Tashqi iqtisodiy faoliyat resurslarini rejalashtirishni optimallashtirish
Download 44.89 Kb.
|
of uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. SHAXSIY MALUMOTLAR
4. INTELLEKTUAL MULK
4.1. Mualliflikhuquqi egasi "EXIMERP" Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimga tegishli bo'lgan mulkiy huquqlarga ega ekanligini kafolatlaydi. 4.2. Foydalanuvchiga o'z ehtiyojlari uchun ma'lumotlar bazasidan foydalanish, shuningdek, saytning funksionalligini o'z ichiga olgan foydalanishning mutlaq bo'lmagan huquqi taqdim etiladi. 4.3. Foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlar bazasi vamualliflik obzorlar sayti, sharhlar, tavsiyalar va tushuntirish xususiyatiga ega boshqa materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. 5. SHAXSIY MA'LUMOTLAR 5.1. ERI kalitida mavjud bo'lgan, shuningdek, ushbu bandga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar shaxsiy ma'lumotlar toifasiga tegishli ekanligini hisobga olgan holda, Foydalanuvchi-jismoniy shaxs Mualliflik huquqi egasiga uning shaxsiy ma’lumotlariniqog'ozda va elektron shaklda (massivlar va/yoki ma’lumotlar bazasida) to'plash va qayta ishlash uchun materiallarni yig'ish, qayd etish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), parcha ko’chirib olish, foydalanish, uzatishda (tarqatish, taqdim etish, shu jumladan,shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchinchi shaxslarga topshirilganda kirishga ruxsat etish) avtomatlashtirish vositalaridan foydalanib va / yoki foydalanmasdan quyidagi maqsadlar uchun o'zining so'zsiz, aniq, ma’lumotlar bilan tanishgan va ongli holdagi roziligini bildiradi: - Saytga kirishni taqdim etish imkoniyatini ko'rib chiqish; - Foydalanuvchi-jismoniy shaxs tomonidan ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirish; - Mualliflik huquqi egasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida buxgalteriya hisobida foydalaniladigan birlamchi hujjatlarni saqlash va hisobga olish majburiyatining bajarilishi; - interaktiv xizmatlar ko‘rsatilganda Mualliflik huquqi egasi tomonidan bojxona organlariga o‘tkazish; - O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan (belgilanishi mumkin bo’lgan) boshqa maqsadlar. 5.2. Foydalanuvchi - jismoniy shaxs shuni tasdiqlaydiki, shaxsiy ma'lumotlar – bu elektron, qog'oz va/yoki boshqa moddiy tashuvchilarda qayd etilgan, unga tegishli bo’lgan har qanday ma'lumotlar (shu jumladan, biroq u bilan chegaralanmasdan)quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin: i) anketalar/ma'lumotlarni to'ldirish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar, shuningdek, tegishli identifikatsiya / autentifikatsiya / avtorizatsiya: familiyasi, ismi, otasining ismi; fuqaroligi; shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar; STIR; JShShIR; ShJHR; tug’ilgan yili va sanasi haqidagi ma’lumotlar; jinsi; fotosurati/video; imzosi (o’z qo’li bilan qo’yilgan va elektron-raqamli); biometric ma’lumotlar; muhrlar, faksimile, algoritmlar, kodlar (raqamli, harfli, belgilar yordamida va birlashtirilgan), identifikator so'zlar yoki identifikatsiya kodlari va identifikatsiya/autentifikatsiya/avtorizatsiya uchun foydalaniladigan boshqa ma'lumotlar; ii) aloqa, shuningdek, identifikatsiya / autentifikatsiya / avtorizatsiyani ta'minlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar:ro'yxatdano’tgan joyi, haqiqiy yashash (turish) joyi, ish joyi va lavozimi; telefon raqami (uy telefoni, ish telefoni, mobil telefon), elektron pochta manzili;manzil ma’lumotnomasidagi ma'lumotlar va boshqalar; Download 44.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling