To’lov balansida operatsiyalarni baholash. To’lov balansi odatda milliy valyuta birligida tuziladi. Agar mamlakatda milliy valyuta barqaror bo’lmasa yoki inflyatsiya darajasi katta bo’lsa to’lov balansini barqaror qattiq valyuta birligida tuzish tavsiya etiladi.
Ma’lumki, amaliyotda tashqi iqtisodiy operatsiyalar turli xil valyutalarda amalga oshiriladi. Shu sababli, to’lov balansida operatsiyalar qayd etilayotganda, bo’lgan operatsiyalar iloji boricha to’lov balansi tuzilayotgan valyuta birligiga operatsiyalar bo’lgan vaqtdagi ayirboshlash kurslarida o’tkazish tavsiya etiladi. Buning iloji bo’lmagan hollarda o’rtacha ayirboshlash kurslari qo’llaniladi.
To’lov balansi va xalqaro savdo statistikasi qoidalarida tovarlar qiymatini baholashda birmuncha farqlanish mavjud. To’lov balansida tovarlar FOB baholarida qayd etiladi.
Xalqaro savdo hisobotlarida tovarlar eksporti FOB baholarida, import - SIF baholarida hisobga olinadi.
FOB – tovar qiymatida tovarni mamlakat bojxona chegarasiga olib borilguncha bo’lgan transport, ortish tushirish hamda sug’urta xarajatlari qo’shilgan bo’ladi.
SIF – tovar qiymatida tovarni mamlakat bojxona chegarasiga olib kelinguncha bo’lgan transport, ortish tushirish hamda sug’urta xarajatlari qo’shilgan bo’ladi.
To’lov balansida tovarlarni qayd etishda o’zgartirishlar kiritiladi. Import qilinayotgan tovar SIF qiymatidan FOB ga o’tkaziladi. Oradagi farq xizmatlar importi sifatida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |