III. TIF TN ning strukturasi
1. TIF TN ning to’zilishi
Uyg’unlashgan tizim nomenklaturasi tovarlarni tulik sinflash imkonini beradi.Unda dastlab, 5000 dan ziyod tovarlar atamalarini bo’limlar, guruhlarga oddiydan murakkabga printsipi asosida joylashtirilganligini ko’rsatuvchi mundarija, kirish so’zi, sinflashning asosiy qoidalari, o’lchov birliklari va nihoyat bo’limlar va guruhlarda joylashgan tovarlarning raqamli kodlari berilgan. tovar nomenklaturasi jami 21 bo’lim va. 97 guruhdan iborat.
2. Bo’lim va guruhlarda tovarlarning joylashtirilish printsipi
Tovar nomenklaturasida barcha tovarlar oddiydan murakkabga qarab, nihoyatda aniqlik bilan joylashtirilgan. M: birinchi bo’limda tirik hayvonlar va ularning mahsulotlari, ikkinchi bo’limda o’simliklar va ularning mahsulotlari, uchinchi bo’limda o’simlik va hayvon yoglari, qisqasi qishloq xo’jalik mahsulotlaridan boshlanib, yuqori texnik tovarlar va san’at asarlari bilan yakunlanadi. Har bir guruh ma’lum sanoat tarmog’iga tegishli mahsulotlarni o’z ichiga oladi. Ba’zan bu holatlardan chetlanishlar kuzatilishi mumkin.
Misollar:
- tabiiy va sun’iy jun, hamda undan olinadigan mahsulotlar,
- to’qimachilik sanoati mahsulotlari aralash holda beriladi;
- bolalar poyavzali tovar nomenklaturasida izoxlanmagan bo’lib, unga tayyorlangan mahsuloti bo’yicha pozitsiya beriladi;
- tsirk ayig’i tirik hayvonlar guruhida sinflanmaydi.
3. O’lchov birliklari
Tovarlar uchun o’lchov birliklari ikki guruhga bo’linadi: asosiy va qo’shimcha. Og’irlik o’lchov birligi, ya’ni kg barcha tovarlar uchun asosiy o’lchov birligi, kolgan barcha turdagi o’lchov birliklari qo’shimcha o’lchov birliklari hisoblanib, ulardan ta’rifli, nota’rif boshqaruv (litsenziyalash. kvotalash va, boshqalar) da kenng foydalaniladi. Tovar nomenklaturasining birinchi va ikkinchi tirik hayvonlar, o’simliklar va ularning mahsulotlari joylashtirilgan bo’limlarida kg bilan birgalikda ko’prok dona (sht) o’lchov birligi, suyukliklar uchun–l, tamaki mahsulotlari sigaretlar uchun 100 sht, yoki 1000 sht o’lchov birliklari, gazlamalar uchun kub.m o’lchov birligi,matolar jun, teri uchun m.kv o’lchov birligi, oyoq kiyimlari uchun juft (par) o’lchov birligi va boshqa o’lchov birliklari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |