishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga, ikkinchisi kamida II guruhga ega bo‘lishi lozim.
Alohida hollarda farmoyish beruvchining roziligi bilan ta’mirlovchi xodimlardan III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxsga ushbu ishlarni bajarishga ruxsat etiladi.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlar tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan joriy ekspluatatsiya tartibida amalga oshiriladi.
Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) farmoyish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsat olgan vaqtdan boshlab, brigada tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalarining rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.
Ishlar tugallanganidan keyin ish bajaruvchi:
ishlar kuchlanish olinib yoki kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajarilganda, brigadani ish joyidan chiqarib, tezkor xodimlar hisoblangan shaxs bilan birgalikda ish joyini tekshirib chiqishi va shundan so‘ng tezkor jurnalga imzo chekib, ish tugallanganini rasmiylashtirishi shart;
ishlar kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajarilganda, ish joyini shaxsan ko‘rib chiqishi, brigadani chiqarishi va bajarilgan ishlar hajmi hamda ularning tugallangan vaqti to‘g‘risida tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxsga xabar berishi shart.
Ish bajaruvchining ushbu xabari tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs tomonidan tezkor jurnalga ish tugalangan vaqtni ko‘rsatib yozib qo‘yilishi kerak.
Farmoyish bo‘yicha bajarilgan ishlarning tugallangani to‘g‘risida tezkor xodim bevosita yoki aloqa vositalari orqali farmoyish bergan shaxsga ma’lum qiladi.
Joriy ekspluatatsiya tartibida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinib,mazkur Qoidalarning 120-bandida ko‘rsatilgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar.
Shuningdek, joriy ekspluatatsiya tartibida korxona hududida, yashash va xizmat xonalari, omborlar, ustaxonalar va shunga o‘xshash joylardagi tashqi va ichki yoritish qurilmalariga nominal toki 20 A gacha himoya apparatlari bilan jihozlangan guruh
liniyalariga ulangan elektr qabul qilgichlarga maxsus biriktirilgan xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish ish joyi, ishning boshlanishi va tugallanishi haqida tezkor xodimlarni xabardor etib, u esa bu haqida tezkor jurnalga tegishli yozuv kiritib, amalga oshirilishi mumkin.
Elektr qurilmalarida joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlari va 120-bandida belgilangan va mahalliy sharoitlarga qarab to‘ldirilgan ishlar ro‘yxati tuzilishi va uni korxona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;
ish bajaruvchi tomonidan aniq ish bajarilishi zarurati va uning xavfsiz bajarilishi imkoniyati aniqlanishi.
Mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq ro‘yxatga kiritilgan ishlar turlari doimo ruxsat etilgan va yana qo‘shimcha farmoyishlar rasmiylashtirilishini talab qilmaydigan ishlar bo‘lib hisoblanadi.
3-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlarini amalga oshirish
Avariya holatlarida tiklash ishlarini, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan, qisqa muddatli, qurilmalarda avariyaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf
etish ishlarini, keyinchalik tezkor jurnalga yozib qo‘yish sharti bilan naryadsiz bajarish quyidagi xodimlarga ruxsat etiladi:
tezkor xodimlarga (kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda — kamida ikki kishi bo‘lib);
ta’mirlash xodimlariga tezkor xodimning kuzatuvi ostida, agar naryadni yozish va rasmiylashtirish vaqti avariya oqibatlarini bartaraf etishning cho‘zilishiga olib kelsa;
v) ta’mirlash xodimlariga agar tezkor xodim band bo‘lsa hamda doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim bo‘lmagan hollarda, ushbu qurilmaga xizmat ko‘rsatuvchi elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega (1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda kamida IV guruhga ega) ma’muriy texnik xodimlar nazorati va javobgarligi ostida.
Podstansiyalarda naryad yoki farmoyish berish huquqiga ega bo‘lgan ma’muriy- texnik xodimlar bo‘lmagan taqdirda, avariyaning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga naryad yoki farmoyish berish huquqi barcha podstansiyalar va tezkor chiqish brigadalarining elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimlariga beriladi.
Barcha holatlarda ishlarni bajarishda, xavfsizlikni ta’minlovchi barcha texnik chora- tadbirlar bajarilishi shart.
Avariya oqibatlarini bartaraf etishda tezkor xodimlarning (bevosita, naryadsiz ishlanganda ishlovchilar ustidan kuzatuv o‘rnatish yo‘li bilan) ishtirok etishiga yuqori turuvchi tezkor xodimlarning roziligi bilan ruxsat beriladi. Yuqori turuvchi xodimlar bilan aloqa bo‘lmagan taqdirda, bunday ruxsat talab etilmaydi.
Korxonalarning elektr qurilmalarida shahar (tuman) elektr ta’minoti yoki magistral elektr tarmoqlarining navbatchi brigadalari tomonidan har xil turdagi avariya ishlari bajarilganda, masalan, avariyadan shikastlangan kabelni sinash va o‘lchashda, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq naryad berish vaishga ijozat berishni rasmiylashtirish shart. Bunday holatlarda, korxona podstansiyasida naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs ayni vaqtda bo‘lmagan taqdirda, avariyani tezroq bartaraf etish maqsadida qurilmani (korxonani, sexni) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadni korxonaning navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimi berish huquqiga ega bo‘ladi.
4-§. Xizmat safaridagi xodimlar bajaradigan ishlar
Xizmat safaridagi xodimlar — bu iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarish maqsadida ularning shtat ro‘yxatida bo‘lmagan, boshqa korxona va tashkilotlardan yuborilgan xodimlar.
Xizmat safaridagi xodimni ishga quyish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Xizmat safaridagi shaxslar xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan o‘tganligi va elektr xavfsizligi bo‘yicha guruh berilgani haqidagi belgilangan shakldagi shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lishlari shart. Mazkur qoidalar bo‘yicha bilim sinovi doimiy ish joyi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Xizmat safariga yuborilgan korxona (tashkilot) xizmat safarining maqsadidan tashqari, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, nazorat qiluvchi va brigada a’zolari qilib tayinlanishi mumkin bo‘lgan xodimlar haqida, shuningdek, elektr qurilmalarida uzoq muddatli ishlarda naryad berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar haqida yozma ravishda ma’lumot berishi kerak.
Xizmat safaridagi shaxslar xizmat safari joyiga ilk bor kelganda, ishlashi kerak bo‘lgan elektr qurilmalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha yo‘l- yo‘riq oladilar. Naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi va nazorat qiluvchi vazifalari yuklatiladigan shaxslar esa ushbu elektr qurilmalarining energiya ta’minoti sxemalari bo‘yicha ham yo‘l-yo‘riq oladilar.
Yo‘l-yo‘riq yo‘riqnomalar jurnalida yozuv, shuningdek, yo‘l-yo‘riq oluvchi va yo‘l-yo‘riq beruvchi shaxslarning imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshmaydigan bo‘lsa, ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlarda naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi hamda brigada a’zolari sifatida ishlash huquqi taqdim etilishi xizmat safariga yuborgan tashkilotning xatiga qurilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbariyatining rezolyutsiyasi bilan rasmiylashtiriladi. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshgan taqdirda rasmiylashtirish yozma ko‘rsatma orqali amalga oshirilishi lozim.
Xizmat safaridagi xodimlarga yo‘l-yo‘riq berilishi ular xizmat safariga yuborilgan korxonaning elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega ma’muriy-texnik xodimi
yoki kamida IV guruhga ega tezkor yoxud tezkor ta’mirlovchi xodimi tomonidan o‘tkazilishi zarur.
Yo‘l-yo‘riq mazmuni, ishning xususiyatlari va murakkabligiga, elektr qurilmasining o‘ziga xos xususiyatlari va sxemasiga qarab yo‘riq beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Xizmat safariga yuborayotgan korxona (tashkilot) xizmat safariga yuborilgan xodimlarning, ularga elektr xavfsizligi bo‘yicha berilgan guruhlariga hamda ushbu Qoidalarning 134-bandiga ko‘ra ularga taqdim etilgan huquqlarga muvofiqligiga va xodim tomonidan mazkur Qoidalar bajarilishiga javobgardir.
Elektr qurilmalarida xizmat safaridagi xodimlar tomonidan ishlar bajarilayotgan korxona (tashkilot) ishlayotganlarning ishchi va ilashgan kuchlanish elektr tokidan shikastlanishidan himoyani ta’minlovchi xavfsizlik choralari bajarilishi uchun javobgardir.
Xizmat safaridagi xodimlar uchun ish joyini tayyorlash va ishga ijozat berish barcha hollarda qurilmani ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotning tezkor xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoida
Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
ILOVA
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlari


Izoh:
Guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan yoki bilim sinovidan o‘tmagan elektrotexnik xodimlar hisoblangan, elektr xavfsizligi bo‘yicha II — V guruhga ega bo‘lgan shaxslar I guruxga tenglashtiriladi.
18 yoshga to‘lmagan amaliyotchilarga I I dan yuqori guruh berishga ruxsat berilmaydi.
Elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis uchun 3 yildan kam bo‘lmagan umumiy ish staji talab etiladi (elektr qurilmalarida bo‘lishi shart emas).
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
ILOVA
Elektr xavfsizligi bo‘yicha I guruhga ega bo‘lgan xodimlarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tish jurnali



Familiyasi,

Tekshiriluvchi xodim ishlaydigan sexning, elektr qurilma nomi

Lavozimi,

Oldingi bilimlar sinovining sanasi, bahosi

Mazkur bilimlar sinovining sanasi va sababi




Imzo

ismi,

ushbu

Bilim




otasining ismi

lavozimdagi ish staji

bahosi




Tekshiruvchi

Tekshiriluvchi

























































































































Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
ILOVA
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim sinovidan o‘tish jurnali



Familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi, ushbu lavozimdagi ish staji

Oldingi bilimlar sinovining sanasi, bahosi, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi

Bilimlar sinovining sanasi va sababi



Bilimlarning umumiy bahosi, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi, komissiya xulosasi

Tekshiruvchinin imzosi





























































Komissiya


raisi

(egallab turgan lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


Komissiya a’zolari

(egallab turgan lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)


Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
ILOVA

Bilimlar sinovidan o‘tish to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli


bet
Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va


Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risida
GUVOHNOMA
bet
Vazirlik, birlashma Tashkilot, korxona Guvohnoma - son
F.I.O.
Mansabi
(sex) bo‘limida
sifatida
kuchlanishi bo‘lgan elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarishga ijozat berildi.
Berilgan sana
Korxonaning elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxs
(imzo)

Muhr o‘rni


bet
Bilimlar sinovining natijasi



Sana

Bilimlar sinovining sababi

Jurnaldagi yozuv raqami

Umumiy baho, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi

Komissiya raisining imzosi































bet
Maxsus ishlarni bajarish huquqiga shahodatnoma



Sana

Ishlarning nomi

Komissiya raisining imzosi



















bet

Izoh :
Qoidalar yoki yo‘l-yo‘riqlarni buzgan shaxslarga navbatdan tashqari bilim sinovi belgilanadi.


Muhr qo‘yilmagan, sinov natijalari bo‘yicha belgisi bo‘lmagan, malaka komissiyasi raisi va korxonaning

elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning imzolari bo‘lmagan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati o‘tib ketgan shaxslarning guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida guvohnoma xodimning yonida bo‘lishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
5-ILOVA

Elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandislar uchun bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi


bet
Guvohnoma


Iste’molchilarni elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilimlar sinovidan o‘tganlik to‘g‘risida
bet
vazirligi
korxonasi
- son guvohnoma
F.I.O.
lavozimda
korxona elektr qurilmalarini nazorat qilish uchun ijozat berilgan

M.o‘.
Berilgan sanasi


20 yil “ ”
Korxona bosh muhandisi
(imzo)
bet

Sana

Tekshirish sababi

Jurnaldagi yozuv raqami

Guruh, baho

Komissiya raisining imzosi



















bet
Izoh:
Qoidalarni buzganlar navbatdan tashqari sinovdan o‘tishlari shart. Muhr qo‘yilmagan, sinov natijalari

bo‘yicha belgisi bo‘lmagan, malaka komissiyasi raisi, korxona bosh muhandisining imzolari bo‘lmagan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati (3 yilda 1-marta) o‘tib ketgan shaxslarning guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida guvohnoma xodimning yonida bo‘lishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
6-ILOVA

Naryadning shakli va uni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar


(Naryadning old tomoni)


Korxona


Bo‘linma

Elektr qurilmalarida ishlash uchun


-son naryad-ijozat
Ish uchun javobgar rahbar ijozat beruvchi ish bajaruvchi kuzatuvchi ga brigada a’zolari bilan
topshiriladi:
Ishlar boshlansin: sana
vaqti
Ishlar tugatilsin: sana
vaqti
Ishlar bajarilsin:
kuchlanish olinganda;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda (keraklisi ostiga chizilsin).

1-jadval

Ish joyini tayyorlash bo‘yicha choralar



Tarmoqdan uzilishi va yerga ulagichlar o‘rnatilishi lozim bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi

Nima tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich qayerga o‘rnatilishi kerak

1

2







Alohida ko‘rsatmalar


Naryadni berdi: sana vaqti imzo familiyasi Naryad muddati gacha uzaytirildi: sana vaqti
Imzo familiyasi sana vaqti

2-jadval

Ishga ijozat berishga ruxsat berish



Ish joyini tayyorlashga va ishga ijozat berishga ruxsat
oldim

Sana, vaqti

Kimdan olindi
(familiyasi, lavozimi)

Ijozat beruvchi (imzo)

1

2

3

4

























(Naryadning orqa


tomoni)

Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi: Ijozat beruvchi Ish uchun javobgar rahbar


(imzo) (imzo)
3-jadval

Kundalik ijozat berish va ishning tugashi





Brigadaga yo‘l-yo‘riq berildi va tayyorlangan ish joyida ishlashga ijozat berildi

Ish tugadi, brigada ish joyidan chiqarildi

Ish joylarining nomi



Sana, vaqti



Imzolar

Sana, vaqti



Brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olingani haqida xabar berildi
(kimga)

Ish bajaruvchi (imzo)



Ijozat beruvchi

Ish bajaruvchi

1

2

3

4

5

6

7






















4-jadval

Brigada tarkibidagi o‘zgarishlar



Brigada tarkibiga kiritildi

Brigada tarkibidan chiqarildi

Sana, vaqti

Ruxsat berildi (imzo)

1

2

3

4

Ish butunlay tugatildi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olindi


ga xabar berildi. (lavozimi, familiyasi)

Sana vaqti Ish bajaruvchi


(imzo)

Ish uchun javobgar rahbar


(imzo)
Naryadni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Naryaddagi yozuvlar tushunarli bo‘lishi shart. Naryad matniga tuzatishlar kiritish man qilinadi.


Naryadlarni raqamlash tizimi korxonaning elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi.
Jadvalning to‘ldirilmaydigan kataklariga “Z” belgisini qo‘yish, qatorlarga esa chiziq tortish kerak.
“Sana” satriga yozilayotganda avval kun, keyin oy va so‘ngida yilning oxirgi ikki soni ko‘rsatiladi, masalan, 02.11.13, 24.04.13.
Naryadda ko‘rsatilayotgan shaxslarning familiyalaridan tashqari, ularning ismi, otasining ismi hamda ijozat beruvchi, mas’ul javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi va brigada a’zolarining elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi ham yoziladi.
Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarning, jihozlarning dispetcherlik nomlanishi ko‘rsatilishi lozim.

Naryadning old tomoni


“Bo‘linma” satrida korxonaning elektr qurilmasida ish olib borishi lozim bo‘lgan tarkibiy bo‘limi (sexi, xizmati, uchastkasi) ko‘rsatiladi.


Agar ishlarning mas’ul javobgar rahbarsiz bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, “Ish uchun javobgar rahbar” satrida “Tayinlanmaydi” deb ko‘rsatiladi.
“Ijozat beruvchi” satrida tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchining familiyasi ko‘rsatiladi. “Brigada a’zolari bilan” satrida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchidan tashqari barcha brigada a’zolarining hammasi familiyalari ko‘rsatiladi.
Familiyalar bosh kelishikda yoziladi. Satrlar yetishmagan hollarda, naryad beruvchi shaxs tomonidan
imzolangan brigada a’zolarining ro‘yxati naryadga ilova qilinishi va bu haqda oxirgi satrda “Qo‘shimcha ro‘yxatga qarang” deb yozib qo‘yilishi lozim.
“Topshiriladi” satrida:
ish bajariladigan joydagi elektr qurilmasining va ulanmalarning nomi, ishning mazmuni ko‘rsatiladi; HL uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak bo‘lgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oralig‘ida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar
oralig‘idagi simlarda ishlash), shuningdek, ishning mazmuni ko‘rsatiladi. Ko‘p zanjirli HL uchun, shuningdek, zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa tyanchlarda fazalarning joylashishi ko‘rsatiladi.
“Ish tugatilsin” satrida ushbu naryad bo‘yicha ishni tugatish san�si hamda vaqti ko‘rsatiladi (barcha ishlar qachon batamom tugashidan qat’i nazar).
Podstansiyalar elektr qurilmalarida va KLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi: 1-ustunda-tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan elektr qurilmalarining nomi; 2-ustunda o‘chirilishi zarur bo‘lgan kommutatsiya apparatlari va yerga ulagichlar hamda to‘siqlar
o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar.
HL da ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi:
ustunda naryadning “topshiriladi” satriga yozilgan liniyalar, zanjirlar va simlarning nomi hamda ta’mirlanayotgan HL yoki zanjirdagi ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda o‘chirilishi va yerga ulagich o‘rnatilishi zarur bo‘lgan boshqa HL yoki zanjirning nomi;
ustunda ijozat beruvchi tomonidan o‘chiriladigan va yerga ulagich o‘rnatiladigan HL uchun TQda va HLning o‘zida o‘chiriladigan kommutatsiya apparatlarining nomi va yerga ulagichlar o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joylar.
Agar yerga ulagichlar tayanchlarga o‘rnatiladigan bo‘lsa, tayanchlarning tartib raqami ko‘rsatilishi lozim. Ushbu ustunda, shuningdek, mazkur Qoidalarga 9-ilovadagi 42 — 45, 48, 50, 51-bandlarga
muvofiq ish joyida simlar va troslarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart bo‘lgan tayanchlarning tartib raqamlari yoki tayanchlar oralig‘i ko‘rsatilishi kerak.
Agar naryad berish paytida yerga ulagich o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyni aniqlash mumkin bo‘lmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishini talab qilsa, ushbu ustunda “ish joylarida yerga ulagich o‘rnatilsin” deb ko‘rsatiladi.
ustunda, shuningdek, ta’mirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o‘ggan havo elektr uzatish tarmog‘iga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan yerga ulagichlarning joyi ham ko‘rsatilishi kerak.
Agar ushbu HL boshqa korxona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida boshqa korxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan yerga ulagichni tekshirish zarurligi
ko‘rsatilishi kerak.
1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan tarmoqdan o‘chirishlar kiritilishi zarur.
Ish joyini tayyorlash jarayonida sxemaga o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘lik bo‘lgan qayta ulashlar
(masalan, ulanmani bir shina tiz�midan, boshqa shinalar tizimiga o‘tkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga o‘tkazish va boshqalar) jadvalga kiritilmaydi.
Ish joyini tayyorlash bo‘yicha tezkor ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan ijozat beruvchi tomonidan bajariladigan elektr qurilmalaridagi barcha operatsiyalarni hamda ish joylarini tayyorlash bo‘yicha boshqa choralarni (masalan, kuchlanish yo‘qligini tekshirish, tok o‘tkazuvchi qismlarga to‘siqlar o‘rnatish va boshqalar) elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan tasdiqlangan tezkor o‘chirib-ulash ishlari bo‘yicha maxalliy yo‘riqnomalarga muvofiq 1-jadvalga kiritish mumkin.
Ishga ijozat berish uchun tarmoqdan o‘chirish va yerga ulagichlar o‘rnatish talab qilinmaydigan naryadlarda 1-jadvalning 1-ustuniga “Tarmoqdan uzmasdan va yerga ulagichlarni o‘rnatmasdan” deb yozib qo‘yiladi.
Agar 1-jadvaldagi satrlar soni ish joyini tayyorlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish uchun yetarli bo‘lmasa, unda naryadga naryad beruvchining imzosi bilan qo‘shimcha jadval ilova qilishga ruxsat etiladi va bu haqda asosiy jadvalning oxirgi satriga “qo‘shimcha ro‘yxatga qaralsin” deb yozib qo‘yilishi kerak.
“Alohida ko‘rsatmalar” satrlarida quyidagilar qayd etiladi:
javobgar rahbarning uzluksiz nazorati ostida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 62-bandi);
erga ulagichni vaqtincha olishga ruxsat berish (mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 39-bandi);
yuklarni kran bilan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda, ishning xavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaxsni tayinlash (mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandi);
mazkur Qoidalarning 46-bandida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotgan joydagi ta’mirlanayotgan liniya
ustunlari oralig‘idagi kuchlanish ostidagi HL, kuchlanish ostidagi simlar va ta’mirlanayotgan liniyaning troslari;
ta’mirlanayotgan liniyaning boshqa HL ta’sirida ilashgan kuchlanish ostida ekanligi haqida ko‘rsatma. Naryad beruvchining xohishiga ko‘ra, ushbu satrlarga bajarilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘rsatmalarni ham yozishga ruxsat etiladi.
“Naryad berdi” va “Naryad muddati uzaytirildi” satrlarida naryad beruvchi uni imzolagan vaqtini va sanasini ko‘rsatishi zarur.
2-jadv�l tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajarayotgan ish bajaruvchi tomonidan ishlashga birinchi bor ishga ijozat berilganda to‘ldiriladi.
Ta’mirlanayotgan elektr qurilmasini vaqtincha ulash paytida 2-jadval har bir qayta ishga ijozat berishdan oldin to‘ldiriladi.
Ishga ijozat berish navbatchi tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek, tezkor ta’mirlash xodimlar
jumlasidan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajaruvchi ish bajaruvchi tomonidan ishga ijozat berish ish joyiga yetib kelgan zahoti amalga oshiriladigan hollarda 2-jadval to‘ldirilmaydi.

Naryadning orqa tomoni


Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida qo‘yidagilar qoldi” satrlarida ijozat beruvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qo‘shni ulanmalarning (yoki qo‘shni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok
o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatadi. Agar bunday qismlar bo‘lmasa, ushbu satrlarda “Qolmadi” deb yozilishi lozim.
HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan “Alohida ko‘rsatmalar” satrida
ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlar, zarur bo‘lgand� esa boshqa tok o‘tkazuvchi qismlar ham yozib qo‘yiladi.
Ijozat beruvchi va javobgar rahbar “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi” satrlari ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qo‘yadi.
3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish
joyidan ikkinchisiga ko‘chirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi.
Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaxs 3-ustunga imzo qo‘yadi.
Mazkur Qoidalarning 96-bandiga muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan bog‘liq
ishlarda 6-ustun to‘ldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, o‘rnatilgan yerga ulagichlar olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasi va lavozimi ko‘rsatiladi. Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7- ustunlarida rasmiylashtiradi.
4-jadvalda brigada tarkibiga mexanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda,
unga biriktirilgan mexanizm va o‘ziyurar kranning turi ham ko‘rsatiladi. “Ruxsat berdi” satriga brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxs (familiyasini ko‘rsatib) imzo qo‘yadi.
Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilgan bo‘lsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini o‘zgartirishga ruxsat bergan shaxsning familiyasini ko‘rsatadi.
Ish to‘liq tugatilgandan so‘ng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun
mo‘ljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi. Ish joyini qabul qilib olganidan so‘ng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qo‘yadi. Agar javobgar rahbar
tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi uning o‘rniga imzo qo‘yadi.
Naryadda ishning to‘liq tugallanganini ish bajaruvchi faqat o‘zidagi naryad nusxasida ish batamom tugallangani haqida xabar berilgan shaxsning familiyasini va lavozimini hamda xabar berilgan sana va vaqtini ko‘rsatgan holda rasmiylashtiradi.
Agar brigada yerga ulagichlar o‘rnatmagan bo‘lsa, u holda “brigada o‘rnatgan yerga ulagichlar olindi” degan so‘zlar ish to‘liq tugallanganligi to‘g‘risidagi xabar matnidan o‘chirib tashlanadi.
Naryad beruvchi sha�s mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq naryadning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oxirida imzo qo‘yadi.

Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga


ILOVA

jadval




Elektr qurilmasining kuchlanishi

Odamlardan va ular ishlatadigan asbob- uskunalar va moslamalardan, vaqtincha to‘siqlardan

Transport va ishchi holatidagi yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlardan, yuk changallovchi moslamalar va yuklarning strop (arqon)laridan

tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa, m

1000 V gacha

HLda 0,6
tegish bo‘lmagan TQda me’yorlanmaydi

1,0

1,0


3 — 35 kV

0,6

1,0

60 — 110 kV

1,0

1,5

150 kV

1,5

2,0

220 kV

2,0

2,5

jadval



Tuproq

Qazish chuqurligi, m

1,5 gacha

1,5 — 3,0

Qiyalik yo‘nalishi va gorizontal chiziq o‘rtasidagi burchak,

grad


Qiyalik balandligi- ning asosiga nisbati



Qiyalik yo‘nalishi va gorizontal chiziq o‘rtasidagi burchak,

grad


Qiyalik balandli-gining asosiga nisbati



Tabiiy namlikdagi, uyilgan

76

1:0,25

45

1:1

Qumli va shag‘alli, namli

(to‘yinmagan)



63

1:0,5

45

1:1

Loyli:
qumloq tuproq qumoq tuproq loy

76


90

90


1:0,25

1:0

1:0


56


63

76


1:0,67

1:0,5

1:0,25


Sariq (sog‘) tuproq

90

1:0

63

1:0,5

jadval



Tuproq shartlari

Xandaq chuqurligi, m

To‘siqlar

Sizot suvlari kichik miqdorda sizib chiqadigan yoki ular yo‘q bo‘lgan tabiiy namlikdagi yopishqoq tuproqlar

3 gacha

Orasi ochiq

Xuddi shuningdek

3 — 5

Yaxlit

Yuqori namlikdagi har xil va qumli tuproqlar

Chuqurligidan qat’i nazar

Yaxlit

Izoh:
Sizot suvlarining kuchli oqimida va mayda tuproqlarning chiqib ketishi sodir bo‘lganda, zichlangan (shpuntlangan) to‘siq ishlatiladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
ILOVA
1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori kabel liniyalari (keyingi o‘rinlarda — KL) va podstansiya elektr qurilmalarida naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi shart:
Kuchlanish olinganda;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda, vaqtincha to‘siqlar o‘rnatish talab etiladigan;
TQda ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini qo‘llab amalga oshiriladigan
Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan boshqa ishlar, shu jumladan: komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va tashqarida o‘rnatilgan komplekt taqsimlash qurilmasidagi (keyingi o‘rinlarda — TKTQ), shkafning eshiklari va to‘siqlari yopilgan bo‘lishi sharti bilan aravachalarda shkaflardan tortib chiqarilgan uskunalardagi; kommutatsiya apparatlarining uzatmalari va agregat shkafidagi, ikkilamchi zanjirlar, releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalaridagi ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQ, taqsimlash shchitlari, yig‘malarning yig‘ma shinalarida, shuningdek, ushbu qurilmalarning ular orqali yig‘ma shinalarga kuchlanish uzatilishi mumkin bo‘lgan ulanmalaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajarilishi kerak. Boshi
berk ulanmalardagi ishlarni farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi.
Podstansiyalarning elektr qurilmalari va KLda, ularning barcha tok o‘tkazuvchi qismlaridan, shu jumladan HL va KL chiqishlaridan kuchlanishni olgan holda, qo‘shni (kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) elektr qurilmalariga kirish joyi qulflangan bo‘lishi sharti bilan ishlar bajarilganida, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.
Yakka tizimli shina va seksiyalar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, 10 kV gacha bo‘lgan TQda seksiyani ta’mirlashga chiqarishda, shinalar va ushbu seksiyaning barcha yoki bir
qism ulanmalaridagi ishlarga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Seksiyaning barcha ish joylariga ishlashga bir vaqtda ijozat berilishi mumkin; brigadani ushbu seksiya chegarasida turli ish joylarida tarqalib joylashtirishga ruxsat etiladi.
Naryadlar bo‘yicha ish to‘la tugallanmaguncha seksiyaning biron-bir ulanmasini kuchlanish ostida tekshirib ko‘rish yoki uni ulash uchun tayyorlash taqiqlanadi.
Quyidagi hollarda brigadani turli ish joylariga tarqatib, bir ish joyidan boshqa ish joyiga ko‘chirishni rasmiylashtirmasdan, bir yoki bir necha ulanmalarda bir vaqtda yoki navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi:
nazorat va kuch kabellarini o‘tkazishda va ko‘chirib o‘tkazishda, uskunalarni sinashda, himoya, avtomatika, blokirovka hamda shunga o‘xshash qurilmalarni tekshirishda;
uzatmalari boshqa xonada joylashtirilgan kommutatsiya apparatlarini ta’mirlashda; kotlovan, xandaq, quduq, kollektor, tunnellardagi ayrim kabelni ta’mirlashda;
ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigada ustidan nazoratni o‘rnatish imkoniyatini beradigan ikki kotlovanda va kotlovanga yaqin joylashgan YOTQda bajariladigan alohida bir kabelni ta’mirlash ishlarida.

Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 4-5-bandlariga muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat berishdan oldin tayyorlab qo‘yilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish joylariga boshlab borishi va ishlar xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi shart.


Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha ulanmalarida, bir xil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga olish va moy quyib to‘ldirish, transformatorlarning shoxobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, o‘lchov asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni o‘lchov shtangasi bilan tekshirib ko‘rish va shunga o‘xshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka.
Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar to‘liq tugallanmaguncha ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi.
Podstansiyalarning har birini mazkur naryad bo‘yicha ishlar to‘liq tugallanganidan so‘ng ulashga ruxsat beriladi.
TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan beriladigan naryadlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar
HLda naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
kuchlanish olinganda, shu jumladan ikki tayanch oraliqlari kesishgan joylarda, ilashgan kuchlanish zonasida, shuningdek, tarmoqdan uzilgan ko‘p zanjirli 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLda simlarni montaj qilish va almashtirish bo‘yicha;
kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda: odam oyog‘i ostidan hisoblaganda yer sirtidan 3 metrdan yuqori balandlikda; tayanchning konstruktiv qismlarini bo‘laklab; tayanch oyog‘ini 0,5 metrdan ko‘p chuqurlikda kavlab ;
qo‘riqlash maydonida, HL trassasini tozalashda kesilayotgan daraxtlarning simga tushishining oldini olish choralarini ko‘rish talab etilgan hollarda; 0,4 — 10 kV HL trassasini tozalashda shox-butalarni kesishda, ularning simlarga tushishi yoki ularni kesish bilan bog‘liq ravishda odamlarni simlarga xavfli masofaga yaqinlashishida, yuk ko‘taruvchi mashina va mexanizmlarni qo‘llab bajaraladigan ishlar. HLdagi qolgan barcha ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Har bir HLga, ko‘p zanjirli liniyalarda esa uning har bir zanjiriga alohida naryad beriladi, bitta naryad berishga ruxsat etilgan quyidagi hollar bundan mustasno:
ko‘p zanjirli liniyaning bir necha zanjirlarida kuchlanish olinganda va kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;
kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bir nechta HLda bajariladigan bir turdagi ishlar;
HLlarning kesishgan joylaridagi ishlar; kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLlarda bir liniyadan boshqasiga o‘tishni rasmiylashtirib, navbatma-navbat bajariladigan ishlar.
Ta’mirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib o‘tgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning 46-bandiga va yerga ulanishi mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq yerga ulagich o‘rnatilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga ko‘ra ta’mirlanayotgan liniya yaqinidan o‘tayotgan liniyani o‘chirish talab qilinadigan bo‘lsa, naryadda ta’mirlanayotgan HLga tegishli xuddi shunday ko‘rsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda ta’mirlanayotgan liniyani kesib o‘tuvchi yoki uning yaqinidan o‘tayotgan liniyaga yerga ulagich o‘rnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi kerak hamda ishlar to‘liq tugallanishiga qadar ulardan yerga ulagichlarni olish taqiqlanadi.
Ish kuni tamom bo‘lishi sababli ishdagi tanaffuslarda ish joylariga o‘rnatilgan yerga ulagichlar olinmaydi. Kelgusi kun ishni boshlashda qoldirilgan yerga ulagichlarning butligi va mustahkam ulanganligi tekshirilganidan keyingina brigadani ishlashiga ijozat beriladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
9-ILOVA
Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar uchun ish joyini tayyorlash bo‘yicha quyidagi texnik chora-tadbirlar ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart:
zarur o‘chirishlarni amalga oshirish va ish joyiga kommutatsiya apparaturasining yanglishib yoki o‘z-o‘zidan ulanib qolishi oqibatida kuchlanish berilishini istisno etuvchi choralarni ko‘rish;
qo‘lda boshqariladigan uzatmalarga va masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarining kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qo‘yish;
v) odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoya qilish uchun yerga ulanishi zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
g) yerga ulagichni o‘rnatish (erga ulagich pichoqlarini ulash, ular bo‘lmagan taqdirda, ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish);
d) ogohlantiruvchi va ko‘rsatma beruvchi plakatlarni osib qo‘yish, zarur bo‘lgan taqdirda, ish joyini va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish. Mahalliy sharoitlarga qarab tok o‘tkazuvchi qismlar, yerga ulagichlar o‘rnatilishidan oldin yoki keyin to‘siqlar bilan ajratib qo‘yiladi.
Elektr qurilmalariga smenada ikki va undan ko‘p shaxs tomonidan tezkor xizmat ko‘rsatilganda, ushbu bandda qayd etilgan tadbirlar ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak.
Elektr qurilmalariga bitta shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, ularni bir kishi bajarishi mumkin, kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish (mazkur Qoidalarga 9-ilova 37-bandi) va ajratkichlari noto‘g‘ri harakatlardan blokirovkalash qurilmalariga ega bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarning ikki va undan ko‘p ulanmalaridagi almashlab ulashlarni bajarish ishlari bundan mustasno.
1-§. Tarmoqdan o‘chirish ishlarini bajarish
Ishlash joyidan kuchlanish olinganda, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida quyidagilar o‘chirilishi shart:
ish bajarilishi kerak bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar;
tok o‘tkazuvchi qismlarga yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini, odamlar va ular qo‘llaydigan asbob va ta’mirlash jihozlarini mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilganidan kam masofaga yaqinlashish ehtimoli bo‘lgan to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar.
Mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 2-bandi “b” kichik bandida ko‘rsatilgan tok o‘tkazuvchi qismlarni uzish mumkin bo‘lmasa, unda ular to‘sib qo‘yilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kommutatsiya apparati orqali ish joyiga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lsa, ularning har bir tomonida shina yoki simlarni uzish yoki ajratish, ajratkichlarni uzish, saqlagichlarni olib qo‘yish, shuningdek, apparatlarning o‘ziga o‘rnatilgan prujina orqali avtomatik ulanadiganlaridan tashqari, bo‘lgichlar va yuklama o‘chirgichlarini o‘chirish yo‘li bilan hosil qilingan ko‘rinuvchan uzilish bo‘lishi shart.
Elektr qurilmasining ishlarni bajarish uchun ajratilgan uchastkasi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchlanish transformatorlari va kuch transformatorlari ham teskari transformatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish tomonidan uzib qo‘yilishi shart.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida kommutatsiya apparatlarini yanglishib yoki o‘z-o‘zidan ulanishini va ular orqali ish joyiga kuchlanish berilishi ehtimolini bartaraf etish uchun:
ajratkich, bo‘lgich, yuklama o‘chirgichlarinining qo‘lda bajariladigan uzatmalarni uzilgan holatida mexanik qulf bilan qulflash;
operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarning ko‘chmas to‘siqlarini mexanik qulf bilan qulflash;
masofadan boshqaruvga ega bo‘lgan, ko‘rsatib o‘tilgan kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida kuch va tezkor tok zanjirlarini uzish, pnevmatik uzatmalarda esa, bundan tashqari qisilgan havo berish yo‘lidagi klapanni yopish va mexanik qulf bilan qulflash, hamda siqilgan havoni chiqarib yuborish, bunda havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) ochiq holatda qoldirish;
yukli va prujinali uzatmalarda ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalarni ishlamaydigan holatga keltirish.
Tortib chiqariladigan aravachali KTQ va TKTQdagi kommutatsiya apparatlarining yanglishib ulanishini bartaraf etish choralari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning III bob “Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq bajarilishi shart.
Bir qutbli ajratkichlar bilan jihozlangan 6 — 10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida ularni yanglishib ulanishini barataraf etish uchun pichoqlariga maxsus rezina qalpoqlar kiydirishga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar tok o‘tkazuvchi qismlardan qo‘lda bajariladigan uzatmali kommutatsiya apparatlari yordamida hamma tomondan kuchlanish olinishi lozim, sxemada saqlagichlar bo‘lganda esa ularni olib qo‘yish orqali amalga oshirilishi zarur.
Sxemada saqlagichlar bo‘lmagan taqdirda, kommutatsiya apparatlarini yanglishib ulanishini bartaraf etish uchun shkaf eshiklarini yoki dastaklarini qulflash, tugmalarini berkitish, kontaktlar orasiga izolatsiyalovchi qoplama qo‘yish va boshqa choralar ko‘rish orqali ta’minlanishi lozim. Shuningdek, ulovchi g‘altakning simlarini uzib qo‘yish sharti
bilan kuchlanishni masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlari orqali olib tashlashga ruxsat etiladi.
Agar apparatlarning konstruktiv ishlanishi va ish xususiyatlari bo‘yicha imkon bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan choralar, shinalarni ajratish yoki kabellar, simlar ishlar bajariladigan kommutatsiya apparatlaridan yoki qurilmalardan ajratish bilan almashtirilishi mumkin.
Sim va kabel uchlarini ajratib olish yoki shinalarni ajratishni ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega shaxs ishga quyuvchi rahbarligi ostida bajarishi mumkin. Ish joyi yaqinidagi bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular to‘silgan bo‘lishi kerak.
Kontaktlarini ko‘rish imkoni bo‘lmagan (tortib chiqarilmaydigan turdagi avtomatlar, paketli o‘chirgichlar, yopiq ishlangan rubilniklar va boshqalar) 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparatlarining o‘chirilgan holati ularning qisqichlarida yoki chiquvchi shinalarda, simlarda yoxud ushbu kommutatsiya apparatlari yordamida ulanadigan uskunalar qisqichlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish orqali aniqlanadi.
2-§. Plakatlarni osish, ish joyini to‘sish
Ish joyini tayyorlash jarayonida kerakli uzishlar amalga oshirilganidan so‘ng 1000 V dan yuqori kuchlanishli uzilgan ajratkichlar, bo‘lgichlar, yuklama o‘chirgichlarining uzatmalarida, ularni masofadan boshqarish tugmalari va kalitlarida, 1000 V gacha
kuchlanishli kommutatsiya apparaturasida (avtomatlar, rubilniklar, o‘chirgichlar) “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakati, ishga ijozat berish uchun uzilgan HL va KLlarda esa “ULANMASIN! LINIYADA ISh BAJARILMOQDA!” plakati osib qo‘yilishi shart.
Operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarda plakat to‘siqlarga, qutbli uzatmali ajratkichlarda esa har bir qutb uzatmasiga osib qo‘yilishi zarur.
KTQning yacheykalarida plakatlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 3-bobi “Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish” talablariga muvofiq osib qo‘yiladi.
Ajratkichlarning pnevmatik uzatmalarida havo berishni yopadigan klapanlariga “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakati osib qo‘yiladi.
Avtomatlari, o‘chirgichlari yoki rubilniklari bo‘lmagan 1000 V gacha kuchlanishli ulanmalarda plakatlar saqlagichlar olib qo‘yilgan va ularni qayta o‘rnatish bilan kuchlanish berish mumkin bo‘lgan joyda osib qo‘yilishi kerak.
Ishlarni bajarish uchun HL va KLni uzgan avtomatlar, rubilniklar va boshqa ajratkichlarning uzatmalariga, ishlayotgan brigadalar sonidan qat’i nazar, bitta “ULANMASIN! LINIYADA ISh BAJARILMOQDA” plakati osilishi kerak. Bu plakat ish joyini tayyorlashga, ishga ijozat berishga farmoyish beruvchi va liniyada ishlayotgan brigadalar sonini hisobga oluvchi tezkor xodimning ko‘rsatmasi bo‘yicha osib qo‘yiladi va echib olinadi.
Elektr qurilmasining liniya ajratkichida va unga taalluqli bo‘lgan liniyada bir vaqtda ishlangan taqdirda, “ULANMASIN! TARMOQDA ISh BAJARILMOQDA!” plakatlari sxema bo‘yicha unga yaqin joylashgan, ular orqali liniya ajratkichiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan ajratkichlarning uzatmalariga osib qo‘yiladi.
Ishlarni bajarish vaqtida bexosdan tegib ketish mumkin bo‘lgan o‘chirilmagan tok o‘tkazuvchi qismlar to‘sib qo‘yilishi shart. Vaqtincha to‘siq uchun shchit (pardalar), ekranlar va shunga o‘xshash yog‘ochdan yoki boshqa izolatsiyalovchi materiallardan yasalgan to‘siqlar qo‘llanishi mumkin. Vaqtinchalik to‘siqlar bilan tok o‘tkazuvchi qismlargacha masofa 1-jadvalning 2-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lmasligi shart. 6 —
15 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida bu masofa zarur bo‘lganda 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.
Vaqtincha to‘siqlarning zarurligi, ularning turi, o‘rnatish usuli mahalliy sharoitga va ish xususiyatlariga qarab, javobgar rahbar va ish joyini tayyorlashni bajarayotgan shaxs tomonidan aniqlanadi. To‘siqlar alohida ehtiyotkorlik bilan javobgar rahbar ishtirokida o‘rnatiladi.
Vaqtincha to‘siqlarga “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakati mahkamlab qo‘yilishi lozim.
Konstruksiyasi ularning xavfsiz o‘rnatilishini ta’minlaydigan turg‘un va ishonchli mahkamlanadigan maxsus ko‘chma to‘siqlarni, qafaslar, qiyshaytirib yasalgan shchit va boshqalarni qo‘llashga ruxsat etiladi.
15 kV gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida hamda tok o‘tkazuvchi qismlarni shchitlar bilan to‘sib bo‘lmaydigan hollarda, uzilgan va kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar (masalan, uzilgan rubilnikning, ajratkichning kontaktlari) orasiga joylashtiriladigan izolatsiyalovchi qoplamadan foydalanishga ruxsat etiladi. Bu izolatsiyalovchi qoplamalar kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.
Qoplamalarni kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida V va IV guruhga, 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda IV va III guruhga ega (ulardan biri tezkor, boshqasi ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi mumkin) ikki shaxs dielektrik qo‘lqop va izolatsiyalovchi shtangadan yoki himoya ko‘zoynagini qo‘llab, izolatsiyalovchi qisqichdan foydalanib o‘rnatishi va olib qo‘yishi lozim.
Yopiq elektr qurilmalarida yerga ulagich pichoqlar ulanib yoki ko‘chma yerga ulagich o‘rnatilganidan so‘ng ish joyi bilan qo‘shni va uning ro‘parasidagi yacheykalarning to‘rli
yoki yaxlit to‘siqlariga “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari osib qo‘yilishi shart.
Bunday to‘siqlari bo‘lmagan ish joyi yaqinidagi yacheykada hamda qo‘shni va ro‘paradagi yacheykalarda, shuningdek, xodimlarning kirishlari taqiqlangan yo‘lkalar xuddi shunday plakatlar bilan jihozlangan shchitlar (pardalar) bilan to‘sib qo‘yilishi kerak. Ko‘chma shchitlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda xavf paydo bo‘lgan taqdirda, ular xodimlarning chiqib ketishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
OTQda poydevorga va alohida konstruksiyalar ustiga o‘rnatilgan uskunalarda yerdan turib ish bajarilganda, ish joyi (o‘tish uchun yo‘lak qoldirilib) ichkariga qaratib “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari osib qo‘yilgan izolatsiyali elektr sim yoxud o‘simlik yoki sintetik toladan ishlangan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib qo‘yilishi kerak.
Yo‘g‘on arqonni osish uchun ish joyi zonasiga kirmaydigan kontruksiyalardan ular to‘silgan maydon chegarasidan tashqarida qolishi sharti bilan foydalanishga ruxsat etiladi.
Liniya ajratkichlaridan tashqari OTQning barchasidan kuchlanish olinganida, liniya ajratkichlari to‘silgan maydon tashqarisiga qaratib osib qo‘yilgan “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqon bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
OTQning kuchlanish bor bo‘lgan qo‘shni uchastkalariga o‘tish mumkin bo‘lgan joydagi konstruksiyalarning uchastkalariga yaxshi ko‘rinadigan “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatlari o‘rnatilishi kerak. Bu plakatlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor ta’mirlovchi yoki ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan shaxs tomonidan ijozat beruvchining rahbarligi ostida o‘rnatilishi mumkin.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan konstruksiyalarga qo‘shni bo‘lgan konstruksiyalar pastida “ChIQMA! O‘LDIRADI!” plakati osilishi shart.
Ko‘tarilish ruxsat etilgan ko‘chmas narvonlar va konstruksiyalarga “ShU YERDAN ChIQILSIN!” plakati osib qo‘yilishi kerak.
Elektr qurilmalarida HL dan tashqari tayyorlangan barcha ish joylariga yerga ulagich o‘rnatilishi va ish joyi to‘silishidan keyin “ShU YERDA IShLANSIN!” plakati osib qo‘yilishi lozim.
Ishlash vaqtida xodimlarga to‘silgan maydonchalar tashqarisiga o‘tish, o‘rnatilgan vaqtincha to‘siq va plakatlarni olib qo‘yish yoki joyini o‘zgartirish taqiqlanadi. Barcha plakatlar faqat tezkor xodimlarning farmoyishi bo‘yicha osib va olib qo‘yiladi.
3-§. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish
Elektr qurilmalaridagi kuchlanish olinganda bajariladigan barcha turdagi ishlarni boshlashdan oldin ishlanadigan uchastkada kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Elektr qurilmasining ishlash uchun uzilgan qismida kuchlanish yo‘qligini tekshirish taqiqlovchi plakatlar osilganligidan keyin ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Elektr qurilmasida kuchlanishning yo‘qligi foydalanishdan oldin soz holatda ekanligi maxsus asboblar orqali yoki yaqinda joylashgan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib aniqlangan, zavodda ishlab chiqarilgan kuchlanish ko‘rsatkichi yordamida tekshirilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish ko‘rsatkichidan dielektrik qo‘lqoplarda foydalanish zarur.
Kuchlanish ko‘rsatkichining yaroqli ekanligini ish joyida tekshirib ko‘rish uchun yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar yoki boshqa imkoni bo‘lmagan taqdirda, uni boshqa elektr qurilmasida avvaldan tekshirib qo‘yishga ruxsat etiladi.
Agar bunday yo‘l bilan tekshirib qo‘rilgan kuchlanish ko‘rsatkichi tushirib yuborilgan yoki zarbaga (qattiq silkinishga) uchragan bo‘lsa, uni qayta tekshirmasdan turib qo‘llash taqiqlanadi.
Uzilgan uskunalarda kuchlanish yo‘qligini barcha fazalarda, o‘chirgich va ajratkichda esa oltita kirish qisqichlarining barchasida tekshirish kerak.
Agar ish joyidagi elektr zanjirida uzilish bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligi uzilgan joyning ikkala tarafidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda tekshiriladi.
Doimiy to‘siqlar bevosita kuchlanish yo‘qligini tekshirishdan oldin ochilishi yoki olinishi kerak.
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish uchun, shuningdek, izolatsiyalovchi shtangadan ham foydalanish mumkin, buning uchun uni tok o‘tkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib ko‘rish lozim, bunda chirsillash va uchqun chiqmasligi kuchlanish yo‘qligidan dalolat beradi.
Kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan OTQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan faqat quruq ob-havo sharoitida tekshirishga ruxsat etiladi. Nam ob-
havo sharoitida kuchlanish yo‘qligini mavjud sxemani sinchiklab kuzatish orqali tekshirishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda chiqib ketayotgan liniyada kuchlanish yo‘qligi tezkor xodim yoki dispetcher tomonidan tasdiqlanadi.
Agar sxemani tekshirishda, shinalarda yoki uskunalarda kuchlanish borligini tasdiqlovchi tojlanish yoki liniya ajratkichlarini uzish paytida uning kontaktlari orasida liniyada kuchlanish borligidan darak beruvchi uchqun chiqayotganligi aniqlansa, sxemani qaytadan tekshirib chiqish va liniyaning holati to‘g‘risidagi mulohazalarni tezkor xodimga
yoki dispetcherga yetkazish zarur.
Barcha kuchlanishdagi KTP va TKTQda kuchlanish yo‘qligini turli ob-havo sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan maxsus ko‘rsatkich bo‘lmagan hollarda, nam ob-havo sharoitida mavjud sxema bo‘ylab sinchiklab kuzatish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga ruxsat etiladi.
Mavjud sxema bo‘ylab kuzatish paytida HL va KL kirishlarida kuchlanish yo‘qligi ushbu liniya tezkor boshqaruvi ostida bo‘lgan xodimlar tomonidan tasdiqlanadi.
HLlarda sxema bo‘ylab joyida kuzatish uning yo‘nalishini va tashqi belgilarini tekshirishdan, shuningdek, tayanchdagi belgilarni liniyalarning dispetcherlik nomlariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.
6 — 20 kV kuchlanishli HLning yog‘och va temir beton tayanchlarida hamda teleskopik minora ustida ishlanganda, sig‘im toki oqishi prinsipiga asoslangan kuchlanish ko‘rsatkichi bilan kuchlanish yo‘qligini tekshirishda uning yetarlicha sezgirligi ta’minlanishi shart. Buning uchun ko‘rsatkichning ishchi qismining ko‘ndalang kesimi 4
mm2 dan kam bo‘lmagan sim bilan yerga ulanishi kerak.
Simlari turli sathlarda osilgan HLlarda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan tekshirish va yerga ulagichlarni o‘rnatish, eng pastki simdan boshlab, pastdan yuqoriga qaratib amalga oshirilishi lozim. Gorizontal osilgan simlarda esa tekshirishni eng yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligi ham fazalar orasida, ham har bir faza bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulanadigan (nol simi)
simi orasida tekshirilishi kerak. Avvaldan tekshirilgan voltmetrni qo‘llashga ruxsat etiladi. Nazorat lampalarini qo‘llash taqiqlanadi.
Apparatlar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan vol’tmetrlar va boshqa moslamalarning o‘chganlik holati haqida signal beruvchi qurilmalar faqat qo‘shimcha vositalar bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘rsatkichlari yoki harakatlariga asoslanib kuchlanish yo‘qligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas.
Signal beruvchi qurilmalarning kuchlanish borligini ko‘rsatishi ushbu qurilmaga yaqinlashish mumkin emasligidan dalolat beradi.
Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va TQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, 1000 V gacha qurilmalarda kamida III guruhga ega bulgan shaxsning yakka o‘zi tekshirishiga ruxsat etiladi.
HLlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLda kamida IV va III guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLda — III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxslar amalga oshirishlari kerak.
4-§. Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash. Umumiy talablar
Tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash ish joyiga yanglishib kuchlanish berilganda, ishlovchilarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoyalash maqsadida bajariladi.
Tok o‘tkazuvchi qismlarga yerga ulagichlar bevosita kuchlanish yo‘qligi tekshirilganidan so‘ng o‘rnatilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlar avval yerga, undan keyin kuchlanish yo‘qligi tekshiriligandan so‘ng tok o‘tkazuvchi qismlarga ulanishi lozim.
Ko‘chma yerga ulagichlarni olish teskari tartibda: avval tok o‘tkazuvchi qismlardan, so‘ngra yerdan ajratib olib amalga oshiriladi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish va echib olish operatsiyalari dielektrik qo‘lqopda, izolatsiyalovchi shtangani qo‘llagan holda bajarilishi kerak. O‘rnatilgan ko‘chma yerga ulagich qisqichlarini mahkamlash shtanga yordamida yoki bevosita qo‘lda dielektrik qo‘lqop kiyib bajarilishi kerak.
Yerga ulash uchun bu maqsadlarga mo‘ljallanmagan simlardan foydalanish, shuningdek, yerga ulagichni burab ulash taqiqlanadi.
5-§. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va taqsimlash qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ish olib borish uchun uzilgan uchastkaga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan barcha fazalarga, qutblarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart. Ishlarni bajarish uchun uzilgan yig‘ma shinalar bundan mustasno, ularga bitta yerga ulagichni o‘rnatish yetarlidir.
TQda ishlanganda, ushbu qurilmani ta’minlovchi liniyaning qarama-qarshi uchlarida yerga ulagichni o‘rnatish talab etilmaydi. Bunda ishlarni bajarish jarayonida yerga ulagichni olib ishlash zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno.
O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ishlar bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirgichlar, ajratkichlar, bo‘lgichlar yoki yuklama o‘chirgichlarining o‘chirilishi, saqlagichlarning olib qo‘yilishi, shinalar yoki simlarning demontaj qilinishi bilan ajratilishi mumkin.
Bevosita ish joyidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda ushbu qismlar tokdan jarohatlanishga olib keladigan ilashgan kuchlanish (potensial) ostida qolishi mumkin bo‘lsa yoki ularga begona manbadan (payvandlash apparati, yoritish tarmoqlari va shunga o‘xshash) kuchlanishi 42 V o‘zgaruvchan va 110 V o‘zgarmas tok berilishi ehtimoli bo‘lsa, qo‘shimcha yerga ulagichlar o‘rnatilishi lozim.
Tok o‘tkazuvchi qismlarga o‘rnatilgan ko‘chma yerga ulagichlar ko‘zga ko‘rinadigan uzilish bilan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib qo‘yilishi lozim. Yerga ulagichlar bo‘yoqdan tozalangan joyga o‘rnatilishi kerak.
YOTQda ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning ulash uchun belgilangan joylariga o‘rnatilishi kerak. Bu joylar bo‘yoqdan tozalanib, qora qalin chiziq
bilan belgilab qo‘yiladi.
YOTQ va OTQdagi ko‘chma yerga ulagichlarni yerga ulash magistraliga yoki yerga ulangan konstruksiyalarga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan va mahkamlash uchun moslashgan bo‘lishi lozim.
Yerga ulagichni o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa yoki konstruksiyasiga ko‘ra o‘rnatish xavfli bo‘lgan elektr qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi qutilarda, alohida turdagi KTQda) yanglishib ish joyiga kuchlanish berilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish joyini tayyorlashda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi shart. Ushbu choralarga: o‘chirilgan apparatlar va uzatmalarni qulflab qo‘yish; ajratkichlar, rubilniklar, avtomat va boshqalarning yuqori kontaktlarini yoki pichoqlarini rezinali qalpoq yoki izolatsiya materialidan yasalgan qattiq to‘shama bilan to‘sish; kommutatsiya apparati bilan ketma-
ket ulangan saqlagichlarni olib qo‘yish va boshqalar kiradi.
Bu texnik chora-tadbirlar ekspluatatsiyaga oid mahalliy yo‘riqnomada ko‘rsatilishi shart.
Ko‘rsatilgan qo‘shimcha choralarni bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bevosita ish joyiga TQning, shchitning, yig‘maning ta’minlovchi liniyaning uchlari tarmoqdan uzilishi shart.
Bunday elektr qurilmalarining ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi.
Ushbu qurilmada elektr maydon ta’sirida kuchlanish paydo bo‘lmaslik sharti bilan va begona manbadan yoki teskari transformatsiya yo‘li bilan bu qurilmaga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan simlar, kabellar va shinalar barcha tarafdan ajratib qo‘yilgan hollarda, ushbu elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda yerga ulagich o‘rnatish talab etilmaydi. Ajratilgan kabellarning uchlari bunday hollarda bir-biri bilan qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan bo‘lishi shart.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida TQning, shchitlarning yig‘ma shinalarida va ushbu shinalarning yig‘malarida (izolatsiya bilan qoplangan simlardan yasalgan shinalardan tashqari) kuchlanish olinib ishlanganda, bu shinalarga yerga ulagich o‘rnatilishi kerak. Ushbu TQ, shchitlar, yig‘malarning ulanmalariga va ulardan ta’minlanuvchi uskunalarga yerga ulagich o‘rnatish zarurati va imkoni naryad, farmoyish beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning 60-bandi).
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:
erga ulovchi pichoqlarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida IV guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi bajarishiga ruxsat etiladi;
ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV va III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak. Kamida III guruhga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi va u elektr qurilmasining sxemasi bilan tanishib chiqqan hamda yo‘l- yo‘riq olgan bo‘lishi kerak;
erga ulovchi pichoqlarni uzish va ko‘chma yerga ulagichni olish tezkor yoki tezkor- ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida III guruhga ega bitta shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida yerga ulagichni o‘rnatish va olib tashlash bo‘yicha barcha operatsiyalarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan
bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs bajarishiga ruxsat etiladi.
Agar bajarilayotgan ishning xususiyatiga ko‘ra talab etilsa (masalan, izolatsiya qarshiligini o‘lchash va shunga o‘xshash), ish joyini tayyorlash vaqtida o‘rnatilgan yerga ulagichlarni vaqtincha olib turishga ruxsat etiladi. Bunda ish joyi mazkur Qoidalarning talablariga to‘la mos ravishda tayyorlanishi kerak va faqat ishni bajarish vaqtida xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yerga ulagichlar olib qo‘yiladi.
Yerga ulagichlarni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish tezkor xodim yoki uning kuzatuvi ostida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajariladi.
Mahalliy tezkor xodimlari bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida yerga ulagichni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish ijozat beruvchi shaxs bo‘lmagan hollarda javobgar rahbar yoki ish bajaruvchi, yoki uning kuzatuvi ostida kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajarilishi mumkin.
Naryadni topshirish paytida yerga ulagichni vaqtincha olib turishga ruxsat, uning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida bu operatsiya qayerda va qaysi maqsadlar uchun talab qilinishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.
6-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HL taqsimlovchi qurilmalarning barcha uzilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsiya apparatlari oldida yerga ulanishi kerak. Quyidagi hollarda:
shoxoblangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning ikkala uchidan yerga ulanishiga va shu podstansiyalarda yerga ulagichlar tarmoqdan uzilgan liniya ajratkichlaridan keyin (podstansiya tomonidan) o‘rnatilishi sharti bilan yerga ulamaslikka ruxsat etiladi;
6 — 20 kV kuchlanishli HLni faqat bitta TQda yoki seksiyaga ajratuvchi bitta apparat oldida yoki bu qurilmaga yaqin joyda yerga ulagich qurilmasi bo‘lgan tayanchdagi seksiyaga ajratuvchi apparat oldida yerga ulashga ruxsat etiladi. Ushbu kuchlanishdagi boshqa TQda va havo liniyasi tarmoqdan uzilgan joydagi seksiyalarga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oldida HLga ish joyi bilan TQ o‘rtasida yoki seksiyaga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oralig‘ida yerga ulagich o‘rnatish sharti bilan HLni yerga ulamaslikka ruxsat etiladi. Yerga ulagichlar yerga ulash qurilmasi bo‘lgan tayanchlarda o‘rnatiladi. 1000 V gacha kuchlanishli HL uchun yerga ulagich faqat ish joyida o‘rnatilishi yetarlidir.
HLning alohida fazalarini ta’mirlashda TQda o‘chirilgan faza simini yerga ulash taqiqlanadi.
40-bandda ko‘rsatilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha ravishda har bir brigadaning ish joyidagi simlar, zarur bo‘lganda esa troslar ham yerga ulanishi kerak.
Tarmoqdan uzilgan va yerga ulangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning bir fazasida yoki navbat bilan har bir fazasida ishlanganda, ish joyida faqat ish bajarilayotgan
faza simini yerga ulashga ruxsat etiladi. Bunda qolgan yerga ulanmagan fazalarga mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.
35 kV va yuqori kuchlanishli HLlardagi boshqa ishlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV dan past HLlardagi barcha ishlarda hamma fazalarning simlari ish joyida yerga ulanishi kerak.
Bir zanjirli HLlarda ish joyidagi yerga ulagichni ish bajarilayotgan tayanchga yoki unga qo‘shni tayanchga o‘rnatish zarur. Yerga ulagichlarni ularning orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan brigada ishlayotgan HL uchastkasining ikkala tomonidan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Kuchlanish ostidagi boshqa HL bilan kesishgan oraliqdagi HL simlarida ishlar bajarilganda (mazkur Qoidalarning 46-bandi), yerga ulagich ish bajarilayotgan tayanchga o‘rnatilishi lozim.
Agar bu oraliqda sim yoki tros almashtirilayotgan yoki yangidan tortilayotgan bo‘lsa, almashtirilayotgan sim ham, tros ham, yangidan tortilayotgan sim ham kesishgan joyning ikkala tarafidan yerga ulanishi shart.
Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich troslarida yoki ushbu trossga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish talab etiladigan tayanch konstruksiyalaridagi ishlarni bajarishda tros yerga ulanishi kerak. Yerga ulagich tayanchdan turib tros izolatsiya qilingan tarafdagi oraliqqa qaratib yoki ushbu oraliqda o‘rnatilishi zarur.
Agar ushbu oraliqda muz eritish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ish boshlashdan oldin tros tarmoqdan uzilishi va unga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lsa, shu tomonlardan yerga ulanishi zarur.
Ish joyidagi elektr zanjirini uzishdan avval (simlarni, troslarni bo‘laklab olish, seksiyaga ajratuvchi ajratkichni uzish) uziladigan joyning ikkala tomonidan yerga ulagich o‘rnatilishi kerak.
Ko‘chma yerga ulagichlarni quyidagilarga ulash kerak:
metalldan yasalgan tayanchlarda — uning elementlariga;
erga ulash simi bilan jihozlangan temir-beton yoki yog‘och tayanchlarda yerga ulovchi simlarga, ularning butunligi tekshirilganidan so‘ng.
Temir-beton tayanchlarda ko‘chma yerga ulagichni tayanchning armaturasiga yoki tayanchning armatura bilan bog‘liq bo‘lgan metall elementlariga ulashga ruxsat etiladi.
Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarida nol simni qayta yerga ulash bajarilgan hollarda, ko‘chma yerga ulagichlarni nol simga ulashga ruxsat etiladi.
Ko‘chma yerga ulagichlarning yerga ulovchi simlariga yoki konstruksiyaga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan bo‘lishi lozim.
Barcha HLlarda ish joyidagi ko‘chma yerga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus yerga ulagichga yoki mahalliy
sharoitlarga qarab boshqa turdagi yerga ulagichlarga ulash mumkin.
1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoralardan turib bajarilganda, yerga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemexanika va radiotranslatsiya simlariga ham o‘rnatilishi kerak.
HL simlari turli balandliklarda osilgan bo‘lsa, yerga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan yuqoriga qarab o‘rnatilishi, gorizontal osilganida esa — eng yaqin turgan simdan boshlab o‘rnatilishi kerak.
Ilashgan kuchlanish zonasidan o‘tadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan ko‘p zanjirli liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, yerga ulagich ishlar bajarilayotgan har bir tayanchga o‘rnatilishi kerak.
Ilashgan kuchlanish zonasi — bu HL o‘qidan 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 metr, 220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada
XL bo‘ylab ikki tarafidan vertikal tekislik bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok HLning uzunasi bo‘yicha zona.
Ilashgan kuchlanish zonasida izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni ko‘tarish uchun ishlatiladigan boshqa mexanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning ishchi maydonchalari ko‘chma yerga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki mexanizmning o‘zi esa yerga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda yerga ulanishi kerak.
HLda ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va tayanchlarga o‘rnatilgan yerga ulagich pichoqlarni ulash 1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida
IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli HLda kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar, ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi tomonidan bajarilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlarning kamida III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxs tomonidan echib olinishiga ruxsat beriladi.
Yerga ulagichni o‘rnatishda va echib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaxsdan biri, shu jumladan ish bajaruvchi ham yerda turishi mumkin.
Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs amalga oshirishiga ruxsat etiladi.
7-§. Yerga ulagichlarni saqlash va hisobini yuritish
Ko‘chma yerga ulagichlar komplekti raqamlangan bo‘lishi va ular uchun ajratilgan joyda saqlanishi lozim. Ko‘chma yerga ulagichlarni ilib qo‘yish yoki taxlab qo‘yish uchun ajratilgan maxsus joylar ularning komplektlarida ko‘rsatilgan raqamlarga mos raqamlar
bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va echib olish, yerga ulagich pichoqlarni ulash va uzish tezkor yoki mnemonik sxemalarda, tezkor jurnalda va naryadda aks ettirilishi shart.
Barcha ko‘chma yerga ulagichlar ularning turgan joylari ko‘rsatilgan holda raqamlari bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga
10-ILOVA
Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish
Elektr dvigatellarga yoki aylanuvchi qismlarga va ular orqali harakatga keltiriladigan
mexanizmlarga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni to‘xtatish va uni ishga tushirish qurilmasiga yoki boshqarish kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatini osib qo‘yish zarur.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatelning yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarning tok o‘tkazuvchi yoki aylanuvchi qismlariga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 4-bandiga va 10-ilovaga muvofiq elektr dvigateldan kuchlanishni olish lozim.
Elektr dvigatelda ishlanganda, yerga ulagich kabelga (uni elektr dvigateldan ajratib yoki ajratmasdan turib) yoki uning TQdagi ulanmasiga o‘rnatilishi zarur.
Aylanuvchi qismlarga tegish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki ulash muftasi ajratilgan mexanizmlardagi ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni ta’minlovchi kabelni yerga ulash
zarur emas.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarda yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarda ishlashda, kuchlanishni olish va kabelning tok o‘tkazuvchi qismini yerga ulash mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 7, 8 va 36-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Nasoslar, tutun so‘rgich va shamollatkichlarning elektr dvigatellarida ishga ijozat berishdan oldin, agar elektr dvigatellarga ulangan mexanizmlar orqali ularda aylanish ehtimoli mavjud bo‘lsa, bu mexanizmlardagi surilma klapanlar va shibyerlar yopiq holatda
va qulflangan, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
Elektr dvigatellarning aylanuvchi qismlari ishlab turgan vaqtda ularning to‘siqlarini olish man etiladi.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarni qo‘lda boshqariladigan ishga tushiruvchi apparat yordamida ulash va uzish operatsiyalarini izolatsiyalangan taglik ustida dielektrik qo‘lqopdan foydalanib bajarish kerak.
Ishlab turgan elektr dvigatelning cho‘tkali apparatiga xizmat ko‘rsatishni tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs yoki shu maqsadda ajratilgan bunday ishlarni bajarishga
o‘qitilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur:
ishni bosh kiyimda va tugmalari taqilgan maxsus kiyimda, kiyim mashinaning aylanuvchan qismlariga tortilib ketishidan ehtiyot bo‘lib bajarish;
dielektrik kalish yoki rezina gilamchadan foydalanish;
qo‘l bilan birdaniga ikki qutbdagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yoki tok o‘tkazuvchi va yerga ulangan qismlarga tegmaslik.
Aylanayotgan elektr dvigatelidagi rotor halqalarini silliqlash ishlarini faqat izolatsiyalangan dasta yordamida himoya ko‘zoynagini taqib bajarish kerak.
Ishlab turgan katta tezlikdagi elektr dvigatelning ishlatilmayotgan chulg‘ami va uning ta’minlovchi kabeli kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak.
2-bob. Avtomatik uzatmali va masofadan boshqarilidigan kommutatsiya apparatlaridagi (o‘chirgichlar, yuklama o‘chirgichlari, bo‘lgichlar, qisqa tutashtirgichlar, ajratkichlarda) ishlar
Masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarida ishga ijozat berishdan avval: uzatmaning kuch zanjiri, operativ tok zanjirlari va isitish zanjirlari uzilishi;
o‘chirgichlarning bakiga yoki pnevmatik uzatmasiga havo uzatuvchi quvur o‘tkazgichdagi tambalar yopiq va qulflangan holatga keltirilishi hamda ulardagi havo atmosferaga chiqarilib yuborilishi, shu bilan birga, havo chiqaruvchi tiqin (klapan) ochiq holatga o‘tkazilishi;
ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi;
masofadan boshqaruvchi kalitga “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” va yopiq tambalarga “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilishi kerak.
Kommutatsiya apparatini sozlash paytida topshirilmagan naryad bo‘yicha uning ulanishi va uzilishini sinov tariqasida tekshirib ko‘rish uchun operativ tok zanjiriga, uzatmaning kuch zanjiri, signalizatsiya va isitish zanjiriga vaqtincha kuchlanish, shuningdek, o‘chirgichga va uzatmaga havo berishga ruxsat etiladi.
Olib qo‘yilgan saqlagichlarni o‘rnatish, uzib qo‘yilgan zanjirlarni ulash va havo uzatish uchun tambalarni ochish, shuningdek, tekshirib ko‘rish vaqtida “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” va “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatlarini olish tezkor xodimlar yoki uning ruxsati bilan ish bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Kommutatsiya apparatini tekshirib ko‘rish uchun masofadan ulash yoki uzishni, sozlashni yoki rostlashni bajarayotgan shaxsga yoki uning talabi asosida tezkor xodim bajarishiga ruxsat etiladi.
Kommutatsiya apparati tekshirib ko‘rilgandan so‘ng ish yana davom ettirilishi zarur bo‘lgan taqdirda, tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs yoki uning ruxsati asosida ish bajaruvchi mazkur Qoidalarga 10-ilova 8-bandiga muvofiq ishlashga ijozat olish uchun
talab etiladigan tadbirlarni bajarishi shart.
Ishchi bosim ostidagi havoli o‘chirgichga faqat sinash va sozlash (dempfyerlarni sozlash, vibrogramma olish, simlarni o‘lchov asboblariga ulash yoki uzish, havo chiqayotgan joylarni topish va boshqalar) ishlarini bajarish uchun ko‘tarilishga ruxsat etiladi.
Tarmoqdan uzib qo‘yilgan havo o‘chirgichiga havo bilan to‘ldirilgan ajratkichi ishchi bosim ostida bo‘lganda, ko‘tarilish barcha holatlarda qat’iyan man etiladi.
Havoli o‘chirgichlarning nam o‘tkazmasligini (germetik holatini) tekshirish uni ishlab chiqargan korxona yo‘riqnomasiga muvofiq past bosimda bajariladi.
Havoli o‘chirgichni sinash va sozlash ishlarini bajarish uchun unga ko‘tarilishdan oldin quyidagilar zarur:
operativ tok zanjirlarini uzish;
mahalliy boshqaruv tugmasini va ishga tushirish klapanini blokirovkalash (masalan, havo o‘tkazuvchi quvurlarni echib qo‘yish, shkaflarni qulflash va boshqalar) yoki ish bajaruvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha faqat aniq bir shaxs (operativ tok ulangandan so‘ng)
uzib-ulash operatsiyalarini bajarishi uchun ishga qo‘yyuvchi yo‘l-yo‘riq olgan brigada a’zolaridan bir xodimni o‘chirgich yoniga qo‘yish.
Bosim ostidagi havoli o‘chirgichda odamlar bo‘lgan vaqtda boshqaruv va taqsimlash shkaflaridagi barcha ishlar to‘xtatiladi.
Havoli o‘chirgichni ishlatib ko‘rish, sozlash va sinash uchun uni ulash va o‘chirish vaqtida o‘chirgich yonida odamlarning bo‘lishi taqiqlanadi.
Sinash va sozlash uchun o‘chirgich bilan operatsiyalar bajarilishiga buyruqni ish bajaruvchi (yoki brigada a’zolari jumlasidan bo‘lgan va ish bajaruvchi tomonidan vakil qilingan shaxs) faqat brigada a’zolari o‘chirgichdan xavfsiz masofaga yoki berkinish joyiga uzoqlashtirilganlaridan so‘ng berishi mumkin.
Odamlarni havo to‘plagich ichida bo‘lishi bilan bog‘liq ishga ijozat berishdan avval quyidagilar zarur:
havo berilishi mumkin bo‘lgan barcha havo quvurlarining surilma klapanlarini berkitish, qulflab yopish, surilma klapanlariga “OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatini osish;
havo to‘plagichdan bosim ostida bo‘lgan havoni chiqarish, uning yuqori qismidagi tiqinni va pastdagi havo chiqaruvchi surilma klapanni ochiq holatda qoldirish;
havo to‘plagichdan havo quvurini ajratish va unga qopqoqni o‘rnatish lozim.
O‘chirgichlarning va havo to‘plagichning baklaridagi manometrning nol qiymatini ko‘rsatishi ularda siqilgan havo yo‘qligini isbotlovchi ishonchli dalil bo‘lolmaydi. Darchaga o‘rnatilgan qopqoqlarni echishda, bolt va gaykalarni bo‘shatishdan oldin havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni ochish yo‘li bilan haqiqatan
ham siqilgan havo yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
Havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni yopishga faqat darchaga o‘rnatilgan qopqoqni mahkamlab yopuvchi barcha bolt va gaykalar qotirilgandan so‘ng ruxsat beriladi.
Kompressor qurilmasiga Gaz quvurlari, havo quvurlarining ko‘chmas kompressor qurilmalarining tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini biladigan elektr xavfsizligi bo‘yicha
III guruhga ega bo‘lgan, shu qurilmaga biriktirilgan shaxs xizmat ko‘rsatishi shart.
3-bob. Komplekt taqsimlash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish
Aravacha bilan tortib chiqariladigan uskunalari bo‘lgan KTQda shinalardan kuchlanishni olmasdan va ularni yerga ulamasdan turib, shinalardan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri KTQlarga ulangan uskunalardan yaxlit metall to‘siq bilan ajratilmagan shkaf bo‘lmalari ichiga kirish taqiqlanadi.
Komplekt taqsimlash qurilmasining shkaf bo‘lmasi ichida ishlaganda, aravachani qurilmasi bilan tortib chiqarib qo‘yish, tok o‘tkazuvchi qismlari kuchlanish ostida qolgan bo‘lmadagi to‘siqchani qulflab, “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakatini osish zarur. Ishlanayotgan bo‘lmaga “ShU YERDA IShLANSIN!” plakatini osib qo‘yish kerak.
Yerga ulovchi pichoqlar bilan jihozlangan KTQlarida, boshqa tomondan kuchlanish uzatilishini istisno etuvchi sxemali ulanmalarda bu pichoqlarni shinaga ulashdan oldin kuchlanish bor-yo‘qligini shu joyning o‘zida elektr sxemani ko‘zdan birma-bir kechirib tekshirishga ruxsat etiladi.
KTQdan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda ishlanganda, o‘chirgichni aravachasi bilan tortib chiqarish, yuqoridagi to‘siqcha yoki eshikchalarni qulflab qo‘yish va “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” yoki “ULANMASIN! LINIYADA ISh BAJARILMOQDA!” plakatlarini osib qo‘yish kerak.
Chiquvchi HLda ishlangan taqdirda, KTQ shkaflarida yerga ulagichlarni o‘rnatishda mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 40-bandi talablari e’tiborga olinishi zarur.
KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 20-bandidagi ko‘rsatmalarga muvofiq ishlar bajarilganda quyidagilarga ruxsat etiladi:
erga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lsa, aravachani ushbu pichoqlar ulangandan so‘ng nazorat holatiga o‘rnatish;
erga ulagich pichoqlar bilan o‘chirgichning aravachasi orasida blokirovka bo‘lmasa, shuningdek, shkaflar ichida yerga ulagich pichoqlar bo‘lmagan taqdirda, shu holatda qulflab qo‘yish sharti bilan aravachani tortib chiqarilgan holat bilan nazorat holati oralig‘idagi holatga keltirish. Aravacha ulanmaning chiqish qismlari yerga ulanganligi
yoki yerga ulanmaganligidan qat’i nazar, oraliq holatda qoldirilishi mumkin.
KTQlaridan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda elektr dvigatellar bilan ulangan mexanizmlarni ham qo‘shib hisoblaganda
ish olib borilmagan hollarda yoki bu ulanmaga KTQning shkafi ichida yerga ulagich o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘chirgichli aravachani nazorat holatiga chiqarib, uning boshqaruv va himoya zanjirida ishlashiga va o‘chirgichni tekshirish uchun ishlatib ko‘rishga ruxsat beriladi.
4-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari 1-§. Yer qazish ishlari
Kabellar uchun handaqlar yoki kotlovanlarni qazishdan oldin yer qazish ishlari olib
boriladigan hududda ushbu hudud tegishli bo‘lgan tashkilot yoki korxonaning ishlarni bajarish uchun yozma ruxsatini olish hamda mavjud yer osti inshootlari, gaz, suv quvurlari va boshqa kommunikatsiyalarning aniq o‘rnashgan joyi to‘g‘risida ko‘rsatma olish zarur.
Yer qazish ishlari yer osti inshootlari yaqinida va kommunikatsiyalarning muhofaza zonasida olib borilgan taqdirda, kommunikatsiyalar egasi bo‘lgan korxona yoki tashkilot tomonidan ko‘rsatib berilgan ishlash shartlari bajarilishi lozim.
Kabellar o‘tgan joydan 1 metrdan kam masofada yer qazish mashinalaridan va 5 metrdan kam masofada pona-bolg‘a yoki shunga o‘xshash kuch bilan uradigan mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Yer qazish ishlari kabellar ustida bajarilganda, tuproqni yumshatish uchun parchalaydigan bolg‘alardan va uni qazib chiqarish uchun yer qazuvchi mashinalardan, shuningdek, lom va kirkalardan foydalanish uchun faqat kabelgacha eng kamida 0,3
metr masofa qolishiga qadar qazishga ruxsat etiladi. Yerning qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.
Kabellarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning nazorati ostida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin yer qazish ishlarini bajaruvchi tashkilot tomonidan kabellar o‘tgan chuqurlikni va ularning joylashuvini aniqlash maqsadida tuproqning nazorat uchun qazilishi va yer qazish mexanizmlarining ishlash chegaralarini belgilovchi vaqtincha to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.
Qish faslida tuproqni belkurak bilan qazishni faqat tuproq isitilgandan so‘ng boshlash mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelga qadar 15 sm masofagacha yaqinlashtirish mumkin.
Yer qazish ishlarini bajarishda kabellarning planida va sxemalarida qayd etilmagan quvurlar, yer osti inshootlari aniqlansa, aniqlangan inshootlar va jismlarning xususiyatlari aniqlanishi va tegishli ruxsatnoma olinishiga qadar yer qazish ishlarini to‘xtatib turish va
bu haqda javobgar rahbarga ma’lum qilish lozim.
Zaharli gazlar paydo bo‘lishi bilan ishlar darhol to‘xtatilishi, ishchilar esa zaharli gaz bilan ifloslanish manbai aniqlanishi va u bartaraf etilishiga qadar xavfli joydan zudlik bilan chiqarib yuborilishi zarur. Zaharli gazlar paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lganda, yer qazish ishlari faqat ishlovchilar gazga qarshi niqob bilan ta’minlanib, ularga gazni aniqlovchi indikator berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin. Bunda ishni boshlashdan oldin ishchilarga zaharli gazga qarshi kurashish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
O‘pirilish xavfi bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda handaqlar qazilayotganda, ularning devorlari puxta mahkamlanishi kerak.
To‘kiluvchan tuproqli yerlardagi ishlar zovur devorlarini mustahkamlamasdan, ammo uning chetida tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarilishi mumkin.
Yer osti suvlari bo‘lmagan, tabiiy namlikdagi tuproq yerlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlarni va handaqlarni mustahkamlanmagan tik devorlarining quyidagi chuqurlikdan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi:
uyilgan va shag‘alli yerlarda — 1 m; qumloq tuproqli yerlarda — 1, 25 m; qumoq tuproqli va loyli yerlarda — 1,5 m;
o‘ta zich va qoya osti tuproqli yerlarda — 2 m.
Qovushqoq zich tuproqli yerlarda tik devorli handaqlarni rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlar yordamida mustahkamlagichlarni o‘rnatmasdan, 3 metrgacha chuqurlikda qazishga ruxsat etiladi. Bu hollarda ishchilarning zovurlarga tushishiga ruxsat etilmaydi.
Zovurlarning ishchilar ichida bo‘lishi zarur bo‘lgan joylarida mustahkamlagichlar o‘rnatilishi yoki qiyaliklar barpo etilishi zarur.
Qish faslida yerning muzlagan qismida (erning quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazish ishlarini mustahkamlagichlar o‘rnatmasdan bajarishga ruxsat etiladi.
Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni bo‘yi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi.
Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan kattaroq chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 2- jadvali bo‘yicha qabul qilinadi.
Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning tik devorlari mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq mustahkamlanishi lozim.
Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning mustahkamlanishi odatda inventarli bo‘lishi va namunaviy loyihalarga muvofiq bajarilishi lozim.
Kotlovanlar va handaqlarning taxtadan yasalgan mustahkamlagichlari tuproqni o‘raga qayta solinishiga ko‘ra pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi.
Bir vaqtning o‘zida birdaniga olinadigan mustahkamlagich taxtalarning soni uchtadan oshmasligi, sochiluvchan va barqaror tuproqlarda esa bir donadan oshmasligi kerak.
Taxtalarning olinishiga qarab, bo‘shagan tirgovichlar boshqa joylarga o‘rnatiladi. Bunda eski o‘rnatilgan tirgovichlar faqat yangisi o‘rnatilgandan keyingina olib tashlanadi.
O‘ralar, handaqlar va kotlovanlarni qazishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda kotlovanlar va handaqlardan chiqarib tashlanayotgan tuproq iloji boricha to‘silgan joy ichiga yoki yo‘lovchilar va transportga xalaqit bermaydigan qilib undan chetroqqa joylashtirilishi zarur.
Kotlovan, handaq va o‘ra qazish ishlari bajarilayotgan joy ogohlantiruvchi yozuv va belgilar o‘rnatilgan to‘siqlar bilan to‘silishi, tungi vaqtda esa to‘siqlarga ogohlantiruvchi chiroqlar o‘rnatilishi zarur.
Yo‘lovchilar va transport o‘tishi uchun handaqlar ustiga ko‘prikchalar tashlanishi kerak.
2-§. Kabel va muftalarni osish hamda mahkamlash
Ochiq muftalar handaq ustidan tashlangan ko‘ndalang taxtalarga sim yoki tros yordamida o‘rnatilgan mustahkam to‘singa osilib, quti bilan yopilishi lozim. Qutining bir tomoni echib olinadigan va mixsiz mahkamlanadigan bo‘lishi kerak.
Kabellarni osish uchun qo‘shni kabellardan, quvurlardan va shunga o‘xshash materiallardan foydalanish man qilinadi.
Kabellarni shunday osish kerakki, ular keyinchalik joyidan siljimasligi kerak.
Qazib ochilgan kabelni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi “TO‘XTA! KUChLANISh!” plakati osib qo‘yilishi shart.
3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish
Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabel haqiqatan ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u uzib qo‘yilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Ish joyida ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabel quyidagicha aniqlanishi kerak:
kabel tunnel, kollektor, kanal ichidan imorat devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lsa — uni trassa bo‘ylab kuzatish bilan, chizma va sxemalar bo‘yicha kabellarning joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarni tekshirish orqali;
kabel yer ichidan o‘tkazilgan bo‘lsa — ularning yerdagi joylashishini sxemada ko‘rsatilgan holatlarini solishtirish orqali. Buning uchun oldindan kabel to‘plamidagi barcha kabellar ko‘zga ko‘rinadigan qilib, kabel to‘plamiga ko‘ndalang bo‘lgan nazorat handag‘i (shurf) qazilishi kerak.
Ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabelni ishonch bilan aniqlab bo‘lmagan hollarda, kiydirma ramkasi bo‘lgan kabel qidiruvchi apparat qo‘llanilishi kerak.
Kabel liniyalarida kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus po‘lat ignali yoki kesuvchi uchli izolatsiyalovchi shtangali moslama yordamida kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Moslama yordamida kabelning zirhi va qobig‘ini tok o‘tkazuvchi fazalarigacha teshish yoki kesish, bir-biriga qisqa tutashtirib, uning yerga ulanishini ta’minlash lozim. Kabelning teshiladigan joyi ustiga oldindan berkituvchi ekran o‘rnatilishi kerak. Tunnellarda, kollektorlarda va quduqlarda bunday moslamani qo‘llash uchun faqat masofadan boshqarish mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.
Kabelning shikastlanishi natijasida uning barcha tok o‘tkazuvchi fazalari ochilib qolgan bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligini kabelni teshmasdan kuchlanishni bevosita ko‘rsatuvchi asbobning o‘zi bilan tekshirish mumkin.
Kabelni teshish ishlari javobgar rahbar yoki ijozat beruvchi yoxud uning kuzatuvi ostida ish bajaruvchi tomonidan bajariladi.
Kabelni himoya ko‘zoynagini taqib va dielektrik qo‘lqop kiyib teshish lozim. Teshish vaqtida handaq ustidagi izolatsiyalovchi moslamada va imkoni boricha kabeldan uzoqroqda turish kerak.
Teshadigan moslamani yerga ulash uchun kabelning zirhidan yoki 0,5 metr chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus moslamadan foydalaniladi. Yerga ulovchi sim zirhga halqasimon qisqich yordamida ulanadi; qisqich ostidagi zirh tasmasi tozalangan bo‘lishi zarur.
Agar zirh tasmasi zanglagan bo‘lsa, u holda yerga ulovchi simni kabelning metall qobig‘iga ulashga ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan to‘rt tolali kabel liniyasida ishlar bajarilganda, uning nol simi ikkala uchidan ajratib qo‘yiladi.
4-§. Kabel massasini qizdirish va muftaga quyish
Muftaga quyiladigan kabel massasi metalldan yasalgan qopqoqli va jo‘mrakli maxsus idishda qizdiriladi.
Ochilmagan bankalardagi kabel massasini qizdirish qat’iyan man qilinadi.
Kabel massasini quyishda brezent qo‘lqop kiyib, himoya ko‘zoynagini taqib ishlash lozim.
Qaynoq kavsharlash qotishmali qozonchani, shuningdek, qaynoq kabel massasi solingan idishlarni joydan-joyga ko‘chirish va ularni qizdirishda brezent qo‘lqopdan va himoya ko‘zoynagidan foydalanish zarur. Kiyim yenglarining qo‘lqop ustiga chiqarib boylash yoki tirsakkacha yetadigan qo‘lqoplardan foydalanish lozim. Qaynoq birikma va erigan qotishmali idishlarni qo‘ldan-qo‘lga uzatish man qilinadi. Ularni bir-biriga berish uchun yerga yoki mustahkam taglikka qo‘yish zarur.
Quyish uchun eritilgan birikma va qotishmani metall tayoqcha yordamida aralashtirish, qizigan qotishma ustidagi qorakuyani esa metall qoshiq yordamida olib tashlash lozim. Metall tayoqcha va metall qoshiq foydalanishdan oldin isitiladi.
Qizigan birikma va qotishma ichiga suv tomishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Yilning sovuq fasllarida qizitilgan birikmani ulovchi va oxirgi muftaga quyishdan oldin muftalar isitilishi zarur.
5-§. Kabellarni o‘tkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga ko‘chirish
Kabelli baraban g‘ildiratilganda, ishchilarning kiyimlarining baraban qismlariga ilashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi zarur. Barabanlarni g‘ildiratishdan oldin barabandan turtib chiqib turgan mixlar olib tashlanishi va kabel uchlari mahkamlanishi kerak. Kabelli barabanni faqat gorizontal tekislik bo‘yicha qattiq yerda yoki mustahkam to‘shama ustida g‘ildiratishga ruxsat etiladi.
Kabel, bo‘sh baraban, mexanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarni bevosita handaq chetiga joylashtirish taqiqlanadi.
Barabanlardagi kabelni faqat tormoz moslamasi bo‘lgan taqdirdagina tortib bo‘shatishga ruxsat etiladi.
Kabel o‘tkazish qo‘lda bajarilganda, ishchilarning umumiy soni har bir erkak uchun kabel bo‘lagining og‘irligi 35 kg, ayol uchun 15 kg hisobidan belgilanishi kerak. Ish brezent qo‘lqopda bajarilishi zarur.
Kabelni o‘tkazish jarayonida ishchilarga qayrilish burchagi ichida turish va trassaning burilish joylarida kabelni qo‘lda ushlab turib uzatish man etiladi. Bunday maqsadlar uchun burchak roliklari o‘rnatiladi.
Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.
Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan so‘nggina boshqa joyga ko‘chirish mumkin.
Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qo‘chirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruxsat etiladi:
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabelning harorati 5°S dan kam bo‘lmasligi;
qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabel bo‘lagidagi mufta yog‘och taxtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq mahkamlangan bo‘lishi;
ish mobaynida dielektrik qo‘lqop kiyib, ustidan mexanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent qo‘lqop kiyib ishlanishi;
ishlar kabel o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar tomonidan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan, kuchlanishi 1000 V dan kam bo‘lgan kabellarda
esa kamida IV guruhga ega shaxs rahbarligi ostida bajarilishi zarur.
6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar
Quduqlarni ko‘rikdan o‘tkazish va ulardagi ishlar kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Bunda qopqog‘i ochiq turgan quduqqa tushilganda, quduq oldiga ogohlantiruvchi belgi yoki to‘siq o‘rnatilishi lozim. Quduq ichida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs ishlashi mumkin. Bu holda quduq yonida ikkinchi shaxs navbatchi bo‘lib turishi kerak.
Quduqqa ehtiyot (monter) kamarisiz va bir uchi quduqdan tashqariga chiqarib qo‘yilgan arqonsiz tushish va unda ishlash taqiqlanadi. Tunnellarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs ko‘rikdan o‘tkazishiga ruxsat etiladi.
So‘rib oluvchi ventilatsiya bilan jihozlanmagan tunnel, kollektor va quduqlarda ish boshlashdan yoki ularni ko‘rikdan o‘tkazishdan oldin, yonuvchan va odam uchun xavfli
gaz yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Tekshiruvni asboblardan foydalanishga o‘qitilgan shaxslar bajarishlari lozim. Bunday shaxslarning ro‘yxati korxona bo‘yicha ko‘rsatma bilan tasdiqlanadi. Gaz yo‘qligini tekshirish zarur bo‘lgan quduqlar va tunnellarning ro‘yxati korxonada tuziladi.
Quduqlarni ochishda (ikkinchi qopqoqlarini) uchqun chiqmaydigan asboblardan foydalanish hamda qopqoqning quduqqa tushadigan joydagi temirga urilib ketishidan saqlash shart.
Xavfli gazning bor-yo‘qligini ochiq olov yordamida tekshirish man etiladi.
Quduq, kollektor va tunnellarda gaz paydo bo‘lib qolsa, ish darhol to‘xtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, u bartaraf etilguncha ishchilar xavfli joydan chiqarilishi shart.
Ish joyida yig‘ilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun tashqaridan ventilyator yoki quduq tubiga 0,25 metr yetkazmasdan kompressor qurilmasiga ulangan uzun yeng yordamida havo berilishi zarur. Ventilatsiya uchun ballonlardagi siqilgan gazni ishlatish taqiqlanadi.
So‘rib oluvchi ventilatsiya bilan jihozlangan kollektor va tunellarda ish boshlashdan oldin ular mahalliy sharoitga qarab, ma’lum muddatga ishga tushirilishi kerak. Bunda gaz
bor-yo‘qligini tekshirmasa ham bo‘ladi.
Kollektor va tunnellar ichida ishlayotgan paytda ularda ikki tomondan eshik ochiq turishi, ishlayotganlar esa ularning o‘rtasida bo‘lishi kerak.
Quduqlar ichida ishlagan paytda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini o‘rnatish, mufta ichiga quyilishi kerak bo‘lgan qotishma va mastikalarni eritish faqat quduqdan tashqarida bajarilishi mumkin. Eritilgan qotishma va qizdirilgan mastikani quduqqa yopiq idishda va maxsus cho‘michda metall trosga karabin bilan mahkamlab, ilgak yordamida sekin-asta tushirish lozim.
Kabellar o‘tkazilgan kollektor, tunnel, kabel yarim qavatlar va boshqa xonalarda propan- butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda, xonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy hajmi 5 litrdan oshmasligi kerak.
Ishlash paytida alanga tarqalishini chegaralovchi olovbardosh materiallardan yasalgan shchitchalardan foydalanish va yong‘inni o‘chirish uchun asbestdan yasalgan mato tayyorlab qo‘yish zarur.
Ish tamom bo‘lgandan so‘ng gazli ballonlar olib chiqilishi va xonalar shamollatilishi lozim.
Kabellarning shikastlangan joylarini kuydirish vaqtida ishchilarni quduqlarda turishi taqiqlanadi. Kollektor va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq turgan chiqish eshiklari orasida turishga ruxsat beriladi. Kabellarni kuydirish vaqtida ularda ishlash mumkin emas. Kabelning shikastlangan joyini kuydirib bo‘lgandan so‘ng yong‘in chiqishini oldini olish maqsadida kabellarni, albatta, ko‘rikdan o‘tkazish zarur.
Kollektor, tunnel va quduqlarda uzoq muddatli ishlar bajarilganda, odamlarning ular ichida bo‘lish vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab, javobgar rahbar yoki naryad beruvchi shaxs belgilaydi.
Ishga ijozat berishdan va tunnellarni ko‘rikdan o‘tkazishdan avval ulardagi yong‘inga qarshi himoya qurilmalari avtomatik ishlash tartibidan masofadan boshqariladigan tartibga o‘tkazilishi va boshqaruv kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakati osib qo‘yilishi zarur.
Quduq, kollektor va tunnellarda hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi.
Quduqlar va tunnellardagi ish joyini yoritish uchun 12 V kuchlanishli yoritkichlar yoki portlashdan himoyalangan akkumulyator fonarlaridan foydalanish lozim.
7-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash
Kavsharlash lampalari bilan ishlanganda, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilinishi zarur:
kavsharlash lampasining rezervuariga kerosin yoki benzin quyganda, rezervuar hajmining 3/4 qismidan oshmasligi;
quyish joyidagi tiqin qopqoqni rezbaning kamida to‘rt chizig‘iga burab yopish;
v) lampadagi yonilg‘ini to‘kmaslik yoki lampaga yonilg‘i quymaslik, lampani bo‘laklarga ajratmaslik, lampa bosh qismini burab chiqarish va shunga o‘xshash ishlarni olov yaqinida qilmaslik;
g) kavsharlash lampasini uning goryelkasiga kerosin yoki benzin quyib yoqmaslik;
portlab ketishidan saqlanish uchun kavsharlash lampasiga haddan tashqari ko‘p havo yubormaslik;
bosim chiqarilmaguncha lampaning goryelkasini bo‘shatmaslik va olmaslik;
j) lampa rezervuaridagi havo bosimini yonilg‘i quyish tiqin qopqog‘i orqali tushirish lampaning goryelkasidagi olov o‘chirilib, u to‘la sovitilganidan so‘nggina amalga oshirilishi lozim;
z) lampada nosozliklar aniqlangan taqdirda (rezervuardan sizib chiqish, yondirgich rezbasidan gaz chiqishi va boshqalar) uni darhol ta’mirlashga topshirish shart;
i) lampani faqat qaysi yonilg‘i turi bilan ishlatilishiga ruxsat berilgan bo‘lsa, shu yonilg‘i turi bilan to‘ldirish shart.
5-bob. O‘lchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish
Elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan ishlash
O‘lchov asboblari va releli himoya qurilmalari zanjirlarida o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun tok va kuchlanish o‘lchov transformatorla-rining barcha ikkilamchi chulg‘amlari doimiy ravishda yerga ulangan bo‘lishi kerak. Releli himoyaning murakkab sxemalarida tok transformatorlarining bir-biri bilan elektr jihatidan bog‘langan
bir guruh ikkilamchi chulg‘amlarini ularning soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, faqat bir nuqtada yerga ulashga ruxsat etiladi.
Rele va o‘lchov asboblarining tok zanjirini uzish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, tok transformatori ikkilamchi chulg‘amining zanjiri maxsus mo‘ljallangan qisqich yordamida oldindan qisqa tutashtirilib qo‘yilishi kerak.
Tok transformatori bilan qisqa tutashtirgich o‘rnatilgan qisqichlar o‘rtasidagi zanjirlarda uzilishga olib kelish mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Tok transformatorlari yoki ularning ikkilamchi zanjirida ishlash paytida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya etilishi lozim:
birlamchi zanjirlarning shinalarini montaj ishlarini olib borishda yordamchi tok o‘tkazgichlar sifatida yoki payvandlash ishlarini olib borishda tok o‘tkazuvchi zanjirlar sifatida ishlatmaslik zarur;
o‘lchov va himoya zanjirlarini ko‘rsatilgan tok transformatorlarining qisqichlariga ikkilamchi sxemadagi montaj ishlari to‘la tamomlanganidan so‘nggina ulash kerak;
v) qutblarni tekshiruvchi asboblarni tekshirish uchun birlamchi chulg‘amga tok impulsi berishdan oldin birlamchi chulg‘amini ikkilamchi chulg‘am qisqichlariga mustahkam
ulab qo‘yilishi zarur.
Releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) qurilmalari zanjirida ishlar ijro sxemalari bo‘yicha bajarilishi kerak. Sxemasiz, xotiraga tayangan holda ishlash qat’iyan man etiladi.
RHAvaT qurilmalarida ishlarni bajarishda dastaklari izolatsiyalangan chilangarlik- montaj asbob-uskunalaridan foydalanish zarur.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmasi xonasida o‘lchov, signalizatsiya, boshqaruv va himoya zanjirlarini tekshirish jarayonida zarur bo‘lgan hollarda ishlash sharoitlariga qarab, brigada tarkibidan bitta shaxs qoldirilishi mumkin (masalan, o‘chirgichlarni rostlash, izolatsiyasini tekshirish); bunda ish bajaruvchidan ajratilgan shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim; ish bajaruvchi unga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni berishi kerak.
Kuchlanish transformatorlari zanjirlarida begona manbadan kuchlanish berib ishlanganda, yuqori va past kuchlanish tomonidan o‘rnatilgan saqlagichlar olinishi va ikkilamchi chulg‘amdagi avtomatlar uzib qo‘yilishi lozim.
Asosiy uskunalarning ulangan holatida RHAvaT apparaturasida yoki zanjirlarida biror ishlarni bajarish zarur bo‘lsa, uning to‘satdan uzilib qolishiga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur.
Rele apparaturasi joylashtirilgan panellarda yoki uning yonida rele apparaturalarining qattiq silkinishiga olib keladigan, relelarning xatolik bilan ishlash xavfini tug‘diradigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
RHAvaT qurilmalarini tekshirish va sozlash uchun zarur bo‘lgan o‘chirgichlarni, ajratkichlarni va boshqa apparaturalarni almashlab ulash, ulash va o‘chirish, agregatlarni ishga tushirish va to‘xtatish, ularning ish rejimini sozlash faqat tezkor xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Boshqaruv shchiti va taqsimlash qurilmasida o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini yozib olish quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi:
doimiy tezkor xodimlar (ikki kishilik navbatchilik) bor bo‘lganda, korxonaning tezkor xodimlari jumlasidan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi va doimiy tezkor xodimlar bo‘lmaganda — elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi amalga oshirishi mumkin;
boshqa tashkilotlarning xodimlari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan mahalliy tezkor xodim kuzatuvi ostida amalga oshirishlari mumkin.
O‘lchov transformatorlariga ulangan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov asboblarini o‘rnatish va echib olish naryad bo‘yicha kuchlanish olinib, ikki shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak
Tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi maxsus qisqich yoki sinash bloki o‘rnatilgan taqdirda, ushbu elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va echib
olish hamda ularni tekshirish yuqoridagi shaxslar tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va echib olish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishiga ruxsat etiladi.
Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish yoki echib olish hamda o‘lchov asboblarini tekshirish uchun ulash ishlari kuchlanish olinib bajarilishi kerak.
Bir xonada joylashgan turli ulanmalarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va echib olish bitta naryad (farmoyish) bo‘yicha bitta ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni rasmiylashtirmasdan bajarilishi mumkin.
“O‘zenergoinspeksiya”ning xodimlari iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlarni Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajarishi kerak.
O‘lchov asboblarini ulash, o‘lchov transformatorlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash va echib olish tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi sinash bloklari yoki maxsus qisqichlar bo‘lganda, kuchlanish va yuklamani olmasdan bajarilishi mumkin.
6-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolatsiyani tozalash
YOTQlarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanishni olmasdan turib, izolatsiyani tozalash izolatsiyalangan shtanga bilan ta’minlangan maxsus cho‘tka
yoki chang yutgich yordamida bajariladi.
YOTQlarining kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash faqat poldan yoki mustahkam taglikdan turib, chang tozalovchi vositalar bilan bemalol harakatlanish uchun kengligi yetarli darajada bo‘lgan yo‘laklarda bajarilishi mumkin.
Izolatsiyani chang yutgich bilan tozalashda elektr qurilmaning kuchlanishiga mo‘ljallangan maxsus moslamalar o‘rnatilgan g‘ovak izolatsiyalovchi shtangadan
foydalaniladi. Bu shtangalar tutashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun va ichidagi changni yo‘qotish uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida muntazam tozalab turilishi zarur.
G‘ovak izolatsiyalovchi shtangalarga o‘rnatilgan qalpoqcha shunday ishlangan bo‘lishi kerakki, unda izolatsiyani tozalash chog‘ida qo‘shni fazalarga tegib, tutashuv hosil bo‘lmasligi kerak.
Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash dielektrik qo‘lqoplarda va botiklarda bajarilishi kerak.
Kuchlanish olinmasdan tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash qanday uslubda bajarilishidan qat’i nazar, kamida ikkita shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, qolganlari — kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu shaxslar maxsus o‘qitilgan va ko‘rsatilgan ishlarni bajarishi uchun ijozat olgan bo‘lishlari va bu haqda guvohnomalarida belgi qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Izolyatorlarni tozalash ish bajaruvchining yoki brigadaning kamida IV guruhga ega bo‘lgan a’zosining uzluksiz nazorati ostida, brigada a’zolaridan faqat III guruhga ega bo‘lgan shaxslardan biri tomonidan bajarilishi mumkin.
Izolyatorlarni tozalash ishlari bo‘yicha mahalliy sharoit hamda ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha talablarni ko‘zda tutuvchi yo‘riqnoma tuziladi. Yo‘riqnoma korxonaning bosh energetigi tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Uskunalarda sinash va o‘lchashlarni amalga oshirish 1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash
Sinashlar tarkibi ikki kishidan kam bo‘lmagan, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha
kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish bajaruvchi, qolganlari kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlardan iborat bo‘lgan brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.
Sinovlarni faqat maxsus tayyorgarlikdan hamda sinash sxemalari va Qoidalarning ushbu bobi hajmida bilimlar sinovidan o‘tgan, tayyorlanish davrida ishlab turgan elektr qurilmalarida sinov ishlarini o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlargina bajarishlari mumkin.
Mazkur sinov ushbu Qoidalar bo‘yicha bilimlar sinovi bilan bir vaqtda, tarkibiga elektr xavfsizligi bo‘yicha V guruhga ega bo‘lgan uskunalarni sinash bo‘yicha mutaxassis kiritilgan komissiyada hamda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Sinov ishlarini o‘tkazish uchun ijozat berilgan shaxsning guvohnomasiga bu haqda belgi qo‘yilishi zarur.
1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda sinovlar naryad bo‘yicha bajariladi. Ta’minlovchi kabeli tarmoqdan uzilgan va uchlari yerga ulangan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr dvigatellarni sinash farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Sinovlar o‘tkazishga berilgan naryad bo‘yicha ishga ijozat berish va tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinash uchun mo‘ljallangan elektr uskunada ishlayotgan boshqa brigadalar ish joyidan chiqarilib yuborilgandan va ular naryadlarini topshirganlaridan keyin amalga oshiriladi.
Sinovlarni bajaruvchi brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinalayotgan uskunani muhofaza qilish hamda shinalarni bir-biriga ulash yoki bir-biridan ajratish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega ta’mirlash xodimlaridan bo‘lgan shaxslar kiritilishi mumkin. Sinovlarni boshlashdan oldin ish bajaruvchi bu xizmatchilarga sinovlarni o‘tkazishdagi xavfsizlik choralari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi lozim.
Uskunalarni ta’mirlash yoki montaj qilish ishlarini bajaradigan brigada tarkibiga sinovlarni bajarish uchun elektr laboratoriyasi yoki sozlash tashkilotining xodimlari kiritilishi mumkin. Bu hollarda sinov ishlariga ish bajaruvchi yoki uning ko‘rsatmasi bo‘yicha laboratoriya yoki sozlash tashkiloti jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan shaxs rahbarlik qiladi.
Ta’mirlash yoki montaj ishlarini bajarish jarayonida sinov ishlarini o‘tkazish naryadning “Zimmasiga topshiriladi” satrida alohida qayd etiladi.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalaridan tashqarida turib, tok o‘tkazuvchi qismlari butunlay yoki to‘rli to‘siq bilan yopilgan, eshiklari esa blokirovka bilan jihozlangan stendlardan foydalanib, izolatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har xil izolatsiya detallari va boshqalar) yalpi sinov ishlarini III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi joriy ekspluatatsiya tartibida bajarishi mumkin.
Sinov zanjirini yig‘ish paytida eng avval sinov qurilmasiga himoya va ishchi yerga ulagichlarni o‘rnatish va kerak bo‘lganda, sinaladigan uskuna korpusiga himoya yerga ulagichini o‘rnatish zarur. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashdan
oldin uning yuqori kuchlanishli chiqarmasiga yerga ulagich o‘rnatiladi. Chiqarmani yerga ulovchi mis simning kesimi 4 mm2 dan kam bo‘lmasligi zarur.
Uskunaning sinov zanjirini yig‘ishni sinovni o‘tkazuvchi brigada xodimlari bajaradilar.
Ish bajaruvchi sinovni boshlashdan avval zanjirning to‘g‘ri yig‘ilganini va ishchi hamda himoya yerga ulagichlarining ishonchliligini tekshirib chiqishi shart.
Elektr qurilmasiga o‘rnatilgan, cinovni o‘tkazishga xalaqit beruvchi yerga ulagichlarni olish va ularni qaytadan o‘rnatish faqat sinov ishlariga rahbarlik qilayotgan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Sinov joyi, shuningdek, sinov paytida sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar to‘siqlar bilan to‘siladi hamda sinov joyi yoniga kuzatuvchi qo‘yiladi. Kuzatuvchi vazifasini o‘lchash sxemasini sinalayotgan uskunaga ulovchi shaxs bajarishi mumkin. To‘siqlarni sinov ishlarini o‘tkazayotgan brigada xodimlari o‘rnatadi. To‘siqlar sifatida shchitlar, to‘siqlar, “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakatlari osilgan yo‘g‘on arqonlar yoki shunday yozuvli yorug‘lik tablosi ishlatilishi mumkin. Agar sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalari xonasidan tashqarida (yo‘lakda, zinapoyalarda, o‘tish joylarida, hudud ichida) bo‘lsa, to‘siq o‘rnatish bilan bir qatorda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan, naryadga kiritilgan va yo‘l-yo‘riq olgan
bir yoki bir nechta shaxsdan iborat qo‘riqchilar qo‘yilishi kerak. Qo‘riqchilik qilayotgan brigada a’zolari to‘siq tashqarisida joylashtirilishi kerak.
Sinalayotgan uskunani qo‘riqlashga qo‘yilgan shaxslar ushbu uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashi lozim.
Ish bajaruvchi qo‘riqchilikka tayinlangan shaxslar o‘z postlarida ekanligi va sinash ishlari boshlanganligi haqida xabar topganliklariga ishonch hosil qilishi zarur. Mazkur shaxslar
o‘z postlaridan faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ketishlari mumkin.
Sinov qurilmasi va sinalayotgan uskunalar har xil xonalarda yoki TQning har xil uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, izolatsiya holatini tekshirib turish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zolari ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi. Brigadaning ushbu a’zolari sinov ishlari boshlanishidan oldin ish bajaruvchidan kerakli yo‘l-yo‘riq olishlari va to‘siqdan tashqarida joylashishlari shart.
Kabelni sinash jarayonida kabelning qarama-qarshi uchi berkitilgan kamerada, komplekt TQ yacheykasida yoki xona ichida joylashgan bo‘lsa, eshikka yoki to‘siqqa “SINOV! HAYOT UChUN XAVFLI!” plakati osib qo‘yilishi lozim. Agar bu eshik va to‘siqlar berkitilmagan yoki uchlari trassada ajratilgan ta’mirlanayotgan kabel sinovdan o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday hollarda eshiklarga, to‘siqlarga va uchlari ochiq bo‘lgan kabellarga plakatlar osishdan tashqari, naryadga kiritilgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan shaxslardan shu joylarga qo‘riqchi qo‘yilishi shart.
Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan, zanjir uzilishi yaqqol ko‘rinadigan kommutatsiya apparati yoki shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi kerak.
Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlan bo‘lishi yoki apparatning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi kontaktlari orasiga izolatsiya qoplamasi qo‘yilishi kerak.
Sinov uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va ajratishni sinov rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha va faqat ushbu uskuna yerga ulangandan keyingina amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Sinalayotgan qurilmaga sinov kuchlanishini berishdan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni bajarishi shart:
hamma brigada a’zolari o‘zlariga ko‘rsatilgan joylarda turganligi, begona shaxslar ish joyidan chiqarilganligi va qurilmaga sinash uchun kuchlanish berish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishi;
brigadani kuchlanish berilayotgani haqida ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni brigadaning barcha a’zolari eshitganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olishi, keyin unga 380/220 V kuchlanishni berishi.
Sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, butun sinov qurilmasi, sinalayotgan uskuna va ular orasidagi simlar kuchlanish ostida deb hisoblanishi hamda sinash sxemasida va sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash
man qilinadi.
Sinov ishlari tamom bo‘lgandan keyin ish bajaruvchi sinov qurilmasi kuchlanishini nolgacha pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan o‘chirishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi (yoki yerga ulash haqida ko‘rsatma berishi) hamda bu haqda brigada a’zolarini xabardor qilishi kerak. Faqat shundan keyingina simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari batamom tugallangan bo‘lsa, sinalayotgan qurilmaning simlari
sinov qurilmasidan uzib qo‘yilishi va to‘siqlari olib qo‘yilishi mumkin. KL va HL izolatsiyasini sinashdan oldin, shuningdek, bu ishlar tamomlangandan keyin KL va HLdan qo‘shimcha qarshilik orqali qoldiq elektr zaryadini olib tashlash, yerga ulagichni ulash va qolgan elektr zaryadi to‘liq olib tashlanganiga ishonch hosil qilish zarur. Shundan keyingina plakatlarni olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Zaryadsizlashni bajaruvchi shaxs izolatsiyalangan taglikda turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda ishlashi zarur.
Operatorning ish joyida 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ulanganligi to‘g‘risida alohida lampali signalizatsiya bajariladi.
Ko‘chma laboratoriya sinov qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi kuchlanish ostida bo‘lganda yonadigan lampali signalizatsiya bilan jihozlanadi.
Megaommetr yordamida o‘lchash ishlarini bajarishga elektrotexnik xodimlari jumlasidan bo‘lgan, o‘qitilgan shaxslarga ruxsat beriladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari naryad bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lishi lozim. Kuchlanishi
1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda sinov ishlari farmoyish bo‘yicha ikkita shaxs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. Mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 116-bandida ko‘rsatilgan sinov ishlari bundan mustasno.
Ikki tarafdan kuchlanish olishi mumkin bo‘lgan liniyalarning izolatsiyasini sinash ishlari faqat ushbu liniyaning ikkinchi tomoniga ulangan elektr qurilmasining javobgar shaxsidan telefon, kuryer orqali va boshqalar orqali (qaytadan tasdig‘i bilan) o‘chirgich va liniya ajratkichi uzilganligi va “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatlari osib qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar olingandan keyingina bajarilishi mumkin.
Sinov ishlarini boshlashdan oldin elektr qurilmasining sinov asbobi ulangan qismida ishlayotgan odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish, uning yaqinida turgan shaxslarga
esa tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l bilan tegishni taqiqlash, zarur bo‘lgan taqdirda esa qo‘riqchi qo‘yish zarur.
Elektr mashinalarining izolatsiya holatini nazorat qilish uchun to‘xtatilgan yoki aylanayotgan, ammo qo‘zg‘atilmagan mashinada metodik ko‘rsatmalar yoki dasturlarga muvofiq megaommetr bilan o‘lchash, tezkor xodimlar tomonidan yoki ularning ko‘rsatmasi bo‘yicha joriy ekspluatatsiya tartibida elektr laboratoriyasi xizmatchilari tomonidan bajarilishi mumkin. Tezkor xodimlarning kuzatuvi ostida bu o‘lchashlar ta’mirlovchi xodimlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Yakorlar, rotorlar va qo‘zg‘atish zanjirlarining izolatsiyasini elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta
shaxs, stator izolatsiyasini sinashni — kamida ikkita shaxs o‘tkazishi mumkin, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Megaommetr bilan ishlashda u ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Ish tamom bo‘lgandan so‘ng tekshirilayotgan uskunalardan qoldiq elektr zaryadi uni qisqa vaqtda yerga ulash yo‘li bilan olib tashlanishi kerak.
Megaommetr bilan o‘lchash ishlarini bajarish quyidagi hollarda man qilinadi: kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan ikki zanjirli liniyaning bitta zanjirida, agar boshqa
zanjir kuchlanish ostida bo‘lgan vaqtda;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori va ishlab turgan liniyaga parallel o‘tgan bir zanjirli liniyada momaqaldiroq vaqtida yoki u yaqinlashib kelganida.
2-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan bajariladigan ishlar ikki shaxs tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa — kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. O‘lchash ishlari ta’mirlovchi xodimlar tomonidan naryad bo‘yicha, tezkor xodimlar tomonidan esa farmoyish bo‘yicha bajariladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs farmoyish asosida bajarishi mumkin.
O‘lchash uchun ishchi qismiga ampermetr o‘rnatilgan qisqichlardan foydalaniladi. Ampermetri tashqariga chiqarilgan qisqichlardan foydalanish man etiladi. O‘lchash vaqtida o‘lchov transformatorlariga, simlarga, asboblarga tegish, ampermetr ko‘rsatkichini olish uchun unga engashish taqiqlanadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida o‘lchash ishlari izolatsiyalangan taglik ustida turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda bajarilishi kerak.
O‘lchash ishlari olib boriladigan shinalar uchastkalarini shunday tanlash kerakki, ularning konstruktiv bajarilishi va har xil faza tok o‘tkazgichlari orasidagi hamda ular bilan yerga ulangan qismlar oralig‘idagi masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar o‘rtasida yoki yerga elektr tutashish ehtimoli bartaraf etilgan bo‘lishi lozim.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabellarda elektr o‘lchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat kabelning tolalari izolatsiyalangan va ular o‘rtasidagi masofa kamida 250 mm dan bo‘lgandagina ruxsat etiladi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan shinalarda elektr o‘lchov qisqichlari yordamida o‘lchash ishlari poldan yoki maxsus taglik ustida turib bajarilishi lozim.
Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich yordamida o‘lchash paytida o‘lchash ishlarini boshlashdan oldin har
bir fazani izolatsiyalovchi qistirma bilan to‘sib qo‘yish zarur. Ko‘rsatilgan ishlar dielektrik qo‘lqoplarda bajariladi.
Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz ko‘tarilish zarur. Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib ko‘tarish kerak. Ko‘tarish uchun metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘tarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta bo‘lmagan balandliklarga ko‘tarish zarur bo‘lsa, shtangani qo‘ldan-qo‘lga uzatish mumkin.
Momaqaldiroq, tuman, yomg‘ir yoki ho‘l qor yog‘ayotgan vaqtda o‘lchov shtangalari bilan ishlash taqiqlanadi.
Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok o‘tkazuvchi qismlar o‘rtasida mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgan masofaga rioya etilishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL tayanchlarida o‘lchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib o‘lchov ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Yerga ulagich simlari bo‘lgan havo liniyalari tayanchlarida turib o‘lchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
8-bob. Elektr asbob-uskunalari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l elektr yoritkichlari
Elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari mazkur Qoidalar talablarini qondirishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Elektr tokidan jarohatlanish xavfi yuqori bo‘lgan xonalarda hamda xonalar tashqarisida I toifaga mansub bo‘lgan elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalari
bilan ishlashga elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan xodimlarga ijozat beriladi.
Tarmoqqa yordamchi uskunalarni (transformatorlar, chastota o‘zgartirgichi, himoya — o‘chirish qurilmalari va shunga o‘xshashlarni) ulash va uni o‘chirish III guruhdan kam bo‘lmagan elektrotexnik xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
Xonalar elektr tokidan jarohatlanish xavfining darajasi bo‘yicha turiga qarab, elektr asbob-uskunalari va qo‘l elektr mashinalarining quyidagi toifalari qo‘llanilishi lozim:
I toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyada (qurilish — montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish bundan mustasno). I toifali elektr asbob-uskunalari
va qo‘l elektr mashinalari bilan ishlanganda, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak. Agar I toifali elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasi faqat bitta bo‘lib, u ajratuvchi transformatorga, avtonom dvigatel-generator qurilmasiga yoki chulg‘amlari ajratilgan chastota o‘zgartirgichga, yoki himoya o‘chirish qurilmasi orqali ulangan bo‘lsa, himoya vositalaridan foydalanilmasdan ishlashga ruxsat berilishi mumkin;
va III toifali — ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyaning barcha hollarida, ammo qurilish-montaj ishlarini tayyorlash va bajarishda yuqori xavfli sharoitli xonalarda va xona tashqarisida ishlatilishi mumkin. II va III toifali mashinalarni, individual himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlatish mumkin. Qurilish-montaj ishlarini bajarishda va unga tayyorgarlik ko‘rishda II toifali elektr asbob-uskunalari va elektr mashinalari bilan individual himoya vositalari yordamida ishlash shart bo‘lgan hollar bundan mustasno;
toifali — haddan tashqari noqulay ishlash sharoitlarida (idishlar ichida, apparatlar va boshqa metalldan yasalgan, operatorning chiqishi va yurishi chegaralangan sig‘imlarda), shuningdek, qurilish-montaj ishlari va ularga tayyorgarlik haddan tashqari xavfli sharoitlarda bajarilganda ishlatilishi mumkin.
Bunday sharoitlarda qurilish-montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik ko‘rish uchun III toifali qo‘l elektr mashinalari va asbob-uskunalaridan faqat individual himoya vositalarini qo‘llagan holda foydalanishga ruxsat etiladi.
Qo‘l elektr mashinasi yoki III toifali asbob-uskuna bo‘lmagan taqdirda, elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs bir dona I va II toifali mashina yoki asbob-uskunani qo‘llashga ta’minot avtonom dvigatel-generator qurilmasidan, ajratuvchi transformatordan, chulg‘amlari bo‘lingan chastota o‘zgartirgichdan bo‘lganida yoki himoya o‘chirish qurilmasi mavjud bo‘lgandagina ruxsat berilishi mumkin.
Yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalarda ishlanganda, kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichidan foydalanish zarur.
O‘ta noqulay sharoitlarda ishlanganda, kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan qo‘l elektr yoritkichlari ishlatilishi kerak.
Kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan yoritkichlarning elektr manbalari sifatida pasaytiruvchi transformatorlar, mashinali o‘zgartirgichlar, generatorlar, akkumulyator batareyalari ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun avtotransformatorlardan foydalanish taqiqlanadi.
Qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari va elektr asbob bilan ishlashdan oldin quyidagilar bajarilishi zarur:
ularning butunligini va detallarining mahkamlanganligini tekshirish;
shtepsel vilkasi, kabel (shnur), uning ustki himoyalovchi qobig‘i yaroqli ekanligini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish yo‘li bilan tekshirish;
korpusning izolatsiya detallarini, tutqichni va cho‘tka tutqichning qopqog‘i butunligini tekshirish, himoyalovchi g‘iloflar borligini va ularning yaroqli ekanligini ko‘zdan kechirib chiqish;
o‘chirgichning aniq ishlashini tekshirish; salt yurishda ishlashni tekshirib ko‘rish;
I toifali mashinalarda bundan tashqari (shtepsel vilkasidagi yerga ulovchi kontakt bilan mashina korpusi orasidagi) yerga ulash zanjirining sozligini tekshirish.
Nuqsoni bo‘lgan qo‘l elektr mashinalari, qo‘l yoritkichlari, elektr asboblari va ularning yordamchi uskunalarini ishlatish uchun berish man etiladi.
Elektr asboblari, qo‘l elektr mashinalari va qo‘l yoritkichlaridan foydalanilganda, ularning kabellari yoki simlari iloji boricha osib qo‘yilishi lozim. Kabel va simlarni issiq, nam
va moylangan metall yuzalarga yoki jismlarga bevosita tegib turishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Biror nosozlik aniqlanganda, qo‘l elektr mashinalari yoki qo‘l elektr yoritkichlarini ishlatishni darhol to‘xtatish kerak.
Qo‘l elektr mashinalari, elektr asboblari, qo‘l yoritkichlari va ularning yordamchi qurilmalari sozligini va saqlanishini nazorat qilish maqsadida Elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlari bilan belgilangan muddatlarda davriy tekshiruvlar va sinovlardan o‘tkazilishi kerak. Mashinalar, asbob-uskunalar va yoritkichlarni sinovdan o‘tkazish maxsus
shu ishlarni bajarish uchun biriktirilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr uskunalarini ishlatish jarayonida elektr toki uzilib qolgudek bo‘lsa yoki ishdagi tanaffuslarda, elektr asbob-uskunasi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak.
Elektr asbob-uskunalaridan va qo‘l elektr mashinasidan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
qo‘l elektr asbob-uskunalari va elektr mashinasini qisqa muddatga bo‘lsa ham, boshqa shaxslarga berib turish;
qo‘l elektr mashinalarini va elektr asbob-uskunalarini qismlarga ajratish va o‘zboshimchalik bilan biron bir (faqatgina elektr asbob-uskunasi yoki qo‘l elektr mashinasining o‘zidagina emas, balki uning shtepsel ulagich simlari va boshqalarda) ta’mirlash ishlarini bajarish;
v) qo‘l elektr mashinasini yoki elektr asbobining simlarini ushlash yoki aylanuvchan kesuvchi asbobga tegish;
g) qo‘l elektr mashinasi to‘liq to‘xtashiga qadar va u ishlab turgan paytda qipiq yoki qirindini qo‘l bilan tozalash;
tirama narvonlardan turib ishlash. Bu ishlarni bajarish uchun mustahkam havoza yoki taxta tushama barpo etilishi lozim;
qozonlarning barabanlari, metall rezervuarlar va shunga o‘xshashlar ichiga ko‘chma transformatorlarni va chastota o‘zgartirgichlarni olib kirish;
j) qo‘l elektr mashinalarini va elektr asboblarini elektr tarmog‘iga ulangan holda nazoratsiz qoldirish.
9-bob. Mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalarini qo‘llab bajariladigan ishlar
OTQ hududi bo‘ylab va HL ostidan o‘tayotganda, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarning yuk ko‘taruvchi va surilma qismlari transport holatida bo‘lishi lozim.
Yuk ko‘tarish mashinalarining ish joyi doirasida teleskopi ko‘tarilgan, ammo surib chiqarilmagan holda yoki strelasi yoxud boshqa ishchi qismi ko‘tarilmagan holda, ko‘tariladigan yoki surib chiqariladigan qismda yuksiz va odamlarsiz tekis joyda yurishiga ruxsat etiladi, agar bunday yurish zavod yo‘riqnomasida ruxsat etilgan bo‘lsa.
OTQ hududi bo‘ylab va HLning muxofaza zonasida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarni mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning yoki ma’muriy-texnik xodimlar jumlasidan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V
guruhga ega bo‘lgan shaxsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi bo‘ylab esa kamida IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruxsat beriladi.
OTQ hududi bo‘ylab harakat tezligi mahalliy yo‘riqnoma bo‘yicha aniqlanadi, ammo 10 km/soatdan oshmasligi kerak.
HL ostida yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari simlarning eng kam osilgan joyidan (tayanchlar yaqinidan) o‘tishlari lozim.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yurayotganda ularning ko‘tariladigan va surilma qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi, ushbu mexanizmlarda ishlashda esa qo‘tariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha bo‘lgan masofa ham 1 jadvalning 3- ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma narvonni tok o‘tkazuvchi qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida ko‘rsatilganidan kam bo‘lgan balandlikka va burchakka ko‘tarish va burish man etiladi. Yuk ko‘taruvchi mashina strelasining, yoki boshqa surilma. yoki ko‘tariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng ko‘p mumkin bo‘lgan burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar o‘rnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab qo‘yilishi lozim.
OTQda va HLning muhofaza zonasida strelali kranlar ishlatilganda, yuklarni kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs kran strelasi ishchi holatiga keltirilishidan
oldin kran o‘zi tarafidan ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshirib, so‘ng kranni ishlatishga ruxsat berishi shart. Kranlar bilan yuklarning xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlash tartibi, ularning vazifalari hamda elektr xavfsizligi bo‘yicha texnik tadbirlar (kranni yerga ulash, tashqariga chiquvchi tayanchlarni o‘rnatish va boshqalar) tegishli normativ-texnik hujjatlarda belgilab berilgan.
Yuklarning kranlar bilan xavfsiz ko‘chirilishi uchun javobgar shaxs tayinlangani haqida naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozib qo‘yiladi. Bunday shaxs sifatida naryad beruvchi, javobgar rahbar yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi) hududiy inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga ega bo‘lgan ish bajaruvchi belgilanishi mumkin.
Strelali yuk ko‘tarish kranlarida turib ishlash va ularni bevosita 0,4 — 35 kV kuchlanish ostidagi HL simlari ostida o‘rnatish man etiladi.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari hamda ilgaklarga yuk iluvchilar (tushiruvchilar) OTQ va HL ostida ishlashi uchun ishga ijozat berishdan oldin
ular harakatlanish va ushbu qurilmalarda ishlash tartibi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari kerak.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarining haydovchilari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga, ilgaklarga yuk iluvchilar esa I guruhga ega bo‘lishlari kerak.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari OTQda va HLni qo‘riqlash zonasi doirasida kuchlanish olinmasdan bajariladigan barcha ishlarda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ushbu elektr qurilmasi uchun qabul qilingandan kam bo‘lmasligi shart. Gusenitsali yuk ko‘tarish mashinasi bevosita yer ustida turganida uni yerga ulanishi talab etilmaydi.
Agar tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish yoki elektr razryadi hosil bo‘lishi oqibatida yuk ko‘taruvchi kran yoki mexanizm kuchlanish ostiga tushib qolsa, kuchlanish to‘la olinishiga qadar unga tegish, undan yerga tushish yoki unga ko‘tarilish taqiqlanadi.
Yuk ko‘tarish mashinasi yoki mexanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qo‘li bilan ushlamasdan, baravariga ikki oyog‘i bilan yerga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki
oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur.
Yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari yordamida ish bajarilganda, ko‘tarilayotgan yuk, tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi.
Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik minora kajavasidagi brigada a’zosi bir-birini ko‘rib turishi zarur. Bunday aloqa bo‘lmaganda, teleskopik minora yaqinida kajavani yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish to‘g‘risidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi uchinchi brigada a’zosi qo‘yilishi shart.
Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk ko‘taruvchi mashinalar, mexanizmlar va yordamchi yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tashqariga chiqarib o‘rnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlari ish jarayonida o‘rnatilishi shart.
Teleskopik minora va gidroko‘targichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va ko‘tariladigan qismlari amalda tekshirib ko‘rilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari ko‘taruvchi qismi tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qo‘yilishi shart. Teleskopik minoradan (gidroko‘targichdan) turib ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bog‘langan holda turish zarur.
Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga o‘tish va qayta orqaga o‘tish faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidroko‘targichni) simlardan hosil bo‘lgan burchak ichiga o‘rnatish man etiladi.
Yuk ko‘tarish mashinasi yordamida yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan arqon yoki trosning xavfli masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.
10-bob. Elektr qurilmalarida balandlikka chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar
Balandligi yerdan yoki bostirmadan 1 metr va undan yuqori bo‘lgan ishlar yuqorida bajariladigan ishlar hisoblanadi. Bunday ishlarni bajarishda ishlovchilarning yuqoridan qulab tushishining oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘lishi zarur.
Himoya kamari qulab tushishning oldini oluvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladigan yer, bostirma yoki ishchi tushama yuzasidan 5 metrdan yuqori balandlikda, havoza, taxta tushama ustida turib bajariladigan ishlar balandlikka chiqib bajariladigan ishlar hisoblanadi. Balandlikka chiqib bajariladigan ishlarni bajarishga ruxsat etilgan shaxslarning sog‘ligi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan tibbiy talablarga javob berishi kerak.
Balandlikda bajariladigan ishlarni amalga oshirishga berilgan ruxsat haqidagi maxsus yozuv bilimlar sinovi guvohnomasining “Maxsus ishlarni bajarish huquqiga guvohnoma” jadvalida qayd etilishi zarur.
Agar himoya kamarining stropini tayanchga, konstruksiyaga mahkamlashning imkoni bo‘lmasa, unda tayanch detalga, konstruksiyaga oldindan mahkamlab qo‘yilgan xavfsizlik arqonidan foydalanish kerak. Ushbu ishni ikki shaxs bajarishi zarur, bunda ikkinchi shaxs xavfsizlik arqonini zarur bo‘lsa, sekin-asta ko‘tarishi yoki tushirishi kerak.
Kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar tagida joylashgan konstruksiyalar ustida ish bajarilgan hollarda, asbob-uskunalar va ta’mirlash moslamalarining tushirib yuborilishidan saqlash uchun ular bog‘lab qo‘yiladi. Bunday hollarda metall zanjirli himoya kamaridan foydalanish man etiladi.
Konstruksiya yoki qurilma ustiga ko‘tarish zarur bo‘lgan detallarni “uzluksiz halqa” uslubidagi yo‘g‘on arqon yordamida ko‘tarish lozim. Pastda turgan xizmatchi yo‘g‘on arqonni tebranib ketmasligi va tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketmasligi uchun ushlab turishi zarur.
Portallarda, konstruksiyada, tayanchlarda va boshqalarda ishlovchi xodimlar tanasini qismaydigan va harakatni cheklamaydigan kiyimdan foydalanishi zarur. Uning shaxsiy asbob-uskunalari sumkasida turishi kerak.
Balandlikda yoki balandlikka ko‘tarilib bajariladigan ishlarni bajaruvchi brigada a’zolarini kuzatib turuvchi shaxslar yerda joylashishlari mumkin.
Ko‘prikli kran aravachasida turib, mashina zali va sexlar shiplaridagi yoritish qurilmalariga xizmat ko‘rsatish ishlari kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lishi lozim. Ikkinchi shaxs ishlovchi yonida turib, uning xavfsizlik choralariga yetarli darajada rioya etayotganligini kuzatib turishi shart. Ishlar ta’mirlovchi xodimlar tomonidan bajarilgan taqdirda ularga naryad berilishi kerak.
Vaqtincha taxta tushama, narvon va shunga o‘xshashlarni aravacha ustiga o‘rnatish man etiladi. Ishlarni bevosita aravacha tushamasi ustida yoki qoplama tepasiga o‘rnatilgan statsionar (doimiy) taxta tushama ustida turib bajarish zarur.
Aravachaga ko‘tarilishdan oldin trolley simlaridan kuchlanishni olib tashlash shart. Ishlash jarayonida himoya kamaridan foydalanish kerak.
Kran ko‘prigini yoki aravachasini kran haydovchisi faqat ish bajaruvchining buyrug‘i bilan yurgizishi kerak. Ko‘prik krani harakatlanishi jarayonida ishlovchi shaxslar kranchi kabinasida yoki ko‘prik to‘shamasida turishlari zarur. Ishchilar aravachada turgan paytida ko‘prikli kranni va aravachani bir joydan ikkinchi joyga yurgizish man etiladi.
11-bob. Akkumulyator batareyalari va zaryadlovchi qurilmalar
Akkumulyator batareyalari joylashgan xona har doim qulflangan bo‘lishi shart. Ushbu xonalarni ko‘zdan kechiruvchi va ularda ishlovchi shaxslarga kalitlar umumiy tartibga muvofiq beriladi.
Akkumulyator xonasida chekish, u yerga olov bilan kirish, uchqun berishi mumkin bo‘lgan elektr isitish asboblari, apparat va uskunalardan foydalanish man etiladi, istisno holatlari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 170-bandida keltirilgan.
So‘rib oluvchi vetilatsiyaga ega bo‘lgan akkumulyator xonasida u zaryadlovchi qurilma ulanishidan oldin ishga tushirilishi va zaryadlovchi qurilma o‘chirilganidan so‘ng kamida 1,5 soat o‘tgandan, hosil bo‘lgan gaz to‘la chiqarib yuborilganidan so‘ng to‘xtatilishi kerak.
Har bir akkumulyator xonasida quyidagilar bo‘lishi shart:
elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyishga mo‘ljallangan 1,5 — 2 litr hajmli tumshuqli, bandli shisha yoki chinni idish (ko‘za);
kislotali batareya uchun ichimlik sodasining neytrallashtiruvchi (5 foizli) eritmasi va ishqorli batareya uchun bor kislotasi yoki sirka essensiyasining bir qismiga sakkiz qism
suvli eritmasi.
Ichida elektrolit, distillangan suv va neytrallashtiruvchi eritma bo‘lgan barcha idishlarda ushbu suyuqlik nomlarini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi shart.
Kislota og‘zi zich yopiladigan tiqin bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi va suyuqlik nomi yozilgan yorliq bilan jihozlanishi shart. Batareyalarni ekspluatatsiya qilishga mo‘ljallangan, ichida kislotasi bo‘lgan idishlar va bo‘sh idishlar akkumulyator batareyasiga tegishli bo‘lgan alohida xonada saqlanishi zarur. Idishlar polda maxsus savatlarga yoki yog‘och qutilarga solib saqlanishi kerak.
Kislota, ishqor va qo‘rg‘oshin bilan bog‘liq barcha ishlarni maxsus o‘qitilgan shaxslar bajarishi zarur.
Ichida kislota va ishqor bo‘lgan shisha idishlarni ikki ishchi tashishi shart. Shisha idishlar savati bilan birgalikda dastakli maxsus yog‘och qutilarda yoki o‘rtasida chuqurchasi bo‘lgan, atrofi yog‘och katak bilan o‘ralgan va ichida shisha idish kamida 2/3 qismi balandligi baravarida turadigan maxsus zambilda tashilishi kerak.
Elektrolit tayyorlashda kislota ichida distillangan suvi bo‘lgan issiqqa chidamli yoki chinni idishga asta-sekin (eritmani tez qizishining oldini olish maqsadida) ingichka qilib jildiratib quyilishi kerak. Bunda elektrolitni har doim tayoqcha yoki shisha naycha, yoki kislotabardosh plastmassadan yasalgan qorg‘ich bilan aralashtirib turish kerak.
Kislotaga suv quyib, elektrolit tayyorlash man etiladi. Tayyor elektrolitga suv quyishga ruxsat etiladi.
Kislota va ishqor bilan ishlaganda (kislota uchun dag‘al jun matodan yoki ishqor uchun paxtadan tayyorlangan) kostyum, rezinali fartuk, rezinali etik (shim ostiga) yoki kalish, himoya ko‘zoynagi va rezinali qo‘lqoplarni kiyib ishlash kerak.
O‘yuvchi ishqorlarni maxsus ajratilgan joyda qop-qanorlarga o‘rab maydalash lozim.
Akkumulyator xonalarida quyidagi sharoitlarda plastinalarni kavsharlash ishlarini bajarishga ruxsat etiladi:
zaryadlash tamom bo‘lganidan kamida 2 soatdan keyin kavsharlashga ruxsat etiladi.
Doimiy zaryadlanish tartibida ishlovchi batareyalarda kavsharlash ishlarini boshlashdan 2 soat ilgari ular zaryadsizlantirish holatiga o‘tkazilishi va xona ish boshlashdan oldin shamollatilishi shart;
kavsharlash vaqtida xona uzluksiz shamollatib turilishi kerak;
kavsharlash ishlari o‘tkazilayotgan joy o‘tga chidamli shchitlar bilan boshqa batareyalardan to‘sib qo‘yilishi kerak;
qo‘rg‘oshin yoki uning birikmalari ta’siridan zaharlanishning oldini olish uchun maxsus ehtiyot choralari ko‘rilishi va ish tartibi akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish
va ta’mirlash yo‘riqnomalariga muvofiq belgilanishi zarur.
Akkumulyator batareyalariga xizmat ko‘rsatish maxsus tayyorlangan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan akkumulyator batareyalari ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq ekspulatatsiya qilinishi zarur.
12-bob. Elektr uzatish havo tarmoqlari 1-§. Tayanchlarda ishlash
Tayanchga chiqishga va unda ishlashga ruxsat faqat tayanchning, ayniqsa, uning
asosi mustahkamligiga ishonch hosil qilingandan keyingina berilishi mumkin. Tayanchni mustahkamlash uslubi va zarurati ish bajaruvchi yoki javobgar rahbar tomonidan ish joyida aniqlanishi kerak.
Quyidagi brigada a’zolariga tayanchga ko‘tarilishga ruxsat etiladi:
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlarga tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarishga;
elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lganlarga kuchlanish olinib amalga oshiriladigan ishlarni, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda amalga oshiriladigan ishlarda esa pastki simlar sathiga kamida 2
metr qolgunga qadar ishlarni bajarishga;
I guruhga ega bo‘lganlarga barcha ko‘rinishdagi ishlarda yerdan oyoqlarigacha 3 metrgacha ko‘tarilishga ruxsat etiladi.
Shtirli izolyatorlar bilan jihozlangan burchak tayanchlarining ichki burchak tomonidan ko‘tarilish va ishlash taqiqlanadi.
Tayanchning tik qismida ishlaganda shunday joylashish lozimki, bunda kuchlanish ostida bo‘lgan eng yaqin turgan simlar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Tayanchlarga ko‘tarilishda himoya kamarini stropi ustun orqasidan aylantirib o‘tkazib olinishi, temir beton tayanchlarda esa tirnoqqa (lazga) mahkamlanishi zarur. Tayanchda ishlaganda himoya kamaridan foydalangan holda ikkala tirnoqqa (lazga) tiralib ishlash kerak.
Zanjirlari gorizontal joylashgan ko‘p zanjirli HLda uning bitta zanjiridan kuchlanish olinib ishlashga faqat ushbu zanjir tarafidan ruxsat etiladi. Kuchlanish ostida turgan zanjirlarni ushlab turuvchi travers uchastkalariga o‘tish taqiqlanadi.
Zanjirlari bir-birining ustida joylashgan ko‘p zanjirli HLning o‘chirilgan zanjirida ishlashga faqat ushbu zanjir kuchlanish ostida turgan boshqa zanjirlar ostida joylashgandagina ruxsat etiladi. Tayanchga faqat o‘chirilgan zanjir tarafidan ko‘tarilishga ruxsat beriladi. O‘chirilgan zanjirdagi simlarni almashtirish va qayta tortish taqiqlanadi.
220 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HL tayanchlarida bir zanjirdan kuchlanish olinib ishlar bajarilganda, yer sathidan 2 — 3 metr balandlikda ustunlarning kuchlanish ostida qolgan zanjirlari tomonidan qizil bayroqchalar o‘rnatilishi shart. Bayroqchalarni ish bajaruvchi, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi bilan birgalikda o‘rnatishi kerak.
Tayanchda, izolatsiyalangan bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minorada yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizmlarda turib ishlar bajarilganda, odamdan
yoki u ishlatayotgan asboblar va moslamadan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL, radiotranslatsiya, telemexanika simlarigacha bo‘lgan masofa 0,6 metrdan kam bo‘lmasligi shart. Agar ishlash paytida ko‘rsatilgan simlargacha ushbu masofani saqlashning imkoni bo‘lmay, oraliqdagi masofa kamayishi xavfi tug‘ilsa, ular tarmoqdan o‘chiriladi va ish joyida yerga ulanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori HL bilan birga tayanchlarda tortilgan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL simlarini almashtirish va qayta tortish ishlari faqat kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori barcha HL o‘chirilib, simlar ish joyida yoki ish uchastkasining ikki tomonida yerga ulanganidan so‘ng bajarilishi mumkin.
Tros va simlarni bir tarafga qarab tortishga mo‘ljallanmagan tayanchlarda shunday vaqtincha tortish zarur bo‘lsa, tayanchlarning qulab tushishining oldini olish uchun ular mahkamlanishi shart.
Tayanchlarning detallari almashtirilayotganda, uning siljishi yoki qulab tushishi ehtimoli istisno etilgan bo‘lishi zarur.
P va AP turidagi tayanchlarning bittalik yoki ikkitalik qo‘shimcha tirgaklarini almashtirishda, baravariga tayanchning ikkala oyog‘i ostini kavlab olish taqiqlanadi.
Tirgaklarni o‘rnatishni tayanchning bir oyoqlisidan boshlash zarur va faqat undagi tirgaklar almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanganidan hamda yerdagi tuproq
zichlanganidan keyin tayanchning boshqa oyog‘idagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikkitasi birlashtirilgan tirgaklarni navbatma-navbat almashtirish kerak.
Tirgaklarni chiqarib olish yoki uni tushirish vaqtida handaqda turish man etiladi.
Tayanchlarni qulatish va o‘rnatish uslublari, og‘ishining oldini olish uchun ularni mahkamlash zarurati va usullari javobgar rahbar tomonidan, u tayinlanmagan holda esa, naryad beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi.
Mexanik jihatdan mustahkamligi (yog‘ochning chirishi, betondagi darzlar va boshqalar) shubha tug‘diradigan tayanchlardagi tros va tortqilarni mahkamlash zarurati paydo bo‘lganda, ushbu ishlar bevosita tayanchga ko‘tarilish talab etilmagan holda, tayanch yoniga barpo etilgan maxsus mahkamlovchi qurilmalardan yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizm, yoki teleskopik minoradan foydalanib bajarish zarur.
Ko‘tarilgan tayanchdagi tros va tortqilarni faqat tayanch yerga yoki poydevorga mahkamlangandan keyin echish mumkin.
Agar ilgakli tortqilar qo‘llanilgan bo‘lsa, ular himoya qulflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Izolyatorlar shodalarida ishlaganda, quyidagi hollarda ular bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi:
bir zanjirli, shuningdek, ikki va undan ko‘p zanjirli ko‘tarib turuvchi shodalar bo‘ylab; ikki va undan ko‘p zanjirdan tashkil topgan tortib turuvchi shodalar bo‘ylab.
Bir zanjirli tortib turuvchi shodalarda maxsus moslamalardan foydalanib, ular bo‘lmagan taqdirda esa, shodalar ustiga yotib va tana holatini o‘rnashtirish uchun oyoqlarni traversga ilashtirgan holda ishlashga ruxsat etiladi.
Ushlab turuvchi shodada ishlagan paytda himoya kamarining stropi traversga mahkamlanishi kerak. Agar osma uzunligi yetarli bo‘lmasa, belga mahkamlangan ikkita xavfsizlik arqonidan foydalanish zarur. Bu holda bitta arqon traversga bog‘lanadi, ikkinchisi esa oldindan traversning orqasidan o‘tkazilib brigada a’zolaridan biri xavfsizlikni ta’minlash uchun zaruratga qarab uni asta-sekin tortib yoki bo‘shatib turadi.
Tortib turuvchi shodada ishlaganda, himoya kamarining osmasi traversga yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan moslamaga mahkamlanishi zarur.
Ushlab turuvchi va tortib turuvchi ikki va undan ko‘p zanjirli shodalarda himoya kamarining stropini ish bajarilmayotgan zanjirning biriga mahkamlashga ruxsat etiladi. Strop osmasini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash taqiqlanadi.
Shodalarni bir-biridan ajralib ketishiga olib boruvchi nosozliklar aniqlanganda, ish to‘xtatilishi shart.
Simlarni, troslarni, izolyatorlarni traversga ko‘tarayotgan yoki tushirayotgan vaqtda yuk ko‘tarayotgan traversda yoki tayanchning bu traversi ostidagi qismida turish man etiladi.
Yuk ko‘tarish sxemasini tanlash va ko‘taruvchi bloklarni joylashtirish shunday hisoblanishi kerakki, unda tayanchga shikast yetkaziladigan kuch paydo bo‘lmasligi lozim.
Tayanchni bo‘yash paytida izolyator va simlarga bo‘yoq tegib ketmasligining oldini olish choralarini ko‘rish (masalan, taglik qo‘llash) zarur.
2-§. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlash
Kuchlanish ostida turgan simga bevosita tegish bilan bog‘liq ishlar odamni izolatsiyalovchi qurilmalar: izolatsiyalangan bo‘g‘inli teleskopik minora, izolatsiyalovchi maydoncha, narvon va shunga o‘xshash qurilmalar yordamida yerdan izolatsiyalash sharti
bilan bajarilishi mumkin. Bunda odam simga tegishidan oldin izolatsiyalangan qurilmaning ish maydonchasi simdagi potensial bilan bog‘langan bo‘lishi kerak, buning uchun ish maydonchasiga oldindan ulab qo‘yilgan sim izolatsiyalovchi shtanga yordamida kuchlanish ostida turgan simga ulanishi zarur.
Bu ishlarni bajarishda odamdan yerga ulangan qismlargacha bo‘lgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam bo‘lmasligi shart.
Shodalarda ish boshlashdan avval o‘lchash shtangasi yordamida osma izolyatorlarni ishga yaroqli ekanligi va armaturadagi barcha qulflar va shplintlar butligini tekshirish shart. Agar shodalardagi izolyatorlar sirg‘alib chiquvchi qisqichlar bilan jihozlangan bo‘lsa,
ular ish bajariladigan tayanchga hamda trassa relyefi bo‘yicha talab qilinadigan hollarda, shuningdek, qo‘shni tayanchlarga tortib, pona yordamida mahkamlanishi kerak.
Izolatsiyalovchi qurilmalar yoki traversalardagi montyerlar tomonidan shodalarni qayta osish, shodalardagi alohida izolyatorlarni, armaturalarni almashtirish ishlarini shodadagi yoki sim va uni ajratish moslamasi o‘rtasidagi ishga yaroqli izolyatorlar soni quyidagidan kam bo‘lmaslik sharti bilan bajarishga ruxsat etiladi:



HL kuchlanishi,

kV


Yaroqli izolyatorlar

soni , dona



HL kuchlanishi,

kV


Yaroqli izolyatorlar

soni, dona



15

2

110

6

35

4

220

10

Traversadan turib shodalarni qayta osish ishlarini bajarishda zarur moslamani shodaga o‘rnatish va uni traversadan bo‘shatish dielektrik qo‘lqoplarda amalga oshirilishi kerak.
Bunda 35 kV kuchlanishli HLda shodadagi ikki izolyator ishga yaroqli bo‘lganda, birinchisining qalpog‘iga, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda esa birinchisi va ikkinchisining qalpog‘iga tegish mumkin. Izolyatorlarni hisoblash traversdan boshlanadi.
Sim potensiali ostida turgan izolatsiyalovchi qurilma maydonchasida turib ishlagan paytda simdagidan boshqa potensialga ega bo‘lgan shoda armaturalarga va izolyatoriga tegish, shuningdek, ushbu ish maydonchasida turmayotgan shaxslardan asbob-uskuna
yoki moslamalarni olish yoki unga uzatish man etiladi.
Ta’mirlanayotgan har xil potensial ostidagi faza elementlarini (masalan, sim va shodalarni) ulash yoki ularni bir-biridan ajratishda dielektrik qo‘lqoplardan foydalanish zarur.
Izolatsiyalovchi qurilmadan uning ish maydonchasiga o‘tish va qayta o‘tish uchun faqat maydoncha montyori bilan birgalikda simdan, kuchlanishi 110 kV bo‘lgan HLda 0,5 metrdan ortiq masofaga, kuchlanishi 150 — 220 kV bo‘lgan HLda esa 1 metrdan ortiq masofaga uzoqlashtirilib, ishchi maydonchasidan potensial olingandan so‘ng ruxsat etiliadi.
Kuchlanishi 35 — 110 kV bo‘lgan HLda kuchlanish ostida naysimon zaryadsizlantirgichni uning tashqi elektrodi bilan sim orasida belgilangandan kam masofaga yaqinlashishi imkoniyatini istisno etadigan izolatsiyalovchi osma gabaritnikdan foydalanish sharti bilan o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Zaryadsizlantirgichni olish paytida zaryadsizlantirish elektrodini burish yoki uning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin bo‘lgan zonada turish man etiladi. Zaryadsizlantirgichning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish faqat izolatsiyalovchi shtanga yordamida bajarilishi zarur.
Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich trosga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi. Muz eritish sxemasida trosdan foydalanilganda, trosga yaqinlashish mumkin bo‘lgan masofa eritish kuchlanishiga qarab belgilanadi.
Kuchlanish ostida turgan HLda kunning qorong‘u vaqtida, yomg‘ir va qor yog‘ayotganda, momaqaldiroq va tuman paytida, shuningdek, tayanchda ishlarni qiyinlashtiradigan shamol paytida ishlash taqiqlanadi.
Kesib o‘tish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli ko‘p zanjirli HLda bir zanjiri o‘chirilganda, simlarni hamda trosslarni montaj qilish va almashtirish
Sim va trosslarni montaj qilish va almashtirish paytida siltamasdan, yoyish va osish zarur. Arqon shunday yo‘naltirilishi kerakki, unda osilayotgan sim siltangan yoki uzilib ketgan taqdirda, kuchlanish ostida turgan simga yaqinlashmasligi yoki unga ilashib qolmasligi kerak. Zarur bo‘lganda, odatda ip-gazlamadan yoki kaprondan yasalgan maxsus tortqichlar qo‘llaniladi. Arqonlar iloji boricha kalta bo‘lishi va tarang tortilib turishi, ularning uchlari osilib qolishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak. Metalldan yasalgan yo‘g‘on arqonlar yoki chig‘irlar yerga ulanadi.
Simlarni (trosslarni) yoyishdan oldin har bir barabandagi sim yerga ulanishi kerak. Agar simlar (trosslar) yoyish aravachasidan yozilsa, simning (trossning) qo‘zg‘almas uchi yerga ulanishi kerak.
Bir joyda turgan barabandagi simni (trossni) yoyishda, yerga ulash uchun uning uchi baraban vtulkasiga, barabanning vali esa barabanga yaqin turgan tayanchga yoki yerga ulagichga ulanishi zarur.
Montaj ishlarini boshlashdan oldin (xom chiziq tortish, sim tortish, simni rolikdan qisqichlarga o‘tkazish), yozilgan sim (tross) ikki joyda: boshlang‘ich anker tayanchining tortuvchi qisqichi yaqinida va sim tortilayotgan oxirgi tayanchda yerga ulanishi kerak.
Bundan tashqari, sim (tross) va ish olib borilayotgan joydagi har bir oraliq tayanch ham yerga ulanishi zarur.
Metalldan yasalgan osma roliklarda yoki qisqichlardagi simlar uchun roliklarning (qisqichlarning) gardishini yerga ulash yetarlidir. Rolikning (qisqichning) metall gardishi
bilan metalli yoki armaturali temir-beton tayanch o‘rtasidagi tabiiy metalli kontakt mavjud bo‘lsa, metalldan yasalgan rolikni (qisqichni) yerga ulash uchun qo‘shimcha tadbir talab qilinmaydi.
Kuchlanish ostida turgan HL bilan kesishgan oraliqlarda osilayotgan sim kesishgan liniyaning (tross) ikkala tarafidan yerga ulanishi lozim.
Odamlarni ko‘tarishga mo‘ljallangan mexanizmdan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan, shuningdek, tayanchda turib simlarda bajariladigan va tayanchdan batamom yerga qadar tushirilgan simlardagi ishlar mazkur Qoidalarga 9- ilovaning 50 va 51-bandlariga muvofiq bajarilishi kerak.
Ankyerlar oralig‘idagi simlarni osish ishlari tamomlangandan so‘ng simlar boshlang‘ich anker tayanchida yoki biron-bir oraliq tayanchda yerga ulanishi kerak.
Keyingi anker oralig‘ida ishlayotgan odamlarning tayyor bo‘lgan oldingi anker oralig‘idagi sim orqali yashin razryadidan jarohatlanmasliklari uchun simni oxirgi anker tayanchida yerga ulash taqiqlanadi.
Anker tayanchida shleyflarni ulash faqat bu tayanchga tegishli bo‘lgan yonma-yon ankyerlar oralig‘idagi montaj ishlari tamomlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli HL shleyflari ulanishiga qadar simga yoki tortib turuvchi shodalarga traversadan hisoblanganda to‘rtinchi izolyatorgacha, 35 kV va undan
kam kuchlanishga ega bo‘lgan HLda faqat simga mahkamlab qo‘yilishi zarur.
Ishlar tugatilgan HL uchastkalarida anker tayanchlardagi shleyflar ulab bo‘lingandan keyin sim boshlang‘ich anker tayanchida va oxiriga yaqin bo‘lgan tayanchlardan birida yerga ulanishi kerak. Oxirgi anker tayanchida ushbu simlarni yerga ulash man etiladi.
3-§. Turli ishlar
Fazalar bo‘yicha ta’mirlashda, o‘chirilgan fazaning simiga ish joyida faqat bitta yerga ulagich o‘rnatiladi. Ushbu simda yerga ulagichdan 20 metrgacha bo‘lgan masofada ishlashga ruxsat etiladi.
Bir necha brigadalar bir vaqtda ishlaganda, o‘chirilgan sim elektr jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan uchastkalarga ajratib bo‘linishi zarur. Har bir brigada uchun bitta yerga ulagich o‘rnatilgan alohida uchastka ajratiladi.
Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan HLda fazalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, yerga ulagichni o‘rnatish yoki olishdan oldin razryad yoyi tarqalmasligi uchun yoy so‘ndiruvchi moslama bilan jihozlangan shtanga yordamida simni oldindan yerga ulab qo‘yiladi. Shtanganing yerga ulovchi simi oldindan yerga ulagichga ulanadi.
Bu shtanga faqat ko‘chma yerga ulagich o‘rnatilgandan (yoki olingandan) so‘ng olinishi mumkin.
Simlari gorizontal joylashgan HLni fazalar bo‘yicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, kuchlanish ostida turgan simlarni ushlab turuvchi traversalar uchastkalariga o‘tish taqiqlanadi.
Tayanchning yerga ulanish qarshiligini o‘lchash paytida yashin qaytaruvchi trosning yerga ulagichga ulovchi simini ulash yoki olib qo‘yish dielektrik qo‘lqopda yoki trosni oldindan yerga ulagichga ulab qo‘yilgandan keyin bajarilishi lozim.

Kesimi 240 mm2 dan kam bo‘lmagan simlarda va kesimi 70 mm2 bo‘lmagan troslarda xodimlarning harakatlanishiga ruxsat etiladi.
dan kam

Ajratilgan simlarda va trosslar bo‘ylab harakatlanganda, himoya kamari ilgaklari simlarga, maxsus aravachadan foydalanilganda esa, aravachaga mahkamlanishi zarur.
HLni yoki havo almashlab-ulash punktini ko‘rikdan o‘tkazishda konstruksiya yoki tayanchga ko‘tarilish taqiqlanadi.
O‘tish qiyin bo‘lgan joylarda va noqulay ob-havo sharoitida HLni ko‘rikdan o‘tkazish ikki kishi tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda II guruhga ega bo‘lgan shaxs ko‘rikdan o‘tkazishni yakka o‘zi o‘tkazishi mumkin.
Kunning qorong‘u vaqtlarida ko‘rikni sim ostida yurib o‘tkazish taqiqlanadi.
Shikastlangan joyni izlash paytida HLni ko‘zdan kechiruvchi shaxslarda nosozlik topilgan joylarga o‘rnatish uchun ogohlantiruvchi plakatlar bo‘lishi kerak.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan HLning uzilib yerda yotgan simlariga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi. Bunday sim yaqinida odamlar va hayvonlarning yaqinlashishini oldini olish uchun nazoratchilar imkoni bo‘lgan hollarda ogohlantiruvchi plakatlar qo‘yishi va bu haqda elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berishi hamda ta’mirlash brigadasi yetib kelguncha kutib turish zarur.
Kuchlanish ostidagi 6 — 35 kV HLning temir-beton tayanchlariga, ularda izolyatorlarning ishdan chiqishi, simlarning tayanchga tegib turishi va boshqa sabablar natijasida yerga tok o‘tayotganlik alomati sezilsa (namlikning yerdan bug‘lanib ko‘tarilishi, tayanchda va tayanchning yerga kirgan joyida elektr yoyining hosil bo‘lishi va boshqa belgilar), tayanchlarga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi.
HLning transport magistrallari (temir yo‘llar, kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish uchun vaqtincha transport harakatini to‘xtatish yoki transport harakati tufayli HLda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib turish
talab qilinsa, naryad beruvchi shaxs ish joyiga transport magistrallari harakati xizmatining vakilini chaqirishi kerak. Bu vakil zarur muddatga transport harakati to‘xtatib turilishini ta’minlashi yoki tarmoqda ishlayotgan brigadani yaqinlashayotgan transport to‘g‘risida ogohlantirishi shart. Transportni o‘tkazib yuborish uchun halaqit berayotgan simlar xavfsiz balandlikka ko‘tarib qo‘yiladi.
HLning asosiy va qishloqlararo yo‘llar bilan kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan uchastkalarida ish olib borilganda, transport haydovchilarini ogohlantirish yoki transport harakatini to‘xtatish uchun Davlat avtomobil nazorati bilan kelishilgan holda ish bajaruvchi asosiy va boshqa yo‘llarga signal beruvchilarni qo‘yishi, shuningdek, “Ta’mirlash ishlari” yo‘l belgisini o‘rnatishi zarur. Zarur bo‘lganda, Davlat avtomobil nazoratining vakili chaqirtirilishi lozim.
Signal beruvchilar HL bilan yo‘lning kesishgan yoki yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 metr uzoqlikda turishlari va ularda kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa
qizil chiroqlar bo‘lishi kerak.
Barcha turdagi tayanchlarga yoki kronshteynlarga o‘rnatilgan, shuningdek, tortilgan troslarga osilgan barcha xildagi yoritgichlarni tozalash va lampalarini izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lgan teleskopik minoradan turib almashtirish ishlari simlardan kuchlanishni olmasdan turib, farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.
Yerga ulagich simi yog‘och tayanch bo‘ylab tushirilmagan va faza simidan pastda o‘rnatilgan yoritgichlarda bunday ishlar tayanchdan turib yoki yog‘och narvonni qo‘yib bajarilishi mumkin.
Ishni ish bajaruvchi elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bir yoki bir nechta brigada a’zolari bilan birga bajarishi zarur.
Yerga ulagich simi tayanch bo‘ylab tushirilgan yog‘och tayanchlardagi, temir-beton va metalldan yasalgan tayanchlardagi va kronshteynlardagi yoritgichlarni izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki tayanchdan turib yoxud yog‘och narvonni qo‘yib tozalash va lampalarini almashtirish naryad bo‘yicha, tayanchga osilgan barcha simlardan kuchlanishni olib tashlab, ularga yerga ulagich o‘rnatilgandan keyin bajarilishi zarur.
Ushbu bandda va mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 225-bandida ko‘rsatilgan ishlarni bajarishda yoritgichlarga faqat ish bajaruvchi yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi ko‘tarilishiga ruxsat etiladi.
Gazorazryadli lampalarning ishga tushirish-rostlash apparatlarida ishlaganda, uni yoritgichning umumiy sxemasidan o‘chirishdan oldin simni tarmoqdan uzib, statik kondensatorlarini (zaryadsizlovchi qarshiliklar bo‘lishidan qat’iy nazar) zaryadsizlash zarur.
4-§. Trassani daraxtlardan tozalash
Daraxtlarni qulatishdan oldin ish joyi tozalangan bo‘lishi kerak. Qish paytida qorga qulatilayotgan daraxt tagidan tez qochish maqsadida uning qulaydigan tarafiga qarama- qarshi tarafga burchak qilib, 5-6 metr uzunlikda tozalangan ikkita yo‘lakcha ochilishi kerak.
Ish bajaruvchi ish boshlashdan oldin barcha brigada a’zolari qulatilayotgan daraxtlar, yo‘g‘on arqonlar va boshqalarning HL simlariga yaqinlashishi xavfli ekanligi haqida ogohlantirilishi shart.
Daraxtlar simlarning ustiga qulashining oldini olish uchun ular chopishdan oldin tortqi bilan tortib qo‘yilishi zarur.Chopilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlar ustiga chiqish taqiqlanadi.

Daraxt simlarga qulagan taqdirda, HLdan kuchlanish olinmaguncha, unga 8 metrdan kam bo‘lgan masofaga yaqinlashish man etiladi.
Kesilayotgan daraxtning qulashi to‘g‘risida arrakashlar boshqa ishchilarni ogohlantirishi shart. Daraxt qulashi mo‘ljallangan tomonda hamda uning qarama-qarshi tomonida turish taqiqlanadi.
Daraxtning ma’lum qismini chopmasdan yoki arralamasdan qulatish man etiladi. Shuningdek, daraxtni yalpisiga arralab qulatish ham taqiqlanadi. Qiyshaygan daraxtni egilgan tarafiga qulatish zarur.
Ishdagi tanaffus yoki boshqa daraxtni kesishga o‘tish vaqtida kesilayotgan yoki arralanayotgan daraxtlarni qulatmasdan qoldirish man qilinadi.
Chirigan va qurigan daraxtni qulatishdan oldin uning mustahkamligini tekshirish, shundan so‘ng qulatish uchun arralashni boshlash zarur. Bunday daraxtlarni chopib qulatish taqiqlanadi.
Bir necha daraxtlarni oldindan ma’lum qismini arralab bir yo‘la va birini ustiga birini ag‘anatish yo‘li bilan qulatish taqiqlanadi. Birinchi navbatda, chirigan, kuygan va qurigan daraxtlar qulatilishi kerak.
13-bob. Elektrod qozonlari. Elektr filtrlari
Izolatsiyalangan korpusli, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektrodli qozonning g‘ilofi qulflanib yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina g‘ilofni ochishga ruxsat beriladi.
Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda ularning yerga himoya ulagichlarini buzish yoki ularni ajratish bilan bog‘liq ishlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quvurlarni ajratishdan avval elektr payvandlash yordamida bo‘laklar orasida mustahkam metall kontakt bo‘lishini ta’minlash lozim. Bir-biridan ajratilishi baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni bo‘laklari orasida bunday kontaktni ta’minlash
talab etilmaydi.
Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi:
javobgar rahbarning naryaddagi alohida ko‘rsatmasi bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgandan tashqari hollarda odamlarning elektr filtri ichida bo‘lgan paytlarida silkitish mexanizmini ulash;
elektr filtrlarining bunker va seksiyalarida bir vaqtda baravariga ta’mirlash ishlarini olib borish;
ta’minlovchi agregatlarning blokirovka qurilmalari nosoz bo‘lgan paytda elektr filtrining seksiya teshiklari, izolyator g‘iloflari va lyuklarni yopuvchi zulfinlar va shunga o‘xshash moslamalarda nosozlik bo‘lmasa, elektr filtrlarga hamda uni ulovchi kabellarga kuchlanish berish.
Qozon elektr filtrining har qanday maydonchasida, zahiradagi shinada, elektr filtrini manbaga ulovchi har qanday kabelda ishlanganida, ushbu elektr filtrini barcha ta’minlovchi agregatlari uzilishi va yerga ulanishi kerak.
Elektr filtri seksiyalarida odamlar ishlashiga ijozat berishdan oldin seksiyalar shamollatilishi va bunkerdagi kul (chang) olib tashlanishi shart. Havo harorati esa 45°S
dan oshmasligi zarur.
Elektr filtri o‘chirilgandan keyin undan va uni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabellardan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr agregatlarini yerga ulash yo‘li bilan elektrostatistik zaryad olib tashlanishi zarur. Elektr filtrini yerga ulanmagan qismidan zaryad olib tashlanishiga qadar unga tegish taqiqlanadi.
Korxonalarda mavjud kul (chang) ushlaydigan qurilmaning alohida xususiyatlariga qarab, elektr filtrlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma ishlab chiqilishi kerak.
Yo‘riqnomada sexlar o‘rtasida xizmat ko‘rsatish chegaralari o‘rnatilishiga qarab, naryad va ishlashga ijozat berish tartibi belgilanadi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2020-y., 09/20/712/1502-son)
Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling